Mavzu: Toshkent viloyati aholisi



Yüklə 1 Mb.
tarix17.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#115246
Iqtisodiy geografiya

Mavzu: Toshkent viloyati aholisi


2023- yilning 1- aprel holatiga Toshkent viloyatining doimiy aholisi soni 3 007,0 ming kishini tashkil etgan.Shundan, shahar aholisi – 1 504,7 ming kishi qishloq aholisi –1 502,3 ming kishi Toshkent viloyatidagi aholining zichligi oʻrtacha 1 km² ga 157 kishini tashkil etadi, asosan, oʻzbeklar (60,9 %), shuningdek, rus (8,1 %), qozoq (14,3 %), tatar (2,5 %), tojik (5,0 %), koreys (2,8 %), ukrain va boshqa millat (turk, qirgʻiz, uygʻur, nemis va boshqa jami 80 millat) vakillari yashaydi (2004). Chorvokdan tortib Sirdaryogacha viloyat aholisi zich joylashgan. Ayniqsa, bir qancha yirik shaharlar zanjiridan tashkil topgan Toshkent aglomeratsiyasida aholi juda koʻp. Toshkent viloyatidagi koʻpchilik shaharlar poytaxtni ulkan shoda shaklida oʻrab olgan.

Toshkent viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilning 1 oktyabr holatiga ko'ra, viloyat hududlarining doimiy aholisi soni quyidagicha:


Nurafshon shahri – 52559 kishi
Olmaliq shahri – 134716 kishi
Angren shahri – 193728 kishi
Bekobod shahri – 97891 kishi
Chirchiq shahri – 164172 kishi
Ohangaron shahri – 39863 kishi
YAngiyo'l shahri – 63022 kishi
Oqqo'rg'on tumani – 107689 kishi
Ohangaron tumani – 97968 kishi
Bekobod tumani – 161446 kishi
Bo'stonliq tumani – 172210 kishi
Bo'ka tumani – 129256 kishi
Quyi Chirchiq – 111240 kishi
Zangiota tumani – 160458 kishi
Yuqori Chirchiq tumani – 136046 kishi
Qibray tumani – 171797 kishi
Parkent tumani – 159545 kishi
Piskent tumani – 103217 kishi
O'rta Chirchiq tumani – 132285 kishi
Chinoz tumani – 138285 kishi
Toshkent tumani – 186443 kish. 3 million nafarga yaqin aholi istiqomat qiluvchi hududda yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ortmoqda. Sanoat, xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, qurilish-pudrat ishlari rivojlanmoqda. Ayniqsa, kichik biznesni taraqqiy ettirish hamda investitsiya loyihalari koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar taqdim etgan tahlillarga qaraganda, viloyatda metallurgiya, yengil sanoat, qurilish materiallari hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,4 dan 2 barobarga ortgan. Ayniqsa, mahalliy sanoatni rivojlantirish negizida 139 ta loyiharni amalga oshirish hisobiga jami, 850,0 mlrd. soʻmdan ortiq mahalliylashtirilgan, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishilib, chetdan keladigan mahsulotlar hajmi 85 mln dollarga kamaygan. Bu, albatta, viloyat gʻaznasiga qoʻshilgan muhim ulushdir. Shuningdek, kooperatsiya aloqalarini kengaytirishda ham dadil qadamlar tashlanmoqda. Viloyatning Ohangaron, Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq kabi sanoat hududlarida eksport qilinuvchi mahsulotlar hajmi yil sayin ortayapti. Ishlab chiqarish korxonalaridagi iqtisodiy oʻsish natijalari albatta, birinchi navbatda ishchi-xizmatchilar va shu hudud aholisi turmush farovonligini yuksalishiga yoʻnaltirilmoqda.50 mingdan ortiq dehqon xoʻjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʻi 72 %ni tashkil etadi. Soʻnggi 10 yilda paxta urugʻchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va urugʻchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda.
Toshkent viloyati 1990-yillargacha SSSRda kanop yetishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʻjaligi. ekinlari strukturasini oʻzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinlarni egallaydi. Toshkent viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti.
Toshkent viloyatidagi barcha jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming choʻchqa, 446,1 ming qoʻy va echki, 4018,2 ming parranda bor. Chirchiq — Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy rnidir. Viloyatdagi barcha ekin maydoni 315 ming ga, shu jumladan, yerning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boshokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻ, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga oʻrmonzorlar bilan band, pichanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni sugʻorishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi.
Toshkent viloyati respublika poytaxti aholisiga sut, goʻsht, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren shaharlari atrofidagi xoʻjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent sh. aholisini kartoshka va sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyatda tokchilik va bogʻdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bogʻlarda asosan, nok va olma oʻstiriladi. Bogʻlarning asosiy qismi Boʻstonliq, Qibray, Yangiyoʻl, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy togʻli va togʻ etaklaridagi tumanlarda, asosan, qoʻy va echkilar boqiladi. Echkilarning 40 % angor echkilari, qoʻylar esa hisor va jaydari qoʻylardir.Viloyatda Quyi Chirchiq „Baliqchi“ tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi, Zangiotada Damachi balikchilik kti, Yangiyoʻl baliq chavoqlari yetishtirish davlat xoʻjaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toshkent) va boshqa bor.

Toshken viloyati mamuriy xududiy xaritasi



Quyi chirchiq tumani - Toshkent viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1962-yil dekabrda Oqqoʻrgʻon tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1973-yil dekabrda qayta tashkil qilingan, 1978 — 91 yillarda Gʻalaba tumani deb atalgan. Shimolida Chinoz va Yangiyoʻl, sharqda Oʻrta Chirchiq, janubida Oqqoʻrgʻon tumanlari, gʻarbdan Sirdaryo orqali Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,56 ming km2. Aholisi 96 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Doʻst-obod), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Gul, Istiqlol, Ketmontepa, May-dontol, Toshloq, Toshovul, Yangihayot, Oʻzbekiston, Qoʻrgʻoncha) bor. Markazi — Doʻstobod shahri.
Aholisi, asosan, qozoqlar, oʻzbeklar, shuningdek, koreys, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 171 kishi. Shahar aholisi 13,6 ming kishi, qishloq aholisi 82,4 ming kishi. Tumanda 240 ga yaqin xususiy, 180 kichik korxona va boshqa bor. Shulardan yiriklari: paxta tozalash zavodi, baliqchilik xoʻjaligi, "Nissi" qoʻshma korxonasi (sholi mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashgan), avtokorxona va boshqa Quyi chirchiq tumanida paxtachilik, gʻal-lachilik yetakchi oʻrinda. Pilla ham yetishtiriladi. Tumandagi 11 shirkat xoʻjaligidan 8 tasi paxta va gʻalla, bittasi sholi yetishtirishga, bittasi bogʻdorchilikka ixtisoslashgan. 387 fermer, 160 dehqon xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Quyi chirchiq tumani yerlariga paxta, gʻalla, sholi, kanop, sabzavot, kar-toshka, ozuqa ekinlari ekiladi. Bogʻlar va tokzorlar mavjud. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 23 ming qoramol (shu jumladan, 11,5 ming sigir), 6,9 mingʻ qoʻy va echki bor, shuningdek, parranda, yilqi ham boqiladi.tumanda 51 umumiy taʼlim maktabi (22,2 ming oʻquvchi), 2 kasb-hunar kolleji (520 oʻquvchi) faoliyat koʻrsatdi. 19 kutubxona, 16 klub muassasasi, 5 stadion, sport maydonchalari va boshqa sport inshootlari bor.
Quyi Chirchiq tumani mamuriy hududiy xaritasi

Gul — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Quyi chirchiq tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan. Qishloq 17 asrda Ujaken nomiga qoyilgan keyincalik Gul nomi bilan yuritilgan.Ahlosini asosan O‘zbeklar hisoblanadi aholisi soni esa 3350 nafarda ziyod.

Toshkent viloyatining mehnat koʻrsatkichlari raqamlarda 25/11/2022
2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatning mehnat koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:
Mehnat resurslari soni –1615,7 ming kishi
Mehnat bilan band boʻlgan aholi soni – 1217,5 ming kishi
Bandlik darajasi – 71,9 %
Ishsizlar soni – 114,2 ming kishi
Ishsizlik darajasi – 8,6 %
Iqtisodiy faol boʻlmagan aholi soni – 284,0 ming kishi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin