Reja: Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasi Interfaol metodlar va ularning tavsifi Maktab matematika kursini o‘rganishda interfaol metodlardan foydalanish Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasi



Yüklə 58,5 Kb.
səhifə1/6
tarix02.05.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#105722
  1   2   3   4   5   6
BOSHLANG\'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH


Boshlang'ich sinflarda matematika darslari samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish

Reja:


  1. Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasi

  2. Interfaol metodlar va ularning tavsifi

  3. Maktab matematika kursini o‘rganishda interfaol metodlardan foydalanish


Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasi
Pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlovchi muhim shartlaridan biridir.
Pedagogik jarayonni loyihalashda:
1. Pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish;
2. Natijalarni oldindan ko‘ra bilish;
3. Rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish kabi vazifalar bajariladi.
Bu bosqichda o‘qituvchining mustaqil, shu bilan birga o‘quvchi bilan hamkorlikda o‘quv jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida loyihalashtirilgan faoliyati yetakchi o‘rin tutadi. Loyihalar predmet va uning yo‘nalishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi.
Loyihalarda pedagog tomonidan quyidagi faoliyatlar namoyon bo‘ladi:
- ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashhisning qo‘yilishi yakunlanuvchi tahliliy faoliyat;
- oldindan ko‘ra bilish va loyihalash.
Tashhis, oldindan ko‘ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi. Loyihaning maqsadi oldindan qog‘ozda taqvim-reja, qisqacha yozma bayon sifatida aks ettriladi. Strategik, taktik va operativ vazifalarning samarali hal etilishi loyihalash texnologiyasining sifatiga bog‘liq.
O‘quv dasturi yoki o‘quvchi shaxsi ta’lim mazmunini loyihalashning asosi bo‘lib, bu vaziyatda o‘qituvchi pedagogik faoliyat, maqsadi va sharoitlarga muvofiq holda o‘quvchilarga nimani taqdim etish xususida mustaqil qaror qabul qiladi.
Qaror qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
1. O‘quvchilar tavsiya etilayotgan ma’lumotdan nimani va qanday hajmda o‘zlashtirishlari zarurligi;

Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin