Anor shifobaxshligi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Mevalari tarkibida qand, organik kislotalar, tanin, oqsillar, pektin, shuningdek temir, kobalt, yod, A, C, P vitaminlari bor. Mevalari, barglari, ildizi va gullari tarkibida С vitamini 250-1300 mg gacha mavjud. Mana shunday o‘ta foydali bo‘lgan anor mevasini yetishtirilishi, foydali jihatlari haqida bayon etamiz.
Anor asosan O’zbekiston, Ozarbayjonda, Krasnodar (Sochi) o’lkasida, Qirim viloyatida, Janubiy Qozog’istonda va Dog’iston ASSR da keng tarqalgan. Pishgan mevasi tarkibida 14-19% qand, 1,2-2,6% kislotalar, sharbatida esa shifobaxsh temir va ko’p miqdorda tannin moddasi bor. Anor mevasini yeyishdan tashqari, po’chog’I va ildizini qaynatib, suvidan tibbiyotda oshqozon-ichak kasalliklari davolashda ishlatiladi. Anordan olinadigan oshlovchi moddalar va limon kislota teri oshlashda ishlatiladi. Uning yog’ochi qimmatbaho material hisoblandi. Anor manzarali o’simlik sifatida ham o’stiriladi. Anor kichikroq daraxt yoki buta shaklida o’sadi, bo’yi 2-5 m gacha yetadi, ildizi kuchli. Odatda, ko’plab bachki ildiz chiqaradi. Novdasi ser tikon, guli och qizil bo’lib, novdalarining uchida bittadan beshtagacha joylashadi, chetdan changlanadi. Anorning guli ikki xil: birinchisi –yirik, kichik ko’zasimon shaklda bo’ladi va odatda, changdondan yuqorida yoki u bilan baravar joylashadi, bu gullar meva tugadi. Ikkinchisi –mayda, urug’chisi kalta, qo’ng’iroq shaklda bo’lib, changdondan pastroqda joylashadi, bular meva tugmaydi. Urug’chisi uzun gullar ko’pincha o’tgan yilgi novdalarda, urg’chisi kalta gullar esa shu yilgi novdalarda chiqadi. 15-16 daraja sovuqda uning ildiz bo’g’zigacha sovuq uradi. Shuning uchun qishda uni ko’madilar. Anor asosan qalamchalaridan ko’paytiriladi. Uning yer ustki qismini har 10-15 yilda bir marta yoshartirish mumkin, buning uchun eski shox-shabbasini kesib tashlanadi va yangi o’sib chiqqan novdalari parvarish qilinadi.
Anor har xil tuproqli yerlarda o’saveradi, lekin sizot suvlar chuqur joylashgan, unumdor, suv bilan yaxshi ta’minlangan, suvni yaxshi o’tkazadigan tuproqli yerlarda yaxshi o’sib, mo’l hosil beradi. Anor oktyabr oyining oxirlardan boshlab ko’miladi. Ko’mish vaqtida tuproqda nam yetarli bo’lsa, shox-shabba ustiga tashlangan tuproq yaxshi ushlab qoladi, quruq tuproq esa shoxlar tagiga to’kilib tushib ketadi.
Mart oyida esa kunlar isishi bilan anor tuplari ochiladi. Keyin ortiqcha hisoblangan novda va shoxlar qirqiladi, to’g’ri shakl beriladi hamda qalamcha tayyorlanadi. Surxondaryo viloyatining Dashnobod va boshqa ayrim zonalaridagi tomorqalarda anor qishga ko’mmay o’stiriladi. anor tuplari kuchli, baquvvat o’sadi.
Anor may oyidan boshlab gullaydi, gullash to sentyabtr-oktabr oylarigacha davom etadi. Asosiy gullash may oyida va qisman iyun oyining birinchi yarmida o’tadi. 30-35 kun ichida gullarning 90-95% I yoppasiga chiroyli qip-qizil bo’li ochiladi. O’zbekistonda anorning quyidagi serhosil va qimmatli navlari tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |