Ssenary Dilnura



Yüklə 16,01 Kb.
tarix07.11.2022
ölçüsü16,01 Kb.
#67804
Document

Ssenary




Dilnura: Assalom tilimning shaydolariga
Assalom elimning shaydolariga
Assalom onadek tilni qutlovchi
Assalom dilimning shaydolariga

Irana: Bobolarim ruhi shod bugun
Ona tilim qadri ko’p baland
O’z tilini qadrlab elim
Boshi bo’ldi yana sarbaland

Dilnura: Tilim qadring tiklandi yana
Imkon berdi yashashga qonun
Irana/Dilnura: Yurtimizda bugun tantana
33 yil to’libsan mana…

Irana: Assalomu aleykum hurmatli qadrli baland ustoz,muallimlar va aziz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari.
Dilnura: Assalomu aleykum “O’zbek tiliga davlat tili maqomi”berilgan kun munosabati bilan uyishtirilgan tadbirga tashrif buyurgan yurtdoshlar.
Irana: Mana bugun O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to’ldi. Mana shu munosabat bilan biz bugun shu yerda yeg’ilib turgan ekanmiz,tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani Gulsanam Ne’matovna Ibragimova ga beramiz. Marhamat.
Dilnura: Chiroyli tilak va tabriklar uchun rahmat aytib qolamiz. Endi diqqatingizni manitorga qaratishingizni so’raymiz.Ayni daqiqalarda sizlarga havolada etiladigan video lavha o’zbek tilining kuch qudrati qaysidir ma’noda sehri qalbingizga kirib borishini istaymiz.
Irana: O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi juda ham qiyinchilik bilan erishilganini o’z ko’zingiz bilan ko’rishingiz mumkin. Marhamat.
Dilnura: Mana endi o’zbek tilini madh etuvchi she’rlarni aytishga Fakultetimiz talabalarini sahnaga chorlaymiz.
Irana: Marhamat tinglaymiz!!!
Irana: Bugungi tadbirimizga o’zgacha zavq ruh bag’ishlash maqsasida Zebiniso ijrosidagi milliy raqsga navbatni beramiz.
Dilnura: Albatta qarsaklar bilan qo’llab quvvatlab turamiz!!!
Irana:Mana shunday ko’tarinki kayfiyatda davom etgan holda keyingi chiqshlarga navbatni bersak ham bo’ladi.
Dilnura: Ha! Irana endigi navbatni Safarova Dilnura tomonidan aytiladigan go’zal va o’z navbatida ta’sirli bo’lgan she’rga beramiz.
Irana: Endi sizlarga lirik chekinish qilgan holda “Milliy yuksalish” Qvz jamoasi tomonidan tayyorlab qo’yilgan ajoyib va g’aroyib chiqishlariga navbat beramiz.
Dilnura: Kuling zero kulgi orqali umringiz uzoq yuzingiz nurli bo’ladi. Demak sahnada Milliy Yuksalish jamoasi. Marhamat.
Irana: Yana bir bor kayfiyatingizni yuqori darajaga ko’tarish uchun sahnamizga Shaxlo ijrosidagi milliy raqsga beramiz. Marhamat qo’llab quvvatlab turamiz!!!
Dilnura: o’zbek millatining o’ziga xos bo’lgan tomonlarini sahna ko’rinishi orqali ko’rsatib berishga tayyorlanib turgan talabalarimizni sahnaga taklif qilamiz. Marhamat ko’ring va xulosa qiling!!!
Irana: Sahna ko’rinishlari orqali o’zbek tilining qanchalik qadri baland va bebaho ne’mat ekanligini ko’rib ham oldik. Endi biz aynan bizni tamosha qilayotganlarga muammoli savol bilan yuzlanmoqchimiz.
Dilnura: Savolimiz quyidagicha: Hozirgi kunda O’bekiston Respublikasi fuqarolari orasida chet davlatga chiqib qaytib kelmaydigan insonlarni juda ko’p uchratyapmiz. Ular vatanimizdan ketgandan so’ng o’z madaniyati tili va dunyoqarashini o’zgartirib ana o’sha mamlakatlarning tub aholisga aylanib bormoqda.
Irana: ha nafaqat boshqa mamlakatlarning tub aholisga aylanib qolyabti balki o’sha yurtning gullab yashnashi jahon miqiyosidagi o’rni uchun o’z hissalarini qo’shib kelishmoqda
Dilnura: Ho’sh, bunday holatlarni oldini olish uchun pedagogik va psixologik tarafdan qanday choralar ko’rilishi lozim?
Irana: Sizlar nima deb o’ylaysiz o’zligimizni o’zbekligimizni unutib qo’ymaslik uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak?
Dilnura: Bergan javoblaringiz uchun o’z minnatdorchiligimizni bidiramiz.
Irana: Tadbirimizning yakunlovchi qismini samimiy ajoyib fikrlari orqali ifodalab berish uchun Mana shu tadbirizmizni tashkillashtirgan ustozlarimiz Aziza Shamsiddinovna Muhsiyeva va Farog’at Odiljonovna Mirzayeva ga beramiz.
Dilnura: Navoiy g’azalin har bir satrda
Nafosat, go’zallik sharh tilga xosdir
Shunchalar qudrat bor so’zning atrida
Har bir durdona yoki olmosdir
Irana: Paxta degan oddiy so’zingada
Jahonga arzirlik ulug’ ma’no bor
Nega maqtamayin men ona tilim
Dilrabo so’zlarni o’ynatsa dilim
Dilnura:Tadbirimizga tashrif buyurgan mehmonlar,ustozlar va talabalar O’zbek tiliga bag’ishlangan tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.
Irana: Mana shu tadbir orqali vatanparvarlik insoniylik milliy g’urur hissini singdira olgan bo’lsak xursandmiz.
Dilnura/Irana: Bu aziz vatanda qadringiz baland, bo’lsin. Xayr salomat bo’ling!!!
Yüklə 16,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin