Antonim va sinonimlar Antonimlar



Yüklə 5,29 Kb.
tarix11.06.2023
ölçüsü5,29 Kb.
#128681
Antonim va sinonimlar-fayllar.ordsfaadfssdfsfdfdsfdg


Antonim va sinonimlar

Antonim va sinonimlar

Antonimlar


  • Antonimlar (anti ... va yun. onoma – ism, nom) – zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. (baland – past, uzun – qisqa); 2) affik-sal A. (suvli – suvsiz); 3) sintaktik A. (ochiq yuz – tund bashara). Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli so‘zlar antonim deyiladi.

  • Antonimik juft hosil bo‘lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan o‘zaro qarama qarshi bo‘lishi kerak. Fe’llardagi bo‘lishli-bo‘lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qo‘llanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tunu kun (har doim). Ko‘p ma’noli so‘z o‘zining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga sinonim bo‘lishi mumkin: xafa so‘zi bir o‘rinda xursand so‘ziga antonim bo‘ladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam.

Bundan tashqari unga sinonim bo‘lgan shod, xushvaqt kabi so‘zlarga antonim bo‘la oladi. Demak, bir so‘z sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlarning har biri bilan atnonim bo‘la oladi: qattiq – yumshoq, saxiy; tez – sekin, og‘ir; chiroyli – go‘zal – xushro‘y – ko‘hlik; xunuk – badbashara – badburush – ta’viya. Antonimik juftlar ko‘chma ma’no ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga ko‘chgan), achchiq-chuchuk (otga ko‘chgan).


Antonim badiiy nutqda qo‘llanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: Yaxshining ehsoniga yomonning boshi og‘rir. Antonimlarni kel – kelma, bor – borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil so‘z turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik – yomonlik (ot), uzun – qisqa (sifat), ko‘p – oz (ravish), keldi – ketdi (fe’l). Nutqimizda lug‘aviy antonimlardan foydalanish fikrimizni ta’sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma’noli so‘zlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san’at hosil qilinadi. Bunday san’atga tazod san’ati deyiladi.

Sinonimlar


  • Sinonimlar (yun. synonymos — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv, uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa Mas, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi.

Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan suzlar guruhi S.l ar qatorch deyiladi. S.l ar qatori 2va undan ortiq suzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma S. qatori 2 suzdan, yuz—aft— bashara — bet... S. qatori esa kup suzlardan tuzilgan. Kup maʼnoli suzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq S. qatoriga kirishi mumkin. Mas, bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi.


  • Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan suzlar guruhi S.l ar qatorch deyiladi. S.l ar qatori 2va undan ortiq suzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma S. qatori 2 suzdan, yuz—aft— bashara — bet... S. qatori esa kup suzlardan tuzilgan. Kup maʼnoli suzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq S. qatoriga kirishi mumkin. Mas, bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi.

  • S.lar qatoridagi bir suz bosh so'z (asosiy so'z) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va sh. k. xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng quotlanadi. Mas, chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol... S. qatorida chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgixususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va h.k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgixususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim


http://fayllar.org
Yüklə 5,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin