Davlat farmokopeyasi dori darmonlar sifatini normaga solib turuvchi umumdavlat standartlar to’plami reja



Yüklə 22,3 Kb.
səhifə1/3
tarix31.05.2022
ölçüsü22,3 Kb.
#60182
  1   2   3
DAVLAT FARMOKOPEYASI DORI DARMONLAR SIFATINI NORMAGA SOLIB TURUVCHI UMUMDAVLAT STANDARTLAR TO’PLAMI


DAVLAT FARMOKOPEYASI DORI DARMONLAR SIFATINI NORMAGA SOLIB TURUVCHI UMUMDAVLAT STANDARTLAR TO’PLAMI
REJA:



  1. Farmakopeya

  2. Davlat farmakopeyasi — dori sifati me’yori

  3. dori darmonlar sifatini normaga solib turuvchi umumdavlat standartlar


Farmakopeya (yun. pharmakon — dori va poieo — tayyorlayman) — dori vositalarini tayyorlash, sifatini sifatmiqdoriy jihatdan nazorat qilish, saqlash shartsharoitlari va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari majmui. F.da dori moddalari va dori turlarini kimyoviy, fizik, biologik va boshqa usullarda sifat hamda miqdoriy tahlil qilish usullari, zaharli va kuchli taʼsir etadigan dorilar roʻyxati, bolalar va kattalar uchun dorilarning bir ichishlik, shuningdek, kunlik miqdorlari jadvali yoritiladi. Xitoyda 502 yilda chiqarilgan "Minibelu" kitobi, Yevropada 1130 yilda chop etilgan "Antidotoriy" toʻplamlari ilk rasmiy F. hujjatlaridir. Birinchi F. 1498 yilda Florensiyada "Ricettario Fiopentino" nomi bilan bosilib chikdi. Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari u yashagan davrda qoʻllanilgan dori vositalarini tayyorlash, ularning sifatini baholash va qoʻllanilishi haqidagi maʼlumotlari bilan oʻz zamonasining F.si deb baholanishi mumkin. Bugungi kunda koʻpgina mamlakatlarning milliy va hududiy F.lari mavjud boʻlib, ulardan Yey.R. (Yevropada hamjamiyati F.si), LJSP (AQSH F.si), VR (Britaniya F.si), GF XI (Davlat F.sining 11-nashri), DP (Germaniya F.si) kabilar xalqaro eʼtirof etilgan F.lar hisoblanadi va koʻp hollarda dori vositalarining sifat nazorati yuqoridagilarga asosan amalga oshiriladi.
Davlat farmakopeyasi — dori sifati me’yori
Davlat farmakopeyasi (DF) dorivor moddalar sifatini belgilovchi majburiy umumdavlat standartlari va
ko‘rsatmalarining yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
DF dori va dorivor moddalarga aloqasi bo‘lgan hamma tashkilotlar uchun qonuniy xarakterga ega.
DF ning ko‘rsatmalari barcha tibbiyot muassasalari uchun majburiydir.
Dorilar tayyorlash, sifatini aniqlash, saqlash va berishda DF asosiy qo‘llanma hisoblanadi.
Farmokopeya — grekcha pharmason — dori yoki zahar, poeio — tayyorlash demakdir.
Farmakopeya — katta ahamiyatga ega bo‘lgan dorivor moddalar sifatini nazorat qilish va ayrim dori turlarini
tayyorlash qoidalarini o‘z ichiga oladi.
X va XI DF ning chiqarilishi, ilg‘or fan va texnikaning yangi dorivor moddalarini topish, xom ashyolarni, dori
moddalari va dorilarni o‘rganish, sintez qilish, ularni tayyorlash usullarini takomillashtirish, ularga bo‘lgan talabni
oshirish, preparatlarni nazorat qilishda yangi usullarning ishlab chiqarilishi yo‘lida olib borilgan ishlarning yorqin
samarasidir.
Manuallar (lotincha Manuale — qo‘llanma) farmakopeyaga kiritilmagan turli dorilarni va tibbiyotda
qo‘llaniladigan bir qancha moddalarni o‘z ichiga oladi. Manuallarda, bundan tashqari, dorilarni tayyorlash va
qo‘llanish usullari ham qisqacha bayon etiladi.
Farmakopeya va manualdan tashqari, farmatsiyaga oid bir qancha adabiyotlar: ma’lumotnoma, axborotnoma va
farmatsevtik jurnallar nashr etiladi.
Piperidin kimyoviy tuzilishi jihatidan piridinning to‘la gidrirlangan hosilasi bo‘lib, u ko‘pchilik dori moddalar asosini tashkil
qiladi:
Piperidinning hosilalaridan tibbiyotda analgezik ta’sirga ega
boMgan promedol, ganglioblokirlovchi (ganglioqurshovchi) ta’sir
ko‘rsatuvchi pirilen va dimekolin preparatlari keng qoMlaniladi.
Ulami turli usullar bilan olimlar tomonidan sintez qilib olingan.

Yüklə 22,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin