Tabiiy buyumlar bilan ishlash usullari. Tashlandiq buyumlardan o’yinchoq yasash



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə1/3
tarix20.12.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#187342
  1   2   3
11- mavzu. sahnalashtirish. pptx

11-mavzu: MTTda tabiiy va tashlandiq buyumlardan o’yinchoq yasash.

Reja

1.Tabiiy buyumlar bilan ishlash usullari

2. Tashlandiq buyumlardan o’yinchoq yasash

3. Tashlandiq buyumlardan o’yinchoq yasashga o’rgatish

4. MTTda tabiiy va tashlandiq materiallardan turli o’yinchoqlar yasash uchun zaruriy materiallar

Tabiiy buyumlar bilan ishlash usullari

O‘simliklarni to‘plash va quritib olishda gazeta, gerbariy papkasi, qaychi, paxta bo‘lishi kerak. O‘simliklarning gullari, barglari, poyasi va shu kabilarni to‘plash maqsadida ekskursiyaga chiqilganda bir juft gazeta, qaychi bo‘lishi shart. Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib bilan joylanadi. Gullarni qo‘l bilan sindirib olib bo‘lmaydi, aks holda‚ poyasi zararlanishi mumkin. Quritib olishga mo‘ljallangan o‘simliklar har qanday namlik (yomg‘ir yoki shudring)dan xoli bo‘lishi kerak, aks holda‚ o‘simlik quritilganda unda dog‘larning izi qoladi. Quritilayotgan o‘simliklarda tabiiy rangni asrab qolishning eng muhim sharti ,ularni shamol o‘tib turadigan joyda, yelvizakda, quyosh nurida tez quritib olishdir. O‘simliklarni quritish 3 kecha-kunduzdan ortiq davom etmasligi kerak. Turli o‘simliklarni to‘plashning o‘z muddatlari bo‘ladi. Tabiiy materiallarni to‘plash, avvalo, insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: barglarni, gullarni, urug‘larni to‘plab, keyin ulardan nimani va qanday ishni bajarishni aniqlab olish lozim.

Gerbariy ramkalarida quritilgan o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘zining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bunda o‘simlik yumshoq qog‘oz va gazeta orasiga solib qo‘yiladi. har bir qog‘oz va o‘simlik orasiga yana bir necha qavat gazeta qo‘yiladi, chunki quritilayotgan o‘simliklar o‘zidan namlik chiqaradi. Shundan so‘ng papka ikkita to‘rsimon ramka o‘rtasiga qo‘yilib, ochiq havoda quritiladi.

Barglarni gerbariy ramkalarida quritish

TAXTAKACHDA BOSTIRIB QURITISH

Orasiga o‘simlik solingan qog‘ozlar gerbariy papkasi o‘rniga ikkita faner o‘rtasiga joylanib, og‘ir narsa bostirib qo‘yiladi. Og‘irlik taxtakachda, ya’ni bostirishda qancha o‘simlik joylashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi. Mayda nozik o‘simliklar kam og‘irlikni, quritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi. 2– 3 soatdan keyin ustiga qo‘yilgan qog‘ozlar almashtiriladi. Nam bo‘lgan qog‘oz olib tashlanib, yangisi qo‘yiladi. Quritish shu usulda davom ettiriladi.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin