Xorazm viloyatining mamuriy hududiy tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi



Yüklə 176 Kb.
səhifə1/3
tarix16.05.2023
ölçüsü176 Kb.
#114451
  1   2   3
Xorazm viloyatining mamuriy hududiy tarkibi va ijtimoiy iqtisodi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Maydoni

Xorazm viloyatining mamuriy hududiy tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi
Reja:



  1. Kirish

  2. Xorazm viloyatining mamuriy hududiy tarkibi

  3. Xorazm viloyatining hududi

  4. Xorazm viloyatining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli

  5. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish


Xorazm viloyati O‘zbekiston Respublikasining shimoliy garbida joylashgan. O‘zbekiston hududining 1,4 foizini egallaydi.

1925-yil fevralidan 1938-yil yanvarigacha Xorazm okrugi bo'lgan. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning shimoli-gʻarbida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida joylashgan. Shimol va shimoli-sharqdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janub va janubi-gʻarbdan Turkmaniston Respublikasi, janubi-sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh.



Maydoni: 6,1 ming kv.km.
Aholi soni: 1 mln. 835 ming 700 kishidan ortiq (01.01.2019-yil)
Markazi: Urganch shahri (41°33′0″ sh.k. 60°38′0″ shq.uz) 
Ma`muriy bo`linishi: 10 ta tuman, 3 ta shahar va 56 ta shaharcha
Xorazm viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1925-yil fevraldan 1938-yil yanvargacha Xorazm okrugi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Umumiy maydoni — 6 300 kvadrat kilometr. Iqlimi kontinental, oʻrtamiyona sovuq qish va quruq issiq yoz boʻladi. Viloyat aholisi 1 810 000 kishi, zero, taxminan 80 foizi chet (qishloq) joylarda yashaydi. Viloyat 10 ta maʼmuriy tumanga ajratilgan, maʼmuriy markazi Urganch. Urganch aholisi 135 000 kishi. Viloyatning boshqa katta shaharlari — Xiva va Pitnak.[1]
Viloyatda 32 ta xorijiy investitsiyali qoʻshma korxona faoliyat yuritadi. Ular byudjeti 1997-yilda 301,7 million AQSh dollarini tashkil etdi. Viloyat iqtisodiyoti paxtani qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatiga asoslangan. Koʻp sonli paxta tozalash zavodlari, neft qazib oladigan va ipak yigiradigan fabrilar, toʻqimachilik va vinochilik korxonalari va hokazo bor. Shuningdek qurilish materiallarini ishlab chiqarish taraqqiy etgan. Xiva gilam fabrikasida tayyorlangan gilamlar butun dunyoga mashhur.
Mashinasozlik va toʻqimachilik tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Mahalliy qishloq xoʻjaligining asosiy yoʻnalishi — albatta, paxtadir. Boshoqlilar, ayniqsa, guruch etishtirish soʻnggi bir necha yilda keskin oshdi. Shuningdek, koʻplab bogʻ va uzumzorlar, qovun va qovoq plantatsiyalari bor, kartoshka dalalari butun viloyatni qamrab olgan. Shakar tozalash zavodi qurilishi rejalashtirilmoqda. Viloyat iqtisodiy jihatdan oʻsishga tayyor.
Mazkur sohalarga eʼtibor qaratilsa, quyidagilarga erishish ehtimol qilinmoqda:
Paxta, ipak xom ashyosi va boshqa mahalliy zahiralardan foydalanadigan mavjud korxonalarni taʼmirlash, texnik zamonaviylashtirish va kengaytirish. Paxta tolasini qayta ishlash jarayonini yaxshilash va oshirish, ip, gazlama, paxta yigiruv ipi va gilamlar tayyorlash va eksport qilish zarur.
Mavjud oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini yangilash va yangilarini, ayniqsa, mevalar, uzum, sabzavot, qovun va qovoq bilan bogʻliq korxonalarni tashkil etish. Goʻsht-sut mahsulotlariga asoslangan korxonalar kengaytirilishi kerak.
Oʻrab-joylash uskunalarini ishlab chiqarish. Idish materialarining yetishmasligi — eksportga moʻljallangan tomat pastasi, oʻsimlik yogʻi, turli turdagi jem va marmeladlar ishlab chiqarish yoʻlida jiddiy toʻsiq boʻlmoqda.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun viloyatga xorijiy investitsiyalar koʻrinishida qariyb 52,1 million AQSh dollari zarur. Xorazm viloyati temir yoʻllari umumiy uzunligi 130 km dan ortiq. Viloyat Rossiyaning Yevropa qismi va Kavkaz bilan temir yoʻl orqali bogʻlangan. Yoʻllarning umumiy uzunligi — 2 300 km, shoh koʻchalar 2 000 km masofaga yaslangan. Viloyat aviareyslari Xorazmni butun Markaziy Osiyo, shuningdek Rossiya mintaqalarining katta qismi va MDH bilan birlashtiradi. Xiva — xalqaro sayyohlikning katta markazi. 1997-yilda Xiva oʻzining 2500-yilligini nishonladi. Xiva atrofida sayyohlikni yanada rivojlantirish uchun koʻp ishlar qilindi.
Respublikaning shimoli-gʻarbida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janubiy va janubi-gʻarbdan Turkmaniston, janubi-sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Tarkibida 11 qishloq tumani (Bogʻot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor,Qoʻshkoʻpir, Hazorasp va Tuproqqal’a), 3 shahar (UrganchXivaPitnak), 7 shaharcha (Gurlan, Xonqa, Chalish, Shovot, Yangibozor, Qoʻshkoʻpir, Hazorasp), 100 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Urganch shahri.

Viloyat geografik o‘rniga ko‘ra 40°-31° va 42° shimoliy kengliklar 60°-62° sharqiy uzunliklar oralig‘ida joylashgan. Hududi shimoliy-g‘arbdan janubiy-sharqqa 280 km, Urganch shahri joylashgan kenglikda g‘arbdan sharqqa 80 km atrofida cho‘zilgan. Viloyatning eng shimoliy chekka nuqtasi Gurlan tumani Olchin qishlog‘i yaqinidagi Nuronbobo to‘qayiga to‘gri keladi. Janubiy chekka nuqtasi esa Tupraqqal’adan bir muncha janubda joylashgan. 


Xorazm viloyati yer tuzilishi jihatidan ikki qismga. Dengiz sathidan 100-110 m baland bo‘lgan katta shimoliy qismga va dengiz sathidan 120-150 metrgacha baland bo‘lgan chekka janubiy qismga bo‘lish mumkin. 
Viloyat iqlimi keskin kontinental bo‘lib, maksimal va minimal haroratlar orasidagi farq 78° ga teng. Viloyat hududining qumlar bilan o‘ralganligi sababli yoz kunlari harorat +43°+45° C darajaga ko‘tariladi. Qish faslida eng past harorat -30°-33° C sovuqni tashkil etadi. Bu yerda yozning issiq, qishning sovuq kelishi ob-havoning sutka davomida keskin o‘zgarishi, yog‘in sochinning kamligi, havoning quruqligi viloyat iqlimining asosiy xususiyatlaridir. 

Xorazm viloyati ma’muriy hududiy tuzilishi bo‘yicha 10 ta tuman va Urganch shahriga ajratiladi. 

Bular o‘z navbatida 101 qishloq fuqorolar yig‘ini, 612 aholi punktlari, 3 ta shahar va 7 ta shahar tipidagi shaharchalarga bo‘linadi. 

Viloyatda 27 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib shundan 13tasi engil sanoat korxonasiga qarashlidir. 



Viloyatda tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish dasturiga ko‘ra sanoatni qayta jixozlash, kommunikatsiya infratuzilmasini rivozlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yaxshilash va ularning qayta ishlashini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish soxasini hamda sayyoxlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Xozirgi vaqtda viloyatda 39 ta zamonaviy mexmonxonalar faoliyat olib bormoqda. 
Avtomobil yo‘llarining uzunligi 2296 kilometrni, shundan qattiq qoplamli yo‘llar 2218 kmni tashkil qiladi. 
Viloyatda xalqaro klassdagi aeroport bo‘lib, hozirda turli yo‘nalishlar bo‘yicha havo yo‘llari bilan bog‘langan. 
Viloyatda zamonaviy telefon tarmoqlari, kommunikatsiya sistemalari (aloqa, peydjer, modem va uyali telefon) radio va tedevidenie mavjud. 
Viloyatda asosan agrar soha rivojlangan bo‘lib, yiliga 280-290 ming tonna ya’ni respublikada etishtirilayotgan paxta xom ashyosining 7 foizini ishlab chiqaradi. 
Xorazmning boy ko‘p qirrali tarixi qadim zamonlardan buyon xorijiy va yurtdosh olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi. 
Viloyat hududida ko‘plab tarixiy yodgorliklar mavjud. Ayniqsa, Xiva shahridagi me’moriy obidalar bugun dunyo ahlining e’tiborini tortib kelmoqda. Bu erda Ark, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishanqal’a yodgorliklari alohida ajralib turadi. Xivadagi Ichanqa’la yodgorlik majmui esa YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Sharq durdonasi bo‘lgan qadimiy Xiva shahrining 2500 yilligi 1997 yilda xalqaro miqyosda keng nishonlandi. 
Xorazm viloyati mustaqil o‘zbek davlatchiligini qayta tiklash, istiqlolimizni mustahkamlash, yurtimiz salohiyatini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni ko‘z qorachigidek asrash va boyitish, yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun 2003 yilda Vatanimizning yuksak mukofoti - Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan taqdirlangan. 
Ma’lumki, Xorazm diyori dunyo sivilizatsiyasining eng qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, milliy davlatchiligimizning asoslari ham dastlab mana shu yerda yaratilgan. 
Xalqimiz manaviyatining noyob yodgorligi bo‘lgan «Avesto» kitobi ham Xorazm tuprog‘ida yaratilgani bugungi kunda ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. «Xorazm» so‘zi ham ilk bor ana shu noyob kitobda uchraydi. Xorazm so‘zi forscha «xvar» - quyosh va «azm» - o‘lka, yer, yurt so‘zlarining birikmasidan kelib chiqqan bo‘lib, «quyoshli o‘lka» degan ma’noni anglatadi. Qadimda bu zaminda massaget, sak, apasak, os, dax kabi urug‘ va qabilalar yashagan. 
Bu ko‘hna zamin dunyoga algebra, algoritm kabi fanlarga asos solgan Muhammad Muso Xorazmiy, Xristofor Kolumbdan besh yuz yil oldin Atlantika ummoni ortida quruklik, noma’lum qit’a borligini aytib, yerning aylana shakldagi xaritasini yaratgan Abu Rayhon Beruniy, arab tilining mukammal qonun-qoidalarini ishlab chiqqan, butun musulmon olamida Jorilloh, ya’ni Ollohning qo‘shnisi degan nomga sazovor bo‘lgan Mahmud Zamahshariy singari allomalarni bergan. Xorazm viloyati Paxlavon Mahmud, Sulton Uvays, Nosiruddin Rabg‘uziy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Bahouddin Valad va uning buyuk o‘g‘li Jaloliddin Rumiy, Abulqosim Ali Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Bayoniy, Chokar, Hojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov singari ko‘plab mutafakkir, ilm-fan va san’at namoyandalarining vatani hisoblanadi.

Yüklə 176 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin