Silikat materiallar ishlab chiqarishda issiqlik jarayonlari unumdorligini oshirishni tadqiq etish



Yüklə 491,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix18.04.2023
ölçüsü491,92 Kb.
#100053
  1   2
silikat-materiallar-ishlab-chiqarishda-issiqlik-jarayonlari-unumdorligini-oshirishni-tadqiq-etish



Silikat materiallar ishlab chiqarishda issiqlik jarayonlari 
unumdorligini oshirishni tadqiq etish 
Raxim Atajanovich Raximov 
Humoyun Maksud o’g’li Bekchanov 
humoyunbekchanov92@mail.ru 
Abror Kaxramonovich Matrasulov 
Urganch davlat universiteti 
Annotatsiya: Ushbu maqolada ohak bog‘lovchisi asosida silikat materiallarning 
kimyoviy tarkibi, silikat materiallar ishlab chiqarilishi bilan bog’liq texnologik 
jarayonlarning tavsifi, ohak va magnezial bog‘lovchilar asosidagi kompozitlar, sun’iy 
tosh materiallari olishda to‘ldirgichlardan to’g’ri foydalanish shuningdek silikat 
materiallar ishlab chiqarishda energiya tejamkorlik va resurs tejamkorlik haqida 
batafsil ma’lumotlar berilgan. 
Kalit so’zlar: Energiya tejamkorlik, silikat bog‘lovchilar, silikat g‘isht, silikat 
buyumlar, magnezial bog‘lovchi, resurs tejamkorlik. 
Study of increasing the efficiency of thermal processes in the 
production of silicate materials 
 
Raxim Atajanovich Raximov 
Humoyun Maksud oglu Bekchanov 
humoyunbekchanov92@mail.ru 
Abror Kaxramonovich Matrasulov 
Urgench State University 
 
Abstract: This article describes the chemical composition of silicate materials 
based on lime binder, a description of technological processes associated with the 
production of silicate materials, composites based on lime and magnesium binders, 
the correct use of fillers in the production of artificial stone materials, as well as 
silicate detailed information on energy saving and resource saving in the production 
of materials. 
Keywords: Energy saving, silicate binders, silicate bricks, silicate products, 
magnesium binder, resource saving. 
Dunyo bo’yicha qurilish sohasida yangi turdagi ekologik toza materiallardan 
foydalanish, mahalliy hom-ashyolardan oqilona foydalanish, energiya tejamkor 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
396


texnologiyalarni samarali qoʼllashning salmogʼi tobora ortib bormoqda. Rivojlangan 
mamlakatlarda, jumladan Rossiya, Germaniya, Yaponiya kabi mamlakatlarda yangi 
qurilish materiallarini yaratish va ularni ishlab chiqarish va bu orqali bino va 
inshootlarning jismoniy holatini yaxshilashda maʼlum yutuqlarga erishilgan boʼlib, 
bino va inshootlarni qurish, ularning mustahkamlik va ustuvorligini taʼminlash 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan yangi qurilish materiallari, jumladan 
devorbop materiallarni ishlab chiqarishda materiallarning mahalliy xomashyo 
asosidagi tarkiblari va ularni ishlab chiqarishning energiyatejamkor texnologiyalarini 
yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
Jahonda devorbop materiallarning mustahkamligi, vaqt boʼyicha bardoshliligi va 
turli iqlim sharoitlarga chidamliligini oshirish, issiqlik- texnik xossalarini yaxshilash 
borasida, xususan pishirish jarayonida zich strukturani hosil qilish orqali mustahkam 
qurilish materiali ishlab chiqarish, mahalliy hom-ashyolar asosida material 
xususiyatlarini 
yaxshilovchi 
qoʼshimchalardan 
foydalanish, 
mineral 
qoʼshimchalardan foydalanib material strukturasini optimallashtirish, ularni ishlab 
chiqarishning energiyasamarador bo’lgan texnologiyalarini yaratish, mavjudlarini 
takomillashtirishga yoʼnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada, 
past sifatli mahalliy xomashyo asosida va sanoat va qishloq xoʼjaligi chiqindilaridan 
foydalanib samarali zich, mustahkam devorbop buyumlar tarkiblari va ushbu 
buyumlarni ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 
tegishli qaroriga muvofiq "Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash 
chora- tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida bino va inshootlarni qurishda, rekonstruksiya 
qilishda energiya tejovchi materiallar va texnologiyalardan foydalanish ishlariga 
yetarlicha e’tibor berilmagani ta’kidlangan edi. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan 
ko’pgina qurilish materiallarini yangilash va takomillashtirish masalasi juda dolzarb. 
Darxaqiqat mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab, mamlakatimizda 
qurilish sohasini rivojlantirish, maxalliy hom-ashyolar asosida zamonaviy, energiya 
tejamkor hamda yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qurilish materiallari, 
buyumlari va konstruksiyalarni yangi istiqbolli turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga 
qo‘yishga qaratilgan qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelmoqda. 
Samarali devorbop buyumlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bazasi 
holatining tahlili shuni koʼrsatib berdiki, Oʼzbekiston Respublikasining koʼpchilik 
hududlarida sifatli tuproqlar konlarining mavjud emasligi sababli devorbop 
mahsulotlar ishlab chiqarishda nokonditsion hom-ashyo qoʼllanilib kelmoqda. Shu 
tufayli asosan sifati past lyossimon giltuproqlar ishlatilib, mavjud holat olinayotgan 
mahsulotlarning talab etiluvchi mustaxkamlikka oid va ekspluatatsion xossalarga 
javob bermasligi sababli yuqori sifatli devorbop buyumlar olishga toʼsqinlik 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
397


qilmoqda. Quyidagi rasmda O’zbekiston Respublikasining shimoli-g’arbiy qismining 
yuqoridan olingan tasvirini ko’rib shunga amin bo’lishimiz mumkinki haqiqatdan 
ham respublikaning ayni qismida geologik joylashuvning keskin-kontenental qismda 
ekanligi va tuproq qismining darajasi unumdor emas balki barxan qumlaridan tashkil 
topganini ko’rishimiz mumkin. 

Yüklə 491,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin