3-Amaliy ish Mavzu: JavaScript funksiyalar va obyektlari. JavaScript brauzer va veb-hujjat obyektlari modeli bilan ishlash.
Ishdan maqsad: Java Script dasturlash tili imkoniyatlari bilan tanishish. JavaScriptda funksiyalar va formalar bilan ishlashni o‘rganish.
Nazariy qism JavaScript 1995-yili ishlatilishni boshladi, ammo 1998-yilga kelib keng qullanishga kirdi. Uning chiqishini asos sabablaridan biri bu Client tomonidan bo‘ladigan kiritishlarni tekshirish uchun, yani server tomonida qilinadigan ishlarni bir qismini olib tashlash uchun. Lekin shuncha vaqt o‘tgandan so‘ng javascript web development'ning eng asoslaridan biri bo‘lib qoldi. Microsoft kompanyasi ham o‘zining scripting language yani Vbscriptni chiqardi ammo lekin uni keng qo‘llab bo‘ lmas edi, sababi Internet Explorer'dan boshqa hech qaysi Web Browser uni ishlata olmasdi. Keyin esa Microsoft ham Internet Explorer ichiga JavaScript'ni qo‘shdi. Hozirgi kunga kelib hamma Web Browserlar JavaScriptni ishlata oladi. JavaScript bu “Client side programm ing” yani kimki sahifangizni ochsa shu odamning tomonida ishlaydi. PHP, Perl, CGI, JSP lar kabi serverda ishlamaydi. JavaScriptda siz DHTML yani Dynamic HTML sahifalari yoza olasiz. Bu degani sizning qandaydir harakatingizga qarab ishqilishi, va boshqalardir. JavaScriptning asosi uch qisimdir bular:
1. ECMAScript 2. The Document Object Model (DOM) 3. The Browser Object Model (BOM) DOM( The Document Object Model): API (Application programming interface) for HTML and XML, yani programmalar yaratish ko‘rinishidir. Agar boshqa tillarda misol uchun Java yok i Delphi, Visual Basic'da programmalar yozgan bo‘lsang iz unda ular OOP Object Oriented Programming edi, ularda asos va uning ichida elementlari bor edi, bu yerda ham huddi shunday tarifdir. Misolga qarang: