Reja: Sharq va g`arbda o`rta asrlar tarixining davriy chegarasi, rivojlanishidagi asosiy bosqichlar



Yüklə 21,77 Kb.
səhifə1/2
tarix30.11.2023
ölçüsü21,77 Kb.
#170106
  1   2
IX-X arslarda movarounnahr san\'ati


Mavzu: ILK O'RTA ASRLARDA SAN'AT RIVOJI
Reja:

1. Sharq va g`arbda o`rta asrlar tarixining davriy chegarasi, rivojlanishidagi asosiy bosqichlar.


2. Vizantiya, Sharqiy Yevropa va Kavkaz orti san`ati.
Yer yuzida feodalizm formatsiyasining paydo bo`lishidan tortib, uning rivojlanishi va nihoyat, uning inqirozidan keyingi formatsiyaga o`rnini bo`shatib berguncha bo`lgan davrdagi san`ati, odatda, o`rta asrlar san`ati deyiladi. Bu san`at turli mamlakatlarda turli vaqtda boshlangan va davom etgan. Jumladan, Yevropada u Buyuk Konstantin podsholik qilgan davrdan (IV asr) boshlanadi. Uning dastlabki inqirozi esa XIII-XIV asrlardagi Italiyadagi shahar-davlatlarning vujudga kelishi bilan tezlashadi. Yevropadagi ayrim mamlakatlarda feodalizm VII-VIII asrlar va undan kech ham boshlanib, XVII asrlarning so`ngigacha davom etgan (masalan, Vizantiya, Qadimgi Rus). Aksincha, Sharq mamlakatlarida (masalan Xitoy, Hindistonda) o`rta asrchilik birmuncha erta boshlangan. Lekin uning inqirozi cho`zilib ketib, XIX asrgacha va undan keyinroq ham davom etgan.
O`rta asrlarda me`morchilik yetakchi o`rinni egalladi. Bizgacha o`rta asrlar me`morchilik san`atining juda ko`p nodir yodgorliklari saqlanib qolgan. Bu yodgorliklar, ayniqsa, monumental me`morchilik san`ati o`rta asrlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o`rganishda muhim o`rinni egallaydi. Ular davrning diniy, falsafiy qarashlarini aks ettiribgina qolmay, inson aql-zakovatining qudratini ulug`laydi. Bu davrda qurilgan Yevropadagi ibodatxonalar, musulmon sharqidagi hashamatli machitlar, buddizm yodgorliklari o`rta asr tafakkurining mahsuli sifatida hozirgacha kishilar qalbini to`lqinlashtiradi. Buyuk inson aql-zakovati qudratiga ta`zim etishga da`vat etadi.
Vizantiya san`atining o`ziga xos tomonlari IV asrda uning maydoniga xristian dinining kirib kela boshlagan davridan shakllana bordi. Bu xususiyat Vizantiyaning dastlabki gullagan davri VI-VII asrlarda yaqqol namoyon bo`ldi. Konstantinopal bu davrda katta Vizantiya imperiyasining faqat siyosiy markazi emas, balki madaniy o`chog`iga ham aylandi.
Vizantiya me`morchiligi uslubi grek va rim me`morchiligi an`analarining mahalliy an`analar bilan uyg`unlashishidan vujudga kelgan. Jumladan, Konstantinopoldagi Sofiya ibodatxonasi o`z konstruktiv tuzilishi jihatidan Panteon ibodatxonasi konstruksiyasiga o`xshab ketadi, lekin bu o`xshashlik bir muncha yashiringan holda talqin etilishi bilan xarakterlanadi. Vizantiya rangtasvirining nodir namunasi XII asr birinchi yarmida Konstantinopollik usta tomonidan ishlangan «Vladimir Bibi maryami» ikonasi hisoblanadi. Vizantiya san`ati madaniyati, jahon xalqlari san`ati va madaniyatining rivojlanishiga katta ta`sir o`tkazadi. Bu madaniyat janubiy Slavyanlarga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Qadimgi Rus san`ati va madaniyati taraqqiyotida muhim rol o`ynaydi. Vizantiya me`morligi amaliy san`at namunalari ko`pgina xalq san`atkorlari uchun namuna maktabi vazifasini o`tadi.
VI-VII asrlarda slavyan qabilalarining Bolqon yarim oroli tomon ommaviy ko`chishi Vizantiya imperiyasida feodal munosabatlarning tezlanishiga, quldorlik formatsiyasining tugashiga olib keldi. Shu bilan birga slavyan qabilalarining Vizantiya bilan to`qnashi ularning ijtimoiy va siyosiy rivojlanishlarida, asta-sekin esa ilk feodal davlatlarning paydo bo`lishida muim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yerda ular Bolqon qabilalari bilan assimilyatsiyalashib ketishdi. Bolqon yarim orolida yirik davlatlar galma-galdan maydonga chiqdi va inqirozga uchradi. Ana shular ichida Bolgariya podsholigi, Serbiya va Xorvatiya davlatlari yirik bo`lib, taraqqiyotida ham sezilarli iz qoldirdilar.
Bolgariya san`ati va madaniyatining birinchi taraqqiyoti IX-X asrlarga to`g`ri keldi. Bu davrda slovyan yozuvi va bolgar adabiyoti paydo bo`ldi. Bolgar san`atiga xos bo`lgan xususiyatlardan biri, antik an`analarning unda uzoq yashashidadir. Jumladan, uning me`morchiligida tekis yoyilgan tomi va yon tomonlaridagi binolar uzoq vaqt saqlangan. Bunga avliyo Sofiya ibodatxonasi misol bo`la oladi. XI asrdan boshlab, bud-gumbaz tipidagi binolar qurila boshlandi. Shu tipda qurilgan dastlabki ibodatxonalar Presp ko`li atrofidagi German cherkovi (1066 y.) bo`lib, u o`zining nozik nisbati, konstruktiv tuzilishining aniqligi bilan xarakterlanadi. Bino juda sodda bezatilgan. 1187 yili Bolgariya mustaqil davlatga aylandi. Tarixchilar ikkinchi Bolgariya podsholigi davrini shu yildan boshlab hisoblaydilar.
San’at, diniy g‘oyalar va gumanistik qarashlar uyg‘unligi. Ilk o‘rta asrlardagi feodallar o‘rtasidagi tinimsiz urushlar, tabiiy ofatlar, turli yuqumli kasalliklarning tez-tez sodir bo‘lishi odamlarni ilohlardan najot so‘rashga, toat-ibodatga majbur qiladi. Shu sababli, Yevropada monastirlar yuzlab tarki dunyo qilgan, o‘z umrini ibodatga bag‘ishlagan monaxlarni*, ya’ni rohiblarni to‘playdi. Rohiblar oila qurmaslikka, qashshoqlikda yashashga, abbatga (monastir boshlig‘i) so‘zsiz itoatda bo‘lishga qasamyod etishgan. Xristian cherkovi o‘z maqsadi va mazmuni bilan xukmron tabaqa manfaatiga xizmat qilsada, uning maorif, madaniyat va ma’lum darajada ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasini alohida qayd etish lozim. O‘rta asrlardagi dastlabki kutubxonalar monastirlarda tashkil topgan. Yevropada XI asrga qadar maktablar ham cherkovlar qoshida bo‘lib, ularda o‘rta asrlarning buyuk allomalari tahsil olishgan.

Yüklə 21,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin