Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash



Yüklə 22,47 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü22,47 Kb.
#179987
Eritmadagi temir 9


Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash
Temirning ikki xil: temir (II) va temir (III) birikmalari eng ko‘p uchraydi. Ozroq miqdorda temir (VI) birikmalari — ferratlar ham ma’lum, masalan, kaliy ferrat K2FeO4 va bariy ferrat BaFeO4.
Temir (II) oksid FeO — oson oksidlanadigan qora kukun. Temir (III) oksidni 500°C da uglerod (II) oksid bilan qaytarish orqali olinadi:
Fe2O3+CO=2FeO+CO2
FeO asosli oksid xossalarini namoyon qiladi: kislotalardan oson erib, temir (II) tuzlarini hosil qiladi.
Temir (III) oksid Fe2O3 — temirning eng barqaror tabiiy kislorodli birikmasi. Kislotalarda erib temir (III) tuzlarini hosil qiladi.
Keys savollari:

  • Qotishma yoki ruda tarkibidagi temir miqdorini aniqlang.

  • Analizni bajarish tartibini yozing

Keys javobi:
Qotishma yoki ruda tortimi H2SO4 yoki HCl eritmasida eritiladi. Eritmadagi temir (III) ioni qalay (II) xlorid tuzi bilan qizdirib qaytariladi:
2Fe3+ + SnCl42- + 2C1- → SnCl62- + 2Fe2+
Qaytaruvchi Sn (II) ning ortiqcha miqdori HgCl2 yordamida yo‘qotiladi:
Sn2+ + 2HgCl2 → Sn4+ +2Cl- + Hg2Cl2
Eritma ustiga himoyalovchi aralashma (Simmerman-Reyngardt aralashmasi MnSO4, H2SO4 va H3PO4) qo‘shib, u byuretkadagi KMnO4 eritmasi bilan titrlanadi. Bunda reaksiya quyidagi yo‘nalishda boradi:
5Fe2++ MnO42- + 8H+ = 5Fe3+ + Mn2+ + 4H2O
Analizni bajarish tartibi. Qotishma yoki rudaning tortimini olishda uning tarkibidagi temirning miqdori 0,2-0,6 gr bo‘lishi hisobga olinadi. Tortim qizdirilgan holda sulfat yoki xlorid kislotada eritiladi. Hosil bo‘lgan eritma 250 ml hajmli o’lchov kolbasiga to’la o‘tkaziladi, kolbaning belgisigacha suv qo‘shilib, eritma astoydil aralashtiriladi. Hajmi 0,5 l bo’lgan titrlash kolbasiga alikvot qism olib, unga 5 ml konsentrlangan HCl qo‘shiladi va eritma deyarli qaynaguncha isitiladi. Issiq eritmani to‘xtovsiz aralashtirib turgan holda rangsizlanguniga qadar SnCl2 eritmasidan tomiziladi. Eritma rangsizlangandan so‘ng unga yana bir tomchi SnCl2 qo‘shib (ortiqcha miqdorda qaytaruvchi qo‘shmang), rangsiz eritmani vodoprovod jo‘mragi ostida tez soviting va hajmi taxminan 100 ml bo’lgunga qadar distillangan suv, 15 ml HgCl2 qo‘shib, aralashtiriladi. Agar aralashma to‘g‘ri tayyorlangan bo’lsa, u holda ozgina oq cho‘kma (Hg2Cl2) hosil bo’lishi kerak. Agar cho‘kma hosil bo’lmasa yoki qoramtir bo’lsa, analiz qayta bajarilishi kerak. Eritmadan cho‘kmani ajratmay ustiga taxminan 200 ml suv va 8-10 ml himoyalovchi eritma qo‘shib, byuretkadagi KMnO4 bilan pushti rang hosil bo’lgunga qadar titrlanadi. Rang 10-15 sek davomida yo‘qolmasligi kerak. Titrlash kamida uch marta takrorlanadi. Titrlash natijalari jadval ko‘rinishida yoziladi.

Po’lat tarkibidagi nikel miqdorini fotometrik aniqlash
Ni belgisi bo’lgan nikelning atom raqami 28 , atom massasi 58.69, atom radiusi 135 pm. U 1455 C darajada eriydi. U juda qatiq metalldir. Nikel davriy jadvaldagi oraqil metallari qatoriga kiradi. U yaltiroq, oltinga o’xshash, kumush-oq rangga ega bo’lgan qattiq metalldir. U mis, xrom, alyuminiy, qo’rg’oshin, kobalt, oltin va kumush kabi metallar bilan hosil bo’lgan ko’plab qotishmalarda qo’llaniladi. Uning kristalli tuzilishi yuzga yo’naltirilgan kubikdir. Magnit maydonda minus yo’nalishda ba’zi o’lchamlarni o’zgartiradi.
Nikel atomlari 3d84s2 tashqi elektron konfiguratsiyasiga ega . Oksidlanish darajasi Ni (II) nikel uchun eng barqaror hisoblanadi..
Keys savoli:
Nikel (II) ioninining piridil-2-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasi optik zichligini bufer eritma tarkibiga bog’liqligini aniqlang.
Keys javobi:
Asosiy reaksiya (Ni2+- Rreagent) komponentlariga buffer eritmalar tarkibibog’liqligini o’rganish uchun pH=8,0 bo’lgan universal bufer eritmadan foydalanildi.
Aniqlash uslubi:fotometrik eritmalar tayyorlash uchun oldingi ishdako’rsatilganidek, 25 ml li o’lchov kolbalariga pH =8,0 bo’lgan eritmlardan 5.0 ml dan, 0.01 % li piridil-2-naftol-2 reagenti eritmasidan 1.0 ml , 50 mkg/ml li nikel (II) eritmasidan 1.0 ml solib,kolbaning belgisigacha distillangan suv bilan suyultirildi, tayyor bo’lgan analitik aralashmani optik zichliklari fotokolorometrda, l=1.0 sm li kyuvetada solishtirma eritmaga nisbatan o’lchandi. Olingan natijalar 3– jadvalda keltirilgan.
Olingan tajriba natijalaridan ko’rinib turibdiki, universal bufer eritma ishlatilganda kompleks birikma eritmasi maksimal optik zichlikka ega bo’ldi. Keyingi tadqiqot ishlarida pH=8,0 bo’lgan universal bufer eritmadan foydalanildi.


Yüklə 22,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin