Reja: Soliq nima? Soliq nazorati shakllari



Yüklə 0,5 Mb.
tarix24.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#160396
soliq va soliqqa tortish nuriddinov jahongir


Mavzu:Soliq nazorati uning turlari va shakillari
MEK-86 guruh talabasi
Nuriddinov Jahongir
Reja:
1.Soliq nima?

2.Soliq nazorati shakllari.

3.Soliq nazorati turlari.
Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Soliq nazoratini amalga oshirish shakllari
O’zbekiston Respublikasi soliq to’lovchilarining yagona reestri O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan yuritiladi.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to’lovchiga berilgan identifikasiya raqami berilganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki soliq to’lovchi bir vaqtning o’zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo’yilgan holda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan taqdirda, davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma soliq to’lovchining hisobga qo’yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog’liq obyektlarni hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq to’lovchi bo’yicha hamda u to’layotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog’liq obyektlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog’liq obyektlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarining ma’lumotlari, tegishli organlar, tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar, shuningdek davlat soliq xizmati organlari boshqa manbalardan to’plagan, shu jumladan soliq tekshiruvlari vaqtida to’plagan axborotlar asosida shakllantiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish vazifasi yuklatilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga tushumlar hisobini yuritishi kerak.
Kameral nazorat soliq to’lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to’lovchining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir37.
Kameral nazorat soliq to’lovchining huzuriga bormasdan davlat soliq xizmati organi joylashgan erda amalga oshiriladi.
Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan kameral nazorat jarayonida soliq hisobotini to’ldirishda xatoliklarga yo’l qo’yilganligi yoki taqdim etilgan soliq hisobotidagi va davlat soliq xizmati organlaridagi ma’lumotlar o’rtasida ziddiyatlar borligi aniqlansa, bu haqda soliq to’lovchiga tegishli tuzatishlar kiritish talab qilingan holda yozma shaklda xabar qilinadi.
Xulosa.Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir.
Soliq tekshiruvi soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi.
Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin