Ss 81 guruh talabasi Hojimurodov Og’abek



Yüklə 135,48 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü135,48 Kb.
#184842
SS 81 guruh talabasi



SS 81 guruh talabasi
Hojimurodov Og’abek
7-variant 
1.Kimlar investitsiya faoliyati qatnashchilari hisoblanadi? 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, yakka 
tartibdagi tadbirkorlari va yuridik shaxslari 

rezidentlari, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, chet davlatlar, chet 
davlatlarning ma’muriy yoki hududiy organlari, xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik yuridik shaxslar 
va 
fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar investitsiya faoliyatining subyektlaridir.
2.”Moliyaviy lizing va “Operativ lizing” o’rtasidagi farqni izohlang
Moliyaviy lizingning afzalligi shundaki, minimal qoldiq qiymati va shartnoma muddati bo‘yicha hech 
qanday cheklovlar yo‘q. Operatsion lizing va moliyaviy lizing o'rtasidagi yana bir muhim farq QQS 
to'lash masalasidir. Birinchi shakl tadbirkorga QQSni bo'lib-bo'lib to'lash imkonini beruvchi xizmat 
sifatida qaraladi. Moliyaviy lizing tovarlarni etkazib berish sifatida tasniflanadi, shuning uchun QQS 
lizingning birinchi to'lovi bilan birga to'liq to'lanishi kerak. 
Lizingning avval aytib o'tilgan shakllarini ajratib turuvchi oxirgi masala ob'ektni sotib olish 
masalasidir. Operatsion lizingda, shartnoma muddati tugagandan so'ng, ob'ektga egalik huquqi lizing 
oluvchiga o'tishi yoki o'tmasligi mumkin. Ko'pincha, xaridor oldindan belgilangan to'lov miqdorini 
to'laganidan keyin mulkni sotib oladi. Moliyaviy lizing deyarli qaytarib olinmasligi bilan tavsiflanadi. 
Oxirgi to'lovni to'lagandan so'ng, buyum avtomatik ravishda ijarachining mulkiga aylanadi. Xulosa 
qilib aytadigan bo'lsak, lizingning ikkala shakli ham o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. 
Moliyalashtirishning u yoki bu shaklini tanlash to'g'risidagi qaror bevosita tadbirkorning tadbirkorlik 
faoliyatining qaysi turini amalga oshirishiga, shuningdek, u olmoqchi bo'lgan ob'ektga bog'liq bo'lishi 
kerak. Ikkala holatda ham lizing soliq imtiyozlari, shuningdek, eng soddalashtirilgan tartib va 
moliyalashtirishning yuqori mavjudligi bilan tavsiflanadi. 
3.Mamlakatdagi investitsiya muhitini baholashda qo’llaniladigan BERI indeksining mohiyati qanday?
Investitsiyalash borasidagi qo’shma loyihalar va qo’shma korxonalarni tashkil etishdagi risklarni
hisobga olishda ko’pchilik xorijiy investorlar BERI indeksidan foydalanadilar. Ushbu indeks 
mamlakatdagi investitsion muhitni turlicha salmoqqa ega bo’lgan 
15 ta baholash mezonlari asosida 
hisoblab chiqadi. Har bir mezonga 0 dan (to’g’ri kelmaydi) 4 gacha (o’ta qulay) baho beriladi. 
To’plangan yuqori ball  “barqaror mamlakat”ni anglatadi. Mamlakat to’plagan ball qanchalik yuqori 
bo’lsa, investitsiyalashdan olinishi mo’ljallangan foyda ham shuncha yuqori bo’lishi zarur, aks holda 
investitsiyalash asossiz hisoblanadi. 
BERI indeksining umumiy ko’rinishi quyidagicha 
1. Siyosiy barqarorlik.
Kutilmagan hukumat to’ntarishlari imkoniyatlari va ularning tadbirkorlik faolligiga ta’sirini baholaydi 
2.Xorijiy investitsiyala va foydaga munosabat.


3. Milliylashtirish.
4. Devalvatsiya.
5. To’lov balansi. 
6. Rasmiyatchilik masalalari.
7. Iqtisodiy o’sish sur’atlari. 
8. Valyutaning konvertirlangani.
9. Shartnomani amalga oshirish imkoniyati. 
10. Ish haqi va mehnat unumdorligiga xarajatlar.
11. Ekspertlar va marketing xizmatlaridan foydalanish imkoniyati.
12. Aloqa va transportni tashkil etish.
13. Mahalliy boshqaruv va hamkorlik.
14. Qisqa muddatli kredit.
15. Uzoq muddatli kredit va shaxsiy kapital. 
4.Xalqaro moliya institutlari haqida nimalarni bilasiz? 
O’zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarni kengaytirishdan ko‘zlangan maqsadlar ; 
Xalqaro moliya institutlari bilan aloqa O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish 
imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu aloqalar orqali O‘zbekistonda t
urli sohalarda amalga oshirilayotgan 
loyihalarni amalga oshirishda xarajatlarning kamaytirilishi, ma’lumot almashinuvi va innovatsion 
ishlarni rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish.Shu bilan bir qatorda O‘zbekistonning moliyaviy islohotlarni 
rivojlantirishda yor
dam beradi. O‘zbekiston xalqaro valyuta banki va boshqa ko‘plab xalqaro 
tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ular bilan hamkorlik qilish va a’zo bo‘lish orqali O'zbekiston dunyoning 
boshqa mamlakatlaridan investitsiyalar olishga imkoniyat yaratadi.O‘z navbatida
mamlakat bunday 
banklardan kreditlarni jalb qilishda O‘zbekistonnig xalqaro moliya bozorida investitsion jozibadorligi 
ham ahamiyatlidir. Davlat tomonidan biznesga yo'l qo'yish va ularning rivojlanishini ta'minlash uchun 
jalb etuvchi siyosat yaratilishi kerak. Bu siyosat orqali xalqaro kompaniyalar O'zbekistonga kelib 
biznesni rivojlantirishga qodir bo'ladi.Shu sababli so‘ngi yillarda investitsion loyihalarga ko‘plab 
mtiyozlar yaratilmoqda. 
5.Xalqaro iqtisodiy integratsiyasining mazmuni va mohiyati 
1)Xalqaro iqtisodiy integratsiya(x.i.t.)- bu milliy xo`jaliklar (davlatlar) o`rtasida ko`p tomonlama 
o`zaro barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan 
mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, va madaniy jihatdan birlashuvi. Makro miqyosdagi 
integratsion jarayonlar davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining 
shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi. Mikro miqyosdagi 


integratsion jarayonlar bir-
biriga hududiy jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlarning xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarning kapitallarini o’zaro ta’sir doirasi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, ushbu 
davlatlar o’rtasida integratsion jarayonlar iqtisodiy Bitiml
ar tizimining shakllanishi, kichik 
shahobchalar, sho’’ba korxonalar tashkil etilishi orqali yuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar 
o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarning tez rivojlanishi tovar almashuvini, xizmat sohalarini, kapital 
va ishchi k
uchining mamlakatlararo erkin harakatini ta’minlashga, ijtimoiy –
iqtisodiy va ilmiy-
texnologik, tashqi iqtisodiy va mudofaa, moliyaviy va valyuta sohasida yagona siyosatni o’tkazish 
zaruriyati tug’iladi. Yagonavalyuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar
va umumiy davlatlararo 
boshqaruv organlariga ega bo’lgan iqtisodiy majmualar yaratiladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning 
asosiy shakllari quyidagilar:

erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning doirasida 
qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Erkin savdo hududlarining 
tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab 
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatni 
kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo‘lishi xavfini kuchaytirsa, 
boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag‘bat 
yaratadi. Bunga Yevrop
a erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bitim misol 
bo‘la oladi; 
- bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo hududlarining faoliyat qilishi bilan 
birga yagona tashqi savdo tariflari o‘rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo 
siyosati yuritishni taqozo qiladi. Yevropa Ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir;

to‘lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o‘zaro erkin almashuvini va hisob
-kitobda yagona pul 
birligining amal qilishini ta’minlaydi.

Yüklə 135,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin