Har qanday ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat muayyan qoida va qo‘llanmalar to‘plamiga rioya qilish zaruriyati bilan cheklanadi. Qonun statusi (maqomi)ga ega bo‘lgan va iqtisodiy faoliyatning har qanday sohasida yuz bergani kabi moliyaviy tizim harakatlanishidagi ma’lum aspektlarni cheklash uchun xizmat qiluvchi qoidalar mavjud. Ular orasida eng muhimlari har qanday turdagi tovlamachilikdan yuridik hamda jismoniy shaxslarni himoya qiluvchi va shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishini ta’minlovchi qonunlardir. Bu qonunlar nafaqat davlatdan davlatga farq qiladi, balki vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishga ham moyildir. Ular jamiyat yuridik tizimining bir qismi hisoblanadi va odatda, garchi bu qonunlarning o‘zgarishi ko‘pincha insonlarning ushbu tizim funksiyalariga qo‘yilgan talabining o‘zgarishi natijasida ro‘y bersa-da, moliyaviy tizimning chegarasidan chiquvchilardek izohlanadi.
Moliyaviy infratuzilma o‘z ichiga buxgalterlik hisobi va sud ishlarini hal etish jarayonlarini; moliyaviy instrument (vosita)lar savdosiga ko‘mak-lashuvchi hisob-kliring tashkilotlarini; moliyaviy tizim qatnashchilari-ning o‘zaro munosabatlarini nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi idoralarni oladi.
Bir necha asrlar davomida jamiyatning tarixiy rivojlanish tadqiqoti bilan shug‘ullanuvchi olimlarning aniqlashlariga ko‘ra, moliyaviy tizim infratuzilmasining evolyutsiyasi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish mexanizmini tushunish uchun asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi.