Sanoat quyosh panellarining ikkita asosiy turini ishlab chiqaradi:
A. monokristalli
Monokristalli quyosh batareyasi yuqori toza kremniy asosida ishlab chiqariladi. Ushbu quyosh panellarini yaratish texnologiyasi polikristalli hujayralar bilan solishtirganda ko‘proq mehnat talab qiladi, ammo u monokristalli quyosh batareyalarining maksimal samaradorligi va chidamliligini ta'minlaydi. Monokristalli batareyalar - eng qimmat va og‘ir bo‘lishi bilan birga yuqori samaradorlikka ega (25% gacha) hisoblanadi. 1 kVt lik elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun juda kichik maydon (8 m² gacha) talab qilibgina qolmay, uzoq xizmat muddati (20 - 25 yil) ga ega.
Quyosh panellarining turlari
B. polikristalli
Polikristalli quyosh panellari ko‘p kristalli quyosh batareyalaridan ishlab chiqariladi. Yagona kristall yetishtirishning sekin va juda qimmat jarayoni o‘rniga, ishlab chiqaruvchilar kristall "urug‘ini" eritilgan kremniy vannasiga solib, sovushini kutishadi. Polikristal quyosh panellari 1 kVt quvvat ishlab chiqarish uchun monokristal va plyonkali panellardan bir necha baravar katta maydonlarni talab qiladi, ammo boshqa jihatlari bo‘yicha ular monokristalli va plyonkali panellardan afzalroq.