Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR)bu DNK maʼlum qismining koʻplab marotaba (million yoki milliard) nusxasini olish uchun qoʻllanadigan, keng tarqalgan laborator usul hisoblanadi. Bu DNK qismi tajriba oʻtkazuvchini qiziqtirgan har qanday soha boʻlishi mumkin. Misol uchun, bu tadqiqotchi funksiyasini aniqlashni maqsad qilgan gen yoki sud-tibbiy ekspertizasida jinoyatni ochish uchun qoʻllanadigan genetik ashyoviy dalil boʻlishi ham mumkin. Odatda PZRning maqsadi DNKning kerakli qismini tahlil qilish yoki boshqa maqsadlar uchun yetarli darajada hosil qilishdir. Misol uchun, PZR orqali koʻpaytirilgan DNK keyingi tajribalar, masalan, ketma-ketlikni aniqlash(Yangi oynada ochiladi), gel elektroforez yoki klonlash uchun yuborilishi mumkin. PZR biologiya va tibbiyotning koʻplab sohalari, xususan, molekulyar biologiya, tibbiy tashxislash va hatto ekologiyaning ayrim sohalarida ham qoʻllanadi.
Taq polimeraza. Organizm hujayrasidagi DNK replikatsiyasi kabi, PZR jarayonida ham yangi DNK zanjirlarini hosil qilish uchun andoza DNK va DNK polimerazalarning boʻlishi talab etiladi. PZRda odatda Taq polimeraza deb nomlangan DNK polimerazasi qoʻllanadi, bu issiqlikka chidamli bakteriyalardan (Thermus aquaticus) ajratib olinadi. T. aquaticus issiq buloqlar va gidrotermal tuynuklarda yashaydi. Uning DNK polimerazasi issiqlikka juda chidamli va 70 °\text C70°C70, °, start text, C, end text (bu haroratda odam yoki E. coli DNK polimerazasi nofunksional holatda boʻladi) atrofida eng faol holatda boʻladi. Bu haroratga chidamli Taq polimeraza PZR uchun juda mos keladi. Koʻrib turganimizdek, PZRda yuqori harorat andoza DNKni denaturatsiyalash yoki uning zanjirlarini ajratish uchun takroriy ravishda qoʻllanadi.
PZR praymerlar. Boshqa DNK polimerazalar singari Taq polimeraza ham faqatgina qisqa nukleotidlar ketma-ketligi, yaʼni praymerlar mavjud boʻlgandagina DNK sintezini boshlashi mumkin. PZR reaksiyalarida tajriba oʻtkazuvchi praymer yordamida nusxasi olinishi yoki koʻpaytirilishi kerak boʻlgan DNK qismini belgilaydi.
PZR praymerlari qisqa bir zanjirli DNK boʻlaklari boʻlib, odatda 202020 ta nukleotiddan iborat. Har bir PZR reaksiyasida ikkita praymer ishlatiladi va ular nishon (nusxalanishi kerak boʻlgan) qismga yon tomonlaridan birikishga moslashtirilgan. Bunda praymerlar ketma-ketligi andoza DNKning qarama-qarshi zanjiriga, yaʼni nusxasi yaratilishi kerak boʻlgan qismning chetki uchi (qirrasi)ga bogʻlanadi. Praymerlar andozaga komplimentar asos juftlashuvi orqali bogʻlanadi.