Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qo’llanishi



Yüklə 28,03 Kb.
səhifə1/3
tarix26.12.2023
ölçüsü28,03 Kb.
#197599
  1   2   3
Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qo’llanishi


Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qo’llanishi

Reja:
1. Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qo’llanishi.


2. Shlitsali birikma detallarining yemirilish turlari.
3. Shlitsali birikmalarning yuklanish qobiliyatini hisoblash usullari.

Shlitsali birikmalar valni detal gupchagiga biriktirish uchun ishlatiladi. Shlitsali birikmalar vallardagi tashqi tishlar va detal gupchagi teshigidagi ularga mos ichki tishlar shlitsalar orqali hosil qilinadi. Bu birikmalarni shponkalari val bilan yaxlit qilib tayyorlangan ko‘p shponkali birikma sifatida tasavvur etish mumkin. Ba'zan bu birikmalar


tishli birikmalar deb ham yuritiladi.
Shlitsali birikmalar shponkali birikmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
a) bir xil o'lchamlarda ishchi yuzasining sezilarli kattaligi va tishlar balandligi bo'yicha bosimning tekis taqsimlanishi evaziga yuklanish qobiliyati katta;
b) valning toliqish bo'yicha mustahkamligi yuqori;
v) detallar valda yaxshi markazlanadi va ularni val bo'ylab
surish lozim bo'lsa, aniqroq yo'naltiradi.
Shlitsali birikmalar quyidagicha qo'llanishi mumkin: detal gupchagini valga qo'zg'almas, mahkam biriktirish uchun; detallarning kichik qiymatdagi o'qdoshmasligini kompensatsiyalash uchun; yuklanishsiz va yuklanish uzatadigan qo’zg'aluvchan (o'q bo'ylab suriladigan) birikma hosil qilish uchun. O'qdoshmaslikni kompensatsiyalash detallarni tayyorlashdagi xatoliklar (kamchiliklar) yoki o'zi o'rnashadigan konstruksiyalarga bog'liq.
Yuklanish holatida o'q bo'yicha surishlarga parmalash shpindeli, avtomobillarning kardan vallari; yuklanishsiz surishlarga uzatmalar qutisidagi suriladigan tishli g'ildiraklar misol bo'ladi.
Shlitsali birikmaldrning turlari va ularning qo'llanishi
Shlitsali birikmalar ko'ndalang kesimidagi profil shakli bo'yicha, birikmaning o'qiga nisbatan tishlar yon sirtlari yasovchilarining joylashishi bo'yicha, markazlashtirish usuli bo'yicha hamda texnologik belgilari bo'yicha turlanadi.
Profilning shakli bo'yicha shlitsali birikmalar to'g'ri yonli (11.1- rasm). evolventaviy (11.2-rasm). uchburchakli (11.3-rasm) turlarga bo'linadi. Bulardan eng ko'p tarqalgani to'g'ri yonli shlitsali birikmalar bo'lib, ular ГОСТ 1139-80 bo'yicha uch turkumda bo'ladi: yengil, tashqi diametri D = 26... 120 mm, tishlar soni diametrga bog'liq ravishda z= 6.8,10; o'rta D = 14... 125 mm, z = 6,8,10; og'ir D = 20... 125 mm, Z = 10,16,20; yengil va o'rta turkum (seriya) ko‘proq qo'llaniladi, og‘ir turkumdagi birikmalar yeyilish bo'yicha og'ir sharoitlarda ishlatiladi.
Evolventaviv profilli shlitsali birikmalar to'g'ri yonlilarga nisbatan mustahkam va tayyorlanishi osonroq bo'ladi. Ularning mustahkamligi tishlar sonining ko'pligi va tishlari asosining kengayishi hisobigadir. Kuchlanishining buralishdagi effektiv konsentratsiya koeffitsiyenti 1,5 va ko'proq marotaba kam, egilishda esa deyarli teng.


Yüklə 28,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin