O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“STATISTIKA” FANI
12-MAVZU: TANLANMA XATOSINI VA TANLANMALAR SONINI ANIQLASH. TANLANMA NATIJALARINI BOSH TO‘PLAMDA AKS ETTIRISH
KEYS STADI
TUZUVCHI: Ro’ziyev A.I
Toshkent – 2020 KIRISH O‘zbekistonda bugungi kunda statistik organlarning mustaqillik masalalariga alohida e’tibor berilayotganligi hechkimga sir emas. Ushbu yo‘nalishdagi ko‘pgina me’yoriy-huquqiy hujjatlarda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi PF-6003-sonli farmoni hamda 2017 yil 31 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-son, 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son, 2020 yil 3 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorlarida muhim vazifalar belgilab berilgani ham muammoni ahamiyatini yanada oshiradi.
KEYS STADI HAQIDA TUSHUNCHA “Keys-stadi” inglizcha “case”–aniq vaziyat, hodisa, “study”–oʻrganmoq, tahlil qilmoq, ta’lim soʻzlarining birikuvidan hosil qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir.
Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni oʻrganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u oʻquv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi.