Rim sonlari Reja: 1. Rim soanlarini paydo bo’lishi 2. Hozirgi kundagi o’rni Qadimgi Rimliklar hozirgi kunda ham "Rim raqamlari" nomi bilan saqlanib kelayotgan raqamlash tizimidan foydalanishgan. Biz bu tizimda, asrlarni ifodalashda, konferensiyalar, libos o‘lchamlari, kitob boblari kabilarni belgilashda hali hanuz foydalanamiz. Masalan, XIX-asr, XXL o‘lchamli kiyim, kitobning XXII bobi, yoki, qirolicha Yelizaveta II kabi so‘zlarda rim raqamlarini qo‘llaymiz. Rim raqamlarining eng keyingi shakllari quyidagicha:
I=1, V=5, X=10, L=50, C=100, D=1000, M=10000
Ilgari sonlarni ifodalash uchun lotin alifbosidagi harflarning boshqacharoq shaklidan foydalanishgan. Lekin rim raqamlarining bizgacha yetib kelgan va hozir ham qo‘llanadigan ko‘rinishi aynan shu holatdagisidir.
Rim raqamlarining kelib chiqishi haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. V raqami dastlab qo‘l panjasini ifodalagan bo‘lsa, X raqami ikkita beshlikdan yasalgan bo‘lishi ehtimol.
Rim raqamlarida beshli sanoq tizimining ildizlari sezilib turibdi. Rimliklarning so‘zlashuv tilida (lotin tilida) esa beshli sanoq tizimining asari ham yo‘q. Demak bu tizimni qadimgi rimliklar boshqa xalqlardan o‘zlashtirgan bo‘lishi katta ehtimol. Masalan, qadimgi Italiya hududida yashagan Etrusk xalqlari ushbu tizimning asoschilari bo‘lishi mumkin.
Rim raqamlash tizimida 5000 gacha bo‘lgan hamma sonlar yuqorida ko‘rsatilgan belgilar orqali, ularni keraklikcha takrorlab yozish orqali ifodalanadi. Bunda o‘ziga xos qoidalar mavjud: agar rim raqamlari bilan yozilgan sonda katta raqam avval, kichik raqam keyin tursa (chapda katta raqam, o‘ngda kichik raqam tursa) ular qo‘shiladi. Agar kichik raqam avval (chapda) katta raqam esa o‘ngda tursa, unda kichigi kattasidan ayriladi. Ushbu holatda kichik raqam son tarkibida qayta ishlatilmaydi. Masalan, VI=6, ya'ni, V+I; IV=4, ya'ni, V-I bo‘ladi. Shuningdek, XL=40, chunki L-X (50-10); LX=60 (L+X=50+10) bo‘ladi. Rim raqamlari bilan son yozishda bitt raqamni ketma-ket uch martadan ortiq yozish mumkin emas. Masalan, LXX=70, LXXX=80; lekin 90 ni LXXXX deb yozish noto‘g‘ri. Buning o‘rniga 90 uchun XC yoziladi (ya'ni, C-X=100-10).
Dastlabki 12 ta son rim raqamlari bilan quyidagicha yoziladi:
I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX, X, XI, XII.
Bu xil yozishda katta sonlar bilan arifmetik amallar bajarish juda qiyin. Shunga qaramay, rim raqamlash tizimi Italiyada XIII- asrgacha, g‘arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida esa XVI asrgacha ishlatib kelingan.