2 mavzu: Aholi to’g’risida ma’lumotlar manbalari Reja: Aholi ro‘yxatlari va uni o‘tkazish tamoyillari Aholining son va sifat hususiyatlari



Yüklə 341,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix19.05.2023
ölçüsü341,63 Kb.
#117827
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 2



2 mavzu: Aholi to’g’risida ma’lumotlar manbalari 
Reja: 
1. Aholi ro‘yxatlari va uni o‘tkazish tamoyillari 
2. Aholining son va sifat hususiyatlari 
3. Joriy statistik ma’lumotlar 
Demografik jarayonlarni o'rganishda aholiga doir nashr etilgan raqamli 
ma’lumotlar, ilmiy manbalar, maxsus tadqiqot natijalaridan, ya’ni demografik 
ma’lumotlardan foydalaniladi. Demografik ma’lumotlar birlamchi va ikkilamchi 
tavsifga ega. 
Birlamchi ma’lumotlar - demografik jarayonlar haqida to'plangan dastlabki 
statistik ma’lumotlar, jadvallarva maxsus ko'rsat kichlar. Ikkilamchi ma’lumotlar - 
bu birlamchi ma’lumotlar asosida olib borilgan ilmiy tahlil va hisob-kitoblardir. 
Aholi haqidagi axborot tizimi barcha aholini qamrab oluvchi ikkita asosiy 
manbadan iborat bo'lib, bular aholi ro'yxatlari va tabiiy harakatning joriy qayd 
etilishini, shuningdek tanlama tadqiqot, aholi registrlari kabi qo'shimcha 
manbalarni o'z ichiga oladi. 
Aholi ro'yxatlari va aholini joriy qayd etishdan olinadigan ma’lumotlarsiz 
demografik koeffitsientlarni hisoblab bo'lmaydi. Aytish joizki, bu koeffitsientning 
sur’ati joriy qayd etish bo'lsa, maxraji aholi ro'yxati yoki uning asosida olingan 
hisob-kitoblar bo'Iadi. 
Aholi ro‘yxati - aholi haqidagi muhim axborot manbalaridan biri bo'lib. aholi 
soni va uning harakati haqidagi ma’lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish 
jarayonidir. BMT ta’rifiga ko'ra. aholi ro'yxati — bu ma’lum vaqtda mamlakatda 
yoki uning cheklangan bir qismida yashovchi jami aholi haqidagi demografik, 
iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlami yig'ish. umumlashtirish, tahlil qilish va nashr 
etish jarayonidir. 
Aholini dastlabki ro'yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon. Mesopotamiya, 
Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazi!gan. Lekin, bu aholi ro‘yxatlarining 
maqsadi aholidan soliq yig'ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi 


sonini aniqlash bo'lgan. Shuning uchun ham bu aholi ro'yxatlarida faqat erkaklar 
ro'yxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy oTni yuqori bo'lgan, 
soliq to'lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari ishtirok etgan. 
Eng qadimgi aholi ro‘yxati eramizdan oldingi VI asrda (510 yilda) Rimda 
imperator Servi Tull davrida o'tkazilgan. Mazkur aholi ro'yxatida oila boshliqlari 
o'zi, oila a’zolari va mol-mulklari haqida ma’lumot bergan. 
Aholi ro'yxati nafaqat aholi soni va uning demografik jihatlari (aholining yosh-
jinsiy tarkibi, oilalar tarkibi), balki uning ijtimoiy- iqtisodiy ko'rsatkichlari, ya’ni 
aholining ma’lumotlilik darajasi, ish bilan bandligi, yashash uchun mablag' topish 
manbalariga doir ma’lumotlarni ham beradi. Aholi ro'yxati dasturiga hozirgi 
zamonda davlat boshqaruvi uchun muhim bo'lgan savollarni ham kiritish mumkin. 
Masalan, ish bilan bandlik va ishsizlik, aholining turmush sharoitlari, nogironlik va 
boshqalar. 
Aholini ro'yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
• 
ro'yxatga olish orasidagi davrda aholida yuz bergan o'zgarishlar haqidagi 
axborotga ega bo'lish hamda shu asosda hududlar bo'yicha aholi soni va tarkibiga 
baho berish; 
• 
istiqboldagi hisob-kitoblar uchun zamin tayyorlash; 
• 
mamlakat aholisining lahzali holatiga ega bo'lish. 
Aholi ro'yxati natijalaridan nafaqat aholi soni va tarkibining istiqboldagi 
baholari va prognozlarini tuzishda, balki ro'yxatga olish davrlari o'rtasidagi aholi 
soniga doir hisob-kitoblarni amalga oshirishda ham foydalaniladi. 
Aholini ro'yxatga olish davrida barcha ma’lumotlar ma’lum vaqt, ya’ni 
ro'yxatga olishning aniq vaqti uchun jamlanadi. Bu aniq bir kun, soat bo'lib, barcha 
jamlangan axborotni taqqoslash uchun shu vaqtga nisbatan olinadi. Shu vaqtga 
qadar o'lganlar va undan keyin tug'ilganlar ro'yxatda qayd etilmaydi, ro'yxat 
varaqasiga kiritilmaydi hamda aholi ro'yxatiga qo'shilmaydi. Shu sababdan 
ko'pchilik hollarda aholi ro'yxatini bir zumda tayyor bo'ladigan fotosurat bilan 
taqqoslaydilar. Odatda, aholini ro'yxatdan o'tkazish uchun aholi nisbatan kam 


harakatlanadigan mavsum tanlanadi, ya’ni mehnat ta’tili, o'quvchilarning ta’tili, 
bayram kunlaridan tashqari vaqt olinadi. 

Yüklə 341,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin