Tishli g‘ildiraklarni tayyorlash texnologiyasi Reja; 1. Tishli g’ildiraklarning vazifasi va texnik shartlari. 2.Tishli g’ildiraklarning tishli sirtlariga ishlov berishning asosiy usullari.
Tishli g’ildiraklar o’qlari paralle va kesishuvchi vallar orasidagi aylanma harakatlarni burovchi mom ent orqali uzatish uchun xizmat qiladi (1-rasm). Tishli va chervyakli i uzatmalarning detallariga: to’g’ri (1 a-rasm), qiyshiq va sheversimon tishli silindrik tishli g’ildiraklar ( b-rasm); to’g’ri, qiyshiq va egrichiziqli tishli konusli g’ildiraklar ( d-rasm); silindrik va globoidli chervyakli g’ildiraklar va chervyaklar ( f-rasm) hamda reykali va tishli g’ildirakli uzatmalar (h-rasm) kiradi.
Silindrik tishli g’ildiraklarklarning aniqligi GOST 1.643-72 bo’yicha 3...12 daraja belgilangan, mashinasozlikda ko’pincha 5...9 daraja oraliq ko’proq qo’llaniladi. Konusli tishli uzatmalar aniqligi GOST 1.758-72, chervyakli uzatmalar uchun esa GOST 3.675-72 da ko’rsatilgan.
Bu detallarning konstruktsiyalarini konstruktor funktsional xizmat qilish jarayonini obdan tahlil qilib, xizmat qilish vazifasiga mos ravishda loyihalashi lozim.
1 -rasm. Tishli uzatmalarning ko’rinishlari: a -to’g’ri tishli silindrik
tishli g’ildiraklar juftligi; b -qiyshiq tishli silindrik g’ildiraklar
juftligi; d -konussimon tishli g’ildiraklar juftligi; e -vint tishli
o’qlari kesishuvchi g’ildiraklar juftligi; f -odatdagi chervyakli uzatma;
h -reykali va tishli g’ildirakli uzatma .
Silindrik tishli g’ildiraklarning tishlariga ishlov berish usullari Silindrik tishli g’ildiraklar to’g’ri va egri tishli qilib tayyorlanadi. Kesishuvchi o’qli uzmatmalarda g’ildiraklar tishlari egri chiziqli bo’ladi.
Tishlarga ishlov berishni nusxalash usuli: sidirish, jo’valash, jilvirlash, diskli va barmoqli frezalar bilan frezalash yoki obkatka usulida: chervyakli frezalar bilan randalash va urib tushirish, dumalatish, jilvirlash, shevinglash va ishqalash usularida olib borish mumkin.
Tishlarni modulli disksimon va barmoqli frezalar bilan ishlash, tishlar oralig’idagi botiqlikni fasonli disksimon yoki barmoqli modulli frezalar bilan ketma-ket tartibda frezalashdan iborat. Har bir modul uchun to’plami 8 yoki 15 donali shunday frezalar tayyorlangan bo’ladi. Odatda 8 donali to’plam ko’proq qo’llaniladi va bu 9 daraja aniqlikdagi tishli g’ildirak olish imkonini beradi. Har bir to’plam uchun 8 tadan freza bo’lishi zarur, chunki to’plamning har bir frezasi tishlar sonining ma’lum oralig’iga mo’ljallangan.
Disksimon modulli frezalar bilan kichik va katta modulli to’g’ri va qiyshiq tishlarni frezalash mumkin. Barmoqli modulli frezalar bilan o’rtacha va yirik modulli silindrrik shevronli g’ildiraklar, reykalar va boshq. tishlari frezalanadi. Yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda va maxsus tishqirqar dastgohlarning yo’qligida silindrik tishli g’ildiraklarning tishlari disksimon va barmoqli modulli frezalar bilan gorizontal- va vertikal-frezalash dastgohlarida ishlanadi. Bu usul kamunumli bo’lib, 9...11 daraja aniqlik va Rz= 60...80 mkm g’adir-budirlikni beradi.
Tishlarni chervyakli frezalar bilan o’yish yuqori unumdarlikka ega va ko’proq tarqalgan, olinuvchi aniqlik 8...9 daraja va Rz= 20...40 mkm.ga teng.
Jarayon tishfrezalash dastgohlarida chervyakli frezalar bilan olib boriladi va ularni ham to’g’ri ham qiyshiq tishlar uchun qo’llash mumkin.
Moduli m<2,5 mm tishli g’ildiraklar bir yurishda toza o’yiladi, m>2,5 mm liklar qora va toza va hatto uch marta o’yiladi.
Unumdorlikni oshirish uchun va qora yurishlar uchun ikki- va uch-kirimli chervyakli frezalar qo’llaniladi.
Ichki ilashmali tishli g’ildiraklarni va tashqi ilashmali berk tishli tojlarni qora va toza ishlash uchun tisho’yuvchi o’ygichlar (dolbyak) qo’llaniladi. Tishli g’ildiraklarning tojlarini urib tushirish amallari bilan ishlov berish 5...7 darajali aniqlikni ta’minlish imkonini beradi.
Moduli m<2,5 mm gacha bo’lgan tishlarni urib tushurish amali bilan ishlov berish tishfrezalashga qaraganda unimliraq va aniqroq amal hisoblanadi.
O’rtacha modulli (2,5....5 mm) odatdagi tishli g’ildiraklarga dastlabki ishlov berishni tishfrezalash dastgohlarida, toza ishlov berishni esa tisho’yuvchi dastgohlarda, m>5mm tishfrezalash dastgohlarida, m<2,5 mm tisho’yuvchi dastgohlarda ishlov berish iqtisodiy tejamliroq hisoblanadi. Tisho’yish 7...8 daraja aniqlik va Rz= 10...20 mkm tozalik olish imkonini beradi.
Yakka ishlab chiqarishda aniq emas tishli g’ildiraklarni va ta’mirlash sharoitida hamda tishqirquvchi dastgohlarning yo’qligida tishlarni tisho’yuvchi yoki randalash dastgohlarida fasonli keskichlar bilan ishlov berish mumkin.
Tishlarni sidirish yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda amalga oshirilishi mumkin.
Tishlarni bosim bilan olish (tish dumalatish) tish kesishga qaraganda15...20 marta unimliroqdir. Moduli m=1 mm gacha tishlar sovuq holda dumalatiladi, m>1 mm – issiq holatda.
Yakka, mayda seriyali va seriyali ishlab chiqarishlar sharoitida mayda modulli tishli g’ildiraklar sovuq holida tokardik dastgohlari bo’ylama surishlari bilan dumalatiladi (2–rasm).
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda tish dumalatish maxsus dastgohlarda yassi tishli reykalar bilan bajariladi. Erishiluvchi aniqlik 8 daraja, g’adir-budirligi Ra= 1,2...2,0 mkm.
Issiq dumalatish radial surish ham bo’ylama surishlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda qo’llaniladi va maxsus modulli dastgohlarda bajariladi. Tanavor dumalatishdan 20...30 s oldin yuqori chastotali tok (YUCHT) bilan 1000...1200oC gacha qizdiriladi.
2 –rasm. Tokardik dastgohida mayda modulli tishli g’ildiraklarni dumalatish: