Sotsial psixologik treningni tashkil qilish va paydo bo’lishi. Sotsial psixologik treningni asosiy usullari.
Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi.
Guruhni tashkil etish yoki yig’ish bosqichi.
Boshlang’ich bosqich.
Ishni olib borish bosqichi.
Yakunlash bosqichi.
Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo’lib, bunda quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak:
Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o’tkaziladigan maxsus treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo’lgan va psixik holatida buzilishlar bo’lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega bo’lganlarda aks ta’sir bo’lishi ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo’lsa kerak.
guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20 tagacha) bo’lgani ma’qul.
ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo’lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin (Alohida qayd etish lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega bo’lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi ham mumkin).
ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo’lishi
kerak.
Bundan tashqari yana quyidagilarga xam e’tibor berish lozim bo’ladi:
Treningda muammosi bir xil bo’lgan odamlarni to’plash kerak. Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo’lishlari lozim. Trening o’tkaziladigan xona albatta izolyastiyalangan bo’lishi shart, ya’ni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga xalaqit bermasligi kerak.
Rasmiylashgan guruh bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Trenerdan auditoriya erkin bo’lishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi.