Sotsiologiya axloqiy deviatsiyani bir necha asoslar bo'yicha guruhlanadigan ijtimoiy ko'rinish sifatida ko‘rib chiqadi



Yüklə 12,33 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü12,33 Kb.
#174634
X.O XOBP 7


Sotsiologiya axloqiy deviatsiyani bir necha asoslar bo'yicha
guruhlanadigan ijtimoiy ko'rinish sifatida ko‘rib chiqadi:
a) masshtabdan qat’i nazar ommaviy va shaxsiy ogMshlar
ajratiladi;
b)oqibatlar aqamiyati bo‘yicha - salbiy (zararli oqibatlar keltirib
chiqaruvchi va potentsial xavf tuqdiruvchi) va ijobiy;
c) sub’ekt bo‘yicha - aniq shaxslar, norasmiy guruhlar (masalan,
yo‘lto‘sar guruhlar faoliyati), rasmiy tuzilmalar, shartli ijtimoiy
guruhlar (masalan, ayollar piyonistaligi) og‘ishi;
d) obyekt bo‘yicha - iqtisodiy, maishiy, mulkiy buzilishlar va
boshqalar;
e) muddati bo‘yicha - bir vaqtli va davomli;
f) buzilgan me’yor turi bo‘yicha - jinoyatchilik, ichkilik
(piyonistalik) giyohvandlik, o‘z-o‘zini o‘ldirish, axloqsiz xulq,
daydilik, fogfcishabozlik, bezorilik, boqimanda bo‘lish, sotqin,
rasmiyatchilik, terrorizin, irqchilik, genotsid, destniktiv madaniyatlar
Pedagoglar bilan hamkorlik tajribasi maktabga moslashinaganlik bilan uyg‘imlashuvchi birmuncha keng tarqalgan quyidagi axloqiy og'ishlar haqida gapirishga imkon beradi. Bu intizom buzilishi, sababsiz maktab kelmaslik, giperfaol axloq, tajovuzkor axloq, oppozitsion axloq, chekish, bezorilik, o4g4rilik, yolg4on
Axloqiy buzilishlarning tibbiy tasnifi psixopatologik va yosh mezonlariga asoslangan. Ularga muvofiq tibbiy tashhisiy mezonlarga munosib, ya’ni kasallik darajasiga yetgan axloqiy buzilishlar ajratiladi. Kasalliklar xalqaro tasnifining o‘ninchi qayta ko‘rib chiqishdagi (MKB-10) “Psixik va axloqiy buzilishlar tasnifi” boMimida quyidagilami axloqiy buzilish (katta yoshdagilar uchun) deb aytadi: F 10-19 - psixik va axloqiy buzilish oqibatida psixofaol moddalarni (spirtli ichimliklar, opioidlar, kannabinoidlar, sedativ va uxlatuvchi moddalar, kokain, kofeinni kiritgan holda qo‘zqatuvchilar, gallyutsinogenlar, tamaki, boshqa psixofaol moddalardan foydalanish yoki iste’mol qilish bilan uyg4mlashgan uchuvchi eritmalar) iste’mol qilish; F50-59 - fiziologik buzilish va jismoniy omillar (ovqat. qabul qilishning buzilishi; noorganik tabiatda uyquning buzilishi, organik buzilish 3'oki kasallik sabab boMmagan jinsiy disfunktsiya, tugishdan keyingi davr bilan bogMiq bo‘lgan psixik va axloqiy buzilishlar, bog‘liqlik chaqirmaydigan moddalarni suiste’mol qilish, masalan, setroidlar, vitaminlar) bilan bog‘liq boMgan axloqiy sindromlar; F63 - odatlar va intilishlarning (azart o‘yinlarga patologik moyillik; piromaniya - patologik kuyishlar; patologik o‘g‘rilik - 112 kleptomaniya; soch yuiish - trixotilomaniya; odatlar va intilishlarning boshqa buzilishlari) buzilishi; F65 - jinsiy afzal ko‘rish boclishi (fetishizm; fetishistik transvestizm; eksgibitsionizm; vuayerizm; pedofillik; sadomazoxizm; jinsiy afzal ko‘rish ko‘plab buzilishlari). Aytib o‘tish Iozimki, ushbu taqrirda gomoseksualizm yo‘q.
Ko‘rsatilgan boMimlar ushbu axloq tegishli bo4lishi mumkin bo'lgan kasalli buzilishlarga muvofiq belgilar va aniq tashhisiy mezonlardan iborat. Masalan, «Patologik o‘g‘riIik (kleptomaniya)» rubrikasi quyidagi tashhisiy belgilardan iborat: a) yoki shaxs yoki boshqa odam uchun ko‘rinmas sabablarsiz ikki yoki undan ortiq ocg‘irlik hollari; b) individ o‘g‘irlikka kuchli intilish harakatni sodir etish oldidan zo‘riqish tuyg‘usi va undan keyingi yengillikni yoritib beradi. MKB-10, shuningdek, bolalar va o‘smir yoshidagilar uchun xarakterli bolgan boshlanish bilau axloqiy buzilish tipologiyasini ham o4z ichiga oladi. F90 - giperkinetik buzilishlar; F91 - axloq buzilishi (F91.0 - oilaviy muhit bilan chegaralangan axloqning buzilishi; F91.1 - axloqning ijtimoiylashmagan buzilishi; F9I.2 - axloqning ijtimoiylashgan buzilishi; F91.3 - oppozitsionchaqiruvchi axloq; F91.8 - boshqalar; F91.9 - aniqlanmagan axloq buzilishi); F92 - axloq va hissiyotlarning kulgili buzilishi; F94 - ijtimoiy ishlashning buzilishi; F95 - tikozli buzilish; F98.0 - noorganik enurez; F98.1 - noorganik enkoprez; F98.2 - ilk yoshdagi bolalarda oziqlanishning buzilishi; F98.3 — tanovul qilib boimaydigan narsani eyish; F98.4 - stereotipli harakatlanuvchan buzilish; F98.5 - duduqlanish; F98.6 - shoshilib gapirish. Ushbu axloqiy buzilishlar 6 oydan kam bo‘lmagan muddatda saqlanishi zarur bo'lgan bir necha xarakterli simptomlarga ega bo'lganda tashxis qo^yiladi. Masalan, axloq buzilishiga quyidagi simptomlarni okz ichiga oluvchi takrorlanuvchi va turg‘un axloq taalluqlidir:
1) bemor o4z yoshi uchun g4ayrioddiy tarzda jahhiing tez-tez yoki og4irk o 4tarilishini namoyon qiladi; 2) kattalar bilan tez-tez bahslashadi; 3) tez-tez kattalaming talablarini bajarishdan faol bosh tortadi yoki ularning qojdalarini buzadi; 4) ko‘pincha ataylab shunday ishlami qiladiki, boshqa odamlaming xo4rligini keltiradi; 5) o4z xatolari yoki axloqida ko‘pincha boshqalami ayblaydi; 6) ko4pinchi xafa bo'ladi yoki uni osongina o4ksitadilar; 7) ko‘pincha hazablanadi yoki achchiqlanadi; 8) ko4pincha g‘azabnok yoki qasoskor; ko'pincha foyda olish yoki majburiyatdan qochish maqsadida aldaydi yoki va’dasini buzadi; 10) ko'pincha mushtlashuv chiqaradi (bunga sibslar - aka-ukalar va opa-singillar bilan mushtlashish kirmaydi); 11) boshqa odamlarga jiddiy jismoniy zarar yetkazishga qodir bo4lgan qurollardan foydalanadi (masalan, chavgan, g'isht singan butilka, pichoq, o‘qotar qurollar); 12) ota-onasining ma’n etishiga qaramay kech qorong‘igacha ko‘chada qoladi (agar og'ishning boshlanishi bo4Isa - 13 yoshgacha); 13) boshqa odamlarga nisbatan jismoniy shafqatsizlikni namoyon etadi (masalan, qurbonni bog4laydi, uni kesadi, kuydiradi); 14) hayvonlai*ga nisbatan jismoniy shafqatsizlikni namoyish etadi; 15) begonalar mulkini g4araz bilan buzadi; 16) qasddan xatar yoki jiddiy zarar yetkazish maqsadida olov yoqadi; 17) uydan yoki boshqa joydan qimmatbaho buyum larni o4g‘irlaydi; 18) tez-tez dars qoldiradi; 19) uydan kamida ikki marta yoki bir marta qochgan, biroq bir kechaga (zo4ravonlikdan qochish holatidan tashqaii); 20) jabrlanuvchining ko4z o4ngida jinoyat sodir etadi (hamyonni yulib olish, sumlcani qirqishni kiritgan holda); 21) boshqa birovni jinsiy faoliyatga majburlaydi; 22) tegajoq axloqni tez-tez namoyish etadi (qasddan og4riq, kamsitish, qiynov yetkazish); 23) begona uy va avtomobillar ichiga kiradi. Izoh. 11, 13, 15, 16- simptomlar konstatsiyasi uchun.
M.Ratter bola yoshidagi axloq buzilishini ikkita asosiy guruhchalarga bo'ladi: jamiyatga qarshi axloqning ijtimoiylashgan shakllari va ijtimoiylashmagan tajovuzkor axloq. Birinchi guruhdagi bolalar va o‘smirlar jamiyatga qarshi guruhlar ichida yaxshi moslashadilar, guruhda antiijtimoiy harakatlar sodir etayotib, hissiy buziJishlar belgilarini namoyish etmaydilar. Ijtimoiylashmagan tajovuzkor axloq vakillari, aksincha, yaqin atrofdagilar - boshqa bolalar va oilalari bilan juda yomon munosabatda boMadilar. Ular uchun dushmanlik, salbiylik, qo‘pollik va qasoskorlik xarakterlidir.
A.E.Lichko flkri bo‘yicha bola va o‘smir yoshida axloq buzilishining 7 turini o‘z ichiga olgan R.Djenkins tasnifi tarqalgan: giperkinetik reaksiya, ketish reaksiyasi, aulistik tipdagi reaksiya, xavotir reaksiyasi, qochoqlik reaksiyasi, «ijtimoiylashmagan tajovuzkorlik», guruhli qonunbuzarlik.
Axloqiy fenomenlarni qiyosiy tavsifnomasi
Ijtimoiy axloqning asosiy variantlari: Me'yoriy («standart») axloq - ko'pchilik odamlar uchun xarakterli bo‘lgan ijtimoiy me’yorlarga mos tushadi, atrofdagi laming ma’qullashini uyg‘otadi va me’yoriy moslashuvga olib keladi. Umuman olganda, u garchi individuallikdan maqrum bo4sa-da, vaziyatga teng, mahsuldor. Marginal (cheklangan) axloq - ijtimoiy me’yorlaming eng oxirgi chegarasida turadi, me’yor chegaralarini yuvadi va kengaytiradi, atrofdagi odamlarda zo'riqish tuqdiradi. Nostandart («nome’yoriy») axloq - ushbu jamiyatda ushbu vaqtda qabul qilingan kamchilik odamlarga xos me’yorlar chegarasidan chiqadi. Ikki asosiy shaklda namoyon boMadi: - kreativ (ijodiy) axloq - yangi g'oyalami amalga oshiradi, o'ziga xos, mahsuldor, taraqqiyparvar, me’yorning o‘zini o'zgartirishga olib kelishi mumkin, biroq qator hollarda atrofdagilarning qarshiligini uyg'otadi; - deviant (og'ishgan) axloq - mahsuldor emas, destruktiv yoki autodestruktiv, atrofdagilarning ma’qullamasligini uyqotadi. 4. Patologik axloq - tibbiy me’yorlardan og‘ishadi, aniq simptomlar shaklida namoyon bo4adi, mahsuldorlik va shaxsning ishga layoqati tushib ketadi, atrofdagilarning g‘ayrixoqligi yoki qo‘rquvini. Patologik axloq vaziyatga teng emas, u shaxsning o‘z harakatlarini anglash va ulami boshqarish qobiliyatining pasayishi bilan birga boradi.
Yüklə 12,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin