Merkantilizmning birinchi davri o'sha davr iborasi bilan aytganda monetar, ya'ni oltin va kumush pullar to'plash bilan bog'liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga urinilgan. Qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo'lishi mumkin)

Taniqli iqtisodchi N.D.Kondratev fikricha, merkantilistlarning iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo'lib, xalq xo'jaligi qandaqa bo'lishi kerak va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiydir.

Qadimgi Sharqda paydo bo'lgan tabiiy huquq falsafasi antik dunyoda (Arastu va boshqa olimlar tomonidan) rivojlantirildi va ayniqsa uyg'onish davrida yuksaldi. Bu huquqlar abstrakt «inson tabiati» va uning «tabiiy huquqlari»dan iborat deb qabul qilingan va ko'p hollarda O'rta asrdagi cherkov va dunyoviy (davlat) despotizmiga qarama-qarshi bo'lgan progressiv elementlardan iborat.

Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining etakchi tamoyillari quyidagilar: 1)oltin va boshqa qimmatbaho metallar boylikning asosi sifatida qaraladi; 2)mamlakatga oltin va kumushlarning oqib kelishini ta'minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3)arzon xomashyoni import qilish yo'li bilan sanoatni qo'llab-quvvatlash; 4)import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) tariflar;

5)eksportni, ayniqsa tayyor mahsulot eksportini rag'batlantirish; 6)ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi sonining o'sishi. Shak-shubhasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g'oyasining yuragi edi.

Bir qancha olimlar fikricha, merkantilizm bozor iqtisodiyot munosabatlari shakllanishi davrining dastlabki iqtisodiy maktabi sifatida (avvlgi davrda bozor iqtisodiyoti unsurlari bo'lgan emas degan fikrdan yiroqmiz o'ziga xos nazariy-metodologik xususiyatlarga ega. Ularning moxiyati quyidagilardan iborat:

Tahlil metodi (uslubi) sifatida asosan empirizm (tajriba)dan foydalaniladi, bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko'rinishlarigina ta'riflanib, iqtisodiyotning barcha sohalarini o'z ichiga olgan ma'lum tizim asosida tahlil etish istisno etiladi;

Pulning kashf etilishi insonlarning sun'iy kashfiyot oqibati deb hisoblanadi, pulning o'zi esa aynan boylik deb qaraladi;

Pul qiymati (qimmati) kelib chiqishini oltin va kumushning «ob'ektiv (jonli) tabiati» dan va ularning mamlakatdagi miqdori bilan belgilanadi;
Mehnatga taklifning o'sishi ish haqining yuqori emas, past bo'lish zarurati bilan bog'lanadi;

Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o'sish mamlakat pul boyligining ko'payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo'lishi ta'minlanishi kerak.