Sinxron raqamli iyerarxiyali (sdh) tolali optik aloqa tizimlari



Yüklə 116,34 Kb.
səhifə2/8
tarix13.05.2023
ölçüsü116,34 Kb.
#113112
1   2   3   4   5   6   7   8
Diplom ish mavzu 5 S-1 Kenjaboyev M

tarmoqning soddaligi. Sinxron tarmoqlarda bir kirish/chiqishli multipleksor (pastki bandlarda qarab chiqiladi) oqimlarni bevosita chiqarishi (kritishi) mumkin (masalan, STM-1 (155 Mbit/s) freymidan E1 (2 Mbit/s signalni). Natijada bitta kirish/chiqishli multipleksor bir necha PDH multipleksorlarining o‘rnini bosa oladi, bu nafaqat qurilmalarning iqtisodiy (uning nomenklaturadagi narxi bo‘yicha) tejamkorligi, balki ularni talab qilingan joyda o‘rnatish, ta’minot va xizmati bilan ham bog‘liqdir;

  • tarmoqning ishonchliligi va o‘zini qayta tiklashi. Birinchidan, tarmoqda optik tolali kabellar qo‘llaniladi, amalda axborotlarni uzatishda elektromagnit ta’sirlar mavjud emas; ikkinchidan, tarmoq arxitekturasi va uni moslashgan holda boshqarish himoyalangan ish rejimini qo‘llash imkonini beradi. Bunda signallarning tarqalishi ikki alternativ yo‘l bilan amalga oshadi: signal uzatiladigan birorta yo‘l shikastlanganda bir zumda zaxiraga ulanish, shikastlangan tarmoq tugunini aylanib o‘tish. Bu tarmoqni o‘z-o‘zini qayta tiklash imkonini beradi.

  • moslashuvchan tarmoq boshqaruvi, bu yetarli darajadagi juda ko‘p keng polosali boshqaruv kanallarining mavjudligi, tarmoq sathi va element menejmenti bilan bog‘liq bo‘lgan kompyuterli iyerarxik boshqaruv tizimi, shuningdek kanallarning dinamik rekonfiguratsiyasini va tarmoqni funksionallashtirish haqidagi ma’lumotlarni to‘plash bilan birgalikda bitta markazdan avtomatik holda masofadan boshqarish imkoni bilan bog‘liq.

  • talab bo‘yicha o‘tkazuvchanlik polosasini ajratish. Oldin, amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar, oldindan rejalashtirilgan ishonchnoma (masalan, bir necha kun oldin) bo‘yicha (masalan, videokonferensiyani o‘tkazishda talab qilinadigan kanalni chiqarish) amalga oshar edi, hozir esa boshqa (keng polosali) kanalga ulanish orqali sanoqli daqiqalarda amalga oshadi;

  • har qanday trafikni uzatishda shaffoflik, boshqa texnologiyalarda shakllangan, zamonaviy Frame Relay, ISDN va ATM texnologiyalarini biriktirgan holda trafiklarni uzatish uchun virtual konteynerlarni qo‘llash bilan bog‘liq;


  • Yüklə 116,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin