Sql(Structured Query Language) – Bu so'rov tili ko'p operatorlardan tashkil topgan bo'lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(mbbt) dagi ma'lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin
SQL(Structured Query Language) – Bu so'rov tili ko'p operatorlardan tashkil topgan bo'lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(MBBT) dagi ma'lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin so'rovlarni amalga oshirishda bu so'rov tilidan foydalanmaslikning iloji yo'q.
1970 yil iyun oyida E. F. KODD o'zining E.F. Codd, "A Relational Model of Data for Large Shared Data Banks" maqolasini ommaga taqdim etdi. Bu maqola "Communications of the ACM" jurnalida chop etildi. Hozirgi kunda Koddning bu modeli "relyastion ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(RMBBT)" ning yakuniy modeli deb qabul qilindi. Kodd ning modelni yo'lga qo'yish maqsadida IBM firmasi SEQUEL(Structured English Query Language) tilini ishlab chiqdi. Keyinchalik bu til SQL tiliga o'zgartirildi, lekin haligacha "sikvel" deb ham yuritilmoqda. 1979 yil Relational Software(hozirgi vaqtdagi Oracle) korporatsiyasi SQL ning birinchi tijoriy ishlanmasini ommaga taqdim etdi. Hozirgi kunda SQL tili RMBBTning standart tili hisoblanadi.
SQL tili so'rov-natija ko'rinishida ishlaydi. So'rovlar har bir element uchun emas, butun bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yo'q, foydalanuvchilar ham bu ma'lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina operatorlarni to'g'ri yozish orqali istalgan ma'lumotlarni chiqarish mumkin bo'ladi.
SQL tili barcha ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz bu tilni bir marotaba o'rganib olsangiz, istalgan MBBT lari bilan ishlay olasiz. Bitta MBBT da yaratilgan biror sql operatorlar yig'indisi(kichik so'rov dasturi)ni, istalgan MBBT ga ko'chirish mumkin bo'ladi.