Rejja 1. Shaxsning malaka va odatlari
2. Shaxsning faolligi:
3. Shaxsning shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar:
Shaxsning malaka va odatlari Har bir odam bilish, eshitish bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil bo`ladi (yozish, o`qish, yurish, musiqa chalish, sport va h. k.) Maqsadni ko`zlab biror ishni bajarish malakaga bog`liq. Malaka deb, avval ongli bajarilib keyinchalik avtomatlashgan xatti -harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta -qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo`lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o`tin arralash sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo`ladi. Odat kishi qalbiga chuqur o`rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir.Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo`ladi. Salbiy odatlarga yolg`on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv - fiziologik asoslarini shartli reflekslarning hosil bo`lish mexanizmi tashqil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya`ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar birlashmasidan iborat. Masalan, bolalar bog`chaga o`rganguncha qiynaladi, chunki uydagi sharoitga ularda dinamik stereotip bo`ladi. YAngi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilinadigan malakalarga bog`liq bo`ladi. Ilgarigi malakalar ijobiy ta`sir qilsa malakalarning kuchayishi ko`zatiladi. Masalan, chet tillardan birontasini o`rgangan odam boshqa bir chet tili o`rganishda qiynalmaydi.Agar ilgarigi malaka salbiy ta`sir qilsa malakalar interferentsiyasi deyiladi.Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o`tsa qiynaladi. Shaxs shug`ullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt shug`ullanmasa malakalar sunish hodisasi ko`zatiladi. Buni malakalarning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakalarning hosil bo`lish tezligi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog`liq. Masalan, til o`rganish 4 - 5 yoshda tez o`rganiladi. Hunar egallash 12 - 13 yoshda tez o`rganiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, individual xususiyatlarga bog`liq , ya`ni asab tizimiga bog`liq bo`ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanholiklarda sekin hosil bo`ladi. Demak, malakalar inson shaxsining tarkib topishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Shaxs o`zining individualligida, ijtimoiy munosabatlarda belgilanadi. Atoqli psixolog K.K Platonov shaxsni “Konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi sub`ektdir”, L. L. Bojovich esa “Odam o`zining anglash jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda “Men” degan tushuncha paydo bo`ladi”, deb ta`kidlaydilar. A.N. Leont’evning “Faoliyat. Ong. Shaxs” degan kitobida shaxs haqida ajoyib fikrlar bor: “Bu oliy olam birligi, hayotda doimiyligini saqlaydi, har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko`z o`ngida va o`zining ko`z o`ngida qoladi.” Har bir odam tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, ma`lum jamoada - oilada yashaydi.Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga – voqelikni biluvchi hamda uni o`zgartiruvchi sub`ektga aylanadi.Odam bolasini individ deyiladi.Biz hamma kishilarni - normal odamlarni, yangi tug`ilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individ degan tushunchaga kiritamiz.Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz.Biz jamiyatda biror foydali mehnat bilan shug`ullanuvchi kishini shaxs deymiz. Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bo`lgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon bo`ladi. Odam boshqa kishilar bilan bo`lgan munosabatlardagina shaxs bo`lib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug`ullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladigan, ongi yuksak rivojlangan komil insondir. Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir.Individuallik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir.Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament (mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar yig`indisi, odatlar kiradi.Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, maktabda tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo`lib yurishi mumkin. Ko`pincha kishi turli vaziyatlarda o`xshash sifatlarni namoyon qiladi. Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat bo`lgan murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi. Shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani hal qilishni oladi:
1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini aniqlash. Bu xulq - atvorni oldindan ko`ra olish imkonini beradi. 2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib ko`rsatishni talab etadi. Bu qismlarning yig`indisi inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el psixologiyasida ikkita omil, ya`ni biologik va ijtimoiy omillarning ta`siri bilan tarkib topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya ko`zga ko`rinarli o`rinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi ) a`zolariga bo`linadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bo`lgan “endopsixika” biologik shart - sharoitlarga bog`liq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga bog`liqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qo`yadi. Biroq shaxsning tarkib topishi, tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar masalasiga yondoshishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday tadqiqot o`tkazilgan: tadqiqotda bo`yi 80 - 130 sm. dan oshmaydigan kishilar shaxsining tuzilishida ko`p jihatdan o`xshashlik borligi aniqlangan. Ularda bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yo`qligini ko`rish mumkin ekan. Shaxs o`zining faoliyati tufayli tevarak -atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo`ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko`rsatadigan ta`siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o`zaro munosabatda bo`ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni o`zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo`ladi. XX asr boshlarida yashagan avstriyalik psixiatr Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi: “Odam o`zining avlodlaridan nasliy yo`l bilan o`tgan instinktiv mayllarning namoyon bo`lishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo`ladi”. Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog`laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi to`g`ri hal qilib beradi. Ularning fikricha, inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlaridadir. Odamning ehtiyojlari faollik ko`rsatishga undaydi. ehtiyoj - shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo`ladigan va uning aniq yashash sharoitiga bog`liqligini ifodalovchi holatdir. ehtiyojlar paydo bo`lishiga ko`ra, moddiy (tabiiy) va ma`naviy (madaniy) ehtiyojlarga bo`linadi. Moddiy ehtiyojlarga uxlash, jinsiy yashash, ovqat eyish, issiq va sovuqdan saqlanish, uy - joyga bo`lgan ehtiyojlar kiradi. Ma`naviy ehtiyojlarga kishilarning ijtimoiy ong mahsulotlariga bo`lgan muhtojligi kiradi. Bunday ehtiyojlarga - o`zaro suhbatlashish, kitob o`qish, kino - teatr tomosha qilish, musiqa tinglash kabilar kiradi.Biz moddiy ehtiyojlarimizni madaniy ehtiyojlar asosida qondiramiz. Moddiy va ma`naviy ehtiyojlar albatta qondirilishi shart. Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo`ladi. Qiziqish- shaxsning oliy nerv faoliyatidagi narsa va hodisalarni bilishi, anglash istagi bilan bog`liq bo`lgan munosabatidir. Qiziqishlar moddiy, ma`naviy, salbiy, ijobiy, davomli, qisqa muddatli bo`ladi. qiziqishlar asosida shaxsning dunyoqarashi va ishonch - e`tiqodlari tarkib topadi. Biz yoshlarda mehnatga ehtiyojni tarbiyalashimiz kerak. Inson shaxsi xulq - atvorining o`z motivlari bo`ladi. MOTIV - ma`lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining moxiyatini tashqil etsa, motivlar bu moxiyatning namoyon bo`lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog`liqdir.SHuning uchun motivlar bir - biridan ehtiyoj turiga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar yoki ma`naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar bo`lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo`lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo o`sha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi xulq - atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sabablardir. Xatti - harakatlarning muhim motivi e`tiqoddir.e`TIqOD - shaxsni o`z qarashlari , tamoyillari, dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaqlar ham xatti - harakat motivlari bo`lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo`lmagan yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o`z ifodasini topadi. Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar orasida eng ko`p o`rganilgan masala ko`rsatma berishdir. Bu masala gruzin psixologi D.N. Uznadze va uning xodimlari tomonidan ishlangan. Ko`rsatma berish deganda, bilish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan ehtiyojlarni ma`lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Masalan, talabalar o`qituvchilar beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar. Shaxsning shakllanishi haqida ikki oqimning fikrini keltirish mumkin. Biogenetik yo`nalish va sotsiogenetik yo`nalish. Biogenetik yo`nalish tarafdorlarining fikricha, inson shaxsi va shaxsiy xususiyatlar faqat bitta omil, nasliy xususiyatlarning ta`siri bilan yuzaga keladi. Ular tashqi muhit va ta`lim - tarbiyaning rolini tan olmaydilar. Sotsiogenetik yo`nalish tarafdorlari eksperimentlarning rivojlanishi bilan bog`liqdir. Ushbu yo`nalish asoschilaridan biri Jon Lokk yangi tug`ilgan bolaning miyasini toza taxtaga o`xshatadi. Go`yoki, uning miyasiga kattalar xohlagan narsasini yozishlari mumkin. Ular tajribani ikkiga ajratadilar: tashqi va ichki tajriba. Yo`nalish tarafdorlarining fikricha, tashqi tajriba - bu moddiy dunyoni narsalarning ta`siridan hosil bo`ladigan bizning sezgilarimizdir. Ichki tajriba esa ruxning mustaqil harakatidir.Buni refleksiya deb ataydilar.Ular tashqi tajriba - sezgilar ichki tajriba-refleksiya bir - biriga bog`liq emas, degan fikrga o`tib ketdilar. Ular shaxsning tarkib topishi faqat ta`lim - tarbiyaning ta`siriga bog`liq deb, tashqi muhit va biologik omillarning ta`sirini tan oladilar. XIX asrning ikkinchi yarmida biogenetik qonun degan oqim kirib keldi. Biogenetik qonun biologiyaga xos bo`lgan ommaviy qonundir. Bu qonunga ko`ra, odam onaning qornidan to tug`ilguncha ko`p ming yillik evolyutsion taraqqiyotni bosib o`tadi, ya`ni uzoq evolyutsion taraqqiyot yo`lini qisqa muddatda takrorlaydi. Biologik qonun namoyondalaridan Myuler va Gekkellar odam tug`ilguncha butun evolyutsion taraqqiyotni qisqa muddatda takrorlar ekan, tug`ilgandan so`ng to shaxs bo`lib tarkib topguncha tarixiy taraqqiyotni takrorlaydi, degan fikrni bildirgan. Inson shaxsining individual (ontogenetik) taraqqiyoti butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenetik) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlashdir. Ular o`zlarining nazariyalarini bolalarning turli yosh davrlarida namoyon bo`ladigan faoliyat turlari orqali tushuntiradilar. Masalan: nemis psixologi V.SHternning fikricha, yangi tug`ilgan chakaloq odam emas, balki sut emizuvchi hayvondir. U olti oylikka etganda maymunlar darajasiga etadi, ikki yosh bo`lganda maymunning odamga aylanish davrini eslatadi. 5 yoshda ibtidoiy poda bo`lib yashagan qadimgi odamlar darajasiga etadi. 1 - sinfga borganda ibtidoiy jamoatchilik davrini eslatadi. Kichik maktab yoshida esa o`rtaasrlar davrini eslatadi.YUqoridagi nazariyalar uchta omilning (irsiyat, muhit, tarbiya) birgalikdagi ta`sirini tushuntirib bera olmadilar.Shaxsni shakllanishiga ushbu omillar birgalikda ta`sir etadi. Irsiyat - orqali bolaga nerv tizimi, shartsiz reflekslar, tashqi ko`rinish, irsiy kasalliklar va layoqatlar utadi. Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil bo’ladi (yozish, o’qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni ko’zlab biror nima bajarish malakaga bog’liqdir. Malaka - deb avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi.Istalgan malakani qayta-qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo’lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb
egallash murakkab malaka, mix qoqish, o’tin arralash-sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi.Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo’ladi.Odat kishi qalbiga o’rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir.Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo’ladi. Salbiy odatlarga yolg’on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asoslarini shartli refleksning hosil bo’lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya'ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar majmuasidan iborat.Masalan, bola bolalar boqchasiga o’rganguncha qiynaladi, chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil bo’ladi.Yangi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog’liq bo’ladi.Ilgarigi malakalar yangisiga ijobiy ta'sir qilsa, malakalarning kuchayishi kuzatiladi.Masalan, chet tillaridan birortasini o’rgangan odam boshqa bir chet tilini o’rganishda qiynalmaydi.Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta'sir qilsa malakalar interferensiyasi deyiladi.Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o’tsa qiynaladi.Shaxs shug’ullanayotgan ishi bilan uzoh vaqt shug’ullanmasa malakalar so’nishi hodisasi kuzatiladi.Bu malakalarning diavtomatizasiyasi deyiladi. Malakalarning hosil bo’lish negizi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog’liq, masalan tilga 4-5 yoshda tez o’rganiladi. hunar egallash 12-13 yoshda tez o’rganiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bog’liq, asab tizimiga bog’liq bo’ladi.Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin hosil bo’ladi. Demak, malakalar shaxsning tarkib topishiga katta ta'sir ko’rsatadi.Shaxsni individualligi uning ijtimoiy munosabatlarida belgilanadi.Bu borada quyidagi fikrlarni keltirib o’tish joiz. Atoqli psixolog K.K. Platonov shaxsni "konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi sub'ektdir", L.I.Bojovich esa "odam o’zini anglash jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda "men" degan tushuncha paydo bo’ladi" deb ta'kidlaydilar. A.N.Leontevning "Faoliyat, Ong, Shaxs" degan kitobida shaxs haqida ajoyib fikrlar mavjud. "Bu oliy olam birligi hayotida doimiyligini saqlaydi, har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko’z o’ngida va o’z ko’z o’ngida qoladi". Mazkur fikrlardan ko’rinadiki, shaxs o’zini-o’zi anglashga qodir, ijtimoiy munosabatlarning sub'ekti, o’zini-o’zi anglash imkoniyatiga ega bo’lgan ongli mavjudot sifatida e'tirof etiladi.Shu bois, insonlar jamoasi, ijtimoiy tarixiy jarayonlarining ta'sirida kamolga etadi. Shaxs muammosi zamonaviy psixologiya va akmeologiyaning markazida turadi. Shaxsiyat inson dunyosining asosiy siridir, uning siri, boshqa tomondan, deyarli barcha kasblarning ishbilarmonlik tilida va kundalik hayotda faol qo'llaniladigan tushunchadir. Shu sababli, "shaxs" tushunchasi: "odam" - "shaxs" - "mavzu" - "individuallik" tushunchalarini o'z ichiga olgan kategoriyali qatorlarni ko'rib chiqish kerak. Bir hodisa sifatida, inson rivojlanishning ikki vektoriga ega va tushuncha sifatida - talqinning ikkita tekisligi: tabiiy va ijtimoiy. Inson rivojlanishining tabiiy vektori: erdagi hayot evolyutsiyasining biologik tasnifidagi tur; sutemizuvchilar sinfiga tegishli tabiiy mavjudot; ko'rinish - primatlar; tasniflash tasnifi - Homo sapiens.
Inson tabiat bilan birdamdir va shu bilan birga bu o'zaro aloqada etakchi rolini o'ynaydi. Falsafada odamda materiya o'z-o'zini anglash paydo bo'ladi, deb ta'kidlanishi bejiz emas. Akmeologiyada materiya, rivojlanish va odamning birligi haqidagi eng chuqur dasturiy g'oyaga asoslangan tsivilizatsiyalashgan inson tabiati tamoyili ishlab chiqilgan. Birgalikda evolyutsiya printsipi u bilan chambarchas bog'liq - tabiat qonunlari va inson faoliyati qonunlarining konjugatsiyasi. Acme - (gr. Akme - biror narsaning eng yuqori darajasi, tepalik, gullash kuchi, mukammallik) - "yuqori", "mukammal" so'zlariga ma'no beradigan murakkab so'zlarning birinchi tarkibiy qismi. So'zlashuvda professional nutq mustaqil so'z sifatida ishlatiladi. Inson akti - inson tomonidan bir tur sifatida uning rivojlanish cho'qqilariga yoki faoliyatning mukammalligiga erishadigan hodisa shaxs tomonidan, faoliyat mavzusi, shaxsiyat, shaxsiyat. Ushbu ibora “akme” ga cheksiz yaqinlashish sifatida aniqlangan hodisaning mumkinligiga asoslanadi; akme fenomenologiyasi voqelikni inson ongidan mustaqil ravishda mavjud deb hisoblamaydi, aksincha inson ongi yo'naltiradi. Akmeologiya -biror fenomenologiya, qonuniyatlar va shaxsning potentsialini tur, shaxs, shaxs, faoliyat sub'ekti (shu jumladan yig'indisi, guruhi), individuallik sifatida eng yuqori pog'onaga ko'tarilish, uning rivojlanish bosqichining turli bosqichlarida o'rganadigan fan. Biror kishining "akme" ga o'tish harakati juda erta yoshdan boshlanishi mumkin. Shaxslar o'smirlik davrida etuklik va kamolot cho'qqilariga etishishlari mumkin, ammo zamonaviy maktabda yoshlar (talabalar) va kattalar (o'qituvchilar, rahbarlar) akmeologiyasi katta ahamiyatga ega. "Akmeologiya" tushunchasi N. A. Rybnikov tomonidan 1928 yilda B. G. Ananyev tomonidan inson taraqqiyoti fanlarini tasniflashda ishlatilgan. Mustaqil fan sifatida, akmeologiya 90-yillarning boshlarida Oliy Attestatsiya Komissiyasi (RF HAC) tomonidan rasman tan olingan. XX asr
Shaxsga bo'lgan akmeologik yondashuv psixologik fan doirasida uning mohiyatini psixologik belgilashga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Biroq, akmeologiya shaxsni insonga (B. G. Ananiev) va falsafiy antropologiyaga (psixologiyada S. L. Rubinshteyn tomonidan kiritilgan) keng qamrovli nuqtai nazardan qaraydi. Ikkinchisi - bu dunyodagi insonning o'ziga xos xususiyatlari haqida falsafiy (bizning holatlarimizda, falsafiy va psixologik) ta'limot. Akmeologiya, bir tomondan, psixologiya va rivojlanish nazariyasining uzluksizligini namoyish etadi; boshqa tomondan, u o'rganish mavzusini shaxs psixologiyasidan farq qiladi. Shaxsni akmeologik va psixologik tushunish nisbatlarini ko'rib chiqishda birinchi asos hisoblanadi rivojlanish tamoyili.Ham xorijiy, ham ichki psixologiyada shaxsning rivojlanishi birinchi navbatda bola shaxsining rivojlanishi sifatida qaraladi. Akmeologik yondashuv inson hayoti davomida rivojlanishni ko'rib chiqadi, shaxsiyatning rivojlanishi va mohiyatini butun hayot yo'lining vaqt va makoni bilan bog'laydi. Psixologiya shaxsning o'ziga xos xususiyatlarini ("ichki", tabiiy ravishda rivojlanayotgan ehtiyojlar, imkoniyatlar, sabablar) ko'rib chiqadi. Akmeologiya optimallashtirish va optimallashtirish mezonlariga asoslanadi. U nafaqat mavjud xususiyatlarni, balki hayotning (faoliyatning) vaziyatiga qarab talab qilinadigan xususiyatlarni ham hisobga oladi.Psixologiyada naqd puldan kelib chiqing. Akmeologiya insonni idealga (idealga) erishishning haqiqiy usuli (optimal) va haqiqiy yo'lning o'zaro bog'liqligi bilan qiziqadi. Akmeologiya psixologik bilimlarni inversiyasini (hajmli-vizual "burilish") amalga oshiradi. Psixologiyada asosiy savol: psixika nima, shaxsiyat. Akmeologiyada asosiy savol: psixika qanday ishlatiladi; shaxs o'z faoliyatida, ijtimoiy hayotda o'zining psixologik va boshqa manbalarini qanday ishlatadi (yoki ishlatmayapti - va nima uchun?). Bundan ko'rinib turibdiki, akmeologiya strukturaviy yoki hatto tizimli dinamikaga emas, balki shaxsiy tashkilotning funktsional jihatiga (shaxs funktsional tizim sifatida) qiziqadi. Shunday qilib, akmeologiya uchun markaziy tushuncha predmet tushunchasiga aylanadi (shaxs faoliyat sub'ekti va hayot sub'ekti sifatida). Akmeologiya uchta mezon bo'yicha sub'ektiv shaxs xususiyatlarining maqbul tarkibini aniqlashga intiladi: Faoliyatning samaradorligi (hayot yo'li); · Shaxsni maksimal darajada o'zini namoyon qilishi (uning kasbiy va ekzistentsial mamnunligi); · Rivojlanishning eng yuqori darajasiga (qobiliyatlarni ro'yobga chiqarish) erishish. Natijada, bu cho'qqisidagi akme muammosi (shaxsiy va professional yutuqlarning "cho'qqilari" tizimi). Acme eng yuqori cho'qqisi - insonning hayot rejasini (missiyasini), "men - dunyo" kosmosida o'zini "amalga oshirish" tajribasini boshdan kechirgan insonning kasbiy va hayotiy mahsuldorlik davri. Biror kishining akmeologik etukligi o'zini o'zi xatti-harakatlarining ongli rahbarligida, ya'ni etarlicha va faol ijtimoiy sub'ekt bo'lish qobiliyatida namoyon etadi (o'zini o'zi etarli, ijodiy, raqobatbardosh shaxs). Bu qobiliyat o'zini namoyon qiladi: Shaxsning aqliy funktsiyalari va resurslarining integratori rolida (sub'ektivlikning o'zini o'zi ta'minlashi); Odam dunyoning rasmini (rasmini), dunyoqarashini, hayot kontseptsiyasini (strategiyasini), hayotiy qadriyatlarni, shaxsiy ishonchni, hayotiy pozitsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida inson ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni hal qiladi. Bu erda asosiy narsa - xulq-atvordan atrof-muhitga qaramlikdan, o'ziga ishonishdan (o'zini o'zi tartibga solish) o'tish; erkinlik va javobgarlik asosida o'z taqdirini o'zi belgilash orqali hayotni tanlashga. Natijada, biz akmik shaxsiyatga egamiz. Akmik shaxs - bu "asosiy shaxs" bo'lish istagi bo'lgan etakchi ehtiyoj va asosiy vazifa. Akmik shaxs atrofdagi dunyoning xususiyatlari va ob'ektlarida inson tomonidan yaratilgan maxsus printsipni o'z ichiga oladi. Inson hayotini tartibga soluvchi vositalar o'z-o'zini tashkil etish, o'zini o'zi bilish, o'zini anglash, o'zini rivojlantirish, o'zini o'zi boshqarish, o'zini o'zi boshqarish mexanizmlari va boshqalar. Akme yo'lida o'z taqdirini o'zi belgilash, o'zini o'zi potentsializatsiya qilish (o'zini o'zi meditatsiya qilish), o'z taqdirini o'zi belgilash, o'zini o'zi aniqlash va o'zini o'zi tekshirish, o'zini o'zi anglash, o'zini o'zi anglash (o'zini o'zi tasdiqlash) va boshqalar kabi tadbirlar rivojlanmoqda. Umuman olganda, bu allaqachon madaniyatning namoyon bo'lishi, xatti-harakatlarning qiymat-semantik kodi. Insonning tabiati qarama-qarshi, antinomikdir (unda qarama-qarshi xususiyatlar va imkoniyatlar mavjud). Bir kishi potentsial ravishda logotiplarni (tartib, oqilona) va betartiblikni (hayotdan ajratishga qadar) o'z ichiga oladi; yorug'lik (yaxshi, sevgi) va qorong'ulik (yomonlik); ijodkorlik, yaratish va yo'q qilish; buyuklik va ahamiyatsizlik. Undagi insoniyat - bu mujassam madaniyatning eng yuqori shakli, insoniyat va har bir shaxsning ko'tarilishining natijasidir. Akmeologiya uchun muhim bo'lgan yana bir jihatni ta'kidlash kerak: uslubiy jihatdan "odam" tushunchasining ma'nosi, inson hodisa sifatida dunyoni tushunish uchun boshlang'ich, umumiy xususiyat sifatida paydo bo'lishidadir. Biz yashayotgan dunyo, oxir oqibat, biz uchun inson dunyosi, inson o'lchami bu dunyoning poydevorida turadi. "Inson - bu odam" - bu odamlar hayotidagi eng murakkab munosabatlar sohasi. Ushbu munosabatlar rivojlanishida bir qator psixologik to'siqlar mavjud: irqiy - etnik - milliy - konfessiyaviy (diniy) - ijtimoiy-madaniy. Ushbu psixologik to'siqlardan o'tishning axloqiy darajasi (ularning orqasidagi qarama-qarshiliklarni hal qilish) insoniyatning jiddiy ma'rifiy va tarbiyaviy ishi, har bir jamiyatning maqsadi. Odam - Bir tomondan, bu biologik mavjudot, juda tartibli hayvon (sutemizuvchilar sinfiga tegishli), tik holatida va xarakterli rivojlangan miyaga ega. Boshqa tomondan, inson ijtimoiy-tarixiy faoliyat va madaniyat sub'ekti bo'lgan ijtimoiy mavjudotdir. Shundan kelib chiqqan holda, biz insonga quyidagi ta'rifni berishimiz mumkin. Odam -bu ijtimoiy-tarixiy faoliyat jarayonida dunyoni bilish va faol ravishda o'zgartirish qobiliyatiga ega, oqilona mavjudotdir. Shaxsiy(individual) (lat. individuum - ajralmas, individual). Biror kishini homo sapiensning vakili deb bilganida, u haqida gapiriladi. Ushbu kontseptsiyada kamida ikkita asosiy xususiyat ifodalanadi: 1) ob'ektning bo'linmasligi yoki yaxlitligi; 2) uni o'ziga xos turlarga mansub bo'lgan boshqa vakillardan ajratib turuvchi o'ziga xos - individual xususiyatlarining mavjudligi. Odam, hayvonot dunyosining har qanday vakili kabi, shaxs tomonidan tug'iladi.O'zining genotipiga ega.Hayot jarayonida individual genotipik xususiyatlar rivojlanib, o'zgaradi, fenotipga aylanadi. Shaxs sifatida odamlar bir-biridan nafaqat morfofiziologik xususiyatlar, balki psixologik xususiyatlar - qobiliyat, temperament va hissiyot jihatidan farq qiladi. Ijtimoiy muhit - avvalo oila muhiti bo`lib, bola tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida ijtimoiy munosabatda bo`lib yashaydi. Shaxs tashqi muhitdan turli ijtimoiy munosabatlarni o`zining faoliyati orqali singdirib, o`z fe`l - atvoriga aylantirib boradi. Bolalarning hammasi o`yin faoliyati bilan shug`ullanadi. O`yin bolalar uchun dunyoni bilish qurolidir. U kattalarning xatti -harakatlariga taqlid qilish orqali o`ynaydi.Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga ta`siri kuchli.Masalan, yangi tug`ilgan bolani hayvonlar orasiga qo`shib qo`yilsa xatti - harakatlari hayvonlarnikiga o`xshaydi.Bola tili ham ijtimoiy muhitga bog`liq. Irsiyat orqali ota - onasidan bolaga o`tadigan xususiyatlar yordamchi omil sifatida ta`sir etadi. Tug`ma layoqatlar nasliy yo`l orqali imkoniyat tarzida beriladi. Bu imkoniyatlar ma`lum sharoit bo`lgandagina ruyobga chiqadi. Bolaga nasliy, organizm, shartsiz reflekslar, analizator apparatlari, miya, tashqi belgilar, irsiyat orqali o`tadi. Demak, inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta`sir qiluvchi omillarning birinchisi tashqi ijtimoiy muhit, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida beriladigan ta`lim - tarbiya va uchinchisi odamga tug`ma ravishda beriladigan nasliy, ya`ni irsiy xususiyatdir. Bundan tashqari shaxsning shakllanishida shaxsiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Inson o`z - o`zini tarbiyalash, o`z - o`zini anglash orqali shakllanib boradi.
Adabiyotlar ro`yxati:
Karimova V. M. Psixologiya. - T., 2002
Karimova V. M., Akramova F. Psixologiya. Ma’ruzalar matni - T., 2000
Klimov E. A. "Osnovi psixologii".Uchebnik. - M., 1997
Kovalev V. I. Motivi povedeniya i deyatelnosti. - M., 1988
Merlin V. S. Leksii po psixologii motivov cheloveka. - Perm, 1971