Sinxron raqamli iyerarxiyali (sdh) tolali optik aloqa tizimlari



Yüklə 116,34 Kb.
səhifə1/8
tarix13.05.2023
ölçüsü116,34 Kb.
#113112
  1   2   3   4   5   6   7   8
Diplom ish mavzu 5 S-1 Kenjaboyev M



Sinxron raqamli iyerarxiyali (SDH) tolali optik aloqa tizimlari.

SONET/SDH sinxron raqamli texnologiyalar paydo bo‘lgunga qadar yaratilgan va qayta ishlangan raqamli texnologiyalar asinxron edi. Chunki ularda markaziy tayanch manbadan tashqi sinxronizatsiyalanish qo‘llanilmas edi. Ularda bitlarning yo‘qolishi nafaqat axborotlarning yo‘qolishiga, balki sinxronizatsiyaning buzilishiga ham olib kelardi. Natijada tarmoq yakunida, yo‘qolgan fragmentlarni qayta uzatish bilan sinxronizatsiyani qayta tiklashdan ko‘ra, lokal tarmoqlardagi kabi noto‘g‘ri qabul qilingan freymlarni tashlab yuborish oson edi. Bu shuni ko‘rsatadiki, uzatilgan axborot orqaga qaytmasdan yo‘qolib ketadi.


Amalda mahalliy taymerlar, aniq uzatish tezligidan sezilarli darajadagi og‘ishni berishi mumkin. Masalan, DS3 (44.736 Mbit/s) signallari uchun turli manbalardagi bunday og‘ish 1789 bit/s ga etishi mumkin.
Sinxron tarmoqlarda barcha mahalliy taymerlarning o‘rtacha chastotasi, aniqligi 10-9 dan yomon bo‘lmagan markaziy taymerlar (manbalar)ni qo‘llash hisobiga yoki bir xil (sinxron) yoki sinxronga yaqin (pleziaxron) (bu DS3 uchun 0,045 bit/s atrofida tezlikni og‘ish imkonini beradi). Bunday holatda freym va multifreymlarni tenglashtirish zarurati unchalik muhim emas, tenglashtirish diapazoni esa yetarli darajada tor. Shuningdek, aniq fragmentni ajratish bilan bog‘liq holat (masalan, DS yoki E1), agar uning freymi tuzilishida shu fragmentning boshlanishida ko‘rsatkich kiritilsa soddalashadi. Ko‘rsatkichlarni qo‘llash, tashuvchi konteynerning ichki tuzilishini mustahkamlashi imkonini beradi. Ko‘rsatkichlar (freym yoki multifreym sarlovxalari)ning buferda saqlanishi va xatoliklari korreksiyalangan kodlar bilan qo‘shimcha himoyalanganligi, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan foydali yuklama (freym, multifreym yoki konteyner)larni favqulodda ichki tuzilishi lokallashtirilgan mustahkam tizimni olish imkonini beradi.
Yuqorida bayon etilganlar shuni ko‘rsatadiki, sinxron tarmoqlar, qo‘llaniladigan asinxron tarmoqlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega ekan. Ularning asosiylari quyidagilar:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin