STEAM ta’lim texnologiyasi- ni tadbiq etishda elektron ta’lim resurlaridan foydalanish
2023 y.
STEAM ta’lim texnologiyasi- ni tadbiq etishda elektron ta’lim resurlaridan foydalanish
2023 y.
6-mavzu: STEAM ta’lim texnologiyasini tadbiq etishda elektron ta’lim resurlaridan foydalanish
Reja:
1. STEAM ta’lim texnologiyasini tadbiq etishda elektron ta’lim resurlaridan foydalanish
2. Multimediya vositalari, animatsiyalardan ta’lim – tarbiya jarayonida foydalanish
3. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini kreativ kompetentligini rivojlantirishda AKT texnologiyalari
Taraqqiy etib borayotgan informatsion vositalar jamiyatimizda ijtimoiy rivojlanishining asosini belgilovchi an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intelektual faoliyati, mustaqil ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishi kabi omilllar tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog‘liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatini turli soxalarida kompyuter texnoloiyalarini rivojlantirishlarini ko‘zda tutadi. Inson tafakkuri shu qadar taraqqiy etib bormoqdaki, bunda texnikalashtirish va kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli soxalari, balki madaniyat va ta’lim soxalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi. Bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib chiqish uchun yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug‘dirdi. Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter tehnologiyalarini egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi. Mazkur talabga javob berish uchun mutaxassislarni tayyorlash jarayonida, ya’ni ta’lim muassasalarida yetarli baza yaratilishi kerak. Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslarini yaratish, ularni tasniflash, metodik ahamiyatini belgilash kabi dolzarb muammolar ustida ish olib borilmoqda.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari ta‘lim-tarbiya jarayonida multimedia texnologiyasidan foydalanishni amalga oshirish uchun, avvalo, multimedia tо’g’risida asosiy tushunchalarni qarab chiqamiz. Multimedia atamasining lug’aviy ma‘nosi [multum+medium] (yoki [ingl. multi+media]) kabi ikkita sо’z yig’indisidan tashkil topgan bо’lib, multi – kо’p, media – muhit manosini anglatadi. Atama ilmiy va о’quv adabiyotlarida kо’p vositalilik, multimedia muhiti, kо’p qatlamli muhit, multimedia – bittadan kо’p bо’lgan mediadir, mahsulot tashuvchi vosita, ma‘lumot tashuvchi vosita kabi talqin qilinib kelinmoqda, xatto, ayrim adabiyotlarda hozirgacha multimedia atamasining aniq ta‘rifi mavjud emasligi ham e‘tirof etilgan. Hozirgi davrda multimedia atamasi kо’p kirrali bulib, turli xil tushunchalarni ifodalashga tatbiq etilib kelinmokda. Masalan, multimedia texnologiyasi; multimedia mahsuloti; multimedia didaktik vositasi va boshqalar shular jumlasidandir. Multimedia tushunchasining adabiyotlarda yoritilgan bir nechta ta‘rifini keltiramiz: Multimedia, deganda turli shakldagi ma‘lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Multimedia – bu maxsus texnologiya bо’lib, dasturiy va texnik moddiy ta‘minot asosida kompyuterda bir vaqtning о’zida tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda (hattoki videofilm holatida) ifodalash imkoniyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mо’ljallangan multimediali texnologiyalar joriy an‘anaviy texnologiyalarga nisbatan quyidagilar bilan farqlanadi: - bolalarning psixologik jihatlari; - bolalarning yoshi (5-7 yosh); - kompyuterli mashg’ulotning davomiyligi (15 daqiqa); - materialning bolalarga mosligi (multimedia shaklida); - materialning hajmi (30 daqiqaga mо’ljallangan); - materialninig murakkablik darajasi (bolalar uchun sodda materiallar tanlanadi); - ularninig faollik darajalari va hokazo. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilgan multimediali kompyuter texnologiyasi variantida texnologik yondashuv quyidagicha kechadi: birinchidan, maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyalanuvchisining о’rganiladigan materialni о’zlashtirishini qulay qilish va osonlashtirish maqsadida material bir-biri bilan bog’liq qismlarga, bо’laklarga ajratiladi; ikkinchidan, ta‘limdan mо’ljallangan natija olish uchun amallar ketma-ket bajarilishi va loyihalashtirilgan ishlar oxiriga yetkazilishi kо’zda tutiladi. Eng muhimi, ushbu texnologiyada о’rganiladigan material multimedia asosida taqdim etiladi. Bola miyasiga bunday multimediaviy ta‘sir natijasida uning о’zlashtirishi yaxshilanib, mashg’ulot samaradorligi oshadi. Maktabgacha yosh davrida bolaning muloqotga bо’lgan ehtiyojini qondirish va har tomonlama rivojlantirishda multimedialardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. STEAM texnologiyasida animatsiya studiyasini yaratish uchun bugungi kunda odatiy bо’lgan texnik vositalar kerak bо’ladi: raqamli kamera, ovoz yozish va animatsiya dasturlari bilan ta‘minlangan kompyuter yoki noutbuk. Shu bilan birga bolalar bilan multfilmlar yaratishda ma‘lum shart-sharoitlarni hisobga olish, alohida vaqt ajratish, tо’garak faoliyatlarini yо’lga qо’yish, ota-onalar bilan ham reja asosida ishlarni tashkil etish va tarbiyachilarning media savodxonligi talab etiladi. Animatsiya kattalar va bolalar manfaatlarini, faol harakatlarini iloji boricha yaqinlashtiradi, ijodiy muhitni yaratadi. Bolalar rassomlar, ssenariy mualliflari, rejissyorlar, aktyorlar, operatorlar bо’lishadi, bir-birlari bilan kichik muzokaralar, bevosita muloqot olib borishadi, о’z harakatlarini muvofiqlashtirishni va umumiy natijaga erishishni о’rganadilar. Bu jarayonda bolalar ijodkorligini muvaffaqiyatli rivojlantirishda tarbiyachilarning ota-onalarni ham jalb etish samarali natijani beradi. Bolalar maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida oddiy mashg’ulotlarga qiziqishmaydi. Animatsiya yordamida bolalarni о’quv va ijodiy faoliyatga oson jalb qilish mumkin. Animatsiyada ijodiy fikrlash erkinligi, eng muhimi, ota-onalarning bolalarni har tomonlama rivojlanishida qо’shimcha ta‘lim xizmatlari yaratiladi. Bolalar asosan tasviriy faoliyatga qiziqishadi va turli xil san‘at turlari orqali ijodiy g’oyalarini shakllantiradilar, ijodiy jarayonda faollik kо’rsatadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar о’z tengdoshlari, kattalar bilan birgalikda ijodiy hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bо’ladilar, ularning axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilish darajasi, foydalanish samaradorligi oshadi. Ota-onalarning muhim ehtiyojlari qondiriladi. Zamonaviy bolalar doimiy ravishda multimedia vositalari bilan yuzma-yuz muloqot qilganliklari uchun, kun davomida multfilmlar tomosha qilishadi, ularni yaratilish murakkabligini anglab yetishmasada, ularda alohida ishtiyoq bо’lgani uchun о’zlarida kuch, energiya topa oladilar, о’zlarining ijodiy multfilmlarini yaratishga osonlik bilan kirishadilar. Ularning animatsiyadan foydalanishi vizual faoliyatga, AKT ga qiziqishni oshiradi, о’zlarini ijodkor sifatida tasavvur etishadi.
Yangi pedagogik texnologiyalar deganda, an’anaviy va noananaviy metodlar bilan bir qatorda ta’limni kompyuterlashtirish ham tushuniladi. Shu manoda tobora shakllanib borayotgan kompyuter-axborot madaniyati axborotni yetkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi, fikrlashning yangi turini hosil qiladi. Bunda inson inofrmation koinot bilan o‘zaro muloqotga kirishadi. Telekommunikasiya (telefon, televideniye, radio) tarmoqlarining kompyuter tarmoqlari bilan birikishi yagona jahon axborot makonini-multimediani tashkil etadi. Ushbu makonning eng muhim qismi Internet tarmog‘i ayniqsa uning giper-media xizmatlari (Vorld-Vide Veb), gipermediapochta, videokonferensiyalardir. Multimedia (“ko‘p muhitlik” degan ma’noni bildiradi) - zamonaviy axborotlar texnologiyasi bo‘lib, kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko‘rinishlari-matn, jadval, grafika, nutq, animatsia, multiplikatsiya), video tasvir, musiqa yordamida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishash va uzatish vazifalarini bajaradi.
Multimedia “inson-kompyuter” interaktiv (diologig) muloqotning yangi, takomillashgan pog‘onasi bo‘lib, unda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Multimedia vositalaridan xordiq chiqarish, ta’lim olish va reklama kabi sohalarda foydalaniladi. Multimedia vositalari asosida maktabga tayyorlov guruhlariga, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ta’lim berish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda katta ahmiyatga ega. Unda beriladigan material chuqurroq o‘zlashtiriladi, vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi, olingan malumot kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning passiv tinglovchi sifatida ishtirok etishi qisqarib, izlanuvchanlik va bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tadbiq etiladi, ta’lim jarayoniga badiiylik kiritiladi. Boshqacha qilib aytganda, multimedia ta’limning emotsional-estetik ta’sirlanish, maqsadga intilish, tadqiqotchilik kabi motivlarni faolashtiradi. Ma’lumki, ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to‘rtdan bir qismini, ko‘rgan materiallarining esa uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko‘rib, ham eshitsa axborotning ellik foizini yodda saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalaridan foydalanganda esa bu ko‘rsatkich 75 % tashkil etadi. Shu bois katta hajmdagi axborotni qabul qilish, tushunish hamda voqyeylikka nisbatan faol va ma’suliyatli munosabatni tarbiyalashning psixofiziologik va estetik xussusiyatlarini hisobga oluvchi multimedia nazariyasini xususan multimedia pedagogikasini yaratishga intilish kerak. Multimediani qo‘llash uchun quyidagi texnik vositalar kerak bo‘ladi: kompyuter, lazer disklarni o‘qiydigan SD ROM qurilmasi, SI-ovoz xaritasi, AS faol kolonka, SD- kompakt disk eng zamonaviy kompyuterlarda yuqoridagi qurilmalarning ba’zilari kompyuter ichiga joylashtiriladi. Multimedia vositalari asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish metodikasi an’anaviy o‘qitish usulidan tubdan farqlanib, u maktabga tayyorlov guruhlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilar, uchun: o‘quv materiallarini obrazlar ko‘rinishida taqdim etish; o‘qitishning differensial va individual holatda bo‘lishi; o‘qish va o‘zlashtirish jarayonini baholab borish, teskari aloqa bog‘lash; o‘quv materialini o‘zlashtirish jarayonida o‘z-ovzini nazorat qilib borish va tuzatish; o‘rganilayotgan faoliyatlarni namoyish etish va ularning o‘zaro aloqadorligini kuzatish. Bu boradagi olib boriladigan ishlar ta’lim-tarbiya tizimidagi zamonaviy axborot texnologiyalarining multimedia imkoniyatlarini ta’lim-tarbiya ishlarini tashkillashtirish va joriy qilish bilan bog‘liqligi, ulardan maqsadli foydalanish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga olib keladi. Bu jarayonlarda multimedia vositasi maktabga tayyorlov guruhlarida, boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan har bir fanga tatbiq etish orqali bu fanlarning o‘zlashtirish qamrovini oshiradi. Bundan tashqari, boshlang‘ich ta’limdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari asosida multimedia imkoniyatlaridan foydalanish orqali o‘zlashtirish va o‘rganish jarayoni ortib boradi. Ta’limda multimedia vositalarining xususiyatlari O‘quvchilar kompyuter xotirasiga joylashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi fotosur’atlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish ssenariylari, bu yo‘nalishdagi materiallarga tegishli tayanch iboralar, atamalar va tushunchalarning mazmuni bilan tanishib boradi hamda ulardan foydalanish ko‘nikmasini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Multimedia quyidagi xususiyatlarga ega:
- axborot turlarini matn, jadval, turli xil bezaklar, nutq, musiqa, telekadrlar, videofilmdagi parchalar, animasiya ko‘rinishidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi;
- turli xil axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prsessorning harakatchanligini, ma’lumotlarni uzatishning o‘tkazish qobiliyatini, tezkor hajmli va katta sig’imli xotirani, kompyuter kanallari bo‘yicha almashish tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi;
- “o‘quvchi-kompter-o‘qituvchi” interaktiv muloqotning yangi darajasini ta’minlanishi, muloqot jarayonida o‘quvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni olishi.
Demak, multimediali texnologiyada ta’lim jarayoni quyidagicha kechadi. Kompyuterga o‘rganiladigan materialni kiritish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini fikrlashga undaydi, o‘quvchilarning ta’lim materiallarini xotirada saqlash darajasini oshiradi. Shu bilan birgalikda ta’lim materiallariga qiziqishini orttirib borib, kompyuterda ishlash qobiliyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, ta’lim muassasalarining zamonaviy jarayonida axborot texnologiyalaridan, jumladan, multimedia vositalaridan foydalanish quyidagi muhim muammolarni yechishda yordam beradi: Ta’lim jarayonini faollashtirish;
-o‘quv faoliyatining samaradorligini oshirish;
-talabalarning mustaqil ravishda ishlash madaniyatini rivojlantirish;
-egallayotgan kasbiga ijodiy yondoshish ko‘nikmasini hosil qilish;
-mustaqil ta’lim doirasini kengaytirish, xullas, yetuk mutaxxasislarni yetishtirish.
Shu sababdan hozirgi paytda pedagog va dastur tuzuvchisi mutaxassislarning birlashib, turli fanlardan multimedia darsliklari yaratish ta’im samaradorligini oshirish uchun kutilgan natijalarni berishini unutmasligimiz kerak.
Bo’lajak tarbiyachilarini tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlarida, talabalarga zamonaviy kompyuter va aloqa vositalaridan foydalanib, murakkab vaziyatlarda tezkorlik bilan bir qarorga kelish, axborotni qidirish, uni olish, kommunikativ bilimlarini va kreativ qobilyatlarini rivojlantiruvchi texnik vositalar va multimedia texnologiyalari asosida ta’lim berish, berilayotgan bilimni tez va oson o’zlashtirilishi, ularning tushunarli va xotirada yaxshi saqlanishiga , tinglovchilarni va ularning oldida turgan muammolarni birgalikda munozara, loyihalash hamda olingan natijalarni tanqidiy tahlil qilish orqali, nostandart yechimlarni topish kabilarni ishlab chiqishga yondashishga yordam berayotganligi amalda o’z isbotini topmoqda. Ta’lim tizimida videokonferensiyalar tashkil qilinishi imkoniyatining yaratib berilganligi talabalarning fikr almashishi, erkin va ijodiy tafakkurini rivojlantirish va o’z fikrini to’g’ri va aniq yetkazib berish qobiliyatiga ega bo’lishida muhim omil bo’ladi. Axborot texnologiyalarining moslashuvchanlik va interaktivlik xususiyatiga egaligi talabalarning o’zlashtirish darajasiga bog’liq holda o’tilgan mavzuni qaytarish, mavzu ustida ishlashlarni individual tempda amalga oshirish, shuningdek, tabiiy muloqotni imitatsiyalash, ya’ni, elektron darslik matni bilan talaba o’rtasida muloqot urnatib, surovnoma, verbal, noverbal, ovoz va b. yordamida o’qituvchi mavjudligini xis etish imkoniyatini yaratadi. Bu turdagi texnologiyalar yordamida multimedia maxsulotlari, elektron albom, elektron atlas, raqamli video lavxalar, virtual stendlar, audio va video vizual materiallar, shuningdek, prezentatsiyalar tayyorlash imkoniyati mavjudki, ular ta’lim jarayonining qiziqarli tashkil etilishini ta’minlaydi. Qolaversa, ular vositasida talabalar, pedagoglarning xissiy-estetik tuyg’ulari shakllanadi. Bu esa shaxsning kreativligini rivojlantirishda muxim ahamiyatga ega. Talabalarning kreativ qobilyatlarini rivojlantirishning metodik ishlarida AKTdan foydalanishda:
-Uslubiy ishlanmalar va hujjatlarni ishlab chiqish, tizimlashtirish va yig’ish (uzoq muddatli rejalar, eslatmalar, o’yinlar, musiqiy tanlov va boshqalar)
-Talabalar ijodiy rivojlanishining diagnostikasi (diagrammalar, grafikalar, jadvallar) Internet-resurslar (elektron pochta, qidiruv tizimlari, elektron konferensiyalar)
-Dunyo bo’ylab ta’lim sohasidagi etakchi mutaxassislar bilan tajriba, didaktik materiallar va qo’llanmalar almashish ko’zda tutiladi.
Bo’lajak tarbiyachilarining kompetentligini rivojlantirishda oliy ta’lim tarbiyachilari nafaqat axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmasini o’zlashtirgan bo’lishi kerak, balki, o’z ta’lim resurslarini yaratishga ijodiy yondashuvni yo’lga qo’ygan bo’lishi va ularni tadqim etishni noa’anaviy usullarini joriy etish malakasiga ham ega bo’lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.V. Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V. Pak, G.E.Djanpeisova ”Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi T: 2018. 1-81-b;
2. Т.С.Волосовес, В.А.Маркова, С.А.Аверина. СТЕМ-образование детей дошколного и младшего школного возраста. М. Бином. Лаборатория знаний 2019.
3. G.Bogdanovich. Dopolnitelnaya obщerazvivayuщaya programma «Multstudiya «Moy mir» Sverdlovskaya oblast, 2018 g.
4. Master-klass dlya pedagogov «Sozdanie multfilmov vmeste s detmi» М., 2018
5. Образовательный модуль «Дидактическая система Фридриха Фрёбеля». Маркова В. А., Аверин С. А. — М., 2018.
6. Н.Г. Зайцева. Робототехника в детском саду. Краснодар 2019
7. Э.Д. Жукова. Программа дополнительного образования по конструированию, ориентированная на детей от 5 до 7 лет «лего-мастер». Излучинск, 2018
8. И. А. Помораева, В.А. Позина. Занятия по формированию элементарных математических представлений в средней группе детского сада. M: 2019
9. I.V. Grosheva, G.E. Djanpeisova, U.T. Mikailova, M.A. Kenjabayeva, N.A. Miftayeva. O‘yin orqali ta’lim olish. T:.2020.
10. I.V. Grosheva, K.T. Olimov, V.A. Nazarova, G.E. Djanpeisova, U.T. Mikailova, D.A. Kenjabayeva, N.B. Gulyamova, N.A. Miftayeva. Kuzatish va baholash. Toshkent:.2020