1Kompitensiyaviy yondashuv



Yüklə 330,43 Kb.
səhifə1/25
tarix27.04.2023
ölçüsü330,43 Kb.
#103797
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
1Kompitensiyaviy yondashuv


1Kompitensiyaviy yondashuv
Bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash, takomillashtirish, o‘qitish samaradorligini va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni keng ommalashtirish bo‘yicha ham ancha ishlar amalga oshirildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim tizimini isloh qilish, yangi DTS va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va yangi darsliklar yaratish davlatning asosiy ishlaridan bo‘ldi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonuniy asos bo‘lib xizmat qildi.

Yuqoridagi fikrlarni amaliy isboti o‘laroq 2016-yil 8-9-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar “mavzusida aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilarining respublika forumi o‘tkazildi.


Forumda qilingan ma’ruzalarga ko‘ra kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalari ishlab chiqilib 18 ta umumta’lim fanlari bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar , metodistlar hamda yetakchi olimlardan iborat ishchi guruhi respublikamizning 76 ta maktab, 52 ta kasb-hunar kolleji va 18 ta akademik litseylarda tajriba –sinovdan o‘tkazildi.


Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.


Kompetentlilik –(lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor) Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik,hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati,real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi.


Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim–o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olishkompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.


Tayanch kompetensiyalar:


1. Kommunikativ kompetensiya


– jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;


– o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;


– ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,jamoaviyhamkorlikda ishlay olish;


– muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish;


– turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur(konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.


2.Axborot bilan ishlash


– mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio(audio–video yozuv)telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;


– media vositalaridan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatiga rioya qilish;


– ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish;


– kundalik faoliyatida uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish(oddiy tabriknomalar yoza olish, anketalarni to‘ldirish, mehmonxona ro‘yxatida o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi va boshq.)


3. Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirishkompetensiyasi


– shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;


– hayot davomida o‘qib o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;


– o‘z xatti-harakatini advokat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish;


– o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.


4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi 


– Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish va ishtirok etish;


– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (ya’ni xaridor, saylovchi, mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish);


– mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish;


– kasbiy mavqeyining o‘sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish.


5.Umummadaniy kompetensiyalar


– vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;


– badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;


– orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;


– umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;


– o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;


– xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.


6. Matematik savodxonlik, fan va texnikayangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi


– aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish;


– shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish;


– kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish;


– inson mehnatini yengillashtiradigan , mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.


Xo‘sh, hozirgi kunda kompetensiyaviyyondashuvga asoslangan DTS nima uchun zarur bo‘lib qoldi.Bu savolga javob berish uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy tarkibiy qismlariga e’tibor qaratish lozim.Ya’ni ta’lim tizimi, shaxs,davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan milliy modelning ayrim qismlaridagi ulkan o‘zgarishlar xususan davlat va jamiyatning tubdan o‘zgarishi ,hayotimizga kirib kelgan axborot-kommunikatsion vositalar,fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq qiluvchi o‘zgacha fikrlovchi yoshlarning vujudga kelganliklarini keltirish mumkin.


Undan tashqari, butun dunyoda bo‘layotgan ta’lim sohasidagi islohotlar ham , xususan Janubiy –sharqiy Osiyo davlatlari, Yevropa va Amerika qit’asidagi 10-15 yildan buyon amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarni keltirish mumkin.Masalan, har uch yilda maktab o‘quvchilarining o‘zlashtirishini baholash bo‘yicha Xalqaro dastur (PISA)jahon mamlakatlari ta’lim tizimi sifatini o‘rganib chiqadi.PISA(Programme forInternational Student Assessment) dasturining maqsadi 15-16 yoshli o‘quvchilarning maktabda berilayotgan ta’limni qay darajada o‘zlashtirayotgani va ularni inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llay bilishini tadqiq etishdan iborat.PISA dasturi bo‘yicha birinchi tadqiqot 2000-yilda o‘tkazilgan va unda 32 davlat ishtirok etgan.2003-yilda 43, 2006-yilda 57, 2009-yilda 65, 2012-yilda 65, 2015-yilda 70 dan ortiq davlat ishtirok etgan. 2015-yilga dasturda 500 000 mingga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan.


PISA dasturi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan 15-16 yoshli o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, matematik savodxonligi va tabiiy- ilmiy savodxonligi sinovdan o‘tkaziladi.


“Matematik savodxonlik” bo‘limi bo‘yicha dasturda o‘quvchilarga havola qilingan masalalardan namuna ko‘raylik.


1-masala. Yurish masalasi


Rasmda yurib ketayotgan odamning oyoq izlari tasvirlangan.Qadamning uzunligi P- o‘ng oyoqning tovoni oxiridan chap oyoqning tovoni oxirigacha bo‘lgan masofaga teng. = 140 formula , n bu yerda 1 minutdagi qadamlar soni, P qadamning metrdagi ifodasi.


1-Savol. Formuladan foydalanib agar 1 minutda 70 qadam bosgan odamning 1 qadami uzunligini toping.


Yechish: Savoldan n= 70. Formuladan P= = ; Javob: 0,5 m yoki 50 sm.


2-savol. Hamidulloning qadami uzunligi 0,80mbo‘lsa, uning tezligini m/minda toping va km/soatda ifodalang.


Yechish: P= 0,80 m demak n= 140P= 140


Demak Hamidullo 1 minutda 112.


; Javob: 89,6 m/min; 5,376km/soat.


2-masala: Eksport masalasi.


Rasmdagi diagrammada pul birligi shartli ravishda zed bo‘lgan Zedlandiya davlatining eksporti haqida ma’lumot tasvirlangan.


1-savol. 1998-yil Zedlandiyadan umumiy qiymati (million zedlarda) qancha tovar eksport qilingan?

Yechish: Ustunli diagrammadan ko‘rinib turibdiki 1998-yil Zedlandiyadan jami 27,1 millon zedmiqdorida tova eksport qilingan. Javob: 27,1 millon zed


2-savol. 2000-yil Zedlandiyadan qancha mevali sok eksport qilingan?


A. 1,8 mln.zed; B. 2,3 mln.zed C. 2,4 mln. Zed D. 3,4 mln.zed E. 3,8 mln.zed


Yechish: Ustunli diagrammadan ko‘rinib turibdiki 2000-yil Zedlandiyadan jami 42,6 million zedliktovar eksport qilingan.Doiraviy diagrammadanko‘rinib turibdiki 2000-yil mevali sok barcha eksportning 9% ini tashkil qilgan. Demak, 42,6 million zed.


Javob: E

3.Konfetlar masalasi

Xumoyunni onasi qutini ichiga qaramasdan 1 dona konfet olishga ruxsat berdi.Qutidagi konfetlar soni quyidagi ustunli diagrammadaberilgan:


Qutidan qizil rangli konfet chiqish ehtimolligi qancha?

A. 10% B. 20% C.25 % D. 50%


Yechish: Diagrammadan qutidagi barcha konfetlar sonini aniqlaylik. 6+5+3+3+2+4+2+5= 30 bundan 6 tasi qizil konfet. Qizil konfet chiqish ehtimolligi =0,2 ; 0,2. Javob: B


4. Matematikadan test


Matematika o‘qituvchisi o‘quvchilardan test sinovi o‘tkazdi.Har bir testga 100 balldan qo‘yishini aytdi.Rayhona o‘tkazilgan 4 ta testdan o‘rtacha 60 bal to‘pladi.Beshinchi testdan 80 ball oldi. Rayhona hammasi bo‘lib o‘rtacha necha ball to‘plagan?


Yechish: Rayhona o‘tkazilgan to‘rtta testdan o‘rtacha 60 bal olgan demak, jami 4= =240 ball to‘plagan.


(240+80):5= 320:5= 64. Javob: 64 ball


5. Kitob javonlari masalasi


Bir dona kitob javoni yig‘ish uchun ustaga quyidagi detallar kerak bo‘ladi:


– 4 dona uzun taxta;


– 6 dona kalta taxta;


– 12 dona kichik iskob;


– 2 dona kata iskob;


– 14 dona shurp.


Ustada 26 ta uzun taxta, 33 ta kalta taxta, 200 takichik iskob, 20 ta katta iskob va 500 ta shurpbor.Usta ko‘pi bilan necha komplekt kitob javoni yig‘ishi mumkin?


Yechish: 26:4= 6(2q) ; 33:6= 5(3q) ; 200:12= 16(8q) ; 20:2= 10; 500:14= 35(10q)


Demak 6 komplekt kitob javoni yig‘adi desak, unda kalta taxtadan 3 ta yetmay qoladi.Demak, ko‘pi bilan 5 komplekt yig‘a oladi. Javob: 5 komplekt


6. Yer qimirlash masalasi.


Bir hujjatli filmda yer qimirlashini oldindan taxmin qilish to‘g‘risida bahs namoyish qilindi:


Geologni taxmin qilishicha –“O‘tgan 20 yil ichida Zed shahrida yer qimirlashi imkoni . ni tashkil qildi”. Quyida bayon etilgan fikrlardan qaysi biri geolog fikrini tasdiqlaydi.


A. Hozirgi paytdan 13-14 yil oralig‘ida Zedshahrida yer qimirlaydi.


B. bunga ko‘ra keyingi 20 yil ichida qachondir Zedshahrida yer qimirlaydi.


C. Ehtimol shuki qachondir 20 yil ichida Zedshahrida yer qimirlash ehtimoli yer qimirlamaslik ehtimolidan katta.


D. Nima bo‘lishini aytishni iloji yo‘q,chunki hech kim aniq bilmaydi qachon yer qimirlaydi.


Yechish: Geolog fikrini C javob tasdiqlaydi. Javob: C


Amaliyotda maktabda yaxshi o‘zlashtirgan ayrim o‘quvchilar dars paytida hamda hayotida uchraydigan nostandart vaziyatga tegishli masalalarni yechishda o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini qo‘llay olmaydilar. Buning sababi o‘quvchilarda tegishli kompetensiyalarshakllanmaganligidandir.


Demak yuqoridagi masalalarning barchasida o‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni hayotga tatbiq etilishini ko‘rish mumkin.


O‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim tizimiga kompetensiyaviyyondashuvga asoslangan dastur va DTS lar kerak bo‘lib qoldi.Bu jarayonni ta’lim tizimiga joriy qilish uchun endi darsliklar va ularning mazmuni tubdan o‘zgaradi.2017-2018- o‘quv yilidan boshlab kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan dastur va DTSlar navbatma-navbat joriy qilina boshlaydi.





Yüklə 330,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin