Savollarga qisqa va aniq javob yozing!



Yüklə 19,1 Kb.
səhifə1/2
tarix20.04.2023
ölçüsü19,1 Kb.
#101269
  1   2
Pul aylanmasi va tarkibi rashidov



Savollarga qisqa va aniq javob yozing!



  1. Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob kitoblarning ulushini ortib borishiga qanday omillar ijobiy ta’sir qiladi?

Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo’lgan ishonchining yuqoriligi



  1. Markaziy bank naqd pul muomalasini tashkil etishda qanday ishlarni bajaradi?

Pul muomalasini tashkil etadi va tartibga soladi



  1. Pul muomalasini tartibga solishda tijorat banklariga qanday vazifalar yuklatiladi?



Naqd pul mablag’larining har kuni kelib tushishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar

  1. Tijorat banklari qanday manbalar hisobidan naqd pullarni qabul qiladi?

Soliqlar, yig’imlar, boj va boshqa majburiy to’lovlardan tushgan tushumlar

  1. Tijorat banklari qanday maqsadlar uchun naqd pullarni beradi?

Ish haqi va unga tenglashtilrilgan maqsadlarga

  1. O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblarning qanday shakllari qo‘llaniladi?

To’lov talabnomalari



  1. To‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarning qanday salbiy jihatlari mavjud?

hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanishi juda ko’p vaqt oladi va ortiqcha sarf harajatlar talab qiladi

  1. Akseptli va akseptsiz to‘lov talabnomalarning bir – biridan qanday farqlari mavjud?

bank avval to’lovchining mablag’ni to’lash haqidagi roziligini oladi, so’ngra to’lovni amalga oshiradi. Akseptsizda esa avval to’lov amalga oshirilib, so’ngra mijozga to’lov hujjatlarini beradi.

  1. Akkreditivning qanday turlari mavjud va ular bir – biridan nimasi bilan farq qiladi?

Akkreditiv qoplangan va qoplanmagan turlarga bo’linadi. Qoplangan akkreditivda sotib oluvchi shartnomada ko’rsatilgan mablag’ni mijozning bankida ochilgan 22602- “Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha depozitlari” hisob varag’ida deponentlanadi. Qoplanmagan akkreditivda esa sotib oluvchi shartnomada ko’rsatilgan summani o’zining hisob varag’idan alohida hisob varaqga deponentlamaydi, balki mijozning uning hisob varag’ida mablag’ bo’lmagan taqdirda to’lov kafolatini oladi.



  1. Inkasso topshiriqnomalarning o‘ziga xos jihatlari?



bankka mijozning hisob varag’idan so’zsiz tartibda mablag’larni hisobdan chiqarish to’g’risidagi talabini anglatadi. To’lovchining hisob varag’ida mablag’ bo’lmaganda inkasso topshiriqnomasi 2-kartotekada to’lovini kutayotgan hujjatlar qatoriga joylashtiriladi va qonunchilikda o’rnatilgan tartibda to’lanadi.



  1. O‘zbekiston tijorat banklarida elektron to‘lov tizimi qachon joriy etildi?

    1. 1995 yil dekabr oyida.

    2. 1996 yil aprel oyida.

D. 1997 yil mart oyida.
E. 1998 yil mayda.



  1. Quyidagilardan qaysi biri naqd pulsiz hisob kitoblarni tashkil etish qoidalari hisoblanmaydi?

    1. Naqd pulsiz hisob – kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim.

    2. Mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga o‘tkazish va kirim qilish Markaziy bank tomonidan qa’tiy belgilangan to‘lov hujjatlari asosida hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi.

D. Bank mijozning hisobvarag‘idan uning xabari bo‘lmagan hollarda memorial order bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishi mumkin.
E. Bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi.




  1. Yüklə 19,1 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin