Reja: Tarbiya ta'sirida muhit ta'siri bera olmagan fazilatlar o‘zlashtiriladi, ya'ni bilim, ma'lumot egallanadi



Yüklə 49,88 Kb.
tarix17.06.2023
ölçüsü49,88 Kb.
#131985
BOLA TARBIYASI


Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning ro'li

REJA:
1. Tarbiya ta'sirida muhit ta'siri bera olmagan fazilatlar o‘zlashtiriladi, ya'ni bilim, ma'lumot egallanadi.


2. Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
3. Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi.

Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya – aniq maqsadlarga ko‘zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo‘lida tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.Tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko‘rlar, gunglar ham o‘qitilib, sog‘lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini bartaraf etish mumkin.Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixii tajribasini o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Natijada bola o‘zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi.Bolaning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo‘lgan insoniy tajribani o‘zlashtirishi kerak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o‘zlashtirish usullarini hali egallamagan bo‘ladi.Tarbiya va ta'lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo‘lgan mazmunni tanlaydi, uning o‘zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo‘shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya jarayonining o‘zi doimiy bo‘lib qolmaydi. U o‘zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o‘zgaradi, o‘sayotgan odam shaxsiga ta'sir ko‘rsatish usullari tobora xilma-xil bo‘lib boradi.Tarbiyaning o‘zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L. S. Vigotskiy) bilan bog‘lik bo‘lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko‘nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o‘zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o‘zlashtirish; ancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo‘lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o‘zlashtirish; buyum asosidagi o‘yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta'lim «eng yaqin rivojlanish zonasi»ga asoslanib, bugungi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini olg‘a harakatlantiradi.Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichdan o‘tadi. Har bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog‘liq bo‘ladi, avval erishilgan bosqich yanada yuqoriroq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo‘shiladi. Ilk yosh bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha tarbiyaning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko‘zi ojiz va kar bolalar uchun mo‘ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa aniq namoyon buladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta'minlaydi.Biroq tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi uning biror tomonining ruhiy rivojlanishini sun'iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. Shuning uchun maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg‘un rivojlantirish, uning rivojlanishini boyitish maqsadi o‘rtaga qo‘yiladi. (A.V. Zaporojes).Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli pedagogning ham yetakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas'uliyatini qaror toptiradi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko pedagogning roli va mas'uliyatini ta'kidlab shunday yozgan edi:«Tarbiyaviy ta'sirning g‘oyat qudratli ta'sir ko‘rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo‘lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo‘lsa, buning uchun u tarbiyadan, o‘z bolaligidan karzdordir»8. Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o’zlashtirishga yordam beradi, buning asosida roli uning bilish, ko’rgazmali, o’yin, eng oddiy mehnat va o’quv kabi xilma- xil faoliyat turlari, shuningdek. muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o’zlashtirib, faollik ko’rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog’liq bilimiar, malaka, ko’nikmalarni o’zlashtiradi, SHu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi.Faoliyat — kishining moddiy va ma’naviy ne'matlar yaratish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma'lum bir maqsad sari qiladigan xatti-harakatlar majmuasidir.Faoliyat — insonni belgilangan (rejalashtirilgan) maqsadga erishishdir. Faoliyat — bir narsani aniqlash uchun biror narsa qilish xohishi (jarayoni)1.Bolaning faoliyatdagi faol mavqei uni faqat tarbiya ob'ektiga emas, shu bilan birga tarbiya sub'ektiga ham aylantirdi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchilik rolini belgilaydi. Bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishining yosh bilan bog’liq davrlarida faoliyatning turli xillari yonma-yon bo’ladi va o’zaro ta'sir ko’rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil bo’lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning etakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutular namoyon buladi. Flar bir faoliyat ehtiyoj, sabablar. faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy ma'lumotlarning dalolat berishicha, bola ularni darhol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbarligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, bolalar bog’chasidagi tarbiya va ta'lim sharoitlariga bog’lik, bo’ladi.Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisoblanadi.Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasining (hissiy va hissiy-predmetli muomalasining) eng oddiy turlari unda ta’surotlarga bo’lgan ehtiyoj ini rivojlantiradi, tasavvurlarini shakllantiradi. YAngi harakat usullarini egallab borgan sayin bolalarning faolligi oshib boradi. Biroq faollik darajasi, uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib qo’yilgan zaminga, taqlid qilishga ham bog’liq bo’ladi. Hayotning dastlabki yillarida kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib borishni o z ichiga oladigan yoi-yo riq iadqiqot faohyati uolaiar faoliyatining asosiy turlari bo’ladi. Tarbiyachilar bolalar bilan muomalada bo’lar ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib kiradilar. SHunday yul bilan bolalar o’ziga xos buyumlar bilan bog’liq faoliyatni egallaydilar. Bunda muomalaning o’zi bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi.Bola ikki yarim yoshga to’lganda buyumlar bilan bog’lik faoliyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga erishadi, o’yin va tasviriy faoliyatga o’tish uchun asos yaratiladi. Kattalar uyushtiradigan muloqot va faoliyatda bolalarda o’zini-o’zi anglashning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola o’zini atrofdagi odamlardan ajratadigan, o’z imkoniyatlarini anglab etadigan bo'la boshlaydi. Mustaqillik rivojlanishining ana shu bosqichida bolalar kattalarning vasiyligini qisman cheklashga intiladilar. O’zini-o’zi anglashning dastlabki shakllari xulq-atvor sabablarini shakllantirishning boshlanishi bo’ladi. Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita katta odamning ishtiroki va ta'siri ostida ro’y bersa, 4-6 yoshli bolalar xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o’z xoxishlariga ko’ra qo’shiladilar, bunda ongning roli oshadi va ba'zan ijodiy xususiyatga ega bo’ladi.Ilmiy tadqiqotlarning ko’rsatishicha, maktabgacha tarbiya }mshida etakchi bo’ladigan o’yin faolyatida maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy, bilish faolligi rivojlanadi. Tarbiyachilar rahbarligidagi o'yinlar chog’ida bolalar turli harakat usullarini, buyumlar, ularning xususiyatlari va belgilari to’g’risidagi bilimlarni o’zlashtiradilar. Bolalar makon, vaqt munosabatlarini, o’xshashlikka va bir xillikka oid aloqalarni anglab etadilar, tushunchalarni egallaydilar. Harakatli o’yinlar harakatlarning rivojlanishiga, makonda yo’l-yo’riq topishga yordam beradi. Birgalikdagi o’yinlarda bolalar odamlar o’rtasidagi munosabatlarni, harakatlarni muvofiqlashtirishning ahamiyatini anglab etadilar va o’zlashtiradilar, atrofdagi narsalar to’g’risidagi tasawurlarini kengaytiradilar.Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin faoliyatining mazmuni xilma-xil bo’ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyatlari kengayadi. O’yin hayolni rivojlantirishga, atrofdagi voqelik, odamlar mehnati to’g’risidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, shaxsning jamoatchilik xususiyatlarini shakllantirishgako’maklashadi.Muntazam mehnat topshiriqlari o’z faoliyatini jamoat manfaatlariga bo’ysundirish, ijtimoiy foyda kelishiga amal qilish, mehnatning umumiy natijalaridan quvonish ko’nikmalarini tarbiyalaydi va rivoj lantiradi.Mashg’ulotlardagi eng oddiy o’quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi bilimlarni o’zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Agar 3-4 yoshda ta'lim paytida bolalarning e'tibori tabiat, odamlar xayotidagi aniq faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5- 6 yoshli bolalarga ta'lim berish muhim aloqalar va munosabatlarni o’zlashtirishga va aloqalarni umumlashtirishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakllantirishga karatilgan bo’ladi, bu esa bolalarda tushunish tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. O’zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o’yinlarda va mehnatda qo’llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta'sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg’ular, sabablar, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga etadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o'qishga o’tish imkonini beradi.Kichik maktab yoshida asosiy narsa o’qish bo’lib qoladi va uni bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushunadilar. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqei o’z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti-harakatini o’zgacha nuqtai nazardan maktab o’quvchisi nuqtai nazaridan baholashni shart qiiib qo’yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko’rsatib, kattalarning uning xulk-atvoriga va faoliyatiga qo’yayotgan tobora murakkabiashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-tarixiy tabiati har bir yosh avlodga ob'ektiv ravishda berilgan boTadi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san'atda, axloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo'lgan paytda tarbiya va ta'lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi.Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg’otib, yangi hulk- atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi.4. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalashBolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchilik roli to’g’risidagi qoidadan kelib chiqib, uning o’quv-tarbiya muassasalaridagi va oiladagi hayotini u faoliyatning xil-xil turlariga boy bo’ladigan qiiib uyushtirish zarur. Bunda ularga mazmunni boyitishga, yangi ko’nikmalarni o’zlashtirishga, mustaqillikni rivojlantirishga qaratilgan rahbarlik ta'minlanishi kerak.Tarbiya va taTimning mazmuni, vositalari, metodlari bolalarning rivojlanish jarayoni, ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.Keyingi yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi va moslashishi ancha oshib boradi, shunga muvofiq tarzda ta'lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari va metodlari o’zgaradi. Bolaning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan tarbiya-ta'lim ishini murakkablashtirish imkonini beradi.Tarbiya vazifalari mazmuni, metodlarini yoshga qarab tabaqalashtirish hozirgi fanda qabul qilmgan odam hayotini davrlarga bo’lishga tayanadi. Bir tomonuan, vaqtni orqaga qaytarib bo’lmasligi, odam umrining qancha davom etishi va ikkinchi tomondan, tarbiya va ta'lim sistemasi bilan izohlanadigan ruhiy rivojlanishning olg’a harakat qilishi yoshga qarab tabaqalashtirishning asosi hisoblanadi. YOsh davrlari - odam rivojlanishining majburiy bosqichlaridir.Har bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik sistemalarining etilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy tajribasi, bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi.Yosh kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu bilan birga teskari jarayon ham ro’y beradi, shu sababli har bir yosh uchun shaxsning sensor, akliy, hissiy, irodaviy tomonlari kabi xususiyatlar xosdir; ular orasidagi o’zaro aloqa o’zgaradi, bu esa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvorni tartibga solishga ta'sir ko’rsatadi. YOsh bilan birga faoliyatning etakchi turi ham o’zgaradi. Biroq shaxsning ruhiy rivojlanish darajasi faqat yashagan yillar natijasi emas har qanday yoshda, ayniqsa bolalikda tarbiva va ta'lim sistemasi, shaxsning faoliyati va faolligi hal qiluvchi ta'sir ko’rsatadi. YOsh bilan bog’liq rivojlanish muddatlarida o’ziga xos siljishlar ham bo’lishi mumkin.Ilk yoshdagi bolalar yordamga muhtoj. ko'ngli nozik bo’ladi. SHu bilan birga bu o’sish va rivojlanish sur'atlari juda yuqori bo’lgan voshdir. SHu sababli to’laqonli rivojlanishni ta'minlash uchun bolalarning sog’lig’ini muhofaza qilish va mustahkamlash, ularning hayotini to’g’ri tashkil etish uchun har bir bolaning hissiy ijobiy holatiga ko’maklashuvchi shart-sharoitlarini yaratish to’g’risida g’amxurlik qilish zarur.Ilk yoshda bolalar emaklash, tirmashish, biror narsaga osilib o’zini kutarish, yurish kabi xilma-xil harakatlarni egallaydilar. Harakat ayrim turlarining o’z vaqtida paydo bo’lishi va ketma-ketligi bolalarning o’ziga xos xususiyatlariga va tarbiya sistemasiga bog’liq bo’ladi. Zotan, bolalarni yaxshi ovqatlantirish, parvarish qilish, ular bilan tez-tez muloqotda bo’lib turish tufayli ular bu sharoitlar yo’q bo’lgan paytdagidan ancha erta mustaqil yura boshlaydilar. Ilk yoshda sensor rivojlanish, aqliy rivojlanish asoslari, his-tuyg’ularni, idrok etishni, tasavvurlarni takomillashtirish katta ahamiyatga ega.Nutqning shakllanishi 3 yoshgacha bo’lgan bolalarning muhim yosh xususiyati hisoblanadi, 3 yoshga borganda bolalar ona tilining deyarli barcha jihatlarini egallagan bo’ladilar va kattalar hamda tengdoshlari bilan nutqdan muomala vositasi sifatida foydalanadilar.Ilk yoshdagi bolalar bilan ish yuritishning asosiy yunalishlari, o’yin faoliyati, tasviriy, konstruktorlik faoliyatining eng oddiy shakllari tarkib topadi. Bolalar o’ziga- o’zi xizmat ko’rsatishning eng sodda ko’nikmalarini egallaydilar, bu bolaning o’ziga xos mustaqilligini belgilab beradi. Kichkintoylarda dastlabki uch yoshda tengdoshlari bilan o’zaro munosabatlar rivojlanadi: ular birgalikdagi o’yinlarda bir-birlari bilan muomalada bo’lishni va o’zlarini o’yin qoidalariga muvofiq tutishni o’rganadilar.YOsh xususiyatlari faqat aqliy sohagagina emas, shu bilan birga hissiy, irodaviy, sabab sohalariga ham taallukli bo’ladi: hayotning dastlabki yillarida bolalarning xulq- atvori asosan bevosita his-tuyg’ular bilan tartibga solinadi, lekin shu yoshdayoq irodani tarbiyalashni boshlash, ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalarni tushunishni o’rgatib borish kerak.Bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun ularning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini bilish kerak, bu ishni ilk yoshdan boshlab amalga oshirish zarur.Ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalash sistemasi yosh avlod umumiy ta'lim-tarbiya tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblanadi.Maktabgacha yoshda bola organizmining takomillashishi davom etadi: 3 yoshdan 5 yoshgacha bolaning o’sish sur'ati avvalgi yosh davriga nisbatan birmuncha susayadi, lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha yana kuchayadi. Umumiy o’sish va tana og’irligining oshishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy to’qimalari va organlari anatomik o’zgarishlari va funktsional rivojlanishi ro’y beradi. Asta-sekin skelet qotib boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati kuchayadi. SHu bilan birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6-7 yoshga kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arkonga osilib chiqish, uloqtirish va hatto chang’ida yurish, konkida uchishdek murakkab harakat turlarini muvaffaqiyatli egallaydi.Jismoniy tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda markaziy o’rinni tutadi. Bolaning imkonivatlariga muvofiq oilada va bolalar bog’chasida ta'sir ko'rsatishning aniq vositalari va metodlarnni qo’llash sistemasi: hayot, ovqatlanish tartibi, gimnastika mashqlari va harakatli o’yinlar, chiniqish usullari belgilanadi. Maktabgacha yoshdagi bolada miya qobig’ining funktsional faolligi takomillashib boradi. Asab sistemasining yuksak darajada ta'sirchanligi idrok etishning yorkinligi, o’tkirligini, bolalar ta'sirlanuvchanligini shart qilib qo’yadi, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va unga ta'lim berishda ta'surotlar va bilimlarni (bu asosan atrofdagi xayot haqidagi eng oddiy bilimlar bo’ladi) tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.Maktabgacha o'rta yoshda tarbiya maqsadga muvofiq tarzda olib borilganda ko’rish, eshitish, hid bilish kabi idrok etish usullari, ko’rgazmali-ta'sirchan va obrazli fikrlash, irodaviy, hissiy va sabab jarayonlari rivojlanadi. Bolalar bilish jarayonini egallab borar ekanlar, eng oddiy tahlil etish va umumlashtirish, tasniflashga qodir bo’lib boradilar, o’zlarini o’rab turgan buyumlar va xodisalar to’g’risida mulohaza bildira boshlaydilar. Umuman maktabgacha yosh sinchkovlik, qiziquvchanlik bilan ajralib turadi.Biroq bolaning tabiiy qiziquvchanligi qondirilmasa u passiv bo’lib qoladi. Masalan, o’rta yoshdagi bolalar faoliyatning xilma-xil turlarida namoyon bo’ladilar, tasurot yangiligi va o’tkirligi xosdir. Kattalar ta'sirida maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyati ixtiyoriy ravishda bajariladigan bo’lib qoladi, bu esa ta'lim beradigan mashg’ulotlar paytida e'tiborlilikni tarbiyalash uchun g’oyat muhim. Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam beradi, buning asosida roli uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, SHu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi.Bolaning faoliyatdagi faol mavqei uni faqat tarbiya ob’ek-tiga emas, shu bilan birga tarbiya sub’ektiga ham aylantirdi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchilik rolini belgilaydi. Bolalarning rivojlanishi va tarbiya-lanishining yosh bilan bog‘lik davrlarida faoliyatning turli xil-lari yonma-yon bo‘ladi va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil bo‘lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning etakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo‘ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga oshi-riladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, bola ularni darhol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbarligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, bolalar bog‘chasidagi tarbiya va ta’lim sharoitlariga bog‘lik, bo‘ladi. (A. N. Leontev va boshqalar).Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng od-diy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va at-rofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisob-lanadi.Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasining (hissiy va hissiy-predmetli muomalasining) eng oddiy turlari unda taassurotlarga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantiradi, tasavvurlarini shakllantiradi. YAngi xarakat usullarini egallab borgan sayin bolalarning faolligi oshib boradi. Biroq faollik darajasi, uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib qo‘yilgan zamin-ga, taqlid kilishga ham borliq bo‘ladi. Hayotning dastlabki yil-larida kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib borishni o‘z ichiga oladigan yo‘l-yo‘riq tadqiqot faoliyati bolalar faoliyatining asosiy turlari bo‘ladi. Tarbiyachilar bola-lar bilan muomalada bo‘lar ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib kiradilar. SHunday yo‘l bilan bolalar o‘ziga xos buyumlar bilan bog‘liq faoliyatni egallaydilar. Bunda muomalaning o‘zi bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi.Buyumlar bilan bog‘lik faoliyatni tashkil etish oilada ham, maktabgacha tarbiya muassasasida ham bir va ikki eshli bolalarni tarbiyalash vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki bu faoliyatda barcha bilish jarayonlari, maqsadlari va xulk-atvor sabablari rivojlanadi. Bu faoliyatda bolalar tarbiyachilar rahbarligida buyumlarning xususiyatlari, ular bilan kilinadigan harakatlar to‘g‘risida dastlabki bilimlarni o‘zlashtiradilar.
Bola ikki yarim yoshga to‘lganda buyumlar bilan bog‘lik fao-liyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga erishadi, o‘yin va tasviriy faoliyatga o‘tish uchun asos yaratiladi. Kattalar uyushtiradigan muloqot va faoliyatda bolalarda o‘zini-o‘zi anglashning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola o‘ziii atrof-dagi odamlardan ajratadigan, o‘z imkoniyatlarini anglab etadi^ gan bo‘la boshlaydi. Mustakillik rivojlanishining ana shu bosqichida bolalar kattalarning vasiyligini qisman cheklashga intiladilar. O‘zini-o‘zi anglashning dastlabki shakllari xulq-atvor sabablarini shakllantirishning boshlanishi bo‘ladi.
Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita katta odamning ishtiroki va ta’siri ostida ro‘y bersa, 4—6 yoshli bolalar xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o‘z xoxishlariga ko‘ra qo‘shiladilar, bunda ongning roli oshadi va ba’zan ijodiy xususiyatga ega bo‘ladi.
Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, maktabgacha tarbiya yoshi-da etakchi bo‘ladigan o‘yin faolyyatida maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy, bilish faolligi rivojlanadi. Tarbiyachilar rah-barligidagi o‘yinlar chog‘ida bolalar turli harakat usullarini, buyumlar, ularning xususiyatlari va belgilari to‘g‘risidagi bilim-larni o‘zlashtiradilar. Bolalar makon, vakt munosabatlarini, o‘xshashlikka va bir xillikka oid alokalarni anglab etadi-lar, tushunchalarni egallaydilar. Harakatli o‘yinlar harakatlar-ning rivojlanishiga, makonda yul-yo‘riq topishga yordam beradi. Birgalikdagi o‘yinlarda bolalar odamlar o‘rtasidagi munosabat-larni, harakatlarni muvofiklashtirishning ahamiyatini anglab etadilar va o‘zlashtiradilar, atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi ta-savvurlarini kengaytiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining maz-muni xilma-xil bo‘ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyat-lari kengayadi. Uyin hayolni rivojlantirishga, atrofdagn voqelik, odamlar mehnati to‘rrisidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, shaxs-ning jamoachilik xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashadi.
Muntazam mehnat topshiriqlari o‘z faoliyatini jamoat man-faatlariga bo‘ysundirish, ijtimoiy foyda kelishiga amal qilish, mehnatning umumiy natijalaridan quvonish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi.
Mashg‘ulotlardagi eng oddiy o‘quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar hakidagi bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Agar 3—4 yoshda ta’lim paytida bolalarning e’tibori tabiat, odamlar xayotidagi anik faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5—6 yoshli bolalarga ta’lim berish muhim aloqalar va munosabatlarni o‘zlashtirishga va aloqalarni umumlashtirishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakllantirishga karatilgan bo‘la-di, bu esa bolalarda tushunish tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. O‘zlashtirllgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda ko‘llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, sabablar, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga etadikn, u bolaga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi.
Kichik maktab yoshida asosiy narsa o‘qish bo‘lib qoladi va uni bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushuna-dilar. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqei o‘z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti-harakatini o‘zgacha nuktai nazardan — maktab o‘quvchnsi nuqtai nazaridan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘yayotgan tobora murakkablashib boraetgan talablarini bajarishga intiladi.
Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijti-moiy-tarixiy tabiati har bir yosh avlodga ob’ektiv ravishda berilgan bo‘ladi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san’atda, ahloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va mulokotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi.
Tarbiya tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg‘otib, yangi hulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagi-na kutilgan natijalarga erishadi.
Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchi-lik roli to‘rrisidagi qoidadan kelib chiqib, uning o‘quv-tarbiya muassasalaridagi va oiladagi hayotini u faoliyatning xil-xil turlariga boy bo‘ladigan qilib uyushtirish zarur. Bunda ularga mazmunni boyitishga, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, mustaqil-likni rivojlantirishga qaratilgan rahbarlik ta’minlanishi ke-rak.
Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari bo-lalarning rivojlanish jarayoni, ularning yoshi bnlan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.
Keyingi yosh gruppalarida maktabgacha yoshdagi bolaning musta-qilligi va moslashishi ancha oshib boradi, shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari va metodlari o‘zgaradi. Bolaning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan tar-biya-ta’lim ishini murakkablashtirish imkonini beradi.
Tarbiya vazifalari mazmuni, metodlarini yoshga karab tabaqa-lashtirish hozirgi fanda qabul qilingan odam hayotini davrlarga bo‘lishga tayanadi. Bir tomondan, vaqtni orkaga qaytarib bo‘lmasligi, odam umrining qancha davom etishi va ikkinchi tomon-dan, tarbiya va ta’lim sistemasi bilan izohlanadigan ruhiy rivojlanishning olg‘a harakat qilishi yoshga qarab tabakalashtirishning asosi hisoblanadi. YOsh davrlari — odam rivojlanishining majburiy bosqichlaridir.
Har bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik sistema-larining etilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy tajribasi, bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi.
YOsh kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu bilan birga teskari jarayon ham ro‘y beradi, shu sababli har bir yosh uchun shaxsning sensor, aqliy, hissiy, irodaviy, sababiy tomonlari kabi xususiyatlar xosdir; ular orasidagi o‘zaro aloqa o‘zgaradi, bu esa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvor-ni tartibga solishga ta’sir ko‘rsatadi. Esh bilan birga faoliyat-ning etakchi turi xam o‘zgaradi. Biroq shaxsning‘ ruhiy rivojla-nish darajasi faqat yashagan yillar natijasi emas: har qanday yoshda, ayniqsa bolalikda tarbiya va ta’lim sistemasi, shaxsning faoliyati va faolligi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Esh bilan bog‘lik. rivojlanish muddatlarida o‘ziga xos siljishlar xam bo‘lishi mumkin.
Ilk yoshdagi bolalar yordamga muhtoj, ko‘ngli nozik bo‘adi. SHu bilan birga bu o‘sish va rivojlanish sur’atlari juda yukori bo‘lgan yoshdir. SHu sababli to‘laqonli rivojlanishni ta’minlash uchun bolalarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash, ularning hayotini to‘g‘ri tashkil etish uchun har bir bolaning hissiy ijobiy holatiga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarini yaratish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarur.
Ilk yoshda bolalar emaklash, tirmashish, biror narsaga osilibo‘zini ko‘tarish, yurish kabi xilma-xnl harakatlarni egallaydi-lar. Xarakat ayrim turlarining o‘z vaqtida paydo bo‘lishi va ket-
ma-ketligi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlariga va tarbiya sis-
temasiga borliq bo‘ladi. Zotan, bolalarni yaxshi ovqatlantirish,
parvarish kilksh, ular bilan tez-tez mulokotda bo‘lib turish tu-
fayli ular bu sharoitlar yo‘q bo‘lgan paytdagidan ancha erta
mustakil yura boshlaydilar. Ilk yoshda sensor rivojlanish, aq-
liy rivojlanish asoslari, his-tuyg‘ularni, idrok etishni, tasav-
vurlarni takomillashtirish katta ahamiyatga ega.Nutqning shakllanishi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning muhim esh xususiyati hisoblanadi, 3 yoshga borganda bolalar ona tilining deyarli barcha jihatlarini egallagan bo‘ladilar va kattalar hamda tengdoshlari bilan nutkdan muomala vositasi sifatida foydalanadilar.Ilk yoshda buyshlar bilan ysh yuritishning asosiy yo‘nalish-lari, o‘yin faoliyati, tasviriy, konstruktorlik faoliyatining eng oddiy shakllari tarkib topadi. Bolalar o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsa-tishning eng sodda ko‘nikmalarini egallaydilar, bu bolaning o‘ziga xos mustaqilligini belgilab beradi. Kichkintoylarda dastlabki uch yoshda tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlar rivojlanadi: ular birgalikdagi o‘yinlarda bir-birlari bilan muomalada bo‘lishni va o‘zlarini o‘yin qoidalariga muvofiq tutishni o‘rganadilar.Esh xususiyatlari faqat aqliy sohagagina emas, shu bilan birga hissiy, irodaviy, sabab sohalariga ham taalluqli bo‘ladi: hayotning dastlabki yillarida bolalarning xulq-atvori asosan bevosita his-tuyg‘ular bilan tartibga solnnadi, lekin shu yoshdayoq irodani tarbiyalashni boshlash, ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalarni tushunishni o‘rgatib borish kerak.Bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun ularning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish kerak, bu ishni ilk yoshdan boshlab amalga oshirish zarur.Ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalash sistemasi yosh avlod umu-miy ta’lim-tarbiya tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblana-di. Maktabgacha yoshda bola organizmining takomillashishi davom etadi: 3 yoshdan 5 yoshgacha bolaning o‘sish sur’ati avvalgi yosh davriga nisbatan birmuncha susayadi, lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha _A_ kuchayadi. Umumiy o‘sish va tana og‘irligining oshishi bilan bir vaktda bolaning barcha asosiy to‘qimalari va organlari anatomik o‘zgarishlari va funksional rivojlanishi ro‘y beradi. Asta-sekin skelet qotib boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati kuchayadi. SHu bilan birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6—7 yoshga kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arqonga osilib chiqish, uloqtirish va hatto chang‘ida yurish, konkida uchishdek murakkab harakat turlarini muvaffaqiyatli egallaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
https://hozir-org.translate.goog/
https://azkurs.org/k
Yüklə 49,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin