Sirdaryo viloyati xovos tumani 25-umumta`lim maktabining 11– “ ” sinf o`quvchisi



Yüklə 50,28 Kb.
səhifə1/5
tarix16.09.2023
ölçüsü50,28 Kb.
#144123
  1   2   3   4   5
11-sinf kimyo nazorat ishi daftar




SIRDARYO VILOYATI XOVOS TUMANI
25-UMUMTA`LIM MAKTABINING

11– “___” SINF

O`QUVCHISI
________________________________NING

KIMYO FANIDAN

NAZORAT SAVOLLARI


DAFTARI

11-sinf
1- Nazorat ishi.
Mavzu: Aminlar. Aromatik aminlar. Nitrobirikmalar.
Nazorat shakli: Yozma ish.
I variant
1. 45 g etilamin olish uchun qancha hajmdagi vodorod gazi kerak bo’ladi?
2. Kimyoviy korxonada 41 g nitrobenzol yordamida 18,6 g anilin olingan bo’lsa, reaksiyaning unumini hisoblang.
3.Murakkab efirning chiqish unumi 90%ni tashkil qilsa,120 g sirka kislota va 138 g etanoldan qancha g etilasetat olish mumkin?
4. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshiring.
C2H6→C2H5Cl→C2H5OH→CH3-COOH→CH3COONa
II variant
1.Nitrobenzolga 22,4 l (n.sh)vodorod ta’sir ettirish natijasida hosil bo’lgan organik modda massasini hisoblang.
2.Kimyoviy korxonada 82 g nitrobenzol yordamida 60 g anilin olindi. Ushbu reaksiyaning unumini hisoblang.
3.0,25 mol saxaroza oksilanganda qancha hajmda (n.sh.) CO2 hosil bo’lishini hisoblang.
4. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshiring.
CH4→HCOH→C6H12O6→C2H5OH→CH3-COOH
11-sinf
2- Nazorat ishi.
Mavzu: Aminokislotalar.Oqsillar. Yuqori molekulyar birikmalar
Nazorat shakli: Test sinovi.
1.To’yingan uglevodorodlarga nitrat kislorod ta’sir ettirish orqali qanday birikmalar olinadi?
a)aminlar b)murakkab efirlar c)nitrobirikmalar d)aromatik aminlar
2. Nitrobirikmalar qaytarilganda qanday moddalar olish mumkin.
a)nitrobirikma va suv b)birlamchi amin va suv c)ikkilamchi amin va suv d)spirt va ammiak
3. 21,7 g metilamin olish uchun n.sh.da qancha hajmdagi vodorod gazi kerak bo’ladi?
a)0,47 l b)470,4 l c)7,704 l d)47,04 l
4. Oqsil strukturasining qizdirish, radiatsiya, kuchli kislota, ishqorlar ta’sirida buzilishi … ataladi?
a)polikondensatsiyalash b)polimerlanish c)denaturatsiyalanish d)degidratatsiyalanish
5.Ishqoriy muhitda mis(II) sulfatning eritmasining oqsillarga ta’sirida binafsha rangga bo’yalishi qaysi bog’lar uchun xos reaksiya sanaladi?
a) tripeptid b)dipeptid c)yuqori peptidlar d)oligopeptidlar
6.Aminokislotalarning polikondensatlanishidan qanday toifadagi moddalar hosil bo’ladi?
a)oqsillar b)aminlar c)xalqali birikmalar d)nitrobirikmalar
7.Polimer hosil qiladigan quyi molekulyar moddalar qanday nomlanadi?
a)trimerlar b)dimerlar c)monomerlar d)aminlar
8. Tarkibida 10 tagacha aminokislotalar saqlagan yuqori molekulyar birikmalar qanday nomlanadi?
a)polipeptidlar b)proteinlar c)oligopeptidlar d)oqsillar
9.Yuqori haroratga chidamli, benzin va moyning yonishi ta’sir etmaydigan polimerni aniqlang?
a)butadiyen kauchuk b)divinil kauchuk c)Izopren kauchuk d)xlopren kauchuk
10.Aminlar havoda yonganda qanday mahsulotlar hisoblanadi?
a) CO2 va H2O b)CO2 va NO2 c)N2, CO2 va H2O d)N2 va H2O
11.Hozirgi kunda qurilishda ishlatiladigan linoleum qaysi polimer asosida olinadi?
a)polipropilen b)polietilen c)polivinilxlorid d)tabiiy kauchuk
12.Sintetik kauchukning monomeri nima?
a)butadiyen-1,3 b) izopren c)pentadiyen-1,2 d)propen-1
13.Saxarozaning gidrolizida hosil bo’ladigan moddalarni aniqlang?
a)2 mol glukoza b)glyukoza va fruktoza c)glyukoza va maltoza d)fruktoza va laktoza
14. 3 mol formalindan KOH ishtirokida necha g glyukoza sintez qilish mumkin?
a)90 g b)9 g c)1,9 g d)19 g
15.Eterifikatsiya reaksiyasida qanday toifadagi moddalar hosil bo’ladi?
a) karbon kislota va efir b)karbon kislota va spirt
c)spirt va aldegid d)aldegid+Cu(OH)2


Yüklə 50,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin