Mavzu: Orol dengizi.
Reja:
Orol dengizining tuzilishi.
Orol dengizining joylashuvi
Orol dengizining ekologik muammolari.
Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shimoli-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoli-sharkdan janubi-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° shahrik.) boʻlgan. Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini qisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shimol qirgʻoklarida eng katta qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, janubi-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, jan.vajan.-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻiston Ustyurta yonida chuq. 69 m gacha yetgan.
Koʻlning sayoz joylari uning jan., janubi-sharqiy va sharqiy qismlariga toʻgʻri kelgan.
Orol dengizi qirgʻoklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shim. Qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Jan. Qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan.
Gʻarbiy qirgʻogʻi kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq orol boʻlgan. Ularning 80% dengizning janubi-sharqiy qismida. Eng kattalari Koʻkorol (273 km²), Vozrojdeniye (216 km²) va Borsakelmas (133 km²) edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-yillargacha yiliga Amudaryo Orol dengizi ga 38,6 km³, Sirdaryo esa 14,5 km³ suv olib borgan. Suv balansida yogʻinlar ham muhim oʻrin egallagan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82–176 mm yogʻin yogʻadi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km³ yer osti suvlari qoʻshilib turgan. Mutlaq dengiz sathi 2000-yillarning boshlarida 22-yillarning oxiridagi darajadan 1950 m pastroqda 31 m gacha pasayib ketdi. 2001-yilda Buyuk Orol dengizi (Janubiy) G’arbiy va Sharqqa bo’lingan. 2001-yilda. 2003-yilda dastlabki maydonning to’rtdan bir qismi Orol dengizi va 10% ga yaqinini dengiz suvi qoplagan. Bugungi kunda eski chuqur dengiz o’rniga umumiy maydoni 38000 km2 bo’lgan yangi qum va tuzli cho’llar mavjud.
Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yer osti suvlaridan ortikdir. Shuning uchun iklimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sat-hi yillar davomida oʻzgarib turgan. Mas, 1785-yildan dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825-yildan pasaygan, 1835—50 yillarda yana koʻtarilgan, 1862-yil kamaygan. Koʻkorol 1880-yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881-yil suv sathi pasaygan. 1885-yildan Orol dengizida suv sathi yana koʻtarila boshlagan. 1899-yilga kelib Koʻkorol yarim orol orol boʻlib qolgan. 1919-yil dengiz maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ boʻlgan boʻlsa, 1935-yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan.
Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan ham dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil davomida oʻzgarish amplitudasi urtacha 25 sm ga teng boʻlgan. Suvining shoʻrligi oʻrtacha 10— 11 %”. Suvdagi tuzlarning koʻp qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga koʻra, suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. T ga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq boʻladi. Yoz oylarida ham 24 m chuqurlikkacha dengizning tubi koʻrinadi. Suvining rangi koʻpgina qismida koʻk, qirgʻoklariga yaqini koʻkimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dek. Oʻrtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda temperatura 8°ga oʻzgaradi. Dengiz ustida havoning urtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda —7°, — 13,5°. Orol dengizi sazan, choʻrtan, soʻvʼyan, sudak, oqchavoq, laqqa, taran (leshch), pilmay Orol dengizining kosmosdan olingan surati (2002-yil).
Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoqkabi yirik portlari faoliyat koʻrsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam boʻlgan. Aholi, aso-san, baliqchilik bilan va, qisman, chor-vachilik, ondatra urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Oʻtgan asrning 90-yillarigacha dengizdan baliqovlangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida koʻp sonli baliq ovlash xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Koʻkorol o.), Bugun po-syolkasida (sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash z-dlari ishlab turgan.
Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848—49 yillarda tadqiq etgan va haritaga tushirgan.
Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bogʻlikligidan, bu ikki dare suvi sugorishga qancha koʻp sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi na-tijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildanyilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal surʼatlarda pasaya boshladi.
Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sigʻimiga taʼsiri Orol dengizi da suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin taʼsir koʻrsatdi: 1911—60 yillarda dengiz sathi oʻrtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km³, dengiz yuzasiga yogʻgan atmosfera yogʻinlari miqdori esa 9,1 km³ ga teng boʻlgan. Sarflanish, yaʼni chiqim esa, asosan, bugʻlanishdan iborat boʻlib, shu davrda oʻrtacha 66,1 km³ ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km³ dan, 1911—60 yillar davomida 50 km³ hajmdagi suvni yoʻqotgan.
Hozirgi kunda Orol dengizi 3 boʻlakka boʻlingan: birinchisi — kichik va sayoz shimoliy qismi (shoʻrligi — 8—13g/l); ikkinchisi — nisbatan kattaroq maydonga ega boʻlgan va sayoz sharqiy qismi (shoʻrligi — 69— 72 g/l); uchinchisi — eng chuqur hisoblangan gʻarbiy qismi (shoʻrligi — 68-69 g/l). Rossiya konferensiyasi Orol dengizi qurishi sekinlashganini xulosa qilib uni shu holatda saqlashga chaqirdi.
Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda otmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 — 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100—150 kub km, suv sathi maydoni — 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida suʻorilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961-yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3-marta, yuzasi 2-marta, shurlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000-yilga borib 180—200 gGʻl koʻtariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 — 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning kuyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlibqoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon axvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy qizil qum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiyustyurt va Amudaryo delütasikabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni — 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bulayotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga karaganda yiliga atmosferaga 100—150 mln. Tonnagacha chang — tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang — tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang — tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1-marta 1875-yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang — toʻzon uzunligi — 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 — 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yogilayotgan chang — tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kgGʻga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKR ning suʻoriladigan maydonlari chang — tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shoʻrlangan qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 ming ga Yaylovlarni egallabbormoqda. ~oʻza uchun ajratilgan maydonlar kasallik koʻzgatuvchi zarakunandalar bilan zararlangan. Qishloq xoʻjalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori okimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand) II kategoriyada erlaning koʻpayishiga olib kelmoqda. Amudaryoning oʻrta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xoʻjalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, shurlangan, kuchli shurlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproq-larning shurlanishi hisobiga kishlk xoʻjalik maxsulotlari hosili Oʻzbekistonda — 30 %, Turkmanistonda 40 %, Qozog’istonda — 33 %, Tojikistonda — 1990 Qirg’izistonda — 20 % pasayib ketdi. Kuchli shurlangan er osti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo av Sirdaryo qirgʻoklarini pasayish natijasida daryolarning kuyi qismida suv toshqinlarini aqmaytirib yuboradi. Bu oʻz navbatida toʻqay oʻsimliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy boʻlgan utloki — botqoqli tuproqlar unumsiz utlok takir choʻl, kumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Kurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarkatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol boʻyining sanitar — epidemiologik ahvoli nixoyatda ogir aholi markaz-lashtirilgan suv bilan taʼminlash 29- 67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiqsuv havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga karaganda koʻp marta oʻz shaklini oʻzgartirganini va koʻrib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. O DYeN Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir.Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Xozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz xozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi toʻplanib qolgan erdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi.Oʻsha erdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda.Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qaygʻurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablagʻlari ajratilgani bilan oʻsha mablagʻ dengizga xarajat qilinishini xech kim oʻz nazoratiga olmayapti. Bundan kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha erga „etmayapti“. Buni kiska kilib shunday taʼriflash mumkinki, Urta Osiyo mamlakatlarida qurgʻokchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari „pichoq suyakka qadalganida“ anglab etishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan soʻng bu muammoni echish yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xoʻjalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni paxta, bugʻdoy sugʻorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam etib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlagan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
. BOʻzMEirinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Reclaiming the Aral Sea, Scientific American, mart, 2008
://www.ntsomz.ru/projects/eco/econews_271108_beta
Dostları ilə paylaş: |