Sezgi va idrok Sezgi haqida tushuncha. Sezgi deb sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa yoki hodisalarning ayrim sifat va xossalarining ongimizda aks ettirilishiga aytamiz. Biz turli ranglarni, ta’mlarni, og`ir-yengilni, issiq-sovuqni, tovushlarni sezamiz. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi.
Sezgilarning tasnifi. Sezgilarning Arastu tomonidan alohida ajratib ko‘rsatilgan turlari mavjud:
ko‘rish
eshitish
hid bilish
ta’m bilish
badanning tegishi orqali sezish
Analizatoruch qismdan tarkib topadi:
tashqi quvvatni asab jarayoniga o‘tkazadigan maxsus trans-formator hisoblangan periferik bo‘limi (retseptor);
analizatorning periferik bo‘limini markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) asablar;
analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan asab signallari-ning qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning o‘zi bilan tugaydigan) bo‘limlari.
Analizator- sezgi aparatlarining umumlashganidir.
Idrok va uning turlari. Idrok - pretseptiv harakatlar sistemasi bo`lib uni egallash maxsus o`rgatishni va tajribani talab qiladi. Ixtiyoriy idrok etishning muhim shakli kuzatish bo`lib, u narsalarni yoki tevarak atrofdagi hodisalarni ko`ra bilish, bila olish va rejali idrok etishdir. Kuzatishning muvaffaqqiyati ko`p jihatdan vazifaning aniqligiga, kuzatuvchining tajribasiga va bilimiga bog`liqdir.
Fazoni idrok qilish. Fazoni idrok qilinishi kishining o`zini qurshab turgan muhitni chamalashining muqarrar shartlaridan bo`lib, uning ushbu muhit bilan o`zaro birgalikdagi harakatida katta rol o`ynaydi. Fazoni idrok qilish ob’ektlarning shakli, hajmi va o`zaro birgalikda joylashuvi, ularning sathi, olisligi va yo`nalishlarining idrok etilishini o`z ichiga oladi.
Ko`zlarning turli olislikdagi narsalarni aniq ravshan ko`rishga moslashuvi 2 ta mexanizm - akkomodatsiya va konvergensiya yordamida yuz beradi.
Akkomidatsiya - ko`z gavharining egriligini o`zgartirish yo`li bilan uning aksini sindirib qaytarish qobiliyatini o`zgartirish demakdir. Akkomodatsiya, odatda konvergensiya bilan ya’ni ko`rish o`qlarini qayd qilinayotgan narsaga yo`naltirilishi bilan bog`liqdir. Konvergensiya burchagi bevosita masofa indikatori ya’ni o`ziga xos masofa o`lchagich (dalnomer) sifatida foydalaniladi.
Ikkita qo`zg`otuvchi - narsaning ko`z to`rpardasidagi tasviri akkomodatsiya hamda konvergensiya natijasida ko`zdagi mushaklarning zo`riqishi o`lchamlari bir biriga moslangan holda birga qo`shilishi idrok etilayotgan narsaning hajmi haqidagi shartli refleks tarzidagi signal hisoblanadi.
Idrokning individual xususiyatlari. Sezgilardan farqli o‘laroq, idrokda narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks etadi. Idrokning muhim xususiyatlari quyidagilar:
predmetlilik
strukturalilik anglanilganlik
barqarorlik
yaxlitlilik