Shahrisabz davlat pedagogika institutining boshqaruv, o‘quv-uslubiy, xizmatchi va texnik ishchi-xodimlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (kpi)



Yüklə 33,5 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü33,5 Kb.
#108344
Bayonnoma


Shahrisabz davlat pedagogika institutining boshqaruv, o‘quv-uslubiy, xizmatchi va texnik ishchi-xodimlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash orqali ularni moddiy rag‘batlantirish hamda oylik maoshiga ustama haq belgilashga tavsiya etish ishchi komissiyasining 2023-yil 17-yanvardagi 1-sonli yig‘ilish


B A Y O N I
Qatnashdilar: ishchi komissiya raisi o‘rinbosari – T.Xudoyqulov,
Jamoatchilik asosida Kasaba uyushma qo‘mitasi
raisi - G.Xusanova,
Ishchi komissiya a’zolari – U.Marasulova, I.Achilov, Z.To‘rayev, Sh.Ruziyev, X.Umarov, A.Sultanov, S.Fayziyev, R.Vasiyev, A.Berdiyev, kotib – N.Qudratov.


KUN TARTIBI:
1. Institut xodimlarini rag‘batlantirish hamda ijtimoiy himoya qilish maqsadida ishchi-xodimlar ish faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini yanada takomillashtirish hamda lavozim maoshlariga ustamalar belgilash bo‘yicha nizomda belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish to‘g‘risida.
So‘zga chiqdi: Yig‘ilishni ishchi komissiya raisi o‘rinbosari, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.Xudoyqulov o‘z kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi va yig‘ilish a’zolariga 2022/2023 o’quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli stipendiyalarni tayinlash to’g’risidagi 2022-yil 19-dekabrdagi 413-son buyrug’ining 3-band ijrosini maqsadida, Shahrisabz davlat pedagogika instituti tomonidan talabgor nomzodlarning xujjatlarini stipendiya.edu.uz tizimga kiritgan xodimlar, hamda talabgor nomzodlarning rahbarlariga belgilangan tartibda bir oylik maoshi miqdorida bir martalik moddiy rag’batlantirish kerakligini, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan magistratura 2-bosqich talabasi Qodirova Lobar Shavkat qiziga Bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik moddiy rag’batlantirish berilishini ta’kidlab oʻtdi.
Eshitildi:
Ishchi komissiya a’zosi, Ilmiy ishlar va innovatsiylar bo’yicha prorektor U.Marasulova so’zga chiqib, institut tomonidan Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’I D.Qoʻqonboyeva bakalavr bosqichi, Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi muhandisi O.Rustamova magistratura bosqichidan talabgor nomzodlarning xujjatlarini stipendiya.edu.uz tizimigakiritishda mas’ul etib belgilanganligini, hamda Nomli davlat stipendiya sohiblarining ilmiy rahbarlari pedagogika fakulteti o’qituvchisi I.Rasulova, O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi M.Moʻminova ekanligi haqida ma’lumot berdilar.
Ishchi komissiya raisi o‘rinbosari T.Xudoyqulov muhokamadan so‘ng, ishchi komissiya azolari tomonidan bildirilgan barcha taklif va mulohazalarni ovozga qo‘ydi. Komissiya a’zolari tomonidan 100 foiz rozilik bildirildi, qarshi va betaraflar yo‘q. Shunga ko‘ra, 2022/2023 o’quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli stipendiyalarni tayinlash to’g’risidagi 2022-yil 19-dekabrdagi 413-son buyrug’ining 3-band ijrosini maqsadida, Shahrisabz davlat pedagogika instituti tomonidan talabgor nomzodlarning xujjatlarini stipendiya.edu.uz tizimga kiritgan xodimlar, hamda talabgor nomzodlarning rahbarlariga belgilangan tartibda bir oylik maoshi miqdorida bir martalik moddiy rag’batlantirish masalalari yuzasidan ishchi komissiya
QAROR QILADI:
1. Ishchi komissiya a’zolari bildirgan barcha fikr-mulohazalar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Prorektorlar (T.Xudoyqulov, U.Marasulova) va barcha bo‘lim boshliqlariga:
- Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi (G.Xusanova) bilan o‘zaro kelishgan holda ustamaga tavsiya etilayotgan institutning har bir ma’muriy-boshqaruv, mutaxassis, o‘quv yordamchi va texnik xodimlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari natijalari bo‘yicha hujjatlarni 1-2-3-ilovalarga muvofiq joriy yilning 26 yanvariga qadar komissiya kotibiga taqdim qilish vazifasi yuklatilsin.
3. Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi (G.Xusanova)ga:
- ishchi komissiya a’zolarining navbatdagi yig‘ilishiga qadar Komissiya raisiga har bir ustamaga tavsiya etilayotgan institutning ma’muriy-boshqaruv, mutaxassis, o‘quv yordamchi va texnik xodimlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari natijalari bo‘yicha o‘zining yakuniy xulosasini bildirsin.
4. Komissiya kotibi (N.Qudratov)ga:
- Komissiya yig‘ilishining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni joriy yilning 26 yanvariga qadar rasmiylashtirish hamda dastlabki baholash natijalari bo‘yicha prorektorlar va bo‘lim boshliqlari tomonidan taqdim qilingan barcha ma’lumotlarni umumlashtirgan holda ishchi komissiya raisi va a’zolariga taqdim qilish vazifasi yuklatilsin.
Ishchi komissiya raisi
o‘rinbosari: _____________ T.Xudoyqulov
Jamoatchilik asosida Kasaba
uyushma qo‘mitasi raisi: _____________ G.Xusanova

Ishchi komissiya a’zolari: _____________ U.Marasulova
_____________ I. Achilov
_____________ Z. To‘rayev
_____________ X.Umarov
_____________ R. Vasiyev
_____________ A.Sultanov
____________ SH.Ruziyev
_____________ C.Fayziyev
_____________ A.Berdiyev
Kotib: _____________ N.Qudratov
Yüklə 33,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin