11-chizma.
Qo'shilgan qiymat solig'ining soliq solish ob'ekti
16
Qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish ob’ektini tadbirkorlik
sub’ektlarning tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish
oborotlari hamda respublika hududiga qilingan import oboroti bilan belgilanadi.
Tovar, ish va xizmatlar realizatsiya qilish oborti keng ma’noni bildiradi. Unda
nafaqat tovarlarni xaridorga sotish, balkim tovarlar, ishlarni va xizmatlarni boshqa
yuridik shaxslarga bepul berish, xodimlarga ish haqi hisobiga yoki muassisga
(ishtirokchiga) dividendlar to’lash hisobiga berish, qarz beruvchiga garov bilan
ta’minlangan majburiyatlar hisobiga garov narsasini berish va boshqa tardagi
berishlar ham soliq solish oboroti tarkibiga kiradi. 11-chizmaga qarang.
Bundan tashqari, soliq solish oboroti tarkibiga tovarni va boshqa mol-mulkni
quyidagi tartibda jo’natishlar ham kiritiladi:
-ustav fondiga qo’shilgan hissa;
- boshqa tovarlarga almashtirish uchun mol-mulkni berish;
- muassisga dividendlar to’lash hisobiga mol-mulk berish;
-bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo’linmasi tomonidan mustaqil soliq
to’lovchilar bo’lgan boshqa tarkibiy bo’linmasiga mol-mulkni berish;
- mol-mulkni moliya ijarasiga berish;
16
Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси асосида тузилган
soliq
solinadigan
oborot
soliq
solinadigan
import
Qo'shilgan
qiymat
solig'ining
soliq solish
ob'ekti
38
- to’lovni bo’lib-bo’lib to’lash sharti bilan tovarni jo’natish;
- mol-mulkni operativ ijaraga berish;
- intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan huquqni o’tkazish yoki ulardan
foydalanish huquqini berish;
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblab chiqarishda
xarajatlari chegirilmaydigan, soliq to’lovchining o’z ehtiyojlari uchun o’zi ishlab
chiqargan tovarlarni berish, o’z kuchi bilan ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish;
-zayom shartnomalari asosida tovar-moddiy zaxiralarni berish.
Soliq to’lovchilarning xo’jalik faoliyatida soliq solish ob’ekti sifatida
qaralmaydigan
operatsiyalar
amalga
oshirilishi
mumkin.
Bunday
operatsiyalarning mavjud bo’lishi qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilarida
qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq majburiyati yuzaga keltirmaydi. Soliq
majburiyati yuzaga keltirmaydigan realizatsiya qilish oborotiga quyidagilarni
kiritishimiz mumkin:
-korxonaning xarajatlari sifatida qaraladigan, uning o’z ehtiyojlari uchun
tovarlarni berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish;
-bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo’linmasi tomonidan mustaqil soliq
to’lovchilar bo’lmagan boshqa tarkibiy bo’linmasiga ishlab chiqarish ehtiyojlari
uchun berilgan mol-mulk, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar qiymati;
-korxonaning o’z ehtiyojlari uchun o’z kuchi bilan bajarilgan qurilish-montaj
ishlarining qiymati;
-qaytariladigan tara qiymati;
-yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan muassislartarga, sheriklarga
dastlabki hissa doirasida mol-mulkni berish;
- asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va tugallanmagan qurilish
ob’ektlarini bepul asosda berish;
-banklar va sug’urta tashkilotlari tomonidan mol-mulkni o’z filiallariga
berish;
- oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherikning ulushi sifatida tovarlarni va
39
boshqa mol-mulk berish;
- mol-mulkni mulkdordan ishonchli boshqaruvchiga berish va aksincha
ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, mol-mulkni mulkdorga
qaytarish;
- ob’ekt qiymatini ijaraga beruvchi oladigan ijara to’lovining bir qismi tarzida
qoplash;
- kafolatli muddati davrida tovarlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat
ko’rsatish bo’yicha qo’shimcha haq olmasdan ishlarni bajarish va xizmatlar
ko’rsatish.
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 200- moddasida qo’shilgan
qiymat solig’i soninadigan va solinmaydigan oborotlarni belgilash qoidalari
bayon qilingan. Realizatsiya qilish joyi O’zbekiston Respublikasi hududi
bo’lmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlari, soliqdan
ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti,
soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar, soliqdan ozod qilinadigan sug’urta
xizmatlari qo’shilgan qiymat solig’i solish oboroti deb tan olinmaydi.
Yuqorida taakidlaganimizdek, O’zbekiston Respublikasining bojxona
hududiga olib kirilayotgan tovarlar soliq solinadigan importdir.
Ish va xizmatlar importi bilan bog’liq qo’shilgan qiymat solig’i solishning
obortini aniqlashda ularni realizatsiya qilish joyini aniqlash muhim ahmiyat kasb
etadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 202-moddasiga asosan,
quyidagi shartlardan biri mavjud bo’lsa, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilish joyi O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan deb tan
olinadi:
-xizmatlar haqiqatda O’zbekiston Respublikasi hududida turizm, madaniyat,
san’at, ta’lim, jismoniy tarbiya va sport sohasida ko’rsatilayotgan bo’lsa;
-tovar O’zbekiston Respublikasi hududida turgan bo’lsa va bitim natijasida
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqarilmaydigan bo’lsa;
40
-jo’natish yoki tashish boshlangan paytda tovar O’zbekiston Respublikasi
hududida turgan bo’lsa.
- ishlar, xizmatlar O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan ko’chmas mulk
bilan bog’liq bo’lsa;
-ishlar, xizmatlar O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan ko’char mulk
bilan bog’liq bo’lsa;
-ishlarni, xizmatlarni sotib oluvchi faoliyatini O’zbekiston Respublikasi
hududida amalga oshirayotgan bo’lsa. Xaridor bo’lgan yuridik shaxsning
O’zekiston Respublikasi hududida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi, ta’sis
hujjatlarida ko’rsatilgan joyda xizmat sotib olinganligi asos sifatida qabul qilinadi.
Ishlarni, xizmatlarni sotib oluvchi faoliyatini O’zbekiston Respublikasi
hududida amalga oshirilgan deb tan olish uchun quyidagi belgilar bo’lishi zarur:
-xodimlar berish agar xodimlar sotib oluvchi o’z faoliyatini amalga
oshirayotgan joyda ishlayotgan bo’lsa;
-advokatlik, buxgalterlik, reklama, maslahat berish, auditorlik, injiniring
xizmatlari, shuningdek axborotga ishlov berish xizmatlari ko’rsatilganda;
-intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan huquq o’tkazilgan yoki ulardan
foydalanish huquqi berilganda;
-ko’char mulk ijaraga berilganda.
Bajarilgan ishlarni, ko’rsatilgan xizmatlar yordamchi xarakterga ega bo’lsa,
asosiy ishlar, xizmatlar realizatsiya qilingan joy yordamchi ish va xizmatlar
uchun realizatsiya qilish joyi sifatida e’tirof etiladi.
Realizatsiya qilingan tovarlar, ish va xizmatlarni amalga oshirilgan sanasiga
qarab soliq solish ob’ekti tarkibiga kiritiladi. Amaldagi soliq qonunchiligida
turli-xil realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanalari belgilangan.
Mahsulot va tovarlar uchun realizatsiya qilish oboroti sanasi sifatida ularni
jo’natilgan kun qabul qilinadi. Tovarlar jo’natilmay, tovarga bo’lgan mulk huquqi
xaridorga o’tgan hollarda, mulk huquqi o’zgargan sana - realizatsiya qilish oboroti
sanasi sifatida qabul qilinadi.
41
Garovga qo’yilgan mol-mulkning garovga qo’yuvchi tomonidan garov
predmetini qarz hisobiga topshirilganda, mulk huquqi o’tkazilgan sana -
realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana deb e’tirof etiladi.
Korxonaning xodimlariga shaxsiy ehtiyojlari uchun ish haqi hisobiga, shu
jumladan bepul tovarlar berilganda, ishlar bajarilganda, xizmatlar ko’rsatilganda
tovar berilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilgan hamda hisobvaraq-faktura
va (yoki) ishlar bajarilgani, xizmatlar ko’rsatilgani faktini tasdiqlovchi boshqa
hujjatlar rasmiylashtirilgan kun oborot amalga oshirilgan sanadir.
Ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanani
belgilash bo’yicha alohida shartlar mavjud. Quyida kursatilgan shartlar asosida
realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanasi belgilanadi:
-ishlar, xizmatlar uzluksiz asosda realizatsiya qilingan holatlarda, hisobvaraq-
faktura yozilgan sana;
-hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilganda;
-ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko’rsatilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar
rasmiylashtirilganda.
-ishlar, xizmatlar O’zbekiston Respublikasi norezidentidan olingan hollarda,
ishlar, xizmatlar olinganligi to’g’risidagi hujjat rasmiylashtirilgan sana.
Xulosa qilib aytganda, qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish ob’ektini
tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish oborotlari
hamda respublika hududiga qilingan import oboroti bilan belgilanadi.
Realizatsiya qilish oborti tovarlarni xaridorga sotishdan tashqari, tovarlar,
ishlarni va xizmatlarni boshqa yuridik shaxslarga bepul berish, xodimlarga ish haqi
hisobiga yoki muassisga dividendlar to’lash hisobiga berish, qarz beruvchiga
garov bilan ta’minlangan majburiyatlar hisobiga garov narsasini berish holatlarini
ham o’z ichiga oladi.
Soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydigan operatsiyalar amalga oshirilishi
qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilarida qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq
majburiyati yuzaga keltirmaydi.
42
Importdan olinuvchi qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish ob’ekti sifatida
soliq solinadigan import e’tirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: |