Soʻz birikmasi



Yüklə 15 Kb.
tarix02.05.2023
ölçüsü15 Kb.
#106121
Soʻz birikmasi


Soʻz birikmasi — ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasida hosil boʻlgan, borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma — nutq birligi: ignaning koʻzikitobni oʻqimoqoydin kecha va boshqa. Har qanday soʻz birikmasi birdan ortiq mustaqil soʻzning birikuvidan hosil boʻladi, tuziladi va ikki qismdan — hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy — tobe qismmaʼlumot — hokim qism).
Soʻz birikmasi komponentlarining tarkibiga koʻra sodda va murakkab turlarga boʻlinadi. Komponentlarining har biri bir soʻz shakliga teng boʻlgan soʻz birikmasi sodda soʻz birikmasi hisoblanadi: sayroqi qush, yigirma xonadon, tez yugurmoq kabi. Komponentlari yoki ulardan biri birdan ortiq soʻzdan, soʻz birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab soʻz birikmasi deyiladi. Masalan, oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli — tobe qism, mutaxassis — hokim qism).
Tarkibidagi hokim qismning qaysi soʻz turkumidan boʻlishiga koʻra soʻz birikmasining 2 turi farqlanadi: ot soʻz birikmasi va feʼl soʻz birikmasi. Ot soʻz birikmasi hokim komponenti feʼldan boshqa turkumga oid soʻz (ot, son, ravish) bilan ifodalangan soʻz birikmasidir (yuk mashinasi, barcha oʻquvchilar, goʻzal qishloq va boshqalar). Feʼl soʻz birikmasi hokim kismi feʼl bilan ifodalangan soʻz birikmasilaridir (bogʻni aylanmoq, kitob oʻqimoq, tez yurmoq kabi). Tarkibidagi tobe soʻzning sintaktik vazifasiga koʻra 3 turi farqlanadi: aniqlovchili soʻz birikmasi (yangi kitob), toʻldiruvchili soʻz birikmasi (ukamni oʻynatdim) va holli soʻz birikmasi (tez gapirmoq, qishloqda yashamoq).
Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr ifodalamaydi va shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farqlanadi. Teng boğlanish sòz qòshilmasini Tobe boğlanish sòz birikmasini hosil qiladi
Yüklə 15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin