Sirli oqshom. Issuaredagi Sen Pol cherkovi kapiteli. XII asr. Ilk va o‘rta feodalizm davri madaniyatida Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari ulkan rol o‘ynadi. Arab mamlakatlari, Eron va O‘rta Osiyo Vizantiya kabi antik madaniyatning (xususan, falsafa va ilm-fanning) vorislari va muhofizlari bo‘lishdi. Arab, ozarbayjon, tojik va eronliklar tomonidan yaratilgan ilm-fan, adabiyot va san’at yuz yilliklar davomida dunyo madaniyati rivojiga o‘z hissasini qo‘shib keldi. Uzoq Sharq mamlakatlari san’atida xitoy xalqlari madaniyatining ta’siri ulkan bo‘ldi. Uning yonida albatta Hindistonning turfa shaklga ega ko‘p qirrali va chuqur badiiy madaniyati nomini keltirish darkor. Xind madaniyati bir qator janubiy-sharqiy Osiyo mamlkatlari san’ati rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Vetnam, Birma, Tayland, Kambodja, Laos, Seylon, Nepal kabi mamlakatlar san’ati xitoy va xindlarning badiiy madaniyati bilan o‘zaro aloqadorlikda, biroq o‘ziga xos yo‘ldan rivojlandi.
G‘arbiy va Markaziy Yevropa xalqlarining o‘rta asr san’ati o‘z rivojida dastlab jahondagi boshqa madaniy o‘choqlaridan orqada qolayotgan edi. Bu yerda yangi ijtimoiy munosabatlarga o‘tish antik madaniyatning zo‘ravonlik bilan vayron qilinishi, moddiy boyliklarni talafoti, iqtisod va ishlab chiqarishning keskin tushib ketishi, shaharlarning xarobaga aylanishi, Rim imperiyasi vayronalari uzra bir qator “varvar” qirolliklarining paydo bo‘lishi bilan birga sodir bo‘ldi. Shu sababli ham yetuk feodalizmga o‘tish bu mamlakatlarda bir necha asrlarga cho‘zildi. Natijada Yevropa feodal madaniyatning ravnaqi XI asrlardan boshlanib, XII-XIV asrlarda yetuklik davrini boshdan kechirdi.
G‘arbiy Yevropaning o‘rta asrlar san’atida yangi realistik jarayonlarning paydo bo‘lishi jahon san’atining keyingi rivojida katta ahamiyatga ega bo‘lib, Uyg‘onish davri san’atiga bevosita zamin yasadi. Yevropaning bir qator mamlakatlarida so‘nggi feodalizm davri burjua munosabatlarining jo‘shqin rivoji, yangilik va eskilik o‘rtasidagi shafqatsiz inqilobiy kurashlar, feodal jamiyatning sekin-asta kapitalistik munosabatlar tizimiga o‘tishi davri bo‘ldi. Mafkuraviy tomondan bu jarayon feodalizm g‘oyalariga qarshi yangi gumanistik madaniyatning faol kurashi bilan belgilanadi. Inson shaxsidagi kuch-qudrat va fazilatlarni ulug‘lash, ijtimoiy hayotni yangicha idrok etish, tabiiy fanlarning uzluksiz rivoji, falsafada materialistik qarashlarning jonlanishi, san’atda realizmning tantanasi – o‘rta asrlar o‘rniga kelgan Uyg‘onish davrining asosiy xususiyatlari edi. Garchi Renessans san’ati to‘liq poyoniga yetmagan feodal formatsiyalari chegarasida rivojlanayotgan bo‘lsada, avvalgi davr san’ati bilan solishtirganda mutloq o‘zgacha ko‘rinish kasb etdi.
Xulosa sifatida o‘rta asrlarning ko‘p qirrali madaniyati diniy va gumanistik jarayonlarning o‘zaro kurashi ostida taraqqiy etganligini ta’kidlash o‘rinlidir. Aynan gumanistik qadriyatlar badiiy ijodning realistik asosiga zamin yaratdi va aynan u o‘rta asrlar jahon madaniyatiga qo‘shgan bemisl hissasini belgilashda muhim o‘ringa ega bo‘ldi.
Fodalanilgan adabiyotlar
1. Registon maydoni — maʼlumot Katta sovet ensiklopediyasidan olindi..
2. ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
3. ↑ Mukminova, R. G. „The role of Islam in education in Central Asia in the 15th – 17th centuries“. // Studies on Central Asia Nuova serie. – 2007. – № 1 (87). – P. 155–161.
4. ↑ Xoroshxin A. P. Sbornik statey, kasayuщixsya Turkestanskogo kraya A. P. Xoroshxina.. – S.Peterburg., 1876.; D. I. Evarnitskіy. Putevoditel po Sredney Azіi. Otʼ Baku do Tashkenta.. – Tashkent., 1893. – S. 73-77; V. I. Masalskіy. TURKYeSTANSKІY KRAY. –