SHOK HOLATLARIDA REANIMATSIYA INTENSIV TERAPIYA
Shok (frans. sos — zarba)
— odam hayotiga xavf tug'diruvchi holat; haddan tashqari
kuchli ta'sirotlar natijasida nerv, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari
faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Ko'pincha
shikastlanish, kuyish, operatsiya oqibatida, mos kelmaydigan qon quyilganda,
miokard infarktida, yurak faoliyati buzilganda va boshqalar tufayli ro'y beradi. Shok
boshlanishida bemor bezovtalanadi, rangi oqaradi, qarashlari bejo, fikrlari chalkash,
ba'zan o'zining og'ir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanish kuchayib, o'rnidan
sapchib turib ketadi (uni tutib qolish qiyin bo'ladi). Keyinchalik es-hushi joyida bo'lsa
ham, umumiy ahvoli yomonlashib, atrofmuhitga butunlay befarq bo'lib qoladi.
Og'riqni salpal sezadi yoki mutlaqo sezmaydi, rangi oqarib, gavda temperaturasi
pasayadi, terisi muzdek bo'lib, yopishqoqter bilan qoplanadi, nafasi tezlashadi,
tashna bo'ladi, ba'zan qayt qiladi.
SHOK
- O'tkir yurak qon tomir yetishmovchiligining bir ko'rinishi bo'lib, kuchli
ekzogen va endogen ta'sirlarga nisbatan organizmning ximoya va javob reaksiyasi
xisoblanadi.
Shokning zamonaviy tasnifi
1.
GIPOVALEMIK SHOK
- Gemoragik shok
- Travmatik shok
- Kuyish shoki
- O'tkir degidratsion shok
2.
QAYTA TAQSIMLANUVCHI SHOK
- Anafilaktik shok
- Infeksion toksik shok
- Neyrogen shok
3.
KARDIOGEN SHOK
- Chin kardiogen shok
- Reflektor kardiogen shok
- Aritmik kardiogen shok
- Areaktiv kardiogen shok
4.
Obstruktiv shok
- O'pka arteriyasi trombo emboliyas
- Zo'riqish pnevmotoraksi
Shok xolatining umumiy klinikasi
- Shokning sindromal diagnozi bemorlarda o'tkir yurak qon tomir
yetishmovchiligining quyidagi belgilari bo'lganda qo'yiladi.
- Teri rangining oqish-sianotik yoki marmar tusga kirishi va sovuq ter yoqishqoq ter
bilan qoplanganligi
- Tirnoq yostiqchasida kapilyar qon oqimining sekinlashuvi yoki to'xtashi
- Xushning xiralashuvi
- Dispnoe, oligouriya, arterial va puls bosimining pasayishi
Shok fazalari
Eriktil faza
- bu fazada bemor agressiv, o'lim vaximasi bosgan, dodlagan, es-hushi
noaniq, og'riqdan baqiradi.
Torpid faza
- shokning bu fazasida bemor bexush holatda bo'ladi
SHOK INDEKSI
Shok indeksi bu pulsning sistolik bosimga bo'lgan nisbatiga aytiladi. Ya'ni bemorning
pulsi soni uning arterial qon bosimining sistolik ko'rsatkichiga bo'linadi.
Puls - 60
Qon bosimi 120/70
120:60=2 shunday. Shok indeksi bemordagi shokning og'irlik darajasiga aniqlik
kiritadi
GEMORRAGIK SHOK
haqida qisqacha
GEMORRAGIK SHOK
Gemorragik shok
- Gemorragik shok asosida o'tkir qon yo'qotish yotadi. Masalan,
bachadondan tashqaridagi homiladorlikdagi qon ketish, o'z joniga qasd qilishdagi
venoz tomirlarini kesib yuborish, baxtsiz xodisalar, ichki qon ketishlar. Qon
yo'qotishga puls tezlashishi, arterial qon bosimining pasayishi, teri va shilliq
qavatlarning rangi oqarishi, ong tormozlanishi, hushning buzilishi qo'shiladi. Arterial
qon bosimining 75 mm simob ustinidan pasayib ketishi chegara holat hisoblanadi.
Aylanib yurgan qon hajmining tezda kamayishi 30 % ga yetsa, yurak to'xtashidan
o'lim yuz berishi mumkin.
Belgilari:
Bezovtalik, bemor rangining oqarishi, puls tezlashgan 82-90 martagacha,
qon bosimi 80/40 gacha va undan ham past, oligouriya, anuriya. Stupor xolati yuzaga
keladi.
TEZ YORDAM CHORALARI
VRACH KELGUNCHA
1. Qon ketishini to'xtatish (tasma, siquvchi bog'lov, tomirni qisish, bosish, tikish va
x.k)
2. Guruxi va rezus faktori mos bo'lgan 200ml qon quyish v/i/t (bolalarga 10ml/kg.v
v/i/t)
3. Reopoliglyukin, poliglyukin 200-300ml v/i/t (bolalarga 15ml/kg/v v/i/t)
4. Gidrokartizon 3-5ml m/o (bolalarga 1-2ml m/o)
5. Askorbin kislota 5% 3-6ml m/o (bolalarga 1-3ml m/o)
6. Natriy gidrokarbonat 4% 100-150ml v/i/t (bolalarga 2-3ml/kg/v v/i/t)
7. Glyukoza 5% 300ml 12TB insulin v/i/t (bolalarga glyukoza 5% 150ml 4-6ml TB
insulin)
8. Kislorod terapiya 15-20 daqiqa (bolalarga 10-15 daqiqa)
9. Kalsiy xlorid 10% 10ml v/i sekinlik bilan (bolalarga 0.2ml/kg/v v/i)
10. Vikasol 1% 2ml m/o
11. Rutin tabletkada ichishga
12. Kuchli nazorat olib boriladi
v/i/t
- vena ichiga tomchilatib
v/i
- vena ichiga
m/o
- mushak orasiga
Bilib qo'ygan yahshi!
Xoletsistit - o't pufagining yallig'lanishi!
ANAFILAKTIK SHOK
haqida qisqacha
ANAFILAKTIK SHOK
Anafilaktik shok
- Anafilaktik shok — moddalarga, jumladan, organizmga mos
kelmaydigan dorilarga nisbatan bo'ladigan allergik reaksiyaning eng og'ir
ko'rinishlaridan. Penitsillin, streptomitsin, mahalliy og'riqni qoldiruvchi vositalar,
qoqsholga qarshi va boshqalar zardoblar hamda vaksinalar ham anafilaktik shokga
sabab bo'ladi. Anafilaktik Shok belgilari uni keltirib chiqargan moddaga bog'liq
bo'lmagan holda bir xil — ko'ngil aynishi, qusish, qon bosimining to'satdan pasayib
ketishi, nafasning tez va yuzaki bo'lishi, ba'zan hushdan ketish va boshqalar Ko'pincha
teriga toshma (eshakem) toshadi, goho dori yuborilgan joyda shish paydo bo'ladi.
Ba'zida tovush boylamlari shishib, bemor bo'g'ilib qolishi mumkin.
Belgilari
- bezovtalik, qichishish, qizarish, pufaklar, toshmalar, xansirash, puls
tezlashgan (1 daqiqada 80-90 martagacha), yurak og'rig'i, qizish, yurak qisishi, xavo
yetishmasligi, lab, qovoqlarning shishib ketishi, talvasa, qon bosimi 130/90 va undan
ham baland bo'lishi mumkin.
TEZ YORDAM CHORALARI
Organizmga allergiya kirishini to'xtatish lozim (antibiotiklar, venaga yuboriladigan,
teriga surtiladigan, ichiladigan dorilar to'xtatiladi)
1. Agar zaxarli gazandalar chaqgan bo'lsa, yuqoriroqdan tasma tortiladi. Dori
yuborilgan, gazanda chaqqan joyga 0.1% 0.2-1ml adrenalin shprits orqali yuboriladi
2. Glyukoza 5 yoki 40% - 300ml + Adrenalin 0.1% 0.2-1ml v/i/t (bolalarga glyukoza 10-
20% - 50ml + adrenalin 0.1% 0.2-0.5ml v/i/t) qon bosimi kuzatib boriladi
3. Kordiamin 2ml m/o (bolalarga 0.2-0.8 ml m/o)
4. Eufillin 2.4% 10ml v/i sekinlik bilan (bolalarga eufillin 2.4% - 2.5ml v/i sekinlik bilan)
5. Suprastin 2% - 2ml m/o (bolalarga suprastin 2% - 1ml m/o) yoki Tavegil 2% - 2ml
m/o (bolalarga tavegil 2% - 1ml m/o)
6. Gidrokortizon 3-5ml v/i/t sekinlik bilan (bolalarga 1-2.5ml)
7. Xiqildoq shishida, nafas olish qiyinlashgan paytda ko'rsatma bilan intubatsion nay
qo'yiladi
8. Oyoq-qo'llarga issiq vannalar, isitgichlar qo'yiladi (pufaklar yo'q bo'lsa)
9. Kislorod terapiya 20 daqiqaga (bolalarga 5-10 daqiqa)
v/i/t
- vena ichiga tomchilatib
v/i
- vena ichiga
m/o
- mushak orasiga
t/o
- teri ostiga
Bilib qo'ygan yahshi!
Miokard infarkti - yurak mushaklarining 1 qismida o'tkir qon aylanishining buzilishi
tufayli paydo bo'lgan ishemik nekrozdir
Dostları ilə paylaş: |