Reja: Sog‘lom va bilimli yosh avlod millat ravnaqining poydevori. Bola huquqlarining huquqiy-me’yoriy asoslari. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya



Yüklə 89 Kb.
səhifə1/6
tarix04.05.2023
ölçüsü89 Kb.
#107265
  1   2   3   4   5   6
Migratsiya tasiridagi bolalar huquqlarini himoya qilish.


Migratsiya tasiridagi bolalar huquqlarini himoya qilish.

Reja:

  1. Sog‘lom va bilimli yosh avlod millat ravnaqining poydevori.

  2. Bola huquqlarining huquqiy-me’yoriy asoslari.

  3. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya.

  4. Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


Sog‘lom va bilimli yosh avlod millat ravnaqining poydevori.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, sog‘lom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini ta’minlaydigan mustahkam poydevordir.
Istiqlol yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlari 5 barobar ko‘paydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Xususan, “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘n mamlakat qatoridan joy oldi.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq inson huquqlariga oid xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillariga tayanib, bola huquqlarini himoya qilish tizimini bosqichma-bosqich isloh etish, bola huquqlariga oid xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va qonunchilikni takomillashtirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Bu borada voyaga yetmaganlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish bo‘yicha davlat dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi hamda 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan. Harakatlar strategiyasining qabul qilingani ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan muhim islohotlar sanaladi.
Bola huquqlarining huquqiy-me’yoriy asoslari.
O‘zbekistonda Bola huquqlari bo‘yicha 100 dan ziyod qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Eng muhimi, mamlakatimizda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kompleks huquqiy asoslar yaratildi.
Ayniqsa, 2008 yil 8 yanvarda amalga kiritilgan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonda bola huquqlariga oid birinchi tarixiy hujjat bo‘ldi.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi, birinchidan, bola huquqlariga oid qonun hujjatlarining kodifikatsiya qilinishiga zamin yaratishga, ikkinchidan, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida belgilangan bola huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro standartlarga milliy qonunchilikning mosligini ta’minlashga xizmat qiladi. Uchinchidan, bola huquqlarini himoya qilish mexanizmining oshkora va samarali bo‘lishi uchun bola huquqlari himoya qilinishining aniq kafolatlarini belgilab olishga imkoniyat berdi.
Shuningdek, 2010 yil 30 sentabrda “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning amalga kiritilishi bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. YA’ni ushbu Qonun voyaga yetmaganlarning nazoratsizligini va ular o‘rtasida huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan kompleks huquqiy chora-tadbirlar tizimini belgilab berdi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bolalarni ijtimoiyiqtisodiy va madaniy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan o‘ta muhim umummilliy davlat dasturlari qabul qilindi. Endilikda ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Bunday muhim hujjatlar yurtimizda inson huquqlari, shu jumladan, bola huquqlari va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish borasida o‘ziga xos huquqiy taraqqiyotga erishilganligining yorqin amaliy ifodasidir.
Umuman aytganda, bugungi kunda O‘zbekistonda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘ziga xos milliy-huquqiy tizim shakllangan bo‘lib, ayni paytda mamlakatimiz bu yo‘lda dadil qadam tashlayotgan davlatlardan biridir.
Nima uchun O‘zbekistonda Bola huquqlariga katta e’tibor qaratilishini quyidagilar bilan izohlash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi aholisining 40% ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.
Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko‘p bolali oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi yaratilgan. Ta’kidlash joizki, mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasidir.
Inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan me’yorlar va qonunlarga tayanadi. Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat bo‘lib, mazkur yo‘nalishda YUNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishi bola huquqlariga oid davlat siyosatining shakllanishi uchun zamin yaratdi va ushbu siyosat bola huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun samarali mexanizmni yaratishga qaratilgan davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining izchil olib borilayotgan faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, bola huquqlarini ta’minlash va himoya qilish uchun zarur bo‘lgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar va kafolatlar yaratish O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining oilaviy muhitdan mahrum bolalarning ta’lim olishi, davolanishi va ularning broshqa huquqlarini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish borasida institutsional mexanizmni yo‘lga qo‘yish bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda kompleks idoralararo komissiyani tuzish, oilaviy muhitdan mahrum bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha davlat muassasalarida asab tizimi va jismoniy rivojlanishdagi nuqsonib bor bolalar uchun tabaqalashtirilgan davolash dasturlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” shartnoma kuchiga ega bo‘lgan xalqaro huquqiy xujjat bo‘lib, muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat. Konvensiyaning 1- 41 moddalari bolalarning huquq va erkinliklari to‘g‘risida, 42 – 54 moddalari ishtirokchi davlatlarning majburiyatlari to‘g‘risida.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ning prinsiplari:

  • Bolaga nisbatan har qanday kamsitishlarning oldini olish Barcha huquqlar hech qanday istisnosiz barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatning vazifasi – bolani kamsitishning barcha shakllaridan himoyalanganligini ta’minlash va hamda uning huquqlarini ta’minlab berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish.

  • Bolaning manfaatlarini har tomonlama yetarli ta’minlash. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi. Agar ota-ona yoki vasiy bu vazifalarni bajara olmasalar, davlat bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.

  • Bolaning yashab ketish va sog‘lom rivojlanishini kafolatlash. Har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega va davlat bolaning yashab ketishi va sog‘lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib berish majburiyatini oladi.

  • Bolaning huquqlarini tan olish. Bola o‘zining fikrini erkin ifoda etish huquqiga ega, jumladan, bolaga taalluqli har qanday muhokama paytida uning fikri e’tiborga olinishi shart.


Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin