Shoshilinch oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga



Yüklə 244 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.01.2023
ölçüsü244 Kb.
#80798
69-4б..



Ijr.: Xalqaro aloqalar boshqarmasi. Tel: 71 207 16 52, e-mail:
xab@edu.uz
OO‘MTVda kirim raqami 4/7-743, 21.12.2022y.; 4/1-7798, 24.12.2022y.
2023-yil 23 – yanvar
2/24-4/1-7798-son
SHOSHILINCH
Oliy ta’lim muassasalari rektorlari
va filiallar direktorlariga
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 23-dekabrdagi
08-125/48701-sonli xati hamda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining
ma’lumotiga muvofiq, Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar
vazirligi (MEXT) tomonidan 2023-yilda quyidagi o‘quv dasturlarida tahsil olish va
malaka oshirish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi ma’lumot
ilovada yuborilmoqda:
- “Yapon tili va madaniyati” – oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;
- “Boshlang‘ich, o‘rta maktab, litsey yoki kollej o‘qituvchilari uchun amaliyot
dasturi”.
Mazkur dasturlar doirasida xalqaro aviachiptalar (borish va kelish), yashash
hamda ta’lim olish xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi.
Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 1-fevralgacha.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar mustaqil ravishda Yaponiyaning
O‘zbekistondagi
elchixonasining
veb-saytida
(
http://www.uz.emb-
japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3
) batafsil ma’lumotlar bilan tanishib,
talabnomani to‘ldirishi lozim.
Nomzodlar barcha kerakli hujjatlarni mustaqil ravishda Yaponiyaning
O‘zbekistondagi elchixonasiga topshirishlari lozim.
Ma’lumot uchun yuborilmoqda.
Ilova: 2 b.
Vazirning
birinchi o‘rinbosari
K. Karimov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA МАХSUS
ТА’LIM VAZIRLIGI
MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIALIZED EDUCATION
OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
100095, Тoshkent sh. 2-Chimboy ko‘chasi, 96-uy. Теl: (998) 71 246-01-95, e-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: www.edu.uz
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: RY23832068

Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin