“Hududiy elektr tarmoqlari ”AJ Sirdaryo hududiy filiali Sizdan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2022 yildagi PQ-465 sonli “2023 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari tog‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davlat dasturiga kirgan obyektlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31-yanvardagi 46-sonli qaroriga muvofiq https://tender.mc.uz electron platforma orqali tender-tanlov savdolarini tashkillashtirib berishish so’ralgan edi.
Qaror doirasida amalga oshirilayotgan maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tashqi elektr ta’minoti bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tizimidagi korxonalari tomonidan temir-beton tayanchlar, metall konstruktsiyalar va boshqa turdagi mahsulotlarni, 6-10 kV loyiha xujjatlarini ishlab chiqish va qurilish montaj ishlarini xo’jalik usulida amalga oshirilishiga 2023 yil 13 aprelda O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri tomonidan o’tkazilgan yig’ilishda ruxsat berilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Shaffof tizimiga qo’yilgan loyihalarni tez fursat ichida bekor qilishda amaliy yordam berishingizni so’rayman.
“HET” АJ Sirdaryo hududiy filiali direktori: A. A.Xaydarov