Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100 Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
Barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanish yoki ishsizlikning
tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulot
hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi.
Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali potensial YaIM ko‘rsatkichi
bilan o‘lchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida
mamlakat o‘z iqtisodiy potensialini to‘liq ishga solmasdan, yaratilgan
haqiqiy YaIM hajmi (Yh) potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi.
Ya’ni YaIMning uzilishi (YuZ) ro‘y beradi.
Yh – Yp
YuZ= ----------------- 100
Yp
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni
ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan.
Shuning uchun bu qonun, Ouken qonuni deyiladi
Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig‘ida deb hisoblanadi.27
Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
YuZ= -2,5[ u –u*]
Bu yerda: u* – ishsizlikning tabiiy darajasi;
u – ishsizlikning haqiqiy darajasi.
YaIM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini
formulasini umumlashtirib quyidagi formulani olamiz:
Yh – Yp
------------- 100 = - β [ u –u*]
Yp
Ishsizlik mehnat bozorining asosiy muammolaridan biri bo‘lib, biror
bir mamlakat iqtisodiyotning bu “nuqsoni”dan hali qutulganicha yo‘q.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bu ko‘rsatkichning yillar bo‘yicha
o‘zgarishi uning bir me’yorda bo‘lmaganini ko‘rsatadi. Jumladan, 2000-
2006 yillarda mamlakatimizda ishsizlik darajasi 0,3-0,4 foizni tashkil
etgan. Lekin, 2007 yildan boshlab real ishsizlik darajasi o‘rtacha 5 foiz va
undan yuqori darajada bo‘lmoqda
O‘zbekiston
Respublikasida 2007 yilning 1 iyuligacha amal qilib kelgan mehnat
resurslari balansi shakli Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 yanvardagi
“Aholini ish bilan bandligini hisobga olish tizimini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi 42 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan metodika asosida
hisoblab kelinar edi.
Shundan kelib chiqqan holda 2007 yil 24 mayda Vazirlar
Mahkamasining “Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan band bo‘lmagan
aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 106 –
sonli qarori qabul qilindi va unga muvofiq joriy yilning 1 iyulidan boshlab
“Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini
hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish” metodikasi amaliyotga tatbiq etildi.