Shok holatlarida reanimatsiya intensiv terapiya



Yüklə 97,35 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix05.05.2020
ölçüsü97,35 Kb.

SHOK HOLATLARIDA REANIMATSIYA INTENSIV TERAPIYA 

Shok (frans. sos — zarba)

— odam hayotiga xavf tug'diruvchi holat; haddan tashqari 

kuchli ta'sirotlar natijasida nerv, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari 

faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Ko'pincha 

shikastlanish, kuyish, operatsiya oqibatida, mos kelmaydigan qon quyilganda, 

miokard infarktida, yurak faoliyati buzilganda va boshqalar tufayli ro'y beradi. Shok 

boshlanishida bemor bezovtalanadi, rangi oqaradi, qarashlari bejo, fikrlari chalkash, 

ba'zan o'zining og'ir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanish kuchayib, o'rnidan 

sapchib turib ketadi (uni tutib qolish qiyin bo'ladi). Keyinchalik es-hushi joyida bo'lsa 

ham, umumiy ahvoli yomonlashib, atrofmuhitga butunlay befarq bo'lib qoladi. 

Og'riqni salpal sezadi yoki mutlaqo sezmaydi, rangi oqarib, gavda temperaturasi 

pasayadi, terisi muzdek bo'lib, yopishqoqter bilan qoplanadi, nafasi tezlashadi, 

tashna bo'ladi, ba'zan qayt qiladi. 

SHOK


 - O'tkir yurak qon tomir yetishmovchiligining bir ko'rinishi bo'lib, kuchli 

ekzogen va endogen ta'sirlarga nisbatan organizmning ximoya va javob reaksiyasi 

xisoblanadi. 

 

Shokning zamonaviy tasnifi

 

1.

GIPOVALEMIK SHOK



 

- Gemoragik shok 

- Travmatik shok 

- Kuyish shoki 

- O'tkir degidratsion shok 

 

2.



QAYTA TAQSIMLANUVCHI SHOK

 

- Anafilaktik shok 



- Infeksion toksik shok 

- Neyrogen shok 

 

3.

KARDIOGEN SHOK



 

- Chin kardiogen shok 

- Reflektor kardiogen shok 

- Aritmik kardiogen shok 

- Areaktiv kardiogen shok 

 

4.



Obstruktiv shok

 

- O'pka arteriyasi trombo emboliyas 



- Zo'riqish pnevmotoraksi 

Shok xolatining umumiy klinikasi

 

- Shokning sindromal diagnozi bemorlarda o'tkir yurak qon tomir 



yetishmovchiligining quyidagi belgilari bo'lganda qo'yiladi. 

- Teri rangining oqish-sianotik yoki marmar tusga kirishi va sovuq ter yoqishqoq ter 

bilan qoplanganligi 

- Tirnoq yostiqchasida kapilyar qon oqimining sekinlashuvi yoki to'xtashi 

- Xushning xiralashuvi 

- Dispnoe, oligouriya, arterial va puls bosimining pasayishi 



Shok fazalari

 

 



Eriktil faza

 - bu fazada bemor agressiv, o'lim vaximasi bosgan, dodlagan, es-hushi 

noaniq, og'riqdan baqiradi. 

 

Torpid faza

 - shokning bu fazasida bemor bexush holatda bo'ladi 

 

SHOK INDEKSI

 

 

Shok indeksi bu pulsning sistolik bosimga bo'lgan nisbatiga aytiladi. Ya'ni bemorning 



pulsi soni uning arterial qon bosimining sistolik ko'rsatkichiga bo'linadi. 

Puls - 60 

Qon bosimi 120/70 

120:60=2 shunday. Shok indeksi bemordagi shokning og'irlik darajasiga aniqlik 

kiritadi 

 

GEMORRAGIK SHOK 

haqida qisqacha 

GEMORRAGIK SHOK

 

 



 

 

Gemorragik shok

 - Gemorragik shok asosida o'tkir qon yo'qotish yotadi. Masalan, 

bachadondan tashqaridagi homiladorlikdagi qon ketish, o'z joniga qasd qilishdagi 

venoz tomirlarini kesib yuborish, baxtsiz xodisalar, ichki qon ketishlar. Qon 


yo'qotishga puls tezlashishi, arterial qon bosimining pasayishi, teri va shilliq 

qavatlarning rangi oqarishi, ong tormozlanishi, hushning buzilishi qo'shiladi. Arterial 

qon bosimining 75 mm simob ustinidan pasayib ketishi chegara holat hisoblanadi. 

Aylanib yurgan qon hajmining tezda kamayishi 30 % ga yetsa, yurak to'xtashidan 

o'lim yuz berishi mumkin. 

 

Belgilari:

 Bezovtalik, bemor rangining oqarishi, puls tezlashgan 82-90 martagacha, 

qon bosimi 80/40 gacha va undan ham past, oligouriya, anuriya. Stupor xolati yuzaga 

keladi. 

TEZ YORDAM CHORALARI 

VRACH KELGUNCHA

 

 



1. Qon ketishini to'xtatish (tasma, siquvchi bog'lov, tomirni qisish, bosish, tikish va 

x.k) 


 

2. Guruxi va rezus faktori mos bo'lgan 200ml qon quyish v/i/t (bolalarga 10ml/kg.v 

v/i/t) 

 

3. Reopoliglyukin, poliglyukin 200-300ml v/i/t (bolalarga 15ml/kg/v v/i/t) 



 

4. Gidrokartizon 3-5ml m/o (bolalarga 1-2ml m/o) 

 

5. Askorbin kislota 5% 3-6ml m/o (bolalarga 1-3ml m/o) 



 

6. Natriy gidrokarbonat 4% 100-150ml v/i/t (bolalarga 2-3ml/kg/v v/i/t) 

 

7. Glyukoza 5% 300ml 12TB insulin v/i/t (bolalarga glyukoza 5% 150ml 4-6ml TB 



insulin) 

 

8. Kislorod terapiya 15-20 daqiqa (bolalarga 10-15 daqiqa) 



 

9. Kalsiy xlorid 10% 10ml v/i sekinlik bilan (bolalarga 0.2ml/kg/v v/i) 

 

10. Vikasol 1% 2ml m/o 



 

11. Rutin tabletkada ichishga 

 


12. Kuchli nazorat olib boriladi 

v/i/t


 - vena ichiga tomchilatib 

v/i


 - vena ichiga 

m/o


 - mushak orasiga 

Bilib qo'ygan yahshi! 

Xoletsistit - o't pufagining yallig'lanishi! 



 

 

ANAFILAKTIK SHOK 

haqida qisqacha 

 

ANAFILAKTIK SHOK

 

 

 



 

Anafilaktik shok

 - Anafilaktik shok — moddalarga, jumladan, organizmga mos 

kelmaydigan dorilarga nisbatan bo'ladigan allergik reaksiyaning eng og'ir 

ko'rinishlaridan. Penitsillin, streptomitsin, mahalliy og'riqni qoldiruvchi vositalar, 

qoqsholga qarshi va boshqalar zardoblar hamda vaksinalar ham anafilaktik shokga 

sabab bo'ladi. Anafilaktik Shok belgilari uni keltirib chiqargan moddaga bog'liq 

bo'lmagan holda bir xil — ko'ngil aynishi, qusish, qon bosimining to'satdan pasayib 

ketishi, nafasning tez va yuzaki bo'lishi, ba'zan hushdan ketish va boshqalar Ko'pincha 

teriga toshma (eshakem) toshadi, goho dori yuborilgan joyda shish paydo bo'ladi. 

Ba'zida tovush boylamlari shishib, bemor bo'g'ilib qolishi mumkin. 

 

Belgilari

 - bezovtalik, qichishish, qizarish, pufaklar, toshmalar, xansirash, puls 

tezlashgan (1 daqiqada 80-90 martagacha), yurak og'rig'i, qizish, yurak qisishi, xavo 

yetishmasligi, lab, qovoqlarning shishib ketishi, talvasa, qon bosimi 130/90 va undan 

ham baland bo'lishi mumkin. 

TEZ YORDAM CHORALARI 

Organizmga allergiya kirishini to'xtatish lozim (antibiotiklar, venaga yuboriladigan, 

teriga surtiladigan, ichiladigan dorilar to'xtatiladi) 

 


1. Agar zaxarli gazandalar chaqgan bo'lsa, yuqoriroqdan tasma tortiladi. Dori 

yuborilgan, gazanda chaqqan joyga 0.1% 0.2-1ml adrenalin shprits orqali yuboriladi 

 

2. Glyukoza 5 yoki 40% - 300ml + Adrenalin 0.1% 0.2-1ml v/i/t (bolalarga glyukoza 10-



20% - 50ml + adrenalin 0.1% 0.2-0.5ml v/i/t) qon bosimi kuzatib boriladi 

 

3. Kordiamin 2ml m/o (bolalarga 0.2-0.8 ml m/o) 



 

4. Eufillin 2.4% 10ml v/i sekinlik bilan (bolalarga eufillin 2.4% - 2.5ml v/i sekinlik bilan) 

 

5. Suprastin 2% - 2ml m/o (bolalarga suprastin 2% - 1ml m/o) yoki Tavegil 2% - 2ml 



m/o (bolalarga tavegil 2% - 1ml m/o) 

 

6. Gidrokortizon 3-5ml v/i/t sekinlik bilan (bolalarga 1-2.5ml) 



 

7. Xiqildoq shishida, nafas olish qiyinlashgan paytda ko'rsatma bilan intubatsion nay 

qo'yiladi 

 

8. Oyoq-qo'llarga issiq vannalar, isitgichlar qo'yiladi (pufaklar yo'q bo'lsa) 



 

9. Kislorod terapiya 20 daqiqaga (bolalarga 5-10 daqiqa) 

v/i/t

 - vena ichiga tomchilatib 



v/i

 - vena ichiga 

m/o

 - mushak orasiga 



t/o

 - teri ostiga 



Bilib qo'ygan yahshi! 

Miokard infarkti - yurak mushaklarining 1 qismida o'tkir qon aylanishining buzilishi 



tufayli paydo bo'lgan ishemik nekrozdir 

 

Yüklə 97,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə