Silikat materiallar ishlab chiqarishda issiqlik jarayonlari
unumdorligini oshirishni tadqiq etish
Raxim Atajanovich Raximov
Humoyun Maksud o’g’li Bekchanov
humoyunbekchanov92@mail.ru
Abror Kaxramonovich Matrasulov
Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada ohak bog‘lovchisi asosida silikat materiallarning
kimyoviy tarkibi, silikat materiallar ishlab chiqarilishi bilan bog’liq texnologik
jarayonlarning tavsifi, ohak va magnezial bog‘lovchilar asosidagi kompozitlar, sun’iy
tosh materiallari olishda to‘ldirgichlardan to’g’ri foydalanish shuningdek silikat
materiallar ishlab chiqarishda energiya tejamkorlik va resurs tejamkorlik haqida
batafsil ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Energiya tejamkorlik, silikat bog‘lovchilar, silikat g‘isht, silikat
buyumlar, magnezial bog‘lovchi, resurs tejamkorlik.
Study of increasing the efficiency of thermal processes in the
production of silicate materials
Raxim Atajanovich Raximov
Humoyun Maksud oglu Bekchanov
humoyunbekchanov92@mail.ru
Abror Kaxramonovich Matrasulov
Urgench State University
Abstract: This article describes the chemical composition of silicate materials
based on lime binder, a description of technological processes associated with the
production
of silicate materials, composites based on lime and magnesium binders,
the correct use of fillers in the production of artificial stone materials, as well as
silicate detailed information on energy saving and resource saving in the production
of materials.
Keywords: Energy saving, silicate binders, silicate bricks,
silicate products,
magnesium binder, resource saving.
Dunyo bo’yicha qurilish sohasida yangi turdagi ekologik toza materiallardan
foydalanish, mahalliy hom-ashyolardan oqilona foydalanish, energiya tejamkor
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
396
texnologiyalarni samarali qoʼllashning salmogʼi tobora ortib bormoqda. Rivojlangan
mamlakatlarda, jumladan Rossiya, Germaniya, Yaponiya
kabi mamlakatlarda yangi
qurilish materiallarini yaratish va ularni ishlab chiqarish va bu orqali bino va
inshootlarning jismoniy holatini yaxshilashda maʼlum yutuqlarga erishilgan boʼlib,
bino va inshootlarni qurish, ularning mustahkamlik va ustuvorligini taʼminlash
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan yangi qurilish materiallari, jumladan
devorbop materiallarni ishlab chiqarishda materiallarning mahalliy xomashyo
asosidagi tarkiblari va ularni ishlab chiqarishning energiyatejamkor texnologiyalarini
yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jahonda devorbop materiallarning mustahkamligi, vaqt boʼyicha bardoshliligi va
turli iqlim sharoitlarga chidamliligini oshirish, issiqlik- texnik xossalarini yaxshilash
borasida, xususan pishirish jarayonida zich strukturani hosil qilish orqali mustahkam
qurilish
materiali ishlab chiqarish, mahalliy hom-ashyolar asosida material
xususiyatlarini
yaxshilovchi
qoʼshimchalardan
foydalanish,
mineral
qoʼshimchalardan foydalanib material strukturasini optimallashtirish, ularni ishlab
chiqarishning energiyasamarador bo’lgan texnologiyalarini yaratish, mavjudlarini
takomillashtirishga yoʼnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bu borada,
past sifatli mahalliy xomashyo asosida va sanoat va qishloq xoʼjaligi chiqindilaridan
foydalanib samarali zich, mustahkam devorbop buyumlar tarkiblari va ushbu
buyumlarni ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning
tegishli qaroriga muvofiq "Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash
chora- tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida bino va inshootlarni qurishda, rekonstruksiya
qilishda energiya tejovchi materiallar va texnologiyalardan foydalanish ishlariga
yetarlicha e’tibor berilmagani ta’kidlangan edi. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan
ko’pgina qurilish materiallarini yangilash va takomillashtirish masalasi juda dolzarb.
Darxaqiqat mustaqilligimizning
dastlabki yillaridan boshlab, mamlakatimizda
qurilish sohasini rivojlantirish, maxalliy hom-ashyolar asosida zamonaviy, energiya
tejamkor hamda yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qurilish materiallari,
buyumlari va konstruksiyalarni yangi istiqbolli turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yishga qaratilgan qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelmoqda.
Samarali devorbop buyumlarni ishlab chiqarish
uchun xom ashyo bazasi
holatining tahlili shuni koʼrsatib berdiki, Oʼzbekiston Respublikasining koʼpchilik
hududlarida sifatli tuproqlar konlarining mavjud emasligi sababli devorbop
mahsulotlar ishlab chiqarishda nokonditsion hom-ashyo qoʼllanilib kelmoqda. Shu
tufayli asosan sifati past lyossimon giltuproqlar ishlatilib, mavjud holat olinayotgan
mahsulotlarning talab etiluvchi mustaxkamlikka oid va ekspluatatsion xossalarga
javob bermasligi sababli yuqori sifatli devorbop buyumlar olishga toʼsqinlik
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
397