Reja: Pulning nominallik nazariyasining yuzaga kelish shart-sharoitlari va asosiy qoidalari. Asoschilari va namoyondalari: J. Berkli, G. Knapp, F. Bendiktsen. Pulning nominallik nazariyasini XX asdda rivojlanishi
Pulning naminallik nazariyasining yuzaga kelish shart sharoitlari va asosiy qoidalari
Reja:
1. Pulning nominallik nazariyasining yuzaga kelish shart-sharoitlari va asosiy qoidalari. Asoschilari va namoyondalari: J.Berkli, G.Knapp, F.Bendiktsen. Pulning nominallik nazariyasini XX asdda rivojlanishi.
2. Pulning miqdoriylik nazariyasi. Pulning aylanish tezligi va almashuv tenglamasi. Pulning miqdoriylik nazariyasida pullarga bo'lgan talab talqini. Pulning metallilik nazariyasi. Oltin tanga standartlari.
3. J.M.Keynsning "likvidlikni avzal ko'rish" nazariyasi. Pullarga bo'lgan talab omillari: tranzaksion omil, ehtiyotkorlik omili, spekulyativ omil. J.M. Keyns nazariyasining rivojlantirilishi.
4. M.Fridmanning zamonaviy miqdoriy nazariyasi. M.Fridman va J.M Keyns nazariyasi o'rtasidagi farqlar.
Tayanch iboralar: Nominallik nazariyasi, pulning aylanish tezligi, almashuv tenglamasi, likvidlikni avzal ko'rish, pullarga talab, tranzaksion, spekulyativ, pul, nazariya, pul tizimi, pul renessansi, «Keynschilik va Monetarizm» dixotomiyasi, Keyns inqilobi, ishlab chiqarish, miqdoriylik, monetarizm, metall, davlat pul nazariyasi tushunchalar:, qiymatning ekvivalent shakli, оltin, kumush va mis tangalar, qоg'оz pullar, kredit pullar, mоliyaviy defоrmatsiya, pul renessansi, оltinning denоminatsiyalashuvi, pulning fundamental muammоlari.
1. Pulning nominallik nazariyasining yuzaga kelish shart-sharoitlari va asosiy qoidalari. Asoschilari va namoyondalari: J.Berkli, G.Knapp, F.Bendiktsen. Pulning nominallik nazariyasini XX asdda rivojlanishi. Nominalizm quldorlik tizimi davridagi faylasuflar ta’limotida yuzaga kelgan bo‘lib, bu ilk nominalizmdir. Birinchi nominalistlar tanga tarkibini buzish (tanganing og‘irlik miqdorini kamaytirish)ni ko‘rko‘rona madh etuvchilar bo‘lganlar. Yemirilib ketgan tangalarni teng qiymatli tangalar bilan muomalada bir xilda yurganligiga asoslanib, ular pulning metall miqdori emas, balki nominali muhimdir deb da’vo qilib chiqdilar.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog‘oz pullar e’tirof etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, shuningdek nominal pul nazariyasining amal qilishining asosiy omili sifatida pul nominallarini davlat tomonidan belgilanishi va uning ta’minlanishi ham davlat tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadigan bo‘lsak, nominal pul nazariyasini “qog‘oz pullar nazariyasi” tarzida ifodalash ham mumkin bo‘ladi.
Nominal pul nazariyasini “qog‘oz pul nazariyasi” tarzida yuritilishi uning aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu nazariyani, nominal pul nazariyasini qanday farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini beradi.
Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik, keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta’limotlarida kuzatish mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII – XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy bo‘lmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog‘oz pullar emas, balki haqiqiy bo‘lmagan tanga monetalar tashkil etgan.
Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya vakillari Dj.Berkli (1685 – 1780) va Dj.Styuart (1712 – 1780) hisoblanadi. Ularning nazariyalari asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib olish qobiliyati uning nominali asosida, ya’ni qog‘oz pulda ko‘rsatilgan nominal qiymati bilan aniqlanadi.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning ta’limotiga ko‘ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida belgilanadi, shuningdek, milliy xo‘jalik doirasida to‘lov vositasini bajaradigan pullarning kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab asosida o‘zgarib turadi.
Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri asosan XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, uning ko‘zga ko‘ringan tarafdorlaridan biri, nemis olimi G.Knapp (1842 – 1926) hisoblanadi. G.Knappning pul nazariyasini, uning ta’limoticha ma’lum qiymatga ega bo‘lmagan monetalarda emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga harakat qiladi.
Nominal pul nazariyachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning ta’limotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘oya ilgari suriladi. Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta’limotida inobatga olinmaydi va e’tibordan chetda qoldiriladi. Chunki kredit pullarning qiymati davlat tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan belgilangan nominal qiymatga ega bo‘lib, ushbu qiymat o‘zgarishga moyildir, ya’ni ularni muomalaga chiqargan emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar.
Nominal pul nazariyasi vakillarining ta’limoti Germaniya tomonidan birinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta miqdordagi emissiya jarayonida namoyon bo‘ldi. Biroq, ushbu ta’limotning haqiqatga yaqin emasligi Germaniyada 1920 yillarda yuz bergan giprinflyasiya sharoitida isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan juda katta miqdordagi qog‘oz pullar juda tez muddatda 700 – 800 foiz darajasida inflyasiyaga uchrashi natijasida mamlakatda pul – kredit, moliya tizimi izdan chiqdi. Buning natijasida ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqish pasayib, kishilar moddiy ne’mat yaratish hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne’matlarni sotish hisobiga qo‘shimcha daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab chiqarish va qo‘shimcha moddiy ne’matlarni yaratish ma’lum darajadagi vaqtni talab etar, bu vaqtda esa ishlab topilgan daromad inflyasiya natijasida o‘zining qiymatini yo‘qotar edi.
Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi. Chunki ushbu tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan o‘rnatilib, uning amal qilishi ham to‘liq nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan ilgari surilgan ta’limot o‘zini oqlaydi. Ta’kidlash joizki, markazdan boshqarish tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog‘oz pullarning nominali davlat tomonidan o‘rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar moddiy qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan belgilanadi. Shu bilan birga, muomalaga emissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning harakati va amal qilish kabi barcha jarayonlar ham davlat tomonidan rejalashtirilib, ushbu rejaning bajarilishi to‘lig‘icha tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliyotga joriy etish va uning amal qilishining imkoniyati mavjud emas. Chunki davlat banklari tomonidan muomalaga emissiya qilingan pul belgilari tegishli talab va taklif asosida tovar moddiy qimmatliklarning bahosini belgilaydi. Uning sotib olish qobiliyatini mustahkam yoki zaif bo‘lishi davlatning nazdidan anchagina yiroqda bo‘lib, davlat unga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ma'lumki, keynschilik XX asrning 30-40-yillarida shakllangan bo'lib, iqtisodiy siyosat dasturlari va nazariy adabiyotlarda asosiy qoidaga aylandi. Monetarizm maydonga keyinroq, 50-yillar o'rtalarida chiqdi. U asosiy e'tiborni pul massasi va uning iqtisodiyotga ta'siriga qaratdi. Pul nazariyasi keynschilik va monetarizm paydo bo'lishidan ancha oldin vujudga kelgan bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Pulning fundamental muammolari g'arb siyosiy iqtisodining mumtoz vakillari A. Smit, D. Rikardo asarlaridayoq yo'lga qo'yilgan. Keyinchalik ular XIX-XX asrlarning yirik nazariyotchi olimlari J. S. Mill, U, Jevons, L. Valras, A. Marshall va boshqalar tomonidan umumlashtirilgan va qayta ishlangan.
So'nggi yarim asr davomida pulni o'rganish estafetasi g'arb iqtisodiy fanining J. Xiks, P. Samuelson, J. Tobin, F. Modilyani, D. Patinkin, M. Fridman kabi olimlari qo'liga o'tdi. Nobel mukofoti laureati bo'lgan (Patinkindan tashqari) aynan shu olimlarning mehnatlarida «keynschilik- monetarizm» dixotomiyasi (ikkiga bo'linish) eng to'liq amalga oshirilgan.
Bugungi kunda pulning nima ekanligi va takror ishlab chiqarish aloqalari tizimida qanday o'rin tutishi haqidagi aniq ilmiy tasavvur yo'q. Pulning ta'rifi haqidagi nazariy munozaralar zamonaviy adabiyotlarda ularning «empirik to'lidirish» masalalari bilan uzviy bog'lanib ketgan. Bunday holat urushdan keyingi yillarda ro'y berayotgan pul-kredit mexanizmi strukturasidagi jiddiy o'zgarishlar bilan asoslanadi. To'lov aylanmasida naqdsiz hisob-kitob va kredit bitimlarining har xil turlari tobora keng tarqalmoqda, ular banknotalar hamda boshqa naqd to'lovlari o'rnini bosmoqda va yangi to'lov vositalariga ehtiyojni qisqartirmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda keng tarmoqli bank-kredit institutlarining mavjudligi faol muomalada bo'lgan pullarni tezlik bilan jamg'armalarga aylantirish va buning aksi bo'lgan jarayon uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bunga moliyaviy yangiliklar jarayoni, oxirgi yillarda yangi pul bozori vositalari va gibrid bank schyotlarining paydo bo'lishi xizmat qiladi, bu yerda pul bir vaqtning o'zida daromad keltiradi va tovarlar uchun hisob-kitob vositasi bo'lib xizmat qila oladi. Bularning barchasi pul tushunchasining aniqligini pasaytirib, pul va «pul emas» o'rtasidagi chegaralarni yo'q qiladi.