Samdu kattaqo’rg’on filialida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-oktabrdagi 3/15-179-sonli xatida berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan ma’lumotnoma i-kun



Yüklə 19,22 Mb.
tarix20.11.2023
ölçüsü19,22 Mb.
#165188
21-til bilimdoni


SamDU Kattaqo’rg’on filialida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-oktabrdagi 3/15-179-sonli xatida berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan
MA’LUMOTNOMA
I-kun 18-oktabr kuni "O'zbek tili milliy o'zligimiz va mustahkam davlatimizning timsoli" mavzusida Kattaqo'rg'on garnizoni harbiy qismida "O'zbek tili milliy o'zligimiz va mustahkam davlatimizning timsoli" mavzusida adabiy-badiiy kecha o'tkazildi. SamDU Kattaqo'rg'on filiali bilan hamkorlikda tashkil qilingan ushbu tadbir O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag'ishlandi. Harbiy xizmatchilarning oila a'zolari, farzandlari ishtirok etgan ushbu tadbirda SamDU Kattaqo'rg'on filiali Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi J.Abduraxmonov, O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi M.Djakbarova ona tilimiz qadr-qimmati, o'zligimizni anglash va saqlashda uning ahamiyati haqida so'z yuritdi. Hamkorlik uchun J.Abduraxmonov hamda M.Djakbarova harbiy qism komandirining TASHAKKURNOMASI bilan taqdirlandi. https://t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov/3987



II-kun Filialda 19-oktabr kuni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kunini keng nishonlash maqsadida “Til bilimdonlari” mavzusida zakovat intellektual musobaqasi o’tkazidi. Musobaqani Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekan o'rinbosari, Yoshlar ittifoqi filial boshlang'ich tashkiloti yetakchisi J.Abduraxmonov ochib berdi, o’yinda fakultet dekan o’rinbosari A.Ziyatov, filial zakovat koordinatori H.Rashidov, Kattaqo'rg'on shahar zakovat koordinatori B.Esanboyevlar olib bordi. Musobaqada jami bo’lib 12 ta jamoada 70 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Musobaqa yakunlariga ko’ra birinchi o’rinni 10 ballni to’plagan “Adolat” jamoasi, ikkinchi o’rinni 7 ball to’plab “Yuksalish” jamoasi, uchunchi o’rinni 6 ball to’plab “Intelligent” jamoalariga nasib etdi.



III-kun tushgacha 20-oktabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahridagi istirohat bog‘ida 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan shahar hokimligi tomonidan tantanali tadbir tashkil qilindi va filial jamoasi faol ishtirok etishdi. So‘z mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali atrofida keng jamoatchilik, hokimlik, ta'lim muassasalari va tashkilotlar rahbar xodimlari, yoshlar vakillari jam bo‘ldi. Shundan so‘ng ulug‘ mutafakkir poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sh.Urakov, direktorning birinchi o‘rinbosari Sh.Mustafayev, filial professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. So‘zga chiqqan Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekani, PhD A.Sobirov o‘zbek tilimizning jahonda tutgan mavqeyi, mamlakatimizda uning rivoji va ahamiyatini yanada oshirish borasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. https://t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov/4012?single


III-kun tushdan so’ng Filialda 20-oktabr kuni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kunini keng nishonlash maqsadida “Til bilimdonlari” mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi. Insholar tanlovini Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekan o'rinbosari, Yoshlar ittifoqi filial boshlang'ich tashkiloti yetakchisi J.Abduraxmonov ochib berdi, o’yinda fakultet dekan o’rinbosari A.Ziyatov, O’zbek tili va gumanitar fanlar kafedra mudiri J.Qo’chqorov, tyutor H.Rashidov, Gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi M.Djakbarova olib bordi. Tanlovda 1-o’rin O’razova Shalola, 2-o'rin Po'latova Feruzabonu, 3-o'rin Rajabova Azizalarga nasib etdi. G’olib lar estalik sovg’alar va darajali diplomlar bilan taqdirlandi.

Yüklə 19,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin