Sana “ ” 201 yil



Yüklə 272 Kb.
tarix16.02.2022
ölçüsü272 Kb.
#52623
1-kurs adabiyot konspekt



Mavzu: KIRISH. ADABIYOT –MA’NAVIYATNI YUKSALTIRISH VOSITASI

Reja:


  1. Badiiy adabiyot haqida.


Sen bu kun sinfda shod yurak bilan

Sinov navbatini kutib turasan.

A’lo mamlakatning a’lo farzandi,

Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!

G‘afur G‘ulom


ASSALOMU ALAYKUM,HURMATLI O‘QUVCHI!

Bugun birinnchi bosqich ostonasida turibsiz. Yosh qalbingizda orzular jo‘sh urib, xayolingizda ezgu niyatlar kezib yuribdi. Siz kunlar, oylar va yil o‘tgan sari jamiyat hayotiga aralashib, turli tanish va notanish odamlar bilan suhbatdosh bo‘lishingiz tabiiy. Insonning ko‘ngliga yo‘l topish, hayotdan zavqlanib yashash, sodiq do‘stlar orttirish, so‘zlash odobi, kattaga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish kabi kundalik turmush hodisalarini ma’lum bir andoza va me’yorga solishingizda, albatta, badiiy adabiyot sizga beminnat yordamchi bo‘ladi. Zero, badiiy adabiyotning ijtimoiy-madaniy hayotda, insonlardagi o‘zaro go‘zal muomala va munosabatlarning shakllanishida tutgan o‘rni nihoyatda katta. U kishilarga, xususan, yoshlarga olam va odamlarga bog‘liq hodisalar mohiyatini anglash, insonga xos tuyg‘ularning rangin qirralarini his etish, insoniy fazilatlar va nuqsonlar mohiyati haqida o‘ylash imkonini beradi.

Ushbu darslikka kiritilgan barcha adiblarning ijodini o‘qigan har bir o‘quvchi ulardagi so‘z sehriga, qahramonlarning jur’at va jasor atiga, insoniy mehr va muhabbatni tasvirlashdagi takrorlanmas mahoratiga tan berishlari shubhasiz. ESLAB QOLING. Mahmudxo‘ja Behbudiyning hurlikka,

inson haq-huquqini tanishga undaydigan «Haq berilmas, olinur» yoki Abdulla Qodiriyning so‘zlash va yozish odobiga doir «So‘z so‘zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak» degan hikmatlari ham inson ma’naviyatining qaysidir jihatini tarbiyalash uchun xiz mat qiladi, albatta. Adabiyotda har bir xalqning ona Vatani, tuprog‘i, o‘ziga xos milliy xarakteri, marosim va urf-odatlari tasvirlanib ulug‘lanadi; barcha uchun birdek ardoqli bo‘lgan umuminsoniy his-tuyg‘ular tarannum etiladi. Ma’naviyat tushunchasini barcha milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yuksak yaxlitligi tarzida talqin etish mumkin. Bu xislat odamning olamdagi moddiy va ma’naviy hodisalarga yaxlit munos abati tarzida namoyon bo‘ladi. Har bir insonning o‘z ongi, tasavvuri, tafakkur tarzi, dun-yoqarashi bilan belgilanadigan ichki dunyosi bor. Uning «yaxshi» yoki «yomon» deb nom olishi mana shu ichki dunyoning mazmun va mohiyatiga bog‘liq. Agar u jamiyatning tegishli bosqichdagi talablariga, jamiyat a’zolarining umumiy axloqiy-madaniy qarashlariga uyg‘un bo‘lsa, yaxshi, aksincha holatda esa yomon degan nom olishi mumkin. Har bir inson jamiyat a’zolari bilan birga yashaydi. Demak, u atrofdagilar ta’sirini ham his qilib turadi. Badiiy adabiyot ana shunday ta’sir ko‘rsatishda katta ahamiyat kasb etadi.Badiiy adabiyotning din bilan aloqasi, xususan, tasavvufning badiiy adabiyotga ko‘rsatgan ta’siri tufayli undagi insonparvarlik g‘oyalarining yanada kuchli, jozibali va yorqinroq tarzda namoyon bo‘lganini ta’kidlash joiz.

rzda namoyon bo‘lganini ta’kidlash joiz.

Unda insonning faqat o‘ziga xos xususiyatlari emas, balki butun insoniyatga, jamiyatga, tabiatga, olam va odam munosabatlariga daxldorligi ham alohida e’tibor bilan tasvirlangan.

Bu tasvirlarning birortasi kishini befarq qoldirmaydi. Ular insondagi yaxshi fazilatlarning ko‘payishiga va, aksincha, yomon xus usiyatlarning bartaraf etilishi, yo‘qotilishiga undab

turadi. Inson ma’naviyatini boyitish uchun har qanday adabiyot emas, balki yuksak badiiyat talablariga javob bera oladigan asarlar zarur bo‘ladi. Badiiy asar ta’sirli va yaxshi bo‘lishi, u har qanday kitobxon qalbiga zavq-shavq bag‘ishlashi bilan birga ezgu o‘y hamda orzular yo‘liga yaqinlasht irishi shart.


Uyga vazifa:

Quyidagi savollarga javob yozing:

  1. Badiiy adabiyot quroli nima?

  2. Badiiy adabiyotda qanday turlar bor?

  3. Adabiyotning vazifasi nimalardan iborat?

Mavzu: Xalq og`zaki ijodi. “Rustamxon” dostoni.


Reja:

Qadim zamonda Oqtosh viloyatida Sultonxon degan o‘tdi. Sultonxonning uch xotini bor edi, tug‘maydigan aybi bor edi. Necha vaqt Oqtosh mamlakatida podsholik qildi. Yoshi ulg‘ayib soqoli oqarib qoldi.Huroyim degan o‘rtancha xotini homilador bo‘lib, oydan oy, kundan kun o‘tib, oyi-kuni yaqin yetib kelaberdi.Sultonxon Huroyim yoriga aytdi: «Dunyoda bir qo‘rqqan yomon, bir quvongan yomon» degan gap bor. Mening qariganda ko‘rgan farzandim. Men shu yerda yursam, sen bir kun tug‘ib qo‘yarsan. Men quvonganimdan yuragim yorilib o‘lib qolarman. Qurudum mamlakatiga safar qilayin, oldimga suyunchi deb chiqqan kishiga ayamasdan tanga-tilla berarman, qulog‘idan dunyoga ko‘marman, balki qo‘rg‘onbegi qilarman.Shunda ketmoqqa ixtiyor qilib, taxti-baxtini kimga topshirarining hisobini topmay, amalini, davlatini hech kimga ishon may, hayron bo‘lib, qozikalonlardan so‘radi. Qozikalonlar turib aytdi: «Gumonaning tufaylidan mamlakatni Huroyimni so‘ramog‘i to‘g‘ri keladi».Shunda Sultonxon taxt-baxtini Huroyimga topshirib, karnay-surnay qo‘ydirib, odamlarni yig‘dirib, jo‘namoq harakatida bo‘ldi. Huroyim Sultonxonga qarab bir so‘z aytib turgan ekan:

Xonim, eshit menday oyim arzini,

So‘ldirmagin bunda gulday tarzini,

Mergan otar dayrobotning g‘ozini,

Xonim, ongla Huroyimning so‘zini.

Sultonxon yo‘l yurib, Qurudum mamlakatini yoqalab, chodir-c haman tikib qo‘ndi. Bu yerlar tevaragidagi ellar, necha qo‘rg‘on so‘rab turgan beklar ilgaridan ham bir-biriga ma’lum. Goh Sulton xonga boj berib, goh bermay qaytib turar edi. Bular Urganch, Xorazm, Xeva beklari, Dinkaman xonlari edi. Bular Sultonxonning kelishini ko‘rib, shunday maslahatda bo‘ldi: «Biz bu podshoning ixtiyoriga goh kirib, goh kirmay qolganimizga, bu adadsiz lashkar, qancha to‘p-u anjomlar bilan yomon niyatda kelgan. Bo‘lak o‘yda kelsa, bunday shavkat bilan chiqmas edi. Bizda bekor odam ko‘p, lashkar yo‘q. Biz har qaysimiz bitta-bitta qo‘rg‘onning egasimiz.

Oqtosh mamlakatida Huroyim podsholik qilib, ichkarida arz so‘raydi. Ximcha degan kanizi bor. Ximcha – tillari bulbulcha, kimki yaxshi desa, shuncha, ikki yuzi ochilgan gulcha, bellari xipcha, o‘zi suluv oyimcha. Ximcha oyim tashqarida arz so‘radi. Huroyim Oqtosh mamlakatida Sultonxondan ziyoda ish tuta berdi. Huroyimn ing ish tutuviga ikki kundosh bezovtalik qilaberdi. Vaqti yetib, oyi bitib, Huroyim o‘g‘il tug‘di, otini Rustam qo‘ydi.Rustam birga, ikkiga, uchga kirdi. Tilga enganida madrasadan bir mulla olib kelib, o‘qitib yotaberdi.«Zamon Huroyimniki bo‘ldi», – deb ikki kundosh nima qilarini bilmay o‘y o‘ylar edi. Oqtosh viloyatida daftari mas-tondan uch yuz oltmish mastoni bor edi, boshlig‘ini Momogul maston der edi, mazgili1 shahardan tashqari bir g‘orda edi.G‘orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to‘rt bo‘lib otar edi, yurish-turishi odamlarga xatar edi,

ne er yigitl arni ikki pulga sotar edi, yaxshilikni uch pulga olmay, qayerda yomonlik bo‘lsa, izlab yetar edi, qanday odam ko‘rsa, bu kampirdan hazar qilib uzoqqa ketar edi, yomonlik izlab borgan odamning ishi mastondan bitar edi.

Ikki kundosh Huroyimdan qutulish uchun Momogul maston bilan til biriktiradilar. Maston tilla tangalar evaziga Huroyim ustidan fitna-g‘iybat to‘la arznoma yozdiradi, firib bilan Oqtosh ahliga tasdiqlatadi va Sultonxonga olib boradi. Sultonxon g‘azabga minib, o‘zi safardan qaytguncha Huroyimni shahardan haydab, dorga osishga buyuradi. Jallodlar Huroyimni dorga osmoqchi bo‘layotganlarida, Rustam jallodlarning dodini berib, onasini qutqaradi. Rustam boradigan yerining tayini yo‘q; enasini otga mindirib, tozilarini ergashtirib: «Adashganning oldi yo‘l», – deya yo‘lga tushadi. Ular yo‘l yursa ham mo‘l yurib, Hukumu tog‘iga yetib boradilar, shu yerda qo‘nim topadilar.

Rustam tog‘-toshda ov qilib keladigan, enasi esa pishirib beradigan bo‘ldi.Bir kuni Rustam enasi va tozilarini qoldirib, zarur anjomlar topish uchun yo‘l tortdi. Ko‘zi tog‘ bag‘ridagi o‘tovga tushdi.Ot ustida o‘tovning bo‘sag‘asidan qaradi. Ko‘rdi: ajab suratli bir qiz, jamoli kunni xira qilguday, har kim husnini ko‘rsa, aqli ketib, otdan yiqilib qolguday. Ikki qo‘li orqasiga boylangan, sochidan uyning keragasiga1 boylovli turibdi. Rustam ko‘rib hayron qoldi. «Shunday odamni ham ovloq bir cho‘lda, ko‘z ko‘rmagan yerda boylab tashlaydigan ham gaplar bor ekan-da! Kel-e, o‘ylab turguncha so‘ylab bilayin», – deb Rustam bir so‘z aytib turgan ekan:– Alifday qomating, xipcha belingdan,

Menga bayon ayla o‘sgan elingdan,

Oqtosh mamlakatida Huroyim podsholik qilib, ichkarida arz so‘raydi. Ximcha degan kanizi bor. Ximcha – tillari bulbulcha, kimki yaxshi desa, shuncha, ikki yuzi ochilgan gulcha, bellari xipcha, o‘zi suluv oyimcha. Ximcha oyim tashqarida arz so‘radi. Huroyim Oqtosh mamlakatida Sultonxondan ziyoda ish tuta berdi. Huroyimn ing ish tutuviga ikki kundosh bezovtalik qilaberdi. Vaqti yetib, oyi bitib, Huroyim o‘g‘il tug‘di, otini Rustam qo‘ydi.

Rustam birga, ikkiga, uchga kirdi. Tilga enganida madrasadan bir mulla olib kelib, o‘qitib yotaberdi.

«Zamon Huroyimniki bo‘ldi», – deb ikki kundosh nima qilarini bilmay o‘y o‘ylar edi. Oqtosh viloyatida daftari mastondan uch yuz oltmish mastoni bor edi, boshlig‘ini Momogul

maston der edi, mazgili1 shahardan tashqari bir g‘orda edi.G‘orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to‘rt bo‘lib otar edi, yurish-turishi odamlarga xatar edi, ne er yigitl arni ikki pulga sotar edi, yaxshilikni uch pulga olmay, qayerda yomonlik bo‘lsa, izlab yetar edi, qanday odam ko‘rsa, bu kampirdan hazar qilib uzoqqa ketar edi, yomonlik izlab borgan odamning ishi mastondan bitar edi.Ikki oyim Momogulni ko‘ngliga olib, so‘roqlab borib qoldi. Huroyimning ustidan bir so‘z aytib turgan ekan:


– Eshit, momo, oyimlarning tilini,

Vayron qilsang bunda Oqtosh elini,

Xazon qilgin tar ochilgan gulini,

O‘lsin deymiz Huroyim ham ulini2.

O‘zgalardan sizni yaxshi bilaman,

Xizmatingga bir qop tilla beraman,

Vayron qilgin Oqtosh mamlakatini,

Nima desang, xizmatkoring bo‘laman.

Bizga dushman bilmaganin bildirgin,

Xanjar urmay bag‘rin qonga to‘ldirgin,

Mamlakatdan buni benasib qilib,

Huroyim ham yolg‘iz ulin o‘ldirgin


Ikki kundosh Huroyimdan qutulish uchun Momogul maston bilan til biriktiradilar. Maston tilla tangalar evaziga Huroyim ustidan fitna-g‘iybat to‘la arznoma yozdiradi, firib bilan Oqtosh ahliga tasdiqlatadi va Sultonxonga olib boradi. Sultonxon g‘azabga minib, o‘zi safardan qaytguncha Huroyimni shahardan haydab, dorga osishga buyuradi. Jallodlar Huroyimni dorga osmoqchi bo‘layotganlarida, Rustam jallodlarning dodini berib, onasini qutqaradi. Rustam boradigan yerining tayini yo‘q; enasini otga mindirib, tozilarini ergashtirib: «Adashganning oldi yo‘l», – deya yo‘lga tushadi. Ular yo‘l yursa ham mo‘l yurib, Hukumu tog‘iga yetib boradilar, shu yerda qo‘nim topadilar.

Rustam tog‘-toshda ov qilib keladigan, enasi esa pishirib beradigan bo‘ldi.

Bir kuni Rustam enasi va tozilarini qoldirib, zarur anjomlar topish uchun yo‘l tortdi. Ko‘zi tog‘ bag‘ridagi o‘tovga tushdi.

Ot ustida o‘tovning bo‘sag‘asidan qaradi. Ko‘rdi: ajab suratli bir qiz, jamoli kunni xira qilguday, har kim husnini ko‘rsa, aqli ketib, otdan yiqilib qolguday. Ikki qo‘li orqasiga boylangan, sochidan uyning keragasiga1 boylovli turibdi. Rustam ko‘rib hayron qoldi. «Shunday odamni ham ovloq bir cho‘lda, ko‘z ko‘rmagan yerda boylab tashlaydigan ham gaplar bor ekan-da! Kel-e, o‘ylab turguncha so‘ylab bilayin», – deb Rustam bir so‘z aytib turgan ekan:

Sultonxon qancha gapirdi, Rustam: «Men podsho bo‘lmayman», – dedi. Sultonxonning o‘zi tag‘in o‘z yurtida podsholikda qoldi. Rustam o‘z yori Oftoboy bilan o‘ynab-kulib, bu ikkovi Huroyimning duosini olib, Rustambek: «Men botirman», – deb polvonlik, botirlikni mashq qilib yuraberdi. Shunday qilib, Huroyim ham, Rustamxon ham murod-maqsadiga yetdi.

Dostonning bosh qahramoni Rustam yoshligidan baquvvat, mard va jasur bo‘lib ulg‘aydi. Doston voqealari rivojida Rustamn ing qo‘rqmas va dovyurakligini, chin insoniylik sifatlarini ko‘rish mumkin. Kundoshlari tuhmat bilan onasini yurtdan haydab, dorga osdirmoqchi bo‘lganida, Rustam sarosimaga tushmadi. Onasini jallodlar qo‘lidan qutqarib: «Adashganning oldi yo‘l», – deya yo‘lga tushadi va Hukumu tog‘ida qo‘nim topib, ovchilik bilan kun ko‘ra boshlaydi.

Rustam ov kunlarining birida o‘tovga bog‘lab qo‘yilgan xushsurat qizni ko‘rib qoladi va uning ajdarga yemish uchun turganligidan xabar topadi. Xabarni eshitgan Rustam ajdar bilan jangga otlanadi. Oftoboy yalinib-yolvorib Rustamni o‘z ahdidan qaytarishga urinadi, biroq dovyurak Rustam: «Mard so‘zidan, yo‘lbars izidan burilmaydi» degan gap bor, ajdahor domiga tortadi, meni yutadi deb vahm qilmayman, qayishmay ajdahorning yo‘lini aytgin», – deydi. Ajdar bilan mardonavor kurashib, uni yengadi va qizni o‘limdan qutqaradi. Ajdar zulmidan xalos bo‘lgan Bujul yurti Rustamni shohlikka ko‘taradi va Oftoboyim bilan to‘yini qilib uylantirib qo‘yadi. Erkin va oddiy hayot yo‘lini tanlagan Rustam uch kundan so‘ng shohlikdan voz kechib, suyukli yorini olib, onasi oldiga qaytadi. Shu tariqa dostonda Rustam obrazi soddadil, mard va qo‘rqmas, jismonan baquvvat inson, mehribon farzand va sadoqatli yor sifatida gavdalanadi.

Dostonda bir qancha ayol obrazlari ham gavdalantirilgan. Ayniqsa, Huroyim va Oftoboyim obrazlari alohida ajralib turadi. Ularga xos go‘zallik, oqilalik, sadoqat va mehribonlik fazilatlari doston voqealari rivojida ishonarli tasvirlangan. Xususan, Oftoboy – tengsiz go‘zal qiz. Uni birinchi ko‘rgan

Rustam unga shunday murojaat qiladi:

Maloyik suratli, gul yuzli dilbar,

Seni ko‘rgan odam bo‘lar beqaror.

Oy-u kundan ziyod sening husning bor

Ne qildi seni boylab giriftor?

Oftoboyda mana shu go‘zallikka teng fahm-farosat, zukkolik ham mavjud. Uning bu fazilatlari Sultonxon o‘z qilmishlariga tavba qilib, o‘g‘li va xotinidan kechirim so‘rash uchun

darvesh qiyofasida kelgan paytda ham ko‘rinadi. Oftoboy dostonda oqila kelin, suyukli yor sifatida gavdalanadi.Dostondagi asosiy qahramonlardan biri Huroyimdir. Huroyim Sultonxonga o‘g‘il farzand ato etadi, biroq evaziga qanchadan qanc ha jabr-u sitamlar ko‘radi. Kundoshlari yurtidan

quvganida ham, ajal ko‘lanka solganida ham, o‘zga yurtda qiyinchilikda yashasa ham, u o‘zligidan kechmaydi. Undagi go‘zal xulq, oqilalik barcha sitamlardan qutulishida yordam berdi. Rustam darvesh sifatida kelgan Sultonxonni qilich bilan chopmoqchi bo‘lganida, Huroyimning o‘ziga xos mulohazali ayol, oqila ona, kechirimli yor ekanligi ko‘zga tashlanadi:

– Bolam! – deb qaytardi Rustamday uldi,

– Tavba qilib o‘zi axtarib keldi,

Chopib tashlab, bolam, senga ne bo‘ldi?

Qanday bo‘lsa, qo‘zim, manmanlik qilma,

«Rustam otasini chopibdi» degan

Lanqa gapni, qo‘zim, o‘zingga olma.

Dostonda Sultonxon o‘ylamay qaror qabul qiladigan, o‘zgalarn ing gapiga ishonuvchan laqma, podsho bo‘lsa-da, zaif shaxs sifatida tasvirlanadi. Doston voqealari davomida Sultonxon juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi. Momogul maston fitnasiga aldanib, oilasidan, xotini va farzandidan ajraydi, ularsiz yashashga mahkum bo‘ladi. Doston so‘ngida Sultonxon o‘z xatolarini tushu nib yetadi hamda xotini va o‘g‘lidan kechirim so‘raydi. Oilasini qaytadan tiklaydi, yo‘l qo‘ygan xatolarini tuzatishga kirishadi. Yomonlarni jazolaydi.

Dostondagi boshqa bir qator obrazlar ham voqealarning ishonarli chiqishida xizmat qiladi.


Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

  1. Xalq og`zaki ijodi nima?

  2. Dostonlarning qanday turlari bor?

  3. “Rustamxon” dostonidagi shaxslarga ta’rif bering.

  4. Laqma va go`l podshoga munosabat bildiring.

  5. Dostondagi oqila ayollar obrazi.

Mavzu: Atoyi hayoti va ijodi. Lirikasi

Reja:

.

Atoyi XV asrda Balxda1 tug‘ilgan. Atoyining hayot yo‘li, shaxsiyati haqida ma’lumotlar juda kam. U asli Ahmad Yassaviylar nasabiga mansub bo‘lgan Ismoil Ota avlodlaridan. Samarqand, Bux oro va Balxda yashagan. Mirzo Ulug‘bek saroyida xizmat qilgan.Atoyi turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o‘rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Taxallusini mashhur shayx ota-bo bolariga ishora qilib, «Ato» («Ota») deb olgan.Hozirgi Qozog‘istonning Turbat qishlog‘ida unga nisbat berilgan qabr bor.Navoiy («Majolis un-nafois») Atoyi hayoti va ijodi haqida to‘xtalib: «Mavlono Atoyi Balxda bo‘lur erdi. Ismoil ota farzandlar idindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O‘z zamonida she’ri atrok (turkiy tilda so‘zlovchilar) orasida ko‘p shuhrat tutti. Bu matla’ aningdurkim:



Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o‘lturur,

G‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo‘lur.

Mavlono ko‘p turkona (sodda, ravon) aytur erdi...» – deydi. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o‘g‘li ekanini aytadi. Atoyi devoni qo‘lyozmasining oxirida «Devoni Shayxzoda Atoyi» degan qayd Atoyining

shayxlar oilasidan kelib chiqqaniga qo‘shimcha dalolat bo‘ladi. Atoyi g‘azallarida muhabbat bilan bir qatorda boshqa hayotiy mavzular ham kuylangan. Atoyi ijodida Umar Xayyom rubo iylari va Ho།z g‘azallaridagi kabi hayot zavqi, uning barcha go‘zalliklari va lazzatlari may timsolida vasf etiladi.Atoyi lirikasida xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, og‘zaki nutqqa oid so‘zlar ko‘p. G‘azallarini, asosan, aruzning turli bahrlarida yozgan, ular orasida ramalda yozil-ganlari ko‘proq; vazni yengil, misralari qisqa, so‘zlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qo‘shiqlar iga aylanib ketgan. Atoyi tajohil ul-orif, laff va nashr kabi o‘ziga xos tasvir vosita va usullaridan ham unumli foydalangan. Shoir ijodi bizgacha to‘la yetib kelmagan. Devonining taxminan XVI asrda ko‘chirilgan, 260 g‘azalni o‘z ichiga olgan qo‘lyozma nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanadi.

G‘AZALLAR

Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o‘lturur,

G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur.

To magarkim salsabil obina javloni qila,

Keldi jannat ravzasindin obi Kavsar sori hur.

Ul ilikkim suvdin oriqtur, yumas oni suda,

Balki suvni pok bo‘lsun deb iligi birla yur.

Emdi bildim rost ermish, balki ko‘rdim ko‘z bila,

Ulki derlar suv qizi goh-goh ko‘zga ko‘runur.
Bularning hammasi yorning chiroyi, go‘zalligi, o‘ziga xosligini ko‘rsatishga qaratilgan.

Navbatdagi bayt ham shu ruhni davom ettiradi. Bu niyatga odam va pari ziddiyatini kеltirish orqali erishiladi. Endi tanosib san’ati ishga solinadi. Bu san’atning mohiyatini matnda o‘zaro mantiqiy aloqador bo‘lgan so‘zlardan foydalanish tashkil etadi. E’tibor bеring: yuz (yanoq) odamda bo‘ladi. Bu yuzning rangi anorga o‘xshash. Dеmak, yorning yuzida bog‘ning alomatlari mavjud. Ammo shoir yorni odamlar toifasidan emas, balki pari dеmoqda. Parining yashaydigan joyi esa Eramda, aniqrog‘i Eram bog‘idadir. Shoir yor go‘zalligini uning yuzidayoq mujassam ekanligini aytish uchun mana shu mantiqiy silsilalardan foydalangan.Qo‘y qissayi Jamshedni jomi ilgingdin, Gar bo‘lsa dame mulkati Jamdur manga, ey do‘st.Oltinchi bandda tazod yo‘qlik va mavjudlikning ramziy tasviri orqali yuzaga chiqarilgan. Yo‘q narsa – «Qissayi Jamshеd», ya’ni ertak va afsonalar olami, mavjudlik esa yorning qo‘li orqali tasavvur etilayotgan «Mulkati Jam», ya’ni mavjud hayotdir.

Og‘zingg‘a fido jonki, tabassum qilib aytur:«Har lahza Atoyi ne adamdur manga, ey do‘st».

Kеyingi baytda ham tazod faol tasvir vositasi sifatida qo‘llangan. Faqat bu yеrda birinchi misradagi birdaniga ikkita so‘zning ziddi kеyingi misradagi yana bir juftlikka zid holda qo‘llangan. Ayni paytda, oldingi misradagi so‘zlarning takrori shoir ko‘zda tutgan ma’noning yanada kuchaytirilishi uchun ham xizmat qilgan. Diydor ila qoni’ emas erdim esa, hajring Bisyor jafo ayladi, kamdur manga, ey do‘st.Tazodlar silsilasini istifoda etish kеyingi bandda ham davom etadi. Bu yеrda «bisyor» va «kam» so‘zlari shu vazifani ado etadi. Zеhn solib qarasak, baytning birinchi misrasida ham zid ma’noli so‘zlar ishtirokini ilg‘ashimiz mumkin. Bu diydor va hajr so‘zlari orqali amalga oshgan. Aslida, «hajr», «hijron» dеgan so‘zlar «vasl», «visol» dеgan so‘zlar bilan zid

ma’nolilikni tashkil etadi. Bu yеrdagi «diydor» o‘sha «visol» so‘zining ma’nodoshidir. Dеmak, bu yеrda ham sal yashirinroq tarzdagi tazod qo‘llanmoqda ekan.

Atoyi – lirik shoir. U o‘z she’rlarida nozik xayol, sinchkov ni goh, baland did egasi ekanligini namoyish etadi. Go‘zal, esda qol adigan o‘xshatishlar, kutilmagan mubolag‘ali tasvirlar yaratadi. Bir g‘azalida go‘zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyog‘i og‘riydi, «yuzing buncha

bo‘yradek dag‘al bo‘lmasa» deb nozlanadi. «Bo‘yra» – qamishdan sholchaga o‘xshatib to‘qiladigan bir ashyo. U gilam tagidan to‘shaladi, tom ustiga yopiladi. Yorn ing oyog‘i shu qadar nozik va go‘zalki, uning oldida oshiqning yuzi bo‘yraga o‘xshaydi. Ikkinchi bir she’rida esa, yorini sog‘ingan oshiqning ko‘zidan yosh emas, daryo oqayotgani, u kipriklaridan sol yasab, shu daryoda suzayotgani manzarasi chiziladi. Shoir yorini ulug‘lovchi, Ɉdoyilikni ko‘rsatuvchi betakror satrlar bitadi. Masalan, «Begim» radi䛛i she’rida u kipriklarini supurgi («jorub»), yuzini xokandoz qilishga tayyor, yor xizmatiga olinsa bo‘lgani. Hatto yor u yoqda tursin, uning farroshligiga – «qul»likka qabul qilsa ham o‘zini baxtli hisoblaydi.

Atoyi yorni mana shunday yuksaklikka ko‘taradi.

Shoir yorning qaddi-qomati, yuzi, ko‘zi, qoshi, sochi, kipriklari, og‘zi, labi, xolini ta’rif-tavsif etadi. Ularni sifatlash orqali yorning go‘zallikda tengsiz timsolini chizadi. Har daqiqada o‘zining ma’shuqaga bo‘lgan sevgi-sadoqatini izhor etib boradi. O‘zini «qul», yorni «shoh» ko‘rsatish orqali bir

tomondan, go‘zal yorga sevgi-sadoqatini bildirsa, ikkinchi tomondan, bu sevgining tengsizligini («shoh» – «qul») ta’kidlab turadi. Ma’shuqa go‘zallikda nuqsonsiz, har jihatdan mukammal bir siymo sifatida namoyon bo‘ladi.Ha, ma’shuqa go‘zalligiga chek-u chegara yo‘q. Hatto, ko‘plab qissalarda go‘zallik timsoli sifatida tasvirlangan Yusuf ham unga teng kelolmaydi:

Gar husn budurkim, sanga bor, kes bu tilimni,

Yusuf so‘zidin qilsam agar zarra hikoyat.

Shoirning qator she’rlarida real yor, dunyoviy ishq, ya’ni insonning insonga bo‘lgan muhabbatini ko‘rish mumkin.

Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur,

G‘oyati nozikligindin suv bila yutsa bo‘lur, –

baytida noziknihol qiz tasvir etilayotganiga shubha yo‘q. She’rda ma’shuqa shu qadar nozik, shunchalar go‘zal qiz sifatida tasvirlanadiki, go‘yo uni bir qoshiq suv bilan yutib yuborish mumkinday. Atoyi xalq iboralarini g‘oyat yaxshi biladi va undan o‘rinli foydalana oladi. G‘azalning matla’sida ham shu hol sezilib turibdi.Shoir navbatdagi o‘xshatishni keltiradi. Ma’shuqaning bog‘ ichidag i ariq bo‘yiga kelishi go‘yo jannat bog‘idagi Kavsar suvi (hovuzi) yoniga hur-u parining kelishiga o‘xshaydi:

To magarkim salsabil obina javloni qila,

Keldi jannat ravzasindin obi Kavsar sori hur.

Yorning har qanday gapi, oshiqqa murojaati lirik qahramon uchun mamnunlik va qanoat hissining paydo bo‘lishi uchun kifoya qiladi. Vaholanki, bu so‘zlarda maqtov emas, ko‘proq kinoya «mavjud emas, yo‘q» dеgan ma’noda ham, «qanday odam», «odam emas» dеgan ma’noda ham tushuntirish mumkin. Bularning barchasi Atoyining o‘zbеkcha so‘z kuchi va qud ratini tеran his etgani, uning latofatini ko‘rsatish uchun katta kuch va mеhnat sarflaganini ko‘rsatadi. Xuddi shu narsalar adibdagi badiiy mahoratning nihoyatda yuksak darajasi haqida ham to‘la tasavvur bеrib turibdi.

Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.


  1. Atoiyning ajdodlari haqida.

  2. G`azallaridagi she’riy san’atlarni topib o`rganish.

  3. G`azallaridan namunalar yod olish.

Mavzu: Alisher Navoiy hayoti va ijoodi. Navoiy haqida zamondoshlari fikrlari. Oraliq Nazorat


XV asrning ikkinchi yarmi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nisbiy ko‘tarilishlar yuz beradi. Bu davrda Temuriylar siyosatining o‘ziga xos qirralari yanada ko‘proq namoyon bo‘la boshlaydi. Amir Temur boshlab bergan buyuk rivojlan ish davom ettirildi. Endilikda hoki miyat tepasida Temurning farzandlari, nabiralari hukmronlik qilis hardi.Andijon, Toshkent, Xo‘jand, Sayram, Turkiston, Samar qand, Buxoro, Qarshi, Hisor, Qunduz, Marv shaharlari rivojland i. Ayniqsa, Husayn Boyqaro zamonida Hirot gullab-yashnaydi.Ulug‘bek zamonida Samarqandda ilm-fan nihoyatda yuksaldi, o‘zbek fanining dunyoga yoyilishida bu davr o‘ziga xos o‘rin tutadi. Xususan, aniq fanlar rivoji, ayniqsa, matematika, astronomiyadagi yutuqlar salmoqli bo‘ldi. Birgina Ulug‘bek observatoriyasining yutuqlari natijasida 1018 ta yulduzning holati o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, yulduzlarning o‘rnini

belgilashdagi aniqlik hozirgi zamon yutuqlari bilan deyarli uyg‘un keladi. Ulug‘bekning otasi Shohruh mirzo qurdirgan kutubxona salmog‘i va boyligiga ko‘ra ham o‘z zamonasida tengsiz edi.

davr me’morc hiligining go‘zal obidalari sifatida bugun ham xalqimizning faxr-u iftixoriga sabab bo‘lib kelmoqda.Hirotda Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning tashabbus va rahbarliklarida ko‘plab binolar, madrasa va xonaqohlar, shifoxona, hammom va karvonsaroylar qurilgani, ariq va kanallar qazilgani, bog‘-rog‘lar barpo qilingani yaxshi ma’lum. Temuriylarning o‘zaro nifoq va kurashlari Shayboniyxonning (1451–1510) tarix maydoniga kirib kelishi va bu maydonda barqaror turib qolishi uchun imkon beradi. Shayboniyxon ko‘chmanchi o‘zbeklarning xoni Abulxayrxonning (1428–1468) nabirasi edi. U 1499-yilda temuriylarga dastlabki zarbalarni bera boshlagan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay ularning o‘rnini deyarli egallab oladi. Shayboniyxonning o‘zi ham katta iqtidor egasi, yirik salohiyatli ijodkor edi.

Bu davrda Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ijodi jahon adabiyotining eng porloq namunalari sifatida e’tirof etildi.Badiiy ijodning ikki tilda yaratilishi ham shu davrning muhim xususiyatlaridan edi. Navoiy, Bobur mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad mirzo (1451–1494) singari ijodkorlar ikki tilda she’rlar yaratgan. Zullisonaynlik an’anasi ham Navoiy timsolida o‘zining oliy cho‘qqisiga ko‘tarildi. Alisher Navoiy boshchiligidagi adabiy harakat turkiy til mavqeyi uchun qattiq kurash olib bordi va bu borada olamshumul g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.Alisher Navoiy faqat o‘zbek emas, balki butun turkiy xalqlar adabiyoti, jahon xalqlari adabiyoti tarixidagi eng noyob hodisalar silsilasiga mansub bo‘lgan buyuk shaxsdir. U qoldirgan merosning soni va hajmigagina emas, balki ular ning mazmun va yuksak badiiyatiga ko‘ra ham tengsiz adibdir. Navoiyning kichik zamondoshi Zahiriddin Muhammad Bobur buni juda muxtasar tarzda ifodalab bergan: «Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas. Olti masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi «Xamsa» javobida, yana biri «Mantiq ut-tayr» vaznida «Lison ut-tayr» otliq. To‘rt g‘azaliyot devoni tartib qilibtur: «G‘aroyib us-sig‘ar», «Navodir ush-shabob», «Badoyi ul-vasat», «Favoyid ul-kibar» otliq. Yaxshi ruboiyoti ham bor. Yana «Mezon ul-avzon» otliq aruz bitibtur... Forsiy nazmda «Foniy» taxallus qilibtur. Yana musiqiyda yaxshi nimalar bog‘labtur. Yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari bordur».Navoiy adabiyotshunos sifatida o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Xususan, uning o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixi uchun noyob manba sifatida katta ahamiyatga ega «Majolis un-nafois» asarida 459 ta shoir, yozuvc hi, ijodkor haqidagi ma’lumotlar jamlangan.


Alisher Navoiy haqida uning zamondoshlari

Abdurahmon Jomiy: «Kel, Jomiy, umr bo‘yi mashaqqat tortib, ko‘nglingdan shu «besh ganj»ni dunyoga chiqarding.. U «Besh»liklarga sening «Besh»ing qachon tenglashardi? Ularning bir xazinasi sening yuz xazinangdan yaxshidir. Xususan, u panjaki, ganjadan sarpanja urganda Sher kabi o‘z sarpanjasini urdi, turkiy tilda bir ajoyib qo‘shiq kuyladiki, jodu nafaslilar og‘zi muhrlandi. Bu qalamga falakdan ofarinlar yog‘ilsin! Chunki bu yoqimli naqshni o‘sha qalam yaratdi va forsiy til egalari, forscha nazm durlarini tuzuvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganda boshqalarga so‘z aytishga majol qolmasdi. Bu mo‘jizakor nazm tarozisi qarshisida Nizomiy kim-u, Xusrav kim bo‘ldi? U boshqa tilda so‘z yuritganidan aqlga oradagi farqni ajratish uchun yo‘l qolmadi. Ey (Navoiy), sening tab’ing so‘z ustodidir. Qalaming ochqichi bilan so‘z eshigini ochding. Rav naqdan qolib ketgan va xorlik burchagidan o‘rin olgan (turkiy) so‘zga sen yangidan obro‘ berding. Uni ijod maydoniga olib chiqding. U sen ing ra’ying nuridan safoli bo‘ldi, lutfing navosi (boyligi)dan navoli (bahramand) bo‘ldi».

Rashidiy: «U (Alisher Navoiy)ning kelib chiqishi baxshilarga borib taqaladi. Otasini «Kichkina baxshi» deyishgan, u saroyda amaldor bo‘lgan. Mir Alisher bolalikdan Sulton Husayn mirzo bilan do‘stlashgan. Sulton Husayn mirzo podshoh bo‘lgach, Alishe r Navoiy uning xiz matiga kelgan, mirzo

uni behad qadrlab, g‘amxo‘rliklar ko‘rsatgan, Mir Alisher esa xalqqa xuddi shunday g‘amxo‘rlik qilgan».

Hakimshoh Qazviniy: «Hech kim turkiy she’rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan».

Xondamir: «874-yilning boshlarida Mirzo Yodgor Muhammad Hasanbek turkman yordami bilan Xurosonni qo‘lga kiritish payiga tushdi. Sultoni Sohibqiron (Husayn Boyqaro) esa bir to‘da amir va qo‘shinni dushmanga qarshi yuborib, ular orqasidan o‘zi ham jo‘nadi. Nusrat nishonli bayroqlar Mash-

haddan o‘tganda, dushmanning yaqinlashgan xabari ilg‘or askar boshliqlariga ketma-ket eshitildi. Shu sababdan zafar bayroqli podsho dushman tomonga tezlik bilan harakat qilish xohishini bildirdi. Ammo uning muborak tiliga vaqt belgilash uchun munajjim chaqirilsin degan so‘z keldi. Bu vaqtda ulug‘ martaba egasi va hazrat sultonning yaqin do‘sti (Alish er Navoiy) arz qildiki, munajjim chaqirib, paytning yaxshi-yomonligini hozirda tekshirishning foydasi yo‘q. Chunki payt muvofiq bo‘lsa yo bo‘lmasa ham ishini kechiktirish mumkin emas va tezlik bilan harakat qilish lozim»... Biroz yurilgandan keyin ishni boshlash uchun otlanib chi qishning maqsadga g‘oyatda muvofiq ekanligi aniq ma’lum bo‘ldi».

«Garchi oliy hazratga o‘zidagi tab’ quvvati va qobiliyati ko‘pligi jihatidan har ikki nav, ya’ni turkiy va forsiy she’rlar muyassar bo‘lsa-da, uning o‘tkir tab’i (ning moyilligi) forsiychadan ko‘ra turkiychaga ortiqroq edi».


Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash

  1. Navoiyning tarixiy asarlarini yozing.

2.Navoiyning tilshunoslikka oid asari qaysi?

3.Shoirning adabiyotshunoslikka oid asarlarini ayting.

4. Diniy mavzudagi asarlari qaysilar?
Mavzu: Navoiy lirikasi

Qit’a Navoiy lirikasida alohida mavqega ega bo‘lgan janrlardan biridir. U shakliga ko‘ra g‘azalga yaqin turadi. Undan faqat dastlabki bayt qoFIyasining erkinligi bilan farqlanadi. Uning qoFIyalanish tartibi a : a, d : a, e : a, f : a, ... ko‘rinishida bo‘ladi. Odatda, qit’aning eng kichik shakli ikki baytdan iborat bo‘ladi. Qit’aga aniq chegara qo‘yilmagan. U ko‘proq falsaFIy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ma’naviy masalalarni tilga olishi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, mumtoz adabiyotda ayrim janrlar (masalan, ruboiy, tuyuq) uchun qat’iy vaznlar belgilab qo‘yilgan. Qit’a bu jihatdan ham erkindir. U aruzning istalgan vaznida yaratilishi mumkin.

Haq taolo xoni in’omi-yu karami omi borida o‘zgadinnima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi

Tengri xonin ochuq aqida qilib,

Xalqdin ro‘ziy istagan gumroh

Uyladurkim tengiz qirog‘inda

Ro‘za ochmoqqa kimsa qozg‘oy choh.
Eng avval sarlavha mohiyatini anglab olishga harakat qilamiz. Uni «yaratganning dasturxoni tuhfalari-yu umumiy, barchaga barobar karami bo‘la turib, boshqa (kishi)lardan biror narsa tilagan (kishi)ning xom tamasi-yu oxiri yaxshilik bilan tugamagan zoti» haqida deb tabdil qilishimiz mumkin. Demak, qit’a ayrim bandalarn ing noshukurligi hamda behuda ta’magirligi haqida.

Qit’a mazmunini aniqroq tasavvur etish uchun har bir misra, har bir so‘z ustida bosh qotirishga to‘g‘ri keladi. Bir qarashda unda begona, notanish va tushunarsiz so‘z yo‘qqa o‘xshaydi. Ammo Navoiy qo‘llagan so‘zlarning barchasi ham lug‘atlardagi izohlar doirasiga sig‘avermasligini, qolaversa, she’r iyatda so‘zlarning o‘z lug‘aviy ma’nolaridan ko‘ra ancha kengroq mazmun qamroviga ega bo‘lishini ham nazarda

tutish lozim bo‘ladi.

Adib ikki xil xususiyatga ikki xil asos (vosita, ya’ni sabab)ni keltiradi. Ulardan birinchisi – saxovat. Dastlabki ikki misra shu fazilat tavsi̕ uchun xizmat qiladi.Agar kishi bir so‘zni aytsa, so‘ng unga amal qilsa, masalan, boshqalarga biror narsani berish haqidagi so‘zining ustidan chiqsa uni haqiqiy er, erkak deyish mumkin. Bu misrada xalqimizning ma’naviy bisotidagi «Yigit so‘zidan qaytmas, arslon izidan» maqolining mazmuni mujassamlashgan. Agar mulohaza shu bilan tugasa, albatta, katta bir poetik kash̕yot haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Shuning uchun ham Navoiy avval shu misrani keltiradi, keyingi misrada undan-da kuchliroq va muhimroq mulohazani o‘rtaga chiqaradi («Demay berganga erlik bil musallam»). Demak, aytmasdan (yoki ayttirmasdan) turib berish imkoniyati ham mavjud. Alisher Navoiy ayni mana shu imkoniyat haqida gapirmoqchi.

Muhtoj odamning biror narsa umidida kelganida, uning ehtiyojini qondirishning o‘zi ham insoniylik taomiliga to‘la mos va muvo̕q keladi. Ammo muhtojning muhtojligini bila turib (eng muhimi, yordam berish imkoniyatiga ega bo‘lib turib), unga nisbatan beparvo va loqayd bo‘lish ham bor.

Adib masalaning bu tomoniga daxl qilayotgani yo‘q. Aksincha, bu boradagi saxovat uchun yana bir boshqa imkoniyatni esga olmoqda. Muhtoj kishi so‘ramasdan turib ham unga mol beradiganlar bor. Adib mana shu toifa haqida gapirmoqchi. Ular esa haqiqiy mard, haqiqiy saxovat egalaridir.

Qit’aning birinchi qismi shu bilan yakunlanadi. Demak, endi gap sarlavhada va’da berilgan ikkinchi qism ustida borishi kerak. Xuddi shunday bo‘ladi ham.Jamiyat ahli orasida biror himmat ko‘rsatishdan oldin uni ta’kidlab, urg‘ulab, «yaxshiligini pesh qilib» ko‘rsatadiganlar ham topiladi. Alisher Navoiy nazarida bu xususiyat maqtovga loyiq emas. U qoralanishi kerak. Shunga ko‘ra, bu toifaga mansublarni erkaklar qatorida sanab bo‘lmaydi. Ular ayollar qatorida sanalishga mahkumdir. Lekin bu ham hali hammasi emas ekan. Bundan ham pastkashroq toifalar mavjud: ular aytadilar-u, lekin bermaydilar, ya’ni va’da berishadi-yu, biroq va’dalariga xilof bo‘ladi. Ularni xotindan ham pastroq darajada baholash maqsadga muvo̕q bo‘ladi. Har holda xalqimizda «xotindan xarob», «xotindan ham xarob» degan ifodalar bejiz paydo bo‘lmagan ekan.
Shayx Ahmad bin Xudoydod Taroziy «Funun al-balog‘a» asarida (hijriy 840 – milodiy 1436–1437-yillar) o‘z davridagi o‘nta she’riy janrlarga tavsif beradi (qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy, masnaviy, tarje’, musammat, mustazod, mutavval, fard). Biz yaxshi bilamizki, Navoiy ijodida – «Xazoyin ulma’on iy»d a she’riy janrlarning 16 ta xili mavjud. Ularning orasida eng barakalilaridan biri ruboiy ekanligini mutaxassisl ar ko‘p marta ta’kidlashgan.«Nazm ul-javohir» («Gavharlar tizmasi») asari, asosan, tasavvuf g‘oyalari targ‘ibiga bag‘ishlangan. Unda tasavvufdagi asosiy tus huncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli tilda talqin qilinadi. Masalan, «Ro’a aboka yuro’uka» («Otangga rioyat qil – bolangdan qaytadi») hadisi uchun quyidagi ruboiy keltirilgan:Farzand ato qullig‘in chu odat qilg‘ay,Ul odat ila kasbi saodat qilg‘ay,Har kimki atog‘a ko‘p rioyat qilg‘ay,O‘g‘lidin anga bu ish siroyat1 qilg‘ay.Adib otaga xizmat qilishning sharofatini birinchi ikki misrada ko‘rsatib bermoqda. Keyingi misrada esa yana shu fikrga qaytilgandek ko‘rinadi, ammo endi natijada ayirma bor. Har kim ekkanini o‘radi, deganlaridek, otaga qilingan hurmat va ehtirom, albatta, qaytadi, ammo uni qaytaruvchi odam mutlaqo boshqa bo‘ladi. Mana shu boshqa odam esa keyingi avlod vakili – otasiga yaxshi munosabatda bo‘lgan o‘g‘ilning farzandlaridir.

Demak, ko‘pchilik («el») bir fikr bildirar ekan, bu tasodifiy bo‘lmaydi. Ular bir kishidan o‘zini olib qochsa, o‘sha odam elning yomoni bo‘ladi. Buning sababi esa o‘sha kishining fe’l-atvoridir («ahvolida idbor nishoni»). Bunday odamning yomonligi faqat o‘zi uchun emas, balki barcha uchun ham zararlidir. Adib uni «ulus baloyi joni», ya’ni «elning joniga bitgan balo» sifatida ta’riflamoqda. Tugal xulosa esa oxirgi misrada ifodalangan. Bunday odam o‘zining yoki o‘zi mansub bo‘lgan elninggina emas, balki butun «olam elining yomoni»dir. Shoirning «yamon» so‘zini ikki marta qo‘llashi orqali aytmoqchi bo‘lgan fikri alohida ta’kidlanyapti.Navoiy lirikasida odam va olam, hayot va uning go‘zal-liklari madh etiladi. Adib lirikasida yuksak insonparvarlik, ezgulik g‘oy alari ruboiy orqali ham aks etgan. Navoiyning «Xazoyin ul-ma’oniy» asari, aslida, to‘rtta mustaqil devondan tashkil topgan. Shuning uchun ham u xalq orasida «Chor devon» – «To‘rt devon» nomi bilan mashhur bo‘lgan edi. Navoiy ijodini uzoq yillar davomida jiddiy o‘rgangan taniqli adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetov shunday deb yozgan edi: «Mabodo Navoiy boshqa asar yozmasdan faqat «Xazoyin ul-ma’oniy»ni, hatto uning tarkibidagi bitta devon – «G‘aroyib us-sig‘ar» yoki «Navodir ush-shabob», yoxud «Favoyid ul-kibar»ni yaratganda ham adabiyotimiz tarixida eng ulug‘ shoirlarimizdan biri bo‘lib qola berar edi». Bunga qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, agar Navoiy boshqa janrlarda ijod qilmasdan, faqat ruboiylari tufayli ham mana shunday ulkan obro‘ va martabaga ega bo‘laverar edi. «Xazoyin ul-ma’oniy»da Navoiy o‘z zamonasidagi deyarli

barcha lirik janrlar namunasini bergan
Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash


  1. Qit’a deb nimaga aytiladi?

  2. Navoiyning qit’alari mavzusi.

  3. Navoiy ruboiylarining g`oyasi.

  4. Lirika haqida ma’lumot.

Mavzu: Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk nosir

Temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevr alda Andijonda tug‘ildi. Bobur Vatanimiz tarixid agi takrorlanmas siymolardan biridir. U nafaqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olim, balki mohir sarkarda va davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalar bilan chambarchas bog‘liq holda yuzaga keldi. Uning mustaqil siyosiy faoliyati juda erta – otasi Umarshayx mirzoning kutilmaganda vafot etishi munosabati bilan boshlandi. O‘shanda u bor-yo‘g‘i 12 yoshda edi.Bobur bobosi Amir Temur davlatining poytaxti – Samarqand shahrini ishg‘ol qilish uchun bir necha marta urin ib ko‘rdi. Dastlabki muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Shunga qa-ramay, uni qo‘lda tutib turishning imkonini topa olmadi. Keyinchalik u o‘z she’rlaridan birida shunday deydi:

Davron meni o‘tkardi sari somondin,

Oyirdi meni bir yo‘li xonumondin,

Gah boshima toj, gah baloyi ta’ma,

Nelarki, boshima kelmadi davrondin.

Boburning yagona maqsadi yirik va mustahkam markazlashgan davlat tuzishdan iborat edi. Bu maqsad amalga oshdi.

Boburdan bizga uning devonlari, «Boburnoma»si, bir qator ilmiy, tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy-ta’limiy ruhdagi asarlaridan iborat meros qoldi. U Xoja Ubaydullohning «Risolayi volidiya»sini o‘zbekchalashtirdi, musulmon axloqiga oid «Mubayyin» nomli masnaviyni yaratdi, «Xatti Boburiy»ni ixtiro qildi.Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 1530-yil 26-dekabrda, 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi.

Keyinchalik, 1539-yil, vasiyatiga muvofiq, xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.Bobur O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Andijon shahrida Bobur nomida universitet, teatr, kutubxona, milliy bog‘ («Bog‘i Bobur») bor. Bobur milliy bog‘i majmu asida «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi, shoir-ning ramziy qabr-maqbarasi buny od etilgan. Shahar markazida va Bob ur bog‘idagi yodgorlik majmuyida shoirga

haykal o‘rnatildi. Andijondagi markaziy ko‘chalardan biriga, shun ingdek, Toshkentdagi istirohat bog‘i va ko‘chaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bog‘iga Bobur nomi berildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi.

1993-yil 23-dekabrda tashkil etilgan Xalqaro Bobur jamg‘armasi Bobur ijodini o‘rganishda katta ishlarni amalga oshird i. Jamg‘armaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari bo‘ylab ilmiy safarlar uyushtirib, Bobur va bo buriylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi

ma’lumotlar to‘plab, ularni ilmiy iste’molga kiritdi.

Bomiyonga yaqin yetganlarida biz ning ortda qolgan uruq chodirlarini ko‘radilar. Ularni biz deb xay ol qilib tezda, qaytadilar. O‘rdalariga borib, hech narsaga qaramay ko‘chadilar. Orqalariga qaramay o‘zlarini Yakka o‘lang yerlariga tortishadi.Shayboniyxon1 Balxni2 qamal qilgan edi. Balxda Sulton Qulichoq qo‘rg‘onbegi edi. Shayboniyxon ikki-uch sultonni uch-to‘rt ming kishi bilan Badaxshonga3 hujum qilish uchun yubordi. U payti Muborakshoh va Zubayr4 kelib yana Nosir mirzoga5 qo‘shilgan edilar. Burunroq qasos va keklari bor edi. Kishmning pastida Shohidonda Kishm daryosining sharqiy tarafda lashkar tortib o‘tirganlarida o‘zbaklar tong otmayoq tungi qirg‘inga yopirilib kelib, Kishm daryosini kechib o‘tib, Nosir mirzoning ustiga yurdi. Nosir mirzo darhol o‘zini qirga tortdi. Qirdagi odamlarini yig‘ishtirib, karnay chaldirib, olg‘a siljigancha o‘zbaklarni surib qochirdi. Kishm daryosi katta edi. O‘zbaklar shu suvdan kechib kelgandilar. Ularning ko‘pchiligi o‘q yedi, qilich ostida qoldi. Juda ko‘p kishisi qo‘lga tushdi. Suvda ham ko‘p kishi o‘ldi.Muborakshoh va Zubayr (Nosir) mirzodan yuqoriroqda – Kishm tara౐da edilar. Ularning ustiga yuborilgan o‘zbaklar ularni qirga qochirdi. Nosir mirzo yovni qochirayotganida bundan xabar topib, o‘sha odamlar ustiga yurdi. Yuqoridan Ko‘histon6 beklari (Mubor akshoh va Zubayr) ham otliq-yayovini yig‘ib jangga kirishlari bilan, o‘zbaklar turish bera olmadilar, qochdilar. Bu jamoatdan ham ko‘p kishi qo‘lga tushdi, ko‘p kishi o‘q yedi, qilichda chopildi va suvda oqdi. Chamasi ming-ming besh yuz o‘zbak o‘ldi. Nosir mirzoning bir yaxshi zafari mana shu edi. Bu xabarni Kohmard sayxonligida ekanligimizda Nosir mirzoning kishisi keltirdi.


Mashhur kishilarning Bobur haqidagi fikrlari

«Tarixi Rashidiy»dan: «U turli go‘zal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelar edi».«Bobur va jahon madaniyati» muzeyi (Andijon)

Hasanxo‘ja Nisoriy: «Chig‘atoy sultonlarining eng sarasi va zo‘r shijoatlisi edi».

Javoharla’l Neru: «Bobur dilbar shaxs, Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo‘lgan, u san’atni, adab iyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko‘rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo‘lib, ko‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan».


Monstyuart Elʽnston: «Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o‘z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi.

Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir».


Rumer Goden: «Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan bo‘lsa-da, u o‘z saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga ko‘tarildi. O‘z mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu o‘lkani 332 yil davomida mahorat

bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi».


Pirimqul Qodirov: «Bobur mirzo so‘z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni o‘zi ham sezardi. Shuning uchun umrining oxirida o‘g‘li Humoy unga «Boburnoma»ni tugallab taqdim etganida unga bir ruboiy ilova qiladi:

Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdum,

Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdum,

Har kim bu «Vaqoyi’»ni o‘qir, bilgaykim,

Ne ranj-u ne mashaqqat-u ne g‘amlar ko‘rdum.
«Vaqoyi’» – «Boburnoma»ning dastlabki nomi edi. Bobur o‘z zamonasida boshdan kechirgan barcha ko‘rguliklarni haqqoniy tasvirlashga intilganining sababi bu ruboiyda aniq ko‘rsatiladi. Uning eng zo‘r istagi: «Vaqoyi’»ni o‘qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolarni takrorlamasinlar.

«Boburnoma» ham «Temur tuzuklari» kabi avlodlarga ulkan hayotiy tajriba, saboq va qisman vasiyat tarzida yozilgan edi».




IV. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

1.Boburning yozgan asarlari qaysilar?

2.Adib haqida bildirilgan fikrlarni o`rganish.

3.Internet tarmoqlaridan adib haqida qo`shimcha ma’lumotlar yozish.
Mavzu: “Boburnoma”- memuar asar

Muharram oyi o‘zbakni daf qilish maqsadida Xurosonga jo‘nadik. G‘urband va Shibartu yo‘li bilan ravona bo‘ldik. Jahongir mirzo6 u viloyatdan noxushlik bilan chiqqan edi. «U aymoqni o‘ziga qo‘shib olsa, yana ne yomonliklar-u fitnalar sodir bo‘lishi mumkin», deb o‘yladim. Shuning uchun Ushtur shahrida, uruqdan ayrilib, unga Vali xazinachini va Davlat Qadam qarovulni qo‘yib, aymoqni tezroq qo‘lga olaylik, deya shoshilinch jo‘nadik. O‘sha kuni Zahhok qal’asiga yetib keldik. Undan Gunbazak dovonidan oshib, Soyqon orqali tushib, Dandonshikan dovonidan o‘tib, Kohmard sayxonligiga tushildi.

Sayyid Afzal ta’birchiga Sulton Muhammad do‘ldoyni qo‘shib, Kobuldan yo‘lga tushganimiz haqida Sulton Husayn mirzoga maktub yuborildi. Jahongir mirzo keyinroq qolgan ekan. Bomiyon to‘g‘risiga yetgan chog‘imiz ular yigirma-o‘ttiz kishi bilan Bomiy onga qarab kelayotgan ekan.

Bomiyonga yaqin yetganlarida biz ning ortda qolgan uruq chodirlarini ko‘radilar. Ularni biz deb xay ol qilib tezda, qaytadilar. O‘rdalariga borib, hech narsaga qaramay ko‘chadilar. Orqalariga qaramay o‘zlarini Yakka o‘lang yerlariga tortishadi.

Shayboniyxon1 Balxni qamal qilgan edi. Balxda Sulton Qulichoq qo‘rg‘onbegi edi. Shayboniyxon ikki-uch sultonni uch-to‘rt ming kishi bilan Badaxshonga hujum qilish uchun yubordi. U payti Muborakshoh va Zubayr kelib yana Nosir mirzoga qo‘shilgan edilar. Burunroq qasos va keklari bor edi. Kishmning pastida Shohidonda Kishm daryosining sharqiy tarafda lashkar tortib ‘tirganlarida o‘zbaklar tong otmayoq tungi qirg‘inga yopirilib kelib, Kishm daryosini kechib o‘tib, Nosir mirzoning ustiga yurdi. Nosir mirzo darhol o‘zini qirga tortdi. Qirdagi odamlarini yig‘ishtirib, karnay chaldirib, olg‘a siljigancha o‘zbaklarni surib qochirdi. Kishm daryosi katta edi. O‘zbaklar shu suvdan kechib kelgandilar. Ularning ko‘pchiligi o‘q yedi, qilich ostida qoldi. Juda ko‘p kishisi qo‘lga tushdi. Suvda ham ko‘p kishi o‘ldi.

Muborakshoh va Zubayr (Nosir) mirzodan yuqoriroqda –Kishm tarafda edilar.Ularning ustiga yuborilgan o‘zbaklar ularni qirga qochirdi. Nosir mirzo yovni qochirayotganida bundan xabar topib, o‘sha odamlar ustiga yurdi. Yuqoridan Ko‘histon6 beklari (Mubor akshoh va Zubayr) ham otliq-yayovini yig‘ib jangga kirishlari bilan, o‘zbaklar turish bera olmadilar, qochdilar. Bu jamoatdan ham ko‘p kishi qo‘lga tushdi, ko‘p kishi o‘q yedi, qilichda chopildi va suvda oqdi. Chamasi ming-ming besh yuz o‘zbak o‘ldi. Nosir mirzoning bir yaxshi zafari mana shu edi. Bu xabarni Kohmard sayxonligida ekanligimizda Nosir mirzoning kishisi keltirdi.

Barcha begimlar, mening ammam Poyanda Sultonbegim, Xadichabegim, Ofoqbegim, yana Sulton Abusaid mirzoning1 qizlari – amma begimlar hammasi Sulton Husayn mirzoning madrasasida yig‘ildilar. Barcha begimlarni Sulton Husayn mirzoning maqbarasida ekanliklarida borib ko‘rdim. Avval Poyanda Sultonbegim bilan ta’zim qilib ko‘rishdim. Undan so‘ng Ofoqbegim bilan ta’zimsiz ko‘rishdim. Keyin Xadichabegim bilan ta’zim qilib ko‘rishdim. Bir zamon bunda o‘tirib, qorilar Qur’on o‘qiganlaridan so‘ng, Xadichabegimning chodiri tikilgan janubiy madrasaga bordik. Xadichabegim nomidan osh tortdilar. Osh tortilganidan so‘ng Poyanda Sultonbegimning uyiga bordim. O‘sha kecha u yerda bo‘ldim. Avval menga Bog‘i Navda (yangi bog‘) qo‘nimjoy tayin qilgan edilar. Ertasi ertalab kelib Bog‘i Navda tushdim. Bog‘i Navda bir kecha bo‘ldim.

Uni munosib ko‘rmay, Alisherbekning uylarini tayin qildilar. Hirotdan ketguncha Alisherbekning uylarida edim...


Muzaffar mirzoning uyida mehmon bo‘lganimiz uchun Muzaffar mirzo meni o‘zidan yuqoriga o‘tkazdi.

May qadahlarini to‘ldirib, soqiylar yurib bazm ahliga tuta boshladilar. Tiniq sharoblarni bazm ahli obi hayotdek yuta boshladilar. Bazm qizidi. May boshga chiqdi. Menga ham may ichirish fikriga bordilar. Meni ham bu davraga kiritmoqchi bo‘ldilar. Men bu choqq acha kayf bo‘lgunimcha sharob ichmas, mastlik va sarxushlik kayfiyati va holatini tegishlicha bilmasdim. Lekin may ichmoqq a maylim bor edi va bu vodiyni bosib o‘tishni ko‘nglim istardi. Yoshlikda maylim yo‘q edi, mayning nash’a va kayfini bilmas edim. Otam gohi may takliௌ qilsalar ham, uzrlar aytib ichmasdim. Otamdan so‘ng Xoja Qozining qadami sharofatidan zohid va taqvodor bo‘ldim. Nafaqat may ichish, shubhali taomdan ham hazar qilardim. So‘ngralar yigitlik havasi va nafs taqozosidan mayga mayl paydo bo‘ldi, taklif qiladigan kishi yo‘q edi, balki mayga maylimni biladigan kishi yo‘q edi. Ko‘nglim moyil bo‘lsa-da, bunday qilmagan ishni o‘zimcha qil ishim mushkil edi. Xayolimdan kechdiki, shuncha taklif qilyaptilar, yana Hirotdek orasta shaharga kelib turibmiz, barcha aysh-ishrat asbob va uskunasi mukammal va muhayyo, bori takalluf va ne’matlar ashyo va asbobi tayyor va paydo bo‘lsa, hozir ichmasam qachon ichaman deb ichmoqqa azm qildim va bu vodiyni bosib o‘tmoqqa jazm etdim.


Sulton Ahmad mirzoning1 kichik qizi Ma’suma Sultonbegimni onasi Habiba Sultonbegim bu to‘polonlardan burunroq Xurosonga olib kelgan ekan. Bir kun akamni ko‘rgani kelganimda onasi bilan kelib meni ko‘rdi. Ko‘rgan zahotiyoq menda xiyla mayl paydo bo‘ldi. Maxfiy kishilar borib akam

va yangam bilan (Poyanda Sultonbegimni «aka», Habiba Sultonbegimni «yanga» der edim) so‘zlashib, shunga kelishildiki, yanga mening ortimdan qizini olib Kobulga boradigan bo‘ldi.Menga shu yerda qishlang deb Muhammad Burunduqbek va Zunnunbek astoydil harakat qilar, lekin qishlov yeri va

qishlam oq asbobini yaxshi ta’minlab bermas edilar. Qish bo‘ldi va oradagi tog‘larga qor yog‘di. Kobul tarafdan hanuz xavotirlik ko‘proq bo‘ldi. Bular na qishlovlik yerni muhayyo qildilar, na bir epaqadagi qishlov yerni ko‘rsata oldilar. Oxiri zarurat bo‘ldi, ochiq ayta olmadik. Qishlov bahonasi bilan

Hirotdan sha’bon oyining yettinchisida chiqib, Bodg‘is yerlarida, toki viloyatlarga narsa yig‘ish va ish-kuch to‘plash uchun ketganlar kelib qo‘shilsinlar deb, har yurtda bir kun-ikki kun to‘xtab ko‘char edik.


Xisravshoh navkarlaridan hech kimga uningdek hurmat-e’tibor qilmasdim. Jahongir mirzo G‘aznini tashlab chiqqanida, G‘azni Saydimga berilgandi. O‘zining qaynisi Do‘st esa Angu Shayxni G‘azniga qo‘yib, o‘zi kelib lashkarga qo‘shilgan edi.

Haqiqatan, Xisravshoh navkarlari orasida Saydim Ali darbon bilan Muhib Ali qo‘rchidan o‘zga yaxshiroq kishi yo‘q edi. Saydim yaxshi axloq va atvorlik kishi edi. Qilichni zo‘r chopardi. Uyida yig‘insiz va suhbatsiz o‘tirmasdi, ancha saxovatli edi. Ajab kifoyatli va himmatli, zarofat va latofati go‘zal,

munosabat va suhbati shirin, xushxulq, so‘zamol va hazilkash kishi edi. Aybi shu ediki, o‘ta fosiq va mazhabida biroz chetga og‘ish bor ekan. Biroz ikkiyuzlamachi edi. Ba’zilar uning bu fe’lini hazilga yo‘yardilar, biroq uni bejiz ayblamas ekanlar. Badiuzzamon mirzo Hirotni Shayboqqa oldirib, Shoh-

bekka kelganida, mirzo bilan Shohbekning orasiga nifoq solgani uchun uni o‘ldirib, Hirmand daryosiga tashlatadi. Muhib Alining voqealari «Vaqoye’» davomida zikr etiladi.


To‘qqiz yuz o‘ttiz oltinchi (1529) yil voqealari

Muharram oyining o‘n uchinchisida, seshanba kuni Shihobiddin Xisrav bilan Shayx Muhammad G‘avs Gvaliyardan1 Rahimdodning gunohlarini so‘rab keldi. Darveshvash va aziz inson edi. Rahimdod-ning gunohini u kishiga bag‘ishlab, Shayx Guran bilan Nurbek Gvaliyarga yuborildi. Gvaliyarni bularga

topshirib...

... Bularni ko‘makka yubordik. Keyin Muhammad Ali Jangjang jo‘natildi. Ilgari borishi tayinlangan Mullo Muhib Ali askarlari yetib borgunicha, Abdulaziz ularni joyidan quvl ab, bayrog‘ini olib, Mullo Ne’mat, Mullo Dovud, Mullo Opoqning ukasi va yana bir necha kishini qo‘lga tushirib, shahid

qilibdi. Bular yetib borishgach, Muhib Alining tog‘asi Zohir Tabariy bostirib borib jang qiladi, lekin unga yordam yetib bormaydi, Zohirni o‘sha yerdayoq qo‘lga oladilar, Muhib Ali ham urush payti otdan yiqiladi. Boltu yon tarafdan kirib, Muhib Alini olib chiqadi. Bir kuro‘hgacha bularning ortidan

quvib keladilar. Muhammad Ali jang-jangning qorasi ko‘ringach, to‘xtaydilar. Bizga dushmanning odamlari yaqin kelib qoldi degan xabarlar ketma-ket kela boshladi. Jiba1 kiyib, otlarga kejim2 solib, qurollanib jangga otlandik. Aravalarni tortib kelishlarini buyurdim. Bir kuro‘h yo‘l bosdik. Dushman odamlari orqaga qaytgan ekan.

Daryoyi Xo‘rd kattagina ko‘l edi. Suvning tashvishini qilib

shu yerda to‘xtadik. Aravalarni oldinga istehkom qilib, zanjir-

lar bilan ularning gir atroҰni bog‘lab chiqdik. Raana Sangaa3 benihoya ko‘p jangchilari va qo‘shini bilan oldinga yurish boshladi. Hinduston odatiga ko‘ra, yuz mingni bir lak4 va yuz lakni bir karo‘r5 deb aytadilar. Uning jangchilari va lashkari ikki mingga, viloyati o‘n karo‘rga yetgan ediki, unga bir lak otliq joylashib, yashashi mumkin edi. Hech bir urushda unga yordam qilmagan, itoat etmagan va va’dalashmagan bosh va boshliqlar unga qo‘shilib, uning hukm-u farmonlarini bajara boshladilar.
Fazilat bobida kamchiligi yo‘q edi, nazm va nasrni turkiy va forsiyda aytishda tengsiz edi. Xususan, turkiy devoni bor. Unda yangi ma’nolar ham topib, she’rlar aytgan. «Mubayyin» deb nomlangan masnaviy kitobi ham bor. Til biladigan dono kishilar orasida uningdek latif (go‘zal) so‘z aytuvchi yo‘q. Xoja Ahror aytgan «Volidiya» risolasini shu podshoh nazm qilibdi. Ushbu kitob «Boburiya»3 bo‘lib, Bayramxon ning o‘g‘li Mirzoxonga turkiydan forsiyga tarjima qilishni buyurdilar, toki turkiy bilmagan kishilarga oson bo‘lsin. Ul podshohning musiqa ilmidan ham xabari bor edi va mana bu ruboiyni forsiyda aytgan edilar:

Darveshonro agar na az xeshonem,

Lek az dil-u jon mu’taqidi eshonem.

Dur ast mago‘y shohi zi darveshiy,

Shohem, vale bandai darveshonem.

(Mazmuni: Garchi darveshlar bizlarga yaqin bo‘lmasalar ham, biz ularga jon-dilimiz bilan muxlismiz. Shohlikni darveshlikdan uzoq dema, biz shoh bo‘lsak ham, darveshlarning bandasi (quli)miz).

U podshohning aruz va qofiya ilmiga bag‘ishlangan risolalari ham bor va, shu jumladan, «Mufassal» ushbu fanning sharhi bo‘ladi, ko‘pdan ko‘p yaxshi tasni۸ar qilibdilar. U podshoga
Tangri taolo to‘rt o‘g‘il va uch qiz karomat qilgan edi. O‘g‘illari: Muhammad Humoyun podshoh, Mirzo Komron, Mirzo Askariy va Mirzo Hindol edilar. Qizlari: Gulrangbegim, Gulchehrabegim va Gulbadanbegim edilar.

Bu uch qiz bir onadan edi. Podshoh har doim bir necha tab’ ahllari – shoir va san’at ahli ning suhbatidan uzoqlashmasdi. Ular ushbulardir: ilmi hikmat bobida te ngi yo‘q Abulbaqo, yana Zayniddin Xavofiyning nabirasi Shayx Zayn sadr bo‘lib, juda o‘tkir tab’i bor edi, nazm va inshoda zavqi baland edi, Humoyun podshoh zamonida amirlik ham qildi. Yana Shayx Abulvohid Forig‘iy, u Shayx Zayn Xavofiyning otasi edi, xushtab’ kishi edi, she’rni ham yaxshi aytardi. Yana biri – Sulton Muhammad ko‘sa Mir Alisherning musohiblaridan ediki, podshoh suhbatida izzat topib, ulug‘ martabaga erishdi. Yana Mavlono Shihob Muammoyi, u «Faqiriy» taxallusini olgandi. Fazilatli va she’rdan xabari bor kishi edi. Yana Mavlono Yusufiy tabibki, uni Xurosondan chaqirib olgan edilar, tomirdan ko‘rish va tashxis qo‘yish uning ishi edi. Yana Surx Vadoiyki, turkiy va forsiyda she’r aytardi. Yana Mullo Baqoiyning zavqi baland edi, «Maxzan ul-asror» vaznida podshohga bag‘ishlab masnaviy bitgandi...

«Boburnoma» – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda o‘z davridagi ko‘plab kishilarning turli vaziyatlardagi kechin malari, Osiyoning ko‘plab tog‘lari, daryolari, o‘rmon va cho‘llari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar jamlangan.

«Boburnoma» – o‘zbek nasrining go‘zal namunasi. Ungacha Yusuf xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari muqaddimasida, Rabg‘uz iy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pog‘onaga olib chiqdi. Biroq «Boburnoma» bu borada o‘zbek nasrining o‘ziga xos kashҰyoti sifatida yuz ko‘rsatdi.

Asarda tarixning Bobur yashab o‘tgan davri voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xo‘jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo‘lgan qamrovga ega. Ya’ni unda O‘rta Osiy odan boshlab Hindistongacha bo‘lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.

«Boburnoma»dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va lo‘nda, ta’sirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvoҰqligi bilan e’tiborlidir. Muallif voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsiҰga, alohida kishilarning ta’riJariga jiddiy ahamiyat beradi.

Asarda o‘sha davr kishilarining haqqoniy, realistik tasviri berilgan. Bu narsa Boburning bergan ma’lumotlaridagi ishonch lilikni ta’minlagan.

Asar bilan yaxshi tanishish Bobur xarakterini, undagi fazilatlar manbalarni aniqlashga imkon beradi.

Bobur o‘z otasi haqida shunday yozadi: «hanaҰy mazhabliq, pokiza e’tiqodliq kishi edi... Ravon savodi bor edi. «Xamsatayn» va masnaviy kitoblarni va tarixlarni o‘qub edi. Aksar «Shohnoma» o‘qur edi. Tab’i nazmi bor edi, vale she’rga parvo qilmas edi.

Uyga vazifa:


  1. “Boburnoma”dan berilgan parchani o`qish.

  2. Asardagi tarixiy shaxslarni o`rganish.

  3. Asardagi tarixiy voqealarni o`rganish.

  4. Memuar asar haqida ma’lumot to`plash.

Mavzu: Turdi Farog`iy lirikasi. Yakuniy nazorat.


Turdi Farog‘iyning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar, asosan, o‘z asarlaridir. U Buxoroda tavallud topgan. Uning tug‘ilgan yili haqidagi aniq ma’lumotlar saqlanmagan, biroq ashtarxoniylardan Nodirmuhammad (1642–1645) hamda uning o‘g‘illari Abdulaziz (1645–1680) va Subhonqulixon (1681–1702) lar hukmronlik qilgan yillarda yashaganligi ma’lum. U Xo‘jandda vafot etgan.1681-yilda Miyonkolda xalq hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Turdi ham mana shu qo‘zg‘olonchilar orasida bor edi. So‘ng shoir Xo‘jand va O‘ratepa hokimi Rahimbiy otaliq panohida bo‘ladi. Rahimbiy vafot etgach, uning o‘g‘li Oqbo‘tabiy huzurida qoladi. Biroq shoir ancha moddiy qiyinchiliklar bilan yashaydi. Adibning she’rlari shundan dalolat beradi.Turdi ikki tilda ijod qilgan: uning o‘zbekcha asarlari qatorida tojikcha she’rlaridan ham ikkitasi bizgacha yetib kelgan. Bizga hozircha adibning 18 tagina she’ri ma’lum, xolos. Ular 5 ta muxammas, 12 ta g‘azal va bir dona farddan iborat.

Turdi o‘zi zamondosh bo‘lgan jamiyat illatlarini qattiq tanqid qildi , bu illatlarni mamlakat va millat fojiasi sifatida talqin qildi, millatd oshlarini uning oqibatlarini tezroq va to‘laroq tasavvur qil ishga undadi. Turdi adabiyotimiz tarixida satirik – tanqidiy yo‘nal ishni ancha baland cho‘qqilarga olib chiqqan ijodkor sifatida shuhr at qozondi.

G‘AZALLAR

«Tor ko‘ngulluk beklar...»

Tor ko‘ngulluk beklar, man-man demang, kenglik qiling,

To‘qson ikki bovli1 o‘zbak yurtidur, tenglik qiling.

Birni Qipchoq-u Xitoy-u, birni Yuz, Nayman demang,

Qirq-u Yuz, Ming son bo‘lub, bir xon oyinlik qiling.

Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to‘ng‘a kirib,

Bir o‘ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik2 qiling.

Kim qo‘yubdur, uhdayi o‘z mulkungizdin chiqmayin,

Ikki, uch, to‘rt da’vosin etmakni ko‘tahlik3 qiling.

Mardlar maydon chekib, rangin4 ko‘tarib zaxmlar,

Sizga yo‘q ul javhar-u yuzga upo-englik qiling.

Turdi yashagan davrda, ya’ni XVII asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy hayotidagi muammolar avj nuqtasiga chiqqan, mamlakatda ichki nizolar kuchayib, amaldorlar orasida ham kin-u nifoq nihoyatda kuchayib ketgan edi. Turdi barcha amaldorlarning kibr-u havolarni yig‘ishtirib, o‘zaro ahil va hamjihat bo‘lib yashashga undaydi: Tor ko‘ngulluk beklar, man-man demang, kenglik qiling,

To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling.

Bir qatragina suvning kuch va qudratini tasavvur qila olasizmi? To‘g‘ri, u hech qanday xavf va xatar solmasligi, hech kimni cho‘chita olmasligi mumkin. Ammo uning «zoti qulzum» – dengizga taalluqli ekanligini ham unutmaslik lozim. Lir ik qahramon mana shunga ishora qilmoqda. Zero, qatralarning yig‘ilgani – jami hududsiz dengizlarda ham po‘rtanalarni hosil qila oladi. Bundan murod shuki, meni nazarga ilinmaydigan birgina ushoq odam deb o‘ylash to‘g‘ri emas, menga o‘xshaganlar ning hammasi jamlansa, uyushsa, dengiz kabi olam ni, ya’ni shu dunyoni, mavjud hayotni ag‘dar-to‘ntar qilib yuborishning ham uddasidan chiqadi deganidir.

Ya’ni, (endilikda) Qirq, Yuz, Ming urug‘ining boshliqlari mendan yuz o‘girmoqdalar, buni qarang, men qanday baxti qora va toleyi past kishiman. Demak, oldinroq uning o‘zi sanayotgan kishilar oldidagi obro‘ va e’tibori ancha baland bo‘lgan. U o‘z umridan rozi va minnatdor bo‘lib yashagan. Faqat keyingi paytlardagina vaziyat o‘zgargan. Mana shu holat shoirning o‘ziga «baxti

qaro», «toleyi shum» sifatlarini qo‘llashga majbur qilgan. Hayot shoir uchun minglab sinovlarni, ko‘plab qiyinchiliklarni ro‘para qilgan. Hozir u hatto ignaning teshigidan ham o‘tadigan darajaga yetib kelgan:Rishtadek ming pech-u tob chashmi so‘zandin o‘tar, Bovujudi e’tibori chashmi mardum Turdiman.Buni turlicha talqin qilish mumkin:U shu darajada ozib-to‘zib ketganki, hozir ignaning teshigidan o‘tadigan ipga o‘xshab qolgan. Hayot qiyinchiliklari uni shu darajada pishitganki, u hatto hayotning har qanday to‘siq va mashaqqatlaridan ham o‘tishni uddalay oladi.

Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.


  1. Turdi Farog`iy ijodi haqida nimalar o`rgandingiz?

  2. U yashagan tarixiy davr.

  3. Shoir g`azallari g`oyasini aniqlang.

  4. O`tilganlarni takrorlash.


Mavzu: Mahmudxo‘ja Behbudiy.“Padarkush” dramasi

Reja:


  1. Behbudiyning hayoti va ijodi.

  2. „Padarkush“ dramasi haqida.

  3. Dramadagi obrazlar.

Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Mahmudxo‘ja tog‘asi Muhammad Siddiqning tarbiyasini olgan. Arab tili grammatikasini kichik tog‘asi Mulla Odildan o‘rgangan.

Behbudiy 1899–1900-yillarda hajga boradi; 1903–1904-yillarda Moskva, Peterburgga hamda 1906-yili Qozon, Ufa, Nijniy Nov gorod, Misr va Turkiyaga safar qiladi. Behbudiy XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida munosib o‘ringa ega. Uning hayoti va ijodiy faoliyati jamiyat hayotidagi jiddiy o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri keldi. Behbudiy Turkistonda maktab va maorif, matbuot va teatr, jurnalistika sohalarda ijtimoiy-siyosiy, ada biy-ma’rifiy faoliyat olib bordi. Qishloqlarda tashkil qilingan maktablar uchun bir qancha darsliklar yozdi.

Behbudiy o‘z zamonasi yoshlariga murojaatida bunday yozadi: «Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondirki, makotib1 – taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidir. Har millat eng avval makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘paytirmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirib

madaniyatdan foydalanmas»

Turkistondagi maktablar islohoti Behbudiy nomi bilan bog‘liq. Behbudiy yangi usuldagi maktablar tashkil etish ishida jonbozlik ko‘rsatadi. Tirikchilikka o‘zini urgan xalqni dunyoning eng ilg‘or millatlari qatoriga qo‘shish uchun maktablarning o‘zi kamlik qilar edi. Shu bois Behbudiy Samarqand shahrida 1913-yili «Samarq and» nomli gazeta va «Oyna» jurnalini nashr ettira boshlaydi. Ularda millat ahvoli, uning haq-huquqi, milliy til qadri, chet tillarini o‘rgan ish va tarix masalalariga doir maqolalar e’lon qiladi. Behbudiy o‘z davrida ziyolilarning yetakchisi, ma’rifat ʽdoyisi, millatparvar sifatida taniladi.

Butun umrini jaholat va zulmatni ilm-ma’rifat yog‘dusi bilan yoritishga bag‘ishlagan Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyati bugungi yoshlarga o‘rnak bo‘lishga arziydi, albatta.

Mahmudxo‘ja Behbudiy 1919-yil 25-martda Shahrisabzda qatl etiladi.



«PADARKUSH» DRAMASI HAQIDA
Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush» dramasi 1911-yilda yozilgan bo‘lib, oradan ikki yil o‘tgach, ya’ni 1913-yilda kitob hol ida nashr qilinadi. Behbudiy o‘zbek adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib dramatik asar yozdi va u Turkistonning barcha shaharlarida namoyish etildi. Bu bilan Behbudiy o‘zbek teatrining tamal toshini qo‘ydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi. Muallif «o‘qimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi. Behbudiy yoshlar ta’lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o‘rin tutishini «Padarkush» dramasi negiziga joylashtiradi. Unda qahramonlardan birining tilidan o‘z g‘oyasini: «Bizl arni xonavayron... bevatan va bandi qilg‘on tarbiyasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqirlik, zarurat va xorliqlar... hammasiilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...», degan yo‘sinda bayon qiladi.

Eslab qoling: «padarkush» so‘zi lug‘aviy jihatdan «ota qotili» degan ma’noni anglatadi.

Dramada Boy, uning o‘g‘li Toshmurod, yangi ƃkrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning mirzasi Xayrullo, boyning qotili bo‘lgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi. Dramaturg ilgari surgan ma’rifatparvarlik g‘oyasi shu obrazlarning o‘zaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo‘ladi. Har bir obraz tabiatiga xos fazilat, xususiyat va qusurlar ularning gap-so‘zlari, xatti-harakati, muallif tomonidan berilgan kichik izohlar yordamida ko‘rsatiladi

Mahmudxo‘ja Behbudiyning ushbu dramasi XX asr boshlarida yozilgan bo‘lsa-da, hozirgi kun bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki uning zamirida ma’naviy-ruhiy, tarbiyaviy ma’no yotadi. Tarbiya hechqachon eskirmaydigan hamda tugal yechimi topilishi mushkul bo‘lgan masalalardandir. Insonni yoshligidan tarbiyalash lozim. Odam farzandini ham navnihol daraxtga mengzash mumkin. Uni qay tomonga yo‘naltirib tarbiyalansa, umrining oxirigacha ana shu yo‘ldan boradi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy juda qisqa sahna asari vositasida o‘z ma’naviy dunyosini, ilm-ma’rifatning qadr-qiymatini zo‘r mahorat bilan bayon qiladi. Aynan din ilmlaridan boxabar bo‘lgani uchun uning qahramonlari nutqida «Ilm olish barcha erkak va ayollar uchun ham farzdir», «Beshikdan mozorgacha ilm izlash lozim» yoki «Xitoyga borib bo‘lsa ham ilm talab qilinglar» kabi hadisi sharifda mavzuning mazmuni berib boriladi.

Dramadagi obrazlar

Domla va Ziyoli nutqini muallif hikmatlar, ibratli gaplarga boy tarzda beradi. Ilmdan yiroq bo‘lgan obrazlar nutqida esa ancha kambag‘al va ko‘cha-ko‘yda qo‘llanadigan so‘zlar ishlatiladi.

Aziz o‘quvchi! Siz bir narsani yodingizdan chiqarmangki, mehnat-mashaqqatsiz hech qachon biror narsaga erisha olmaysiz. Qachonki o‘qib bilim olsangiz, shundagina hayot yo‘li ngiz saodatli, umringiz oxirigacha rohat-farog‘atda o‘tadi. Shuni ham unutmangki, farzandlar aynan ota-onasidan o‘rnak oladi.

Bu hayotiy hikmatni Mahmudxo‘ja Behbudiy tengdoshingiz Toshmurod misolida sizlarga yetkazmoqchi bo‘lgan, albatta.

Xulosa qilib aytganda, «Padarkush» dramasi ana shunday ilm-ma’rifatga targ‘ib va tashviq qilish e’tiboridan juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

  1. Behbudiyning asarlari.

  2. Birinchi o`zbek fojiasi haqida.

  3. Dramatik tur haqida o`rganish.

  4. Dramadagi maqol va hadislarni o`rganish.

Mavzu: Abdulla Qodiriy.

“O‘tkan kunlar” romani

Reja:


1.A.Qodiriyning ijodiy faoliyati.

2. “O`tkan kunlar” romanidagi xalq hayotining tasviri.

3. O`zbek adabiyotidagi birinchi realistik roman.
A.Qodiriyning ijodiy faoliyati

Abdulla Qodiriy adabiy siymosi XX asr o‘zbek adabiyoti tarix ida o‘ziga xos o‘rin tutadi. U o‘zbek romanchiligining asoschisi sanaladi.

Abdulla Qodiriy 1894-yili 10-aprelda Toshkentda bog‘bon oilas ida tug‘ilgan. Dastlab musulmon maktabida, keyin rustuzem maktab i hamda Abulqosim shayx madrasasida ta’lim olgan; Moskvadagi adabiyot kursida o‘qigan.

1917-yilgi oktabr oyidagi davlat to‘ntarishidan so‘ng Eski shahar oziqa qo‘mitasining sarkotibi, «Oziq ishlari» gazetasining muharriri, «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan biri sifatida ijtimoiy hayotga faol aralashadi. Uning asarlari vaqtli matbuotda Julqunboy, Ju-boy, Dumbulboy, Dumbulnisa,

Kalvak Mahzum, Toshpo‘lat tajang, Ovsar kabi o‘nlab maxfiy imzolar bilan bosilib turadi.

Abdulla Qodiriy 1914-yili Rahbarnisa Rasulmuhammadboy qiziga uylanadi. Ulardan Nazifa (1916), Habibulla (1918), Adiba (1924), Mas’ud (1926) hamda Anisa (1928) ismli farzandlar dunyoga keladi.

Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Dastlab millatparvarlik, ma’rifatparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan «To‘y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she’rlar, «Baxtsiz kuyov» nomli drama hamda «Juvonboz» hikoyasini yozdi. Abdulla Qodiriy ana shunday jadidona kayfiyatdagi asarlarida millatni ichdan yemiradigan xurofotlarni tanqid qiladi; xalqni o‘zligini anglashga, yangilikka chaqiradi. Yozuvchining «Baxtsiz kuyov»dramasi (1915) bevosita Behbudiyning «Padarkush» dramasi ta’sirida yozilgan. Dramada muallif hashamatli to‘y, ortiqcha sarf-xarajatlar va ularning ko‘ngilsiz oqibatlar ini ochiq-oydin ko‘rsatadi. Uning 1916-yilda yozgan «Uloqda» hikoyasi bilan dunyo adabiyotdagi nazariy mezonlarga mos keladigan o‘zbek realistik hikoyachiligini boshlab berdi.

Abdulla Qodiriy o‘z ijodiy taqdirini matbuot bilan bog‘ladi. Yuzla b publitsistik maqolalar, «Kalvak Mahzumning xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydir?» kabi hajviy asarlar yozdi. Hayotni kuzatib, voqealarga nisbatan turli yo‘sinda hajviy-tanqidiy munosabatlar bildirdi. Shu jarayonda

«felyetonlar qiroli» nomini oldi.

Abdulla Qodiriyning mashhur «O‘tkan kunlar» romanining ayrim fasllari dastlab 1923–1924-yillari «Inqilob» jurnalida e’lon etildi. 1925–1926-yillari romanning har bir bo‘limi alohida kitob holida bosildi. «O‘tkan kunlar» yaratilgan davr o‘zbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi,

jahondagi o‘rni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi.

Adib bu roman orqali xalqning milliy ongini uyg‘otmoqchi bo‘ldi. «Tariximizning eng kirlik, qora kunlari» – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi «xon zamonlari» XIX asr miqyosidagi mudhish tarixiy jarayonlarning haqiqatidan xalqqa saboq bermoqchi bo‘ladi.

“O`tkan kunlar” romanidagi xalq hayotining tasviri
«O‘tkan kunlar» romanining ma’no-mundarija doirasi, aslida, ancha keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Bir oq ular orasida yurtning, millatning taqdiri mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. El-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt is tiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yo‘liga hayotini, jonini tikkan

«O‘tkan kunlar»da Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari juda katta mahorat bilan tasvirlanadi. Muallif oshiql arning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni – Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini ko‘z oldimizda gavdalantiradi. Qodiriy ishq sarguzashtlari fonida o‘lkaning tutqunlikka yuz tutishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va o‘zaro ichki nizolar degan fikrni g‘oyat ustalik bilan bayon qiladi. Abdulla Qodiriy qalamining sehri shundaki, romanda ijtimoiy va maishiy hayot, odamlar turmushi, taqdiri, tabiati, ular ruhiyatidagi nozik jarayonlar bor holicha butun ziddiyatlari bilan ko‘rsatiladi.


O`zbek adabiyotidagi birinchi realistik roman

Aziz o‘quvchi! Siz «O‘tkan kunlar» romani to‘g‘risida ko‘p eshitgansiz. Kinotlmini ham tomosha qilgansiz. Bugun esa romanning asliyatini o‘qish o‘zgacha zavq bag‘ishlashini ham his etdingiz.

«Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li» bobida yozuvchi dastlab sizga asarning markaziy qahramoni Otabekni tanishtiradi. Uni «og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit» sifatida tasvirlaydi. Bunday tashqi

ko‘rinish tasviri adabiyotshunoslik ilmida portret deb ataladi. Shuningdek, adib ayni bobda romanda ishtirok etadigan Homid, Hasanali kabi obrazlarning tarixi, oilaviy muhitini bayon qilib, ularga tavsif beradi.

Badiiy adabiyot insonlararo munosabatni, yaxshilik va yomonlik mohiyatini anglatishi lozim. Roman boshidayoq Otabek bilan Homidning o‘zaro suhbatlaridan uylanish, oila qur ishdek o‘ta muhim maishiy masalalarga nisbatan ularda ikki xil qarash va ziddiyat borligi kuzatiladi. Obrazlararo bunday konђikt roman davomida ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi ziddiyat darajasiga ko‘tariladi. Shu jihatdan «O‘tkan kunlar» romani faqat Otabek bilan Kumushning ishq tarixi emas, balki tarixda beqiyos shon-shuhratga ega bo‘lgan Turkistonning tanazzuli sabablari badiiy jihatdan keng yoritilgan romandir.

Darvoqe, Otabek bilan Hasanali obrazi o‘rtasidagi o‘zaro ma’ naviy-ruhiy yaqinlikni har kim sezib turadi. «Bek oshiq » bobida Hasanalining qanchalik zukko, Otabekdagi har bir o‘zgarishni naqadar teran anglashini yozuvchi juda katta mahorat bilan tasvirlaydi. Otabekdagi ruhiy-psixologik o‘zgar ishlar, xayol surib uzoq jimib qolishlar Hasanalining qalb prizmasi vositasida bayon etiladi. Chunki Otabekning otasi Yusufbek hoji, onasi O‘zbek oyim Hasanaliga o‘z farzandini ishonib topshirgan. Bu xususda maxsus topshiriqlar ham beradi.

Hasanali Marg‘ilonga kelgandan keyingi Otabek tabiatida yuz bergan o‘zgarishlarni avval betoblikka yo‘yadi. So‘ngra vaziyatni yaxshiroq bilish niyatida uning hujrasi eshigi oldida poylashga majbur bo‘ladi. Romanda bu yashirincha kuzatish jarayoni juda real, aniq va ishonarli chiqqanini alohida ta’kidlash lozim. Tasavvur qiling, Hasanali Otabek hujrasi ostonasida – eshigi oldida o‘tiribdi. Hamma yoq tinch, saroy qop-qorong‘i. Ammo tungi «tinchlikni saroy otxonasidagi otlarning kart-kurt xashak chaynashlari» buzadi. Bu tasvirda otlarning xashak chaynayotgani ko‘z oldimizga keladi, hatto

«kart-kurt» tovushi quloqqa eshitiladi. Bunday nuqtalar adibning badiiy mahoratidan darak beradi.

Oybek Abdulla Qodiriy ijodiga baho berib: «Abdulla Qodiriy iste’dodli, qalbi butun va o‘ziga xos ravishdagi shaxs edi...

Abdulla Qodiriyning prozasi, birinchi navbatda, g‘oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi», – degan haq gaplarni yozgan edi.

Xullas, «O‘tkan kunlar» romani to‘qima qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqealarga uyg‘unligi jihatidan ham, kompozitsion butunligi va tilidagi nafosati tarafidan ham o‘zbek adabiyoti xazinasidagi bebaho durdonalar qatorida turadi.

Abdulla Qodiriy romanlari o‘zidan keyingi o‘zbek adiblari uchun mahorat maktabi vazifasini o‘tadi. Adib hayoti va ijodini o‘rganish, «O‘tkan kunlar» romanidan bahramand bo‘lish – bu doimo davom etadigan, avlodlar nazdida yangilanib turadigan adabiy qadriyatlar sirasiga kiradi. Bilasizki, «O‘tkan kunlar» romani asosida ikki marta film suratga olingan. Aslida, mazkur roman bir necha o‘nlab qismli film uchun adabiy manba bo‘la oladi. Bu kelgusi avlodlar zimmasidagi vazifa, albatta.


.

Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.



  1. A.Qodiriyning she’riy va nasriy asarlari qaysilar?

  2. Romandagi tarixiy shaxslar.

  3. Otabek va Kumush sevgisi orqali adib qanday g`oyani ilgari surgan?

  4. Romandagi o`zingiz yoqtirgan qahramonga ta’rif bering.

  5. Milliy ruh romanda qanday tasvirlangan?

Mavzu: Hamid Olimjon she’riyati. Oraliq nazorat.

Reja:


  1. Hamid Olimjonning ijodiy faoliyati haqida.

  2. Shoirning she’rlari tahlili.

  3. Oraliq nazorat o`tkazish.

Hamid Olimjon g‘oyat qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa ham, XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida o‘zining umrboqiy asarlari bilan o‘chmas iz qoldirdi. Shoirning o‘n jildlik to‘la asarlar to‘plamida jam bo‘lgan adabiy merosi she’riy asarlari bilan birga, ko‘plab hikoya va ocherklar , dramalar, publitsistik va adabiy tanqidiy maqolalar hamda tarjimalarni o‘z ichiga olgan. Bu adabiy merosda shoir she’riyatining o‘rni alohida.

Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug‘ildi. To‘rt yoshga yetar-yetmas otasidan yetim qolgan Abdulhamid Azimbobo qo‘lida tarbiya topdi. Xat-savodli Azimbobo nevarasida ham o‘qish-yozishga havas uyg‘otdi. Mashhur xalq shoiri Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ahyon-ahyonda Bulung‘urdan jizzaxlik do‘st-yorlarini yo‘qlab kelganida, uning uyida ham to‘xtar, shunda Abdulhamid bobosi pinjida o‘tirib, ulug‘ shoirning doston va termalarini jon-u dili bilan tinglar edi. Abdulhamidning onasi Komila aya ham ko‘plab ertak va dostonlarni, maqol va matallarni yod bilar edi. Bo‘lajak shoir uzun qish kechalarida onasining Oygul bilan Baxtiyor, Tohir va Zuhra, Yoriltosh haqidagi ertaklarini tinglab, bolalik chog‘laridanoq xalq og‘zaki ijodidan bahramand bo‘lib o‘sgan.

Abdulhamidning bolalik xotirasida bir umrga saqlanib qolgan, hatto «Men bir qaro kunda tug‘ildim. Tug‘ildim-u shu on bo‘g‘ildim» satrlarining tug‘ilishiga sabab bo‘lgan voqea 1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘olonining shafqatsiz ravishda bostirilishidir. Jazo otryadi tomonidan jazirama dashtga haydalgan jizzaxliklar orasida yetti yashar Abdulhamid ham bor edi.

Oradan ikki yil o‘tgach, bo‘lajak shoir to‘liqsiz o‘rta maktabga o‘qishga kirdi. Shundan so‘ng Abdulhamid bilim yurti va O‘zbekiston Oliy pedagogika institutida tahsil oldi. Abdulhamid-ning dastlabki ijodi mana shu o‘qish yillarida boshlandi. Uning «Ko‘klam» nomli ilk she’rlar to‘plami va «Tong shabadasi» hikoyalar to‘plami talabalik yillarida chop etildi. Shoir shu davrdan boshlab qaynoq ijodiy va ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullana boshladi. Uning «Olov sochlar», «Poyga», «O‘lim yovga», «Daryo kechasi», «She’rlar», «O‘lka», «Oygul bilan Baxtiyor», «Baxt» she’riy to‘plamlari, dostonlari, tarjima asarlari ketma-ket nashr qilindi. 1939-yilda u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga mas’ul kotib etib tayinlandi.

Yangi o‘zbek she’riyatining kamol topishi, lirik janrlarning rivojlanishi, lirik qahramon tuyg‘ularining badiiy mujassamlanishida Hamid Olimjonning ham munosib o‘rni bor. U tabiatan lirik shoir, nozik hissiyot va kechinmalar musavviridir.

Shoir sevgi mavzusiga murojaat qilganida ham, tabiat tasvirini chizganida ham lirik qahramon tuyg‘ulari baxt-saodat yog‘dulari bilan nurafshon bo‘ladi.

Hamid Olimjonning lirik qahramoni uchun eng muhim narsa – baxtdir. U go‘zallik bilan uchrashar ekan, baxt bilan yuzma-yuz kelgandek bo‘ladi. Shuning uchun ham shoirning sevgi va tabiat tasviriga bag‘ishlangan she’rlarida quyoshli tuyg‘ular mavjlanib turadi. Beg‘ubor insoniy tuyg‘ular, jozib kechinmalar, baxt sururidan shodon lirik qahramonning ruhiyati shoir she’riyatida xalqona, musiqiy ravon ifoda tarziga ega.

Hamid Olimjonning urush davrigacha bo‘lgan ijodida «Ofeliyaning o‘limi», «Holbuki tun...», «Ishim bordir o‘sha ohuda», «Har yurakning bir bahori bor», «Janub kechasida»,«Xayoling-la o‘tadi tunlar...», «Mizimta daryosi», «Daryo ti-niq, osmon beg‘ubor», «Dunyo go‘zal ko‘rinur senga», «Eng gullagan yoshlik chog‘imda» singari o‘nlab lirik durdonalari borki, oradan qancha yillar o‘tmasin, ulardagi nafis tuyg‘ular shalolasi kitobxonga, she’riyat shaydolariga huzur bag‘ishlab kelmoqda. Bu she’rlarida shoir ruh musavviri sifatida namoyon bo‘lib, lirik qahramonning nozik tuyg‘u va kechinmalarini mohirona tasvirlagani yaqqol ko‘zga tashlanadi.


«O‘RIK GULLAGANDA» SHE’RI HAQIDA
Hamid Olimjon ijodiy merosida tabiat lirikasiga bag‘ishlangan she’rlar ko‘plab uchraydi. Ular orasida «O‘rik gullaganda» she’ri alohida ajralib turadi. «Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi...» satrlari bilan boshlangan she’r o‘zbek diyoriga keluvchi bahor nashidasining madhi sifatida yangr ab keladi.

«O‘rik gullaganda» she’ri faqat bahor faslidagi tabiat tasviridan iborat emas. She’rda shoirning ruhiy kayfiyati yetakchilik qiladi. She’rdagi hissiy oqim tabiat tasviridan shoir «men»iga ko‘chadi; shoir bilan yellar orasida kichik bir ziddiyat kuzatiladi. Shoir bahorning nafis qilig‘iga nisbatan o‘zida g‘ashlik sezmaydi va aytadi:

Hovuch-hovuch suv ichdim qonib.
«CHIMYON ESDALIKLARI» SHE’RI HAQIDA

Chimyonga chiqqan shoir ushbu she’rida tog‘ manzarasini xuddi rassomdek chizib beradi. Tog‘ga chiqqan odamga osmon yaqin kelgandek, tunda pokiza osmonga qo‘lini cho‘zsa, yulduzlarga ham yetadigandek tuyuladi. Osmonga qarasangiz, qudratli qo‘llar bulutlardan turli shakllar yasaydi. Ayniqsa, yozning jaziramasida ham tog‘ daralarida uzoqdan oppoq yo‘l-yo‘l chiziqlar ko‘rinadi. Ha, ular qishda yog‘gan qorlar. Shunda siz bir vaqtning o‘zida ham yoz, ham qish, barq urib ochilgan gullardan esa bahor tarovatidan bahramand bo‘lasiz. Shuning uchun ham shoir «Bahor va yoz qarshimda peshvoz» deb ta’kidlaydi. Shu zaylda shoirning ko‘z oldida tabiatning bor fasllari bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘ladi. Shulardan zavql anadi. Odatda, shoirlarga bahor fasli ko‘proq ilhom beradi.

Umuman, Hamid Olimjon she’rlari o‘ziga xos uslubi, go‘zalligi va ko‘plab badiiy san’atlar qo‘llagani bilan ajralib turadi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash

1. Shoir o‘z bolaligini qanday eslaydi?

2. Hamid Olimjonning badiiy adabiyotga qiziqishiga nimalar turtki bo‘ldi?

3. Shoirning ijodiy merosida qanday janrdagi asarlar mavjud.Uning lirik asarlariga munosabat bildiring.

4. «O‘rik gullaganda» she’ridagi «Qancha tirishsam ham u beor Yellar meni aldab ketadi» misralari bilan «Yuzlarim-ni silab, siypalab, Baxting bor deb esadi yellar» misralari o‘rtasidagi ziddiyatni izohlang?

5. «O‘rik gullaganda» she’rida o‘rik guli shoirning qanday xotiralarini uyg‘otadi?

6. «O‘rik gullaganda» she’ri bilan ijro etilgan qo‘shiqni topib, tingl ang va «Qo‘shiqni tinglagach...» nomli ijodiy matn yarating hamda uni taqdimot qiling.

7. «Chimyon esdaliklari» she’rida Hamid Olimjonga xos kuzatuvchanlik, ayniqsa, qaysi misralarda namoyon bo‘ladi? «O‘rik gullaganda» she’rida-chi?

8. Shoir «Va san’atga bermasdan ozor» misrasida nimani nazarda tu tadi?

9. Shoirning «G‘azal»ini ifodali o‘qing va lirik qahramon tuyg‘ularini matnga tayangan holda izohlang?

10. Shoir g‘azali mumtoz o‘zbek g‘azallaridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

Mavzu: Said Ahmad. “Qorako`z majnun” hikoyasi

Reja:


  1. Said Ahmadning ijodi haqida.

  2. „Qorako`z majnun“ hikoyasi haqida.

Said Ahmadning ijodi haqida


Said Ahmad (Husanxo‘jayev) 1920-yili Toshkentning Samarq and darvoza mahallasida dunyoga keldi.Said Ahmad dastlab «Mushtum» jurnalida, O‘zbekiston radiokomitetida, «Qizil O‘zbekiston», «Sharq yulduzi» jurnalida ishla gan. Uning birinchi hikoyalar to‘plami «Tortiq» 1940-yil-da nashr etiladi. Urush va urushdan so‘nggi yillarda Said Ahmad ko‘plab felyet on, ocherk va hikoyalar yozgan. Uning «Er yurak», «Farg‘ona hikoyalari», «Muhabbat» kabi to‘plamlari nashr etilgan. U «Xazina», «Hayqiriq», «Rahmat, azizlarim» kabi hikoyalarida ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulug‘laydi.

Said Ahmad «Qadrdon dalalar» va «Hukm» qissalarini,keyinchalik «Ufq» trilogiyasini yozdi. «Jimjitlik» romanida ijtimoiy hayotdagi turg‘unlik davri yoritilgan. Said Ahmad dramaturg sifatida «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» kabi sahna asarlarining muallifdir.

Said Ahmad ham qatag‘on davrining ikkinchi to‘lqiniga duchor bo‘lgan, qamoq azoblarini tortgan ijodkordir. U «aksilsho‘roviy millatchilar guruhi a’zosi, zararli g‘oyalar targ‘ibotchisi» sifatida ayblanib, Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Jezqazg‘an lagerida hibsda bo‘ladi. Shu davr mahsuli o‘laroq «lager turkumi» hikoyalari maydonga keldi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning ko‘pgina asarlari qardosh va xorijiy tillarga tarjima qilingan. Adib 2007-yilda vafot etgan.

Said Ahmad «Buyuk xizmatlari uchun» va «Do‘stlik» ordenlari, «O‘zbekiston Qahramoni» yuksak unvoni bilan taqdirlangan.
«QORAKO‘Z MAJNUN» HIKOYASI HAQIDA
San’atkor yozuvchining nigohi oddiy odamlar nazaridan farq qiladi. Insonlar tabiatidagi juda nozik qirralarni, nafaqat insonlar, balki hayvonlarga xos xususiyatlarni ham aniq va ravshan ko‘radi.

Muhtaram o‘quvchi! Agar yodingizda bo‘lsa, siz yozuvchi Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasidan parcha bilan o‘tgan sinflarda ta nishgan edingiz. Parcha «Qochoq» deb nomlangan edi. O‘sha parcha siz o‘qigan ushbu «Qorako‘z majnun» hikoyasiga qaysi bir tomondan o‘xshab ketadi. Ona va bola munosabati, ular o‘rtasidagi mehr-muruvvat ildizlari. Agar shu insoniy fazilat va ildizlar qurisa, oradagi ko‘ngil yaqinligi ham barham topadi.

«Qorako‘z majnun» Said Ahmadning mustaqillik yillarida yozgan eng yaxshi hikoyalari sirasiga kiradi. Hikoya voqeasi juda murakkab emas. Keksayib qolgan Saodat aya bir necha o‘n yillar dan beri harbiyga ketib, o‘sha tomonalarda uylanib, bola-c haqali bo‘lgan o‘g‘li Bo‘rixonni kutadi. Xud oning bergan kuni sahar namozida uni eslaydi.

Saodat aya tabiatida o‘zbekning chin muslima buvilariga xos bu dunyosini ham, u dunyosini ham o‘ylashdek mulohazakorlik mujassam. O‘g‘lining xabarini nevarasi Anvardan

eshitgan kampir mulzam bo‘ladi. Adib kampirdagi bu o‘zgarishni: «Birovga so‘zini bermaydigan errayim kampirn ing shoxi sindi, ostona hatlamay uyda muqim o‘tirib qoldi», degan tarzda bayon qiladi.

Kunlarning birida Saodat aya iti Qorako‘z bilan qizining uyiga qarab yo‘lga chiqadi. Ularning borish va kelish jarayoniga diqqat qarating. Yo‘l bo‘yi adib itning har bir harakati,

qiliqlari, sakrashi, shamoldek yelishi, xursandlig-u xafagarchiligi, deylik, «bir qulog‘ini dikkaytirib, bittasini shalpaytirib erkalik» qilishlarini, yo‘lda uchragan mushuklarni «tiraqaylatib quvishi», «daraxtlardagi musichalarga irg‘ishlab» akillashi kabi holatlarni – barcha-barchasini mahorat bilan tasvirlaydi.

Kampir itini o‘z uyining bir a’zosidek e’zozlaydi. Shuning uchun ham u itiga qarab: «Abdumalik akangnikiga boramizmi, Dilbar opangnikigami? Dilbar opang domda turadi. Itdan hazar qiladi. Seni uyiga kiritmaydi. Endi nima qilamiz? Mayli, shunikiga boraylik. Yotib qolmaymiz. Chiqqunimcha hovlida bolalar bilan o‘ynab turasan», – deb bemalol gapiradi. Yo‘l bo‘yi Saodat kampir iti bilan shu zaylda suhbatlashib boradi va suhbatlashib iziga qaytad.

Hikoyada Saodat kampir vafotidan so‘ng yozuvchi ham Qorako‘zning ruhiyatini siz o‘quvchilarga anglatish maqsadida o‘tkir qalami bilan uning qora ko‘zlariga ikki tomchi yoshni chizib qo‘yadi. Hikoya oxiridagi Qorako‘z majnunning o‘limi o‘quvchini mahzun qiladi.

Hikoya boshida Qur’oni karimning «Baqara» surasidan oyat epigraf sifatida keltiriladi. Bu ko‘chirmalar aynan hikoyadagi Bo‘rixon obraziga taalluqli ekanini hech qiynalmasdan ilg‘ab olish mumkin. As’hobi kahf to‘g‘risidagi hadisi sharif esa hikoyada xuddi ongli va oqil insondek tasvirlangan Qorako‘z majnunga taalluqli, albatta.

Hikoyada juda katta ma’no-mazmun jamlangan. O‘zbekona urf-odatlar qadri noloyiq bir farzandning qilmishlarini ko‘rsatish orqali ta’kidlanadi. To‘g‘risi, itning vafosi bir o‘g‘ilning ona ko‘nglini vayron qilishiga nisbatan yuksak ma’naviy martabalarda turishi hamma vaqt ulug‘vorlik kasb etadi.
Uyga vazifa:


  1. Said Ahmad ijodini o`rganish.

  2. Hikoyani to`liq o`qib o`rganish.

  3. Hikoyada urf-odatlarga munosabat qanday ifodalangan?

  4. Bo`rixonning salbiy xislatlarini toping.

Mavzu: Abdulla Oripov she’riyati

Reja:


  1. Shoirning tarjimayi holi ( ko`rgan-bilganlari).

  2. “Munojotni tinglab” va “Yurtim shamoli” she’rlarini o`rganish.

  3. A.oripovning she’rlari g`oyasi.

Shoirning tarjimayi holi ( ko`rgan-bilganlari)

Mening tug‘ilib o‘sgan, bolaligim o‘tgan joylar Qarshi (qadimgi Nasaf) shahridan besh-o‘n chaqirim shimolroq tomondagi Qo‘ng‘irtov etaklaridir. Qishlog‘imizning nomini Neko‘z deydilar. Har holda u qadimiy o‘zbek urug‘larining bir shoxobchasi bo‘lishi mumkin.

O‘sha Qo‘ng‘irtovda bizning bolalik yillarimiz o‘tgan. Bahor kelganda havoni o‘t-o‘lanning yoqimli xushbo‘y hidi qoplar, sharros yomg‘ir quyganda biz tog‘ cho‘qqisi unguridagi kichik-kichik g‘orlarga bekinib olardik. O‘sha yuksaklikdan shimol tarafdagi yam-yashil bepoyon kengliklarni tomosha

qilar edim, to‘yib-to‘yib nafas olar edim. Ayniqsa, bu joylarda janub kechalari, yulduzli osmon nihoyatda go‘zal bo‘lar edi. Tim qora osmonda qo‘l cho‘zsang yetgudek ulkan-ulkan novvotrang yulduzlar charaqlab turadi. Hayotimda bunday go‘zal manzaralarni keyin uchrata olmadim...
Mening deyarli har bir she’rim hayotdagi ma’lum bir voqea, hodisa bilan bog‘liq, jo‘nroq qilib aytganda, har birining turtkisi bor. Masalan, «Ayol» degan she’rim urushdan qaytmagan amakilarimning bevalariga bag‘ishlangan. Men ularning iztiroblarini ko‘rib, kuzatib ulg‘ayganman. Yoxud «O‘zbekiston» qasidasining yozilishi-chi? Vataning butun Sovet Ittifoqi, deb uqtirib turilgan bir paytda, O‘zbekiston nima bo‘ldi ekan, degan savol yuragimning tubida paydo bo‘lib, hoyna hoy, «Vatanim – O‘zbekiston» deb she’r yozgan bo‘lsam, tilimizning har qadamda yerga urilayotganini ko‘rib «Ona tilimga» nomli she’rni yozganman.

O‘sha yillari mening yosh idrokimni ikki-uch savol qattiq qiynardi. Birinchisi, nega mening xalqim ikkinchi sort, ikkinchisi, nega mening tilim beobro‘, nega mening Vatanim mavhum, nega tabiat ato etgan his-tuyg‘ularni ham oshkora izhor qilish mumkin emas, masalan, yaqin qarindoshing o‘lsa

marsiya yozish mumkin emas, muhabbating baxtsiz bo‘lsa, nadomat chekish gunoh va hokazolar. Endi o‘ylasam, hamma xalqlar katta bir yilqi uyuri singari bitta qamchining ishorasiga bo‘ysunib yashar ekan... Men bu o‘rinda boshimdan o‘tgan turli mayda-chuyda tazyiqlarni eslab o‘tirmayman. Lekin bir

gapni aytmasam bo‘lmas. Mening ijodimda yolg‘izlik, mahzunlik tuyg‘ulari ko‘p uchraydi, deya dakki berishgan va buning sababini turlicha sharhlashgan ham. Aslida esa mening tabiatim o‘zi shunaqaroq bo‘lsa kerak. Ikkinchidan, meni qiynagan savollarga javob topolmay o‘rtangandirman; uchinchidan, shu

hasad degan baloning hujumiga juda erta duch keldim. Bularning barchasi satrlarimda qandaydir shakld a aks etgan bo‘lsa, ajab emas. Chunonchi, hajviy ruhdagi she’rlar ham qandaydir sun’iy ravishda yaratilgan emas. Ko‘p qatori meni ham laqillatgan, aldagan odamlarning son-sanog‘i yo‘q. Haligiday ach

chiqroq she’rlarning yozilishiga, albatta, o‘shalar sabab bo‘lgan.

Men tarjimachilik bilan ham shug‘ullandim. Ushbu mashg‘ulotimning eng asosiysi Dantening «Ilohiy komediya»si deb bilaman. Tarjima jarayoni men uchun eng ulug‘ maktab bo‘ldi. Agar qog‘oz ustida eng ko‘p ter to‘kkan bo‘lsam, o‘sha tarjima ustida to‘kkanman. Ona tilimizning naqadar boy ekanligiga imon keltirgan bo‘lsam, o‘sha tarjima jarayon ida imon keltirganman. Ishondimki, bizning tilimiz hech bir mubolag‘asiz jahondagi eng go‘zal va eng badavlat tillardan biridir...

Mening inson va ijodkor sifatida baxtim – O‘zbekistonimning Mustaqilligini ko‘rdim va nebaxtkim, ozod Vatanimga baholi qudrat xizmat qilib yuribman.

Uyga vazifa:


  1. A.Oripovning tarjimayi holini o`rganish.

  2. She’rlarini tahlil qilish.

  3. Shoir she’rlaridagi majoziy obrazlarni aniqlash.

Mavzu: O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” romani

Reja:


  1. Adibning “Mashaqqatli safar” deb nomlangan tarjimayi holini o`rganish.

  2. “Ikki eshik orasi” romani.

“Mashaqqatli safar”

«Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi...» «Dunyoning ishlari» kitobining bir bobi shunday so‘zlar bilan boshlanadi. Chindan ham bu asar – deyarli hasbi-hol qissa. Faqat undagi ba’zi odamlarning ismi o‘zgargan. Aslida, har qanday badiiy asarda ham ma’lum ma’noda muallif tarjimayi holining bir bo‘lagi bo‘ladi. Sababi, yozuvchi o‘z asariga qalbini bag‘ishlaydi.

Menga qolsa, badiiy ijodda qandaydir ilohiy jarayon bor, degan bo‘lur edim. Xudo ko‘ngliga solmaguncha haqiqiy ijodkor qo‘liga qalam olmaydi! Haqiqiy asar shunchaki yozi-

lavermaydi, haqiqiy asar farzand kabi tug‘iladi! «Dunyoning ishlari» va «Qalbingga quloq sol», «Nur borki, soya bor» va «Bahor qaytmaydi», «Ikki eshik orasi» va «Tushda kechgan umrlar» asarlari, qator hikoya va sahna asarlari ham shu tarzda tug‘ilgan...

Har kim o‘z ajdodlari bilan faxrlanishga haqli. Mening ota- bobolarim ham o‘z zamonining mashhur kishilari bo‘lishgan. Jumladan, bobokalonim – bobomning otalari Abulqosimxon eshon Turkiston tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan ulug‘shaxslardan biri bo‘lganlar.

Toshkentda, «Xalqlar do‘stligi» saroyi (hozirgi «Istiqlol» san’at saroyi) yaqinida qadimiy obida – madrasa bor. Bu dargohda o‘tgan asr boshlarida Abdulla Qodiriy, Munavvarqori, G‘ulom Zafariy va boshqa ulug‘ zotlar ta’lim olgan.

Obida bir yarim asr avval Abulqosimxon eshon tomonidan bunyod etilgan. Bu zukko inson o‘zbek tilidan tashqari arab, fors, rus va boshqa tillarni mukammal bilgan.

Otam Atoulloxon Hoshimov tazyiqlardan bezor bo‘libqishl oqqa – Do‘mbirobodga ko‘chib kelgan, xarobagina kulbada tirikchilik qila boshlagan. Biroq bu yerda ham tazyiqlar to‘xtamagan. Dehqonchilik qilgan. To‘qimachilik kombinatida, so‘ng shu kombinatga qarashli bolalar oromgohida ishlagan.

... Eski kitoblarni ham, zamonaviy adabiyot va gazetalarni ham o‘qib borar, o‘ta haqparast, nohaqlikni ko‘rsa yonib ketar edi.

Onam – Hakima Hoshimova esa otamning aksicha, nihoyatda yuvosh, juda mehribon edi. Ko‘chada biron bola yig‘lab o‘tirgan bo‘lsa, albatta, tepasiga borib boshini silar,

biron sabab bilan biz bolalarni koyisa, o‘zi ham yig‘lab yuborar, o‘sha zahoti ko‘ngli mizni olishga harakat qilardi. Oyim qancha sodda bo‘lsalar, shuncha donishmand ham edilar! Iloji boricha hammaga yaxshilik qilishni xohlar, o‘ta oqko‘ngil,gina-kuduratni bilmaydigan ayol edi («Dunyoning ishlari»da qanday tasvirlangan bo‘lsa, onam xuddi shunday edi).

Men 1941-yil 5-avgustda Toshkent biqinidagi Do‘mbirobod qishlog‘ida tug‘ilganman. Qishloqda, tag‘in, poytaxt biqinidagi qishloqda tug‘ilganim taqdirning hadyasi bo‘lsa ajab emas.Negaki ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo‘lishi kerak. Oyim bir gapni ko‘p aytardi: «Sen tug‘ilganingda qiyomat qoyim bo‘lgan edi. O‘ris xotinlar urush boshlanibdi,deb yig‘lagan, men – ammamning buzog‘i hayron bo‘lgandim. Urush allaqayoqda bo‘layotibdi-yu, bular nega dod soladi, degandim. Keyin aqlim yetdi».

«Ikki eshik orasi» romanida Qora amma ham urush haqidagi xabarni shunday qabul qiladi. O‘g‘li Kimsan front ga ketmoqchi bo‘lganidan keyingina vahimaga tushib qoladi. Ba’zi do‘stlarim roman qo‘lyozmasining muhokamasida «urush boshlangani haqidagi xabarni bu qadar soddalashtirib tasvirlamaslik kerak edi», degan mulohazani aytdi. Biroq men uchun bu hodisa kinolarda tasvirlanganidan ko‘ra, onam aytib bergan hikoyada hayotga yaqinroq ko‘rindi.

Birinchi kitobim 3-kursda o‘qiyotganimda chiqqan. Bu«Po‘lat chavandoz» degan ocherklar to‘plami edi. Birinchi badiiy asarim – «To‘rt maktub» hikoyasi esa 1963-yil 17-aprel kuni «Toshkent haqiqati» gazetasida bosilgan (shundan beri har yil 17-aprelni o‘zimcha nishonlayman). Shu hikoya asosida «Cho‘l havosi» degan qissa yozildi. «Sharq yulduzi»da bosildi (To‘rtinchi kursda o‘qirdim). Qissaga atoqli adib Abdulla Qahhor nihoyatda xayrixohlik bilan xat yozganidan keyingina o‘zimga ishonch paydo bo‘ldi. Mendan yoz uvchi chiqishi mumkin ekan, degan xayolga bordim.

Toshkent zilzilasidan keyin – 1966-yildan 1982-yilgacha «Toshkent oqshomi» gazetasida bo‘lim mudiri bo‘lib ishladim. Bu davr men uchun eng hayajonli, eng sermahsul damlar bo‘ldi. «Bahor qaytmayd i», «Qalbingga quloq sol», «Kvazarlar» qissalari, «Nur borki, soya bor» romani, «Inson sadoqati», «Vijdon dorisi», «To‘yl ar muborak» sahna asarlari, ko‘plab hikoya va hajviyalar, publitsistik maqolalar shu yillarda yozilgan.
Har gal yangi kitobim chiqishi bilan birinchi nusxasini onamga taqdim etardim, «birinchi ustozim Oyimga» deb yozib berardim.

1980-yili onamning to‘satdan vafot etishi menga juda og‘ir ta’sir qildi. Farzandlik burchimni qay darajada ado etdim, degan o‘kinchli xayol vujudimni larzaga soldi. «Dunyoning ishlari» kitobi shu iztirobli tuyg‘ular tufayli tug‘ildi.

Uch yil davomida G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishladim. «Ikki eshik orasi» romani, qator hikoyalar, qissalar shu yillarda dunyoga keldi.

1985-yildan 1995-yilgacha «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir bo‘lib ishladim.1995-yildan 2005-yilgacha Oliy Majlisda ishladim. Qonun yaratish ham ijod. Murakkab ijod.

Yaratganga shukr. Qirq besh yil davomida 60 ga yaqinkitobim turli tillarda ikki million-dan ko‘proq nusxada nashr etildi. Ular orasida kitobxon uzoq vaqt eslab yuradigan asarlar bo‘lsa, o‘quvchi qaysidir satrlarni o‘qiganda ko‘ziga yosh kelsa, qayerdadir mazza qilib kulsa, hayajonga tushsa, men uchun bundan ortiq quvonch yo‘q.

Inson haqida yozishga, xalqimizning sodda-donishmandligi, sabr- qanoatini tasvirlashga urindim.Yaratganga shukr, oilam ijod mashaqqatini chuqur anglaydi. Umr yo‘ldoshim – pedagog. Ikki farzandim, besh nabiram bor.

Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa kitob yozsangki, uni o‘qigan kitobxon, hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa. Kitobni o‘qib bo‘lgan kuni

kechasi bilan uxlolmay, to‘lg‘onib chiqsa. Oradan yillar o‘tib asarni qaytadan qo‘liga olganda tag‘in hayajonlansa.. Eng katta orzum – shu.


„Ikki eshik orasi“ romani


«Ikki eshik orasi» romani 1986-yilda yozilgan bo‘lib, O‘tkir Hoshimov adabiy merosida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Romanda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligi zo‘r mahorat bilan tasvirlanadi. Adib, birinchi navbatda, tinchlikka rahna solgan urushni qoralaydi; uning g‘ayriinsoniy mohiyatiga urg‘u beradi. Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, ko‘ngillar iga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi. Adib qalamga olgan obrazlari vositasida oddiy odamlarning fazilatlari – mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshini ko‘rsatadi.

Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran o‘rgangani uchun har bir epizod o‘quvchini ishontiradi; qalbiga jiddiy ta’sir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar, ularning diologlari, shuningdek, yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan to‘qqizta personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bog‘laydi. Tasvir uchun tanlangan bunday poetik usul yozuvchidan yuksak mahorat talab qiladi, albatta. Aks holda, syujet zanjirida uzilish yuz berib, voqealar sochilib ketgan bo‘lar edi. Biroq romanning ta’sir quvvati, ichki intizomi o‘quvchida juda yaxshi taassurot qoldiradi.

«Ikki eshik orasi» romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi obrazlar o‘z individual qiyofasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga ko‘rk bag‘ishlaydi. Unin g insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obro‘-e’tibori, eng og‘ir damlarda qiyinchi-liklarni yengib o‘tishga kuch topishi bilan o‘quvchi xotirasiga muhrlanadi. U donishmand, tajribali, hayotning achchiq- chuchugini tatib ko‘rgan o‘zbek qariyalariga o‘xshab har bir ishda tashabbuskorlikni o‘z qo‘liga oladi. Orif oqsoqol haqiqatgo‘yligi bois o‘zi anglab yetgan bor haqiqatni yuzga aytishdan cho‘chimaydi. Undagi jasorat va shijoat boshqalarga ilhom beradi. U odamlarga baho berganida xalqona ta’bir bilan «mard odamning belida belbog‘i bo‘lishi kerak» degan taomilga rioya qiladi. Atrotdagi odamlarning ruhiy butunligini, jo‘mardligi va odamiyligini sadoqat, va’daga vafo, ezgu amallar bilan o‘lchaydi. Ba’zan ayollarga ham shu o‘lchov bilan yondashadi.

Romanda ayollar obrazi ham zo‘r mahorat bilan tasvirlangan bo‘lib, ular orasida Qora amma o‘ziga xos tabiati bilan ajralib turadi. Qora amma obrazining aksariyat sifatlari romanning «Qora amma hikoyasi» qismida namoyon bo‘ladi. Qora amma – mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol. Uning obrazida urush davridagi o‘zbek onalarining siymosi mujassam topgan. U boshiga tushgan barcha ko‘rgiliklarni sabr-b ardosh bilan yengib, o‘zida yashashga kuch-qudrat topadi.

Ukasi Shomurodning xotini Ra’no eriga xiyonat qilib, Umar zakunchining hiyla-nayrangiga uchadi. Ukasining oilaviy tashvishlari ham Qora ammaning yelkasiga tushadi. Kelini Ra’noning qilmishlaridan norizo bo‘lgan Qora amma uni aslo kechira olmaydi. «Juvongina o‘lgur, noinsof! Bolaning uvoli tutgur imonsiz! Eringni birovdan kam joyi yo‘q edi-ku! Cho‘loq bo‘lsa devor oshib o‘g‘rilik qilib bo‘lmagandir! To‘rt yil qon kechib keldi-ku! Eri urushda o‘lgan qanchadan qancha gulday juvonlar yuribdi sabr qilib. Aqall i bolangni o‘ylasang bo‘lmasmidi, imonfu-rush!» – Qora amma shu zaylda yozg‘iradi. Asarda Ra’noning taqdiri badbaxtlikka borib taqaladi, u baxtsiz bo‘ladi.

Aziz o‘quvchi! Shunday o‘rinlarda adib bu dunyoning kayf-u safosiga uchmasdan, har kim o‘z qalbiga nazar solib, insof bilan yashamog‘i kerak degan ta’lim-tarbiyani berayotgandek tuyuladi.

Bir tasavvur qiling: Qora amma olti farzandini yerga berib, bittagina Kimsanini yer-u ko‘kka ishonmasdan katta qildi. Yurtda mudhish urush boshlangach, miq etmay, el-yurt ishiga kamarbasta bo‘lsin degan niyatda yolg‘iz farzandi – Kimsanini urushga kuzatd i. Kimsanning peshonasiga urushda halok bo‘lish bitilgan edi. Biroq Qora amma o‘g‘lining urushda o‘lganiga ishonmadi; farzandin ing bir kunmas bir kun ota uyiga kirib kelishiga umid qilib yashadi. Shuning uchun aza ham ochgani yo‘q. Bunday o‘rinlarda ona qalbining naqadarbebaholigiga tan berasiz. Bag‘ri kuygan mushtipar ona kecha-yu kunduz: «Qayoqdasan, bolam? Qaysi yurtlarda yuribsan?! Joning sog‘mi o‘zi? Mayli, oyoq-qo‘lsiz bo‘lsang ham, birov zambilda ko‘tarib kelsayam jon derdim! Kaftimda olib yurardim! Otang yo‘lingga termula-termula o‘tdi. Endi aqalli meni o‘z qo‘ling bilan tuproqqa qo‘ysangchi!» – deb o‘g‘lini yo‘qlaydi.

Qora ammaga taqdirning bu ko‘rguliklari ham kamlik qildi. Yolg‘izgina farzandi Kimsanning sevgilisi, o‘zi ning o‘gay qizi Robiyani ukasi Shomurodga xotin qilmoqchi bo‘ladi. Bu maqsadni amalga oshirish unga qanchalar qiyin kechadi, uning ichki his-tuyg‘ulari, ruhiy holati har qanday insonni larzaga soladi. O‘g‘li Kimsanning oldida, qizi Robiyaning oldida ham o‘zini gunohkor sezadi, ulardan tinimsiz kechirim so‘raydi: «Yuragim uvishib, boshim xam bo‘lib qoldi. Men noinsof, men yuzi qaro qaysi yuz bilan?.. Kimsanim, jon bolam, kechir gunohkor onangni!»

Romandagi yana bir ayol obrazi bor – Robiya. Unga ham taqdir kulib boqmadi. Yoshligidan onasidan yetim qolgan Robiya otasi tarbiyasida ulg‘ayadi. Onasining o‘limidan so‘ng

ular Samarqanddan Toshkentga, No‘g‘ay qishloqqa ko‘chib kelib, Husanboy ismli kishining hovlisida yashay boshlaydi. Otasi o‘qituvchi bo‘lgani uchun qishloq bolalarini o‘qitadi. Robiya Husanboy Dumani bobo, uning xotini Qora ammani oyi, ularning o‘g‘li Kimsanni aka, Qora ammaning ukasi Shomurodni ada deb katta bo‘ldi. Robiya sofdil, mehnatkash qiz bo‘lib ulg‘ayadi. U Kimsanga ko‘ngil qo‘ydi. Kimsan va Robiyaning sevgisi bir guli ochilmay so‘ldi. Yurtda urush boshlangach, urushga ketgan sevgilisi qaytmadi. Robiya uni yillar davomida kutdi. Urush tugaganiga bir necha yil bo‘lsada, uni sadoqat bilan kutishdan charchamadi.

Qora amma, ya’ni oyisi unga sovchi bo‘lib, ukasi Shomurodga so‘raganida, Robiya aql-u hushidan ayrildi: «Nim a deyotganini o‘zi biladimi oyim? Axir... Kimsan akam meningqaylig‘im bo‘lsa, oyimn ing o‘g‘li-ku! Kimsan akam hammadan ko‘ra oyimga yaqin-ku. Nima jin urdi?»

Bechora Robiya taqdirning achchiq qismatiga ilojsiz ko‘nadi. Insonlarning murakkab taqdirini maromiga yetkazib tasvirlagan roman katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Muhtaram o‘quvchi, romanda tasvirlangan voqea-hodisalarni o‘zlaringiz yashab turgan davr bilan xayolan qiyoslab ko‘rishingiz foydadan xoli emas.
Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlah.
1. O‘tkir Hoshimovning o‘zi haqida yozgan «Mashaqqatli safar» nomli avtobiografik hikoyasining to‘liq matnini topib o‘qing?

2. Adib «Mashaqqatli safar» nomli tarjimayi holida ota-onasini qanday xotirlaydi?

3. Yozuvchining bolalik va talabalik yillari haqida nimalarni bilasiz?

4. Robiya o‘z hikoyasida bolaligi va «yangi qarindoshlari»

haqida nimalarni eslaydi?

5. Robiyaning bolaligi bilan o‘z bolaligingizni qiyoslab, muno-

sabat bildiring?

Mavzu: Jek London “Hayotga muhabbat” hikoyasi

Reja:

1.Jek Londonning hayoti va ijodi.



2. “Hayotga muhabbat” hikoyasini o`rganish.

3. Hikoyada insonning matonati tasviri.


Jek Londonning hayoti va ijodi

Jahon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Jek London Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida fermer oilasida tug‘ildi. U yoshligidan ko‘plab kasblar bilan mashg‘ul bo‘lib, hayotda turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. Kaliforniya universitetida o‘qiy di, oradan biroz vaqt o‘tib o‘qishni tashlashga majbur bo‘ladi.

Yozuvchining adabiy faoliyati 1893-yilda boshlangan. Butun ijodiy faoliyati davomida yigirmaga yaqin roman, yuz ellikdan ortiq hikoya yozadi. «Bo‘ri bolasi», «Izg‘irin bolalari» kabi

asarlarida, asosan, mamlakatning shimoliy o‘lkalari to‘g‘risida hikoya qilinadi. «Qor qizi», «Hayot uchquni», «Insonga ishonch» kabi asarlarida sarguzasht motivi yetakchilik qiladi. Jek London qahramonlari har doim erkka intiladilar, o‘z burch va majburiyatlarini har xil sharoitlarda chin dildan bajaradilar, hayot mashaqqatlarida toblanadilar. Adibning qahramonlari har qanday holatda ham insoniylikka xiy onat qilmaydi. Ayrim hikoyalarida tabiat bilan uyg‘unlashib ketgan kurashchan, zahmatkash insonlarning hayoti tasvirlanadi.

Yozuvchining «Dengiz bo‘risi», «Martin Iden» va «Uch qalb» romani dunyo adabiyotining nodir namunalari sanaladi.

Jek London 1916-yil vafot etadi.

“Hayotga muhabbat” hikoyasi
Jek London «Hayotga muhabbat» hikoyasida insonni tabiat kuchlari bilan yonma-yon, unga basma-bas tarzda tasvirlaydi. Insonning kurashuvchanligi va umidiga urg‘u beradi. Hikoya qahramoni ning hayotga bo‘lgan muhabbati o‘lim ustidan g‘alaba qozonadi.

Hikoya o‘ziga xos syujet qurilishiga ega. Boshida yo‘lga chiqqan, aniqrog‘i borgan yo‘lidan iziga qaytayotgan ikki yo‘lovchining holati tavsirlanadi. Ulardan biri – Bill oyog‘i cho‘loqlanib qolgan sherigini tashlab ketadi. Shundan keyin bepoyon kengliklarda bittagina qahramonning o‘zi qoladi.

Yo‘lda boshidan kechirgan mashaqqatlari, ochlikdan sillasi qurib, tabiatning turli ne’matlaridan tatib ko‘rishlari, atrofidagi hayvon va qushlarni tutib yeyishga uri nish va boshqalari juda ta’sirli va aniq tasvirlanadi.

Ortda qolgan yo‘lovchini Jek London negadir nomlamaydi. Od diygina qilib «odam» deb qo‘ya qoladi. Bu bilan adib nima demoqc hi bo‘lgan? Balki muallif mana shu birgina obraz misolida butun insoniyatning matonatini, sabr-bardoshini aks ettirib bermoqchi ham bo‘lgandir?

Odatda, Jek London asarlarida oltin izlovchilar, oltinni qo‘lga kiritish yo‘lida turli mashaqqat va sarguzashtlarga duch kelgan insonlar taqdiridan hikoya qiladi.

«Hayotga muhabbat» hikoyasining ikki qahramoni ham kerak manzilga yetib borib, xaltalariga keraklicha – o‘zlari ko‘tarishga kuchi yetguncha oltin solib olgan ikki kimsa. Shu ikki inson oltin bilan sinaladi.

Hikoya mazmunida inson uchun bu olamda oltindan ko‘ra muhimroq narsa, ya’ni tirik qolish, halovatda yashash va o‘z maqs adiga erishish yo‘lida tinimsiz intilish muhimligiga doir fikrlar mujassam topgan.

O‘zi istamagan holda Billdan ajralib qolgan yo‘lovchi olib kelayotgan zil-zambildek oltinlardan avval yarmini, keyingi safar hammasini tashlab yuboradi. Kimsasiz joyda yeyishga bir burda noni, yordamga cho‘ziladigan birorta qo‘l bo‘lmagan odam uchun oltinning aslo qadr-qiymati yo‘q. Och qolgan va hayot uchun kurashayotgan kimsaga oltin foyda bermaydi. Yo‘lovchi bir manzilga yetganida uni tashlab ketgan sherigi Billning oltin solingan xaltasi va bo‘rilar ship-shiydam qilib tozalagan suyaklariga duch keladi. Hamrohini yolg‘iz tashlab ketgan, oltinga muhabbat qo‘ygan odamni qanday ayanchli oqibatlar kutib turganini kitobxon ko‘rib, to‘g‘rilik, sadoqat, insof kabi bebaho insoniy tuyg‘ular ustida mulohaza yuritadi.

Hikoyada insonning matonati tasviri

Yozuvchi tiriklik qadriga urg‘u berish uchun «o‘lim changaliga tushib qolgan» qahramonini turli to‘siqlarga ro‘baro‘ qiladi; kimsasiz sahro, suv, ko‘lmak, ayiq, bo‘ri – bular yo‘lovchiga hayotga muhabbatini oshirish uchun vosita vazifasini bajaradi. Yo‘lovchi yo‘lida davom etib, to‘siqlarga duch

kelganida siz ham o‘zingizni go‘yoki u bilan birga his etasiz. Ba’zida yonginangizdan bug‘ular yugurib o‘tganida, noiloj o‘kinasiz, gohida esa bahaybat targ‘il ayiq qarshisida turgandek kalovlanasiz; yo‘lovchining taxir, nordon botqoq mevalarini yeb afti burishgani ham beixtiyor sizga ta’sir ko‘rsatadi.

Bu esa jahon adabiyotining betakror adibi Jek Londonning o‘ziga xos qalam tebratish uslubidan darak beradi.

«U juda charchagan, lekin sira o‘lgisi kelmas edi. Shuning uchun ham u chalchiqzordan meva terib yer, tanga baliq ovlar, suv qaynat ib ichar va olazarak bo‘lib kasal bo‘rini kuzatar edi». U o‘z yo‘lida davom etar ekan, butun o‘y-xayoli tirik qolish bilan band. Hayoti so‘nib borayotgan tinimsiz aksa urib, yo‘talgan kasal bo‘ri odamga ergashib yuribdi. Kasal bo‘rining quvvati ketgan, hujum qilishga madori yo‘q. Bo‘ri odamning harakatsiz qolishini, o‘limini kutadi. Adib o‘quvchiga o‘lim va hayot chegarasida yurgan odam bilan bo‘rini qiyoslashga imkon beradi. Odam bo‘rini, bo‘ri esa odamni yeyishga tayyor. Biroq har ikkovida ham mador yo‘q. Odamda esa yashashga umid bor. Shuning uchun uncha uzoq bo‘lmagan masofadan ko‘ziga ko‘rinib turgan dengiz va undagi kemaga yetib olish uchun harakat qiladi. Bir mahal ko‘zi ilinganda och, kasal bo‘ri tishlarini uning qo‘liga botira boshlaydi. Odam bo‘rining jag‘iga yopishadi, kuchi yetmasligini bilgach, u tishi bilan bo‘rining tomog‘iga yopishadi.Odam g‘olib keladi. Hikoya tugashida «g‘alati maxluq»ni kit ovlovchi ilmiy ekspeditsiya a’zolari o‘limdan qutqargani

bayon etiladi.

Siz hikoya qahramonining o‘limdan qutulgani uchun mamnun bo‘lasiz; kemadagilarga o‘z boshidan o‘tganlarini so‘zlab bergan, pokiza taomdek ne’mat qadrini bilgan bu kimsaning kelgusida saodatli hayot kechirishiga ishonasiz. Lek Londonning mahorati shundaki, hikoyadagi arakatlanayotgan qahramon tegrasidagi har bir narsa-predmatni, jonli va jonsiz narsalarni, yemish uchun turli o‘simlik, mayda baliqchalar va hasharotlarni tatib ko‘rayotgan odam holini juda real-aniq tasvirlaydi.

Har kim o‘zini ushbu hikoya qahramoni o‘rniga qo‘yib ko‘rishi tabiiy. Shu ma’noda Jek Londonning mazkur asari o‘quvchida tinch-xotirjam hayot to‘g‘risida o‘ylantiradi; ko‘nglida ezgu hislar kuchayishiga yordam beradi.

Aziz o‘quvchi, bu hikoya sizda katta taassurot uyg‘otishi tabiiy. Hikoya sizda Alloh bergan ne’matlarga nisbatan shukronalik, do‘stga sodiqlik va, eng asosiysi, hayotga muhabbat tuyg‘ularini orttirsa, yozuvchi o‘z muxlislari oldidagi adabiy vazifasini tugal bajargan bo‘ladi, albatta.

Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash

1. Matndan inson va tabiat munosabati tasvirlangan epizodlarni qayta o‘qing, ularga munosabat bildiring.

2. Bill hamrohini qachon, qayerda va nima uchun tashlab ketdi? Matndan aynan o‘sha joyni topib o‘qing va Billga baho bering?

3. Yo‘lovchi nima sababdan xaltasidagi oltinlardan voz kechdi?

4. Hikoya qahramoni yo‘l bo‘yi qorin to‘ydirish g‘amida qanday mashaqqatlarni boshdan kechiradi?

5. Adib o‘z hikoyasiga kasal bo‘ri obrazini nima sababdan kiritgan?

6. Kasal bo‘ri bilan yo‘lovchi holatini o‘zaro qiyoslab, fikr bildiring.

7. Hikoya qahramoni qanday qilib tirik qoldi?

8. Ushbu asarning tarbiyaviy qiymatini tushuntirib bering.

Mavzu: Alfons Dode „So`nggi saboq“ hikoyasi. Yakuniy nazorat

Reja:


  1. Alfons Dodening ijodi.

  2. „So`nggi saboq“ hikoyasi.

  3. Yakuniy nazorat o`tkazish.

Alfons Dodening ijodi

Mashhur adib Alfons Dode o‘zining roman va hikoy alari bilan fransuz adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirdi. U 1840-yil 13-mayda Fransiyaning Nim shahrida tug‘ilgan. Yoshlik yillari

maktablarda muallim bo‘lib ishlaydi. O‘n yetti yoshida Ernest ismli akasi bilan Parijga ko‘chib borishadi. Ularning maqsadi jurnalistika bilan mashg‘ul bo‘lish va shu orqali tirikchilik o‘tkazish bo‘ladi. Yoshi yigirmaga yetmasidanoq bir qancha jurnallar bilan muxbir hamda teatr tanqidchisi sifatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. «Tegirmonimdan xatlar» (1869) deb nomlangan birinchi kitobida hikoyalari jamlangan edi. Bu hikoyalarda oddiy insonlar hayoti tabiat bilan uyg‘unlikda,

shuningdek, ularning halol mehnat bilan turmush kechirishlari xalq og‘zaki ijodidagi hikoyat va ertaklarga o‘xshash uslubda tasvirlanadi.

Yoshlikdagi mashaqqatli yillari to‘g‘risida avtobiografik xarakterga ega bo‘lgan «Kichkintoy» (1868) nomli roman yozadi. Dastlabki ikki kitobi bilan A. Dode fransuz adabiy muhitida shuhrat topadi. O‘z davrining Gyustav Flober, Emil Zolya, shuningdek, o‘sha yillarda Parijda yashagan rus adibi Ivan Turgenev bilan yaqin munosabatda bo‘ladi. «Tarasonlik

Tartaranning sarguzashtlari», «Kichik Fromon va katta Risler», «Roza va Ninetta» kabi bir qancha romanlar yozadi.

Adabiyotshunosl ar uning ijodidagi ikki qirraga alohida urg‘u beris hadi. Birinchisi – yumor, kinoya hamda tasvirdagi aniqlik. Ikkinchisi esa kuzatishlaridagi teranlik hamda adibning voqeli kni naturalistik uslubda tasvirlaydigan yozuvchilarga usluban yaqinlashganidir.

A. Dodening XIX asr 80-yillarida yozgan asarlarida psixologik tahlil yetakchilik qiladi.

1867-yilda adib uylanadi. Undan uch farzand dunyoga keladi.

A. Dode 1897-yil 17-dekabrda Parijda vafot etadi.
„So`nggi saboq“ hikoyasi

Fransuz adibining ushbu hikoyasi yosh bola tilidan bayon qilinadi. Uning ismi Frans. Adib Frans nazari bilan kichkinadek tuyulgan milliy-madaniy hodisaga nazar tashlaydi;baho beradi. Ayniqsa, hikoyada fransuz tili muallimi mosye Amelning g‘amginlikka uyg‘un jonkuyarligi va qat’iyati, o‘z ona tili va yurtini yurak-yurakdan sevishi sezilib turadi.

To‘g‘risi, hikoyani tushunish uchun XIX asr Fransiya tarixini, ma’lum bir muddat qaysi mamlakatga qaram bo‘lgani kabi ma’lumotlarni ham bilish lozim. Hikoyada Fransiyaning Elzas va Lotar ingiya hududi o‘z vaqtida nemislar tomonidan ishg‘ol qilinganiga ishora bor. Undagi «... nemislarning safda yurish mashg‘ulotlari» degan jumla, shuningdek, muallimning o‘quvchilarga: «Bolalar, bugun sizlar bilan so‘nggi bor dars o‘tishimiz. Berlindan Elzas va Lotaringiya maktablarida faqat nemis tili o‘qitilishi haqida buyruq keldi. Yangi o‘qituvchi erta-

ga keladi. Bugun fransuz tilidan oxirgi mashg‘ulotimiz. Iltimos, e’tiborliroq bo‘linglar!» degan murojaati hamda «Maktab tomida kaptarlarning g‘uvg‘uvla-gani qulog‘imga chalindi. O‘ylanib qoldim: «Hali ularni ham nemischa kuylashga majburlash kerakdir?» degan e’tiroznomasi ham shundan dalolat beradi.

Hikoyada sinf xonasi, undagi har bir predmet birma-bir aniq tasvirlanadi. Ushbu darsga har kungidan boshqacharoq kiyinib kelgan muallimning ust-boshini batafsil ta’riflaydi. U bamisoli bayr amdagidek kiyingan. Bu, tabiiyki, adibning badiiy mahoratini ko‘rsatadi. Ammo fransuz xalqi bu yerda og‘ir

musibatni boshidan kechirayotganiga, xuddi o‘z ona tillarini qabrga qo‘yayotgandek bo‘lganiga, ayni paytda sinf xonasida yoshi ancha katta kishilar ham o‘tirganlariga urg‘u beradi.

Hikoyadagi «biz fransuzlar doim o‘qishni orqaga suramiz» degan gap ham har kimni o‘ylantiradi. Hozirgi zamonga xolis baho beradigan bo‘lsak, nafaqat fransuzlar, balki butun dunyo yoshlari ham ko‘pincha yalqovlik bilan o‘qishni, bilim olishni orqaga suradi.

Hurmatli o‘quvchi! Siz ushbu hikoyani o‘qish jarayonidadilin gizda bir marotaba bo‘lsa ham «iye, men ham shunday qilgandim, darsga kirishni istamay qish kunlari ko‘chada sirpanchiq uchgandim, bahor kunlari esa daraxtlarga tir-

mashardim» kabi o‘ylar kechg an bo‘lishi mumkin. To‘g‘risi, o‘tib borayotgan har bir daqiqa bir tomchi suvga o‘xshaydi, u yerga tushishi bilan singib yo‘qoladi. Uni qaytarib bo‘lmaydi. Guvohi bo‘lganingizdek, hikoya qahramoni Frans ham vaqtini

behuda o‘tkazib, so‘nggi fransuz tili darsida o‘z qilmishlaridan pushaymon bo‘lib o‘tiribdi.

Aziz o‘quvchi! Agar bu hikoyani jon-u dilingiz bilan berilib, hikoyadagi qahramonlar holatiga tushib o‘qisangiz, ta’sirlanib beixtiy or o‘yga tolishingiz tabiiy. Muallimga ham, hikoya qahramoni Fransga ham hamdard bo‘lgingiz keladi.

Hikoyadagi bayonga ko‘ra, mosye Amel o‘z mashg‘ulotini yuksak bir pafosda, dars o‘quvchilari va boshqa tinglovchilar eslab yuradigan bo‘lishini, shu bilan birga ular tasavvuriga butun umr «Yashasin Fransiya» degan yozuv muhrlanib qolishini istaydi. Muallimning «fransuz tili dunyodagi eng ajoyib

til ekani», uni asrash lozimligi, «chunki mustamlaka xalq o‘z ona tili yordamida-gina yorug‘likka chiqa olishi» to‘g‘risidagi fikrlari bevosita o‘zbek tilining yaqin o‘tmishdagi taqdiriga ham taalluqli, albatta.

Fransuz adibi Alfons Dode har bir millat uchun beqiyos o‘rin tutadigan milliy til taqdiri to‘g‘risida ana shunday ta’sirli hikoya yozgan.

Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlas.

1. Alfons Dode hayoti va ijodi to‘g‘risida so‘zlang.

2. Hikoyada tasvirlangan davrga munosabat bildiring?

3. Mosye Amelga tavsif bering.

4. Frans nima uchun so‘nggi saboqda muallimning barcha fikr-mulohazalarini yaxshi tushuna boshladi?

5. Fransning «Hali ularni ham nemischa kuylashga majburlash kerakdir?» degan gapini izohlab bering.



6. Hikoya voqelarini o‘zbek tilining yaqin o‘tmishdagi taqdiri bilan qaysidir jihatdan bog‘lash mumkinmi?


2018-2019 o’quv yili

Yüklə 272 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin